F. T. M ir a X m ed o V j. S. Sobirov trenerlik metodikasi


Sport-texnikaviy va taktik tayyorgarlik



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/27
Sana05.07.2022
Hajmi2,34 Mb.
#740182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Trenerlik metodikasi (F.Miraxmedov, J.Sobirov)

2.2. Sport-texnikaviy va taktik tayyorgarlik
Sportchining texnik tayyorgarligi deb, unga sportda bahs 
yuritish vositasi yoki m ashg‘ulot vositasi bo'lib xizm at qiluvchi 
harakat va faoliyat texnikasini o'rgatishga aytiladi.
Maxsus texnik tayyorgarlik jarayonida sportchi tanlangan 
sport turi texnikasini o'rgana boradi, sport bo‘yicha ixtisosla- 
shish sohasiga aloqador harakat va faoliyatlarning biomexanik 
qonuniyatlarini bilib oladi, tegishli harakat m alakalarini am al- 
da o'zlashtirib, ularni m um kin qadar yuqori darajada m ukam- 
m allashtira boradi. Shu bilan bir qatorda va shu munosabat bilan 
um um iy texnik tayyorgarlik olib boriladi. Texnik tayyorgarlikdan 
maqsad sportchining um um iy jismoniy tarbiya m a’lum otini, jis- 
moniy m ashqlam ing um um iy texnik asoslari sohasidagi bilim i- 
ni m untazam sur’atda kengaytirib borish va hayotda ham da sport 
amaliyotida foydali b o ig a n harakat qilish m ahorati va malakalari 
fondini to id irib borishdan iborat.
Sportchining taktik tayyorgarligi texnik tayyorgarlik bilan 
chambarchas birgalikda olib boriladi. Agar texnik tayyorgarlik 
sportda bahs yuritish vositalari bilan qurollantirsa, taktik tayyor- 
garlik ularni qo‘llash san’atiga o‘rgatadi.
Sport taktikasini qisqa qilib sportda bahslashish san’ati deb 
ta ’riflash ham m um kin.
Kengaytiribroq 
aytganda, 
sport 
taktikasi, 
birinchidan, 
sportchining im koniyatlarini, raqibining xususiyatlarini ham da 
musobaqaning aniq shart-sharoitlarini hisobga olgan holda m u- 
sobaqalarda qatnashishning maqsadga muvofiq keladigan planini 
ishlab chiqishdan; ikkinchidan, sportning imkoniyatlari m um kin 
qadar to‘laroq namoyon etadigan bahs yuritish vosita va usullari- 
dan foydalanish y o ii bilan rejani amalga oshirishdan iborat.
Sportning h ar xil turlarida taktikaning formasi va uning 
ahamiyati xilma-xildir. Sportchining taktik tayyorgarligi jarayo- 
nida quyidagilami nazarda tutm oq kerak:
7
www.ziyouz.com kutubxonasi


• sport taktikasining nazariy asoslarini o'zlashtirish (taktik 
priyomlar arsenali haqidagi, ularni qanday va qay xildagi sha- 
roitlarda qo'llash kerakligi va hokazolar haqidagi bilim larni egal- 
lash);
• sportdagi raqiblar imkoniyatini ham da bo'lajak m u- 
sobaqalarning shart-sharoitlarini o'rganish;
• taktik usullarni, ularning kombinatsiya va variantlarini to 
mukam m al taktik m ahorat va m alakalarni egallab olgunga qa- 
dar o‘zlashtirish;
• taktik mahoratga erishish uchun zarur bo‘lgan taktik tafak- 
kur va boshqa qobiliyatlarni tarbiyalash.
Bu vazifalarning asosiysi taktik tafakkurni tarbiyalash bo‘lib, 
u sportda bahslashish rejasini tuzib chiqish va amalga oshirish 
bo'yicha bir qator aqliy jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Taktik tafak- 
kur idrok, xotira va ijodiy tasaw urga suyanib, tegishli bilim va taj- 
ribalardan foydalanishga, sport bahsida vaziyatni qunt bilan kuza- 
tish, tez tushunish va baholay bilish, o‘z vaqtida to‘g‘ri qarorga kela 
bilish qobiliyatiga asoslanadi. Jismoniy va texnik tayyorgarlikdagi 
singari taktik tayyorgarlikda ham sportchining um umiy va maxsus 
tayyorgarligini bir-biridan farq qilish kerak. Umumiy taktik tayyor- 
garlik sport taktikasining umumiy nazariy asoslarini va tanlangan 
sport faoliyati sharoitiga m um kin qadar yaqinlashtirilgan sharoitda 
ulardan foydalanishning amaliy usullarini o‘rganishdan ham da shu 
munosabat bilan keng ko‘lamdagi texnik tafakkum i tarbiyalashdan 
iboratdir. M azkur qism materiali ko‘p jihatdan sportning bir-biriga 
yaqin turlari taktikasidan olinadi (masalan, xokkeychilarni tayyor- 
lashda futbol va boshqa sport o'yinlari taktikasidan, konki uchuv- 
chi yoki chang‘ichini tayyorlashda yengil atletikaning tegishli tur- 
lari taktikasidan foydalaniladi va aksincha). Maxsus sport-taktik 
tayyoigarlik esa bevosita sportning tanlangan turi materiali asosida 
olib boriladi va unga xos bo‘lgan taktik m ahorat, malaka, qobili- 
yatlami chuqurroq takomillashtirishga qaratilgan bo‘ladi.
Sport-taktik tayyorgarlik ko‘p hollarda texnik tayyorgarlik bi- 
lan shunchalik chatishib ketadiki, hatto ular o‘rtasiga qat’iy che- 
gara qo‘yish m um kin bo'lm ay qoladi. Tayyorgarlikning bu ikki 
tom onini bir-biriga qaram a-qarshi qo‘yish esa m utlaqo m um kin 
emas. Jum ladan, taktik tafakkurni tarbiyalash vazifalariga mus-
8
www.ziyouz.com kutubxonasi


tahkam harakat m alakalarini egallash vazifalarini qarshi qo'yib 
bo'lmaydi. Sport-taktik m ahorat birinchi navbatda taktik ta- 
fakkurning taraqqiyot darajasi bilan belgilanadi. Biroq sportchi 
m ustahkam o'zlashtirib olingan, ayni vaqtda konkret sharoitga 
moslasha oladigan bir qancha variantli texnik malakalar bilan 
qurollangan bo'lm asa, uning har qancha taktik tafakkur eta bili- 
shi sport m ahoratini oshira olmaydi.
Sport-texnik va taktik tayyorgarlikning amaliy qismlari 
to‘lig‘icha sport mashg‘ulotiga kiradi. Sport texnikasi va tak- 
tikasining nazariy asoslarini chuqur o‘zlashtirib olish uchun 
m ashg'ulotdan tashqari, aqliy m a'lum ot va mustaqil m utolaaning 
maxsus forma va metodlari — leksiyalar, kinofilm lar, seminar- 
lar, o'quv poligonlarida taktikani modellashtirish, kitob ustida 
mustaqil ish olib borish va boshqa formalari ham kerak.
0 ‘qitish metodikasining um um iy qoidalari sport-texnik tay- 
yorgarlikka ham , taktik tayyorgarlikka ham taalluqlidir. Shu bilan 
birga sport mashg'uloti m azm uniga kiradigan qismlar mashg‘ulot 
jarayonining spetsifik qonuniyatlariga bo'ysunadi.
2.3. M a’naviy-irodaviy tayyorgarlik
Sportchining m a’naviy-irodaviy tayyorgarligi o‘zining peda- 
gogik mohiyati jihatidan sport faoliyati sharoitiga moslab am al- 
ga oshiriladigan axloqiy tarbiya, jum ladan, irodani tarbiyalash 
jarayonidir. Sportchining ma'naviy-irodaviy tayyorgarligi jarayo- 
nida hal etiladigan vazifalar, aw alo faoliyatini yuzaga chiqara- 
digan sabablarni to‘g‘ri tushunishdan iboratdir. Bunda gap sport 
bilan m untazam shug‘ullanish, bu yo'lda m um kin qadar ko‘proq 
foydali natijalarga erishish istagini shakllantirish va rivojlantirish 
kerakligi haqida bormoqda.
«Sportcha xarakter»ni tashkil etuvchi sportcha mehnatsevar- 
lik, g'alabaga astoydil intilish va boshqa fazilatlar tarbiya qilinadi, 
sportdagi axloq norm a va qoidalari (sport etikasi) shakllantiriladi.
Sport iroda sifatlarini to‘la namoyon etishni talab etadigan 
mardonavor, ko'pincha, hatto beshafqat faoliyat turidir. Shuning 
uchun kuchli iroda, maqsad sari intilish, tashabbus, talabchanlik
qat’iylik va jasurlikni, chidam lilik va o‘z-o ‘zini boshqarishni tar- 
biyalash sportchi tayyorgarligining ajralmas qismini tashkil etadi.
9
www.ziyouz.com kutubxonasi


0 ‘z-o‘zidan ko'rinib turibdiki, sportchi o'zining sport faoliya- 
ti qaysi turda bo'lishidan qat’i nazar sanab o'tilgan fazilatlam ing 
hammasiga ega bo'lishi kerak. Shu bilan birga sportning har bir 
turi o'zining spetsifik qiyinchiliklari bilan xarakterlanadi va shu 
sababdan irodali bo'lishni talab etadi.
Iroda fazilatlarining namoyon bo'lishi faoliyatning kon- 
kret sharoitiga bog‘liq ekanligini e’tiborga olib va shu bilan bir- 
ga irodaning turli tom onlari o'rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni na- 
zarda tutib, umumiy va maxsus iroda tayyorgarligi bir-biridan 
farq qilinadi. Sportchining um umiy iroda tayyorgarligi iroda- 
ni sport harakatlarining tanlangan formasiga bevosita aloqador 
bo‘lmagan, biroq sport faoliyatining muvaffaqiyatli chiqishiga 
har qalay sabab bo'ladigan har tom onlam a tarbiyalashdan ibo- 
rat bo'ladi. Iroda tayyorgarligining bu qismi am alda ko‘p jihatdan 
um um iy jismoniy tayyorgarlik materiali ham da texnik va tak- 
tik tayyorgarlikning tegishli bo‘lim lari m ateriali asosida quriladi. 
Sportchining maxsus iroda tayyorgarligi esa tanlangan sport turi 
bo‘yicha mashg‘ulot va musobaqalar sharoitida paydo bo‘ladigan 
spetsifik qiyinchiliklarni yengib o‘tishga im kon beradigan iroda 
qobiliyatlarini tarbiyalashni o‘z ichiga oladi. U maxsus tayyorgar- 
likning boshqa bo‘lim lari — jismoniy, sport-texnik, taktik tayyor- 
garlik bilan bevosita bogiiqdir.
Iroda tayyorgarligi jarayonida bajariladigan maxsus vazifalar- 
ning eng m uhim laridan biri bevosita musobaqa uchun beriladigan 
ko'rsatmalarni maqsadga muvofiq ravishda shakllantirish, «start 
oldi hayajoni»dan muvaffaqiyatli qutulish, musobaqalar davomida 
paydo bo'ladigan salbiy emotsiyalarni yengib o‘tish va hokazolar 
m um kin bo‘lsin uchun sportchilarning psixik holatini shoshilinch 
boshqarish imkoniyatini ta ’minlashdir. Bu masalani hal etish 
uchun zarur bo'lgan foydali yo'llarni uzluksiz qidirish maxsus me- 
tod va usullarni ishlab chiqishga olib keladi. Jum ladan, o‘z-o ‘zini 
tarbiyalashga asoslangan metodlar — autogen m ashg'ulot va ideo- 
m otor mashg‘ulot ana shundaylardan hisoblanadi.
Iroda va xarakterni tarbiyalashda sportning ahamiyati ay- 
niqsa kattadir. Q at’iy rejimga rioya qilish, katta, ba’zan haddan 
tashqari ko‘p yuklamalarga bardosh berish, salbiy emotsiyalar- 
ni yengib o'tish, sport mashg'uloti va musobaqalari jarayonida
10
www.ziyouz.com kutubxonasi


paydo bo‘ladigan xilm a-xil ichki va tashqi qiyinchiliklar bilan 
kurashish zaruriyati — bularning ham m asi irodani tarbiyalash- 
ning ajoyib maktabi va m ardona xarakterni shakllantirishning 
qudratli omiliga aylanadi.
Sport faoliyatidagi sharoit ham ongli intizom ni, o'rtoqlik, va- 
tanparvarlik, mehnatsevarlik va boshqa axloqiy his-tuyg‘ular va 
sifatlam i tarbiyalash uchun g‘oyat katta im koniyatlar yaratadi. 
Albatta, sportning axloqiy tarbiyadagi roli, aw alo pedagogik rah- 
barlik saviyasi bilan belgilanadi. Sport faoliyatidagi b ir xil sharoit, 
jum ladan, konkurensiya sharoiti va konkurensiya jarayonining 
o ‘zi, birinchilikni olish uchun kurash m utlaqo boshqa-boshqa 
xarakter xususiyatlari — jamoaviylik yoki individualizm, fidokor- 
lik yoki egoizm, o‘z raqibiga hurm at bilan qarash, yohud qo‘pollik 
qilish singari xususiyatlar shakllanishiga yordam berishi m um kin. 
H am m a gap bu shart-sharoitlardan kim qay tarzda foydalanishi- 
da. Shu munosabat bilan faqat trenergagina emas, balki sport 
hakam lari va tashkilotchilari zimmasiga ham katta m as’uliyat 
yuklanadi.
Sportchining axloqiy tarbiyasi faqat sport mashg‘ulotlari bi- 
lan chegaralanishi m um kin emas. Sportchini tarbiyalashning 
um um iy tizim ida m ashg'ulotlardan tashqari, axloqiy tarbiyaning 
yana bir qator eng m uhim vosita va m etodlaridan ham , etikaga 
doir va siyosiy mavzudagi leksiya va bahslardan, sport jam oasida- 
gi foydali jam oat ishlari va hokazolardan ham foydalaniladi.
2.4. Nazariy tayyorgarlik
Nazariya elementlari, yuqorida ko‘rib o'tganim izdek, sportchi 
tayyorgarligining taktik, texnik va boshqa turlari bilan organik 
aloqada ekan. Shu bilan bir qatorda nazariy tayyorgarlik qis- 
m ini biroz shartli ravishda boshqalardan ajratiladi. Sportchi 
uchun zarur bo‘lgan bilim larning shunday keng doirasi mavjudki 
ular yuqorida keltirilgan tayyorgarlik qism larining hech biriga 
kirmaydi. Sportchining tarixi va sotsiologiyasi, sport m ashg‘uloti 
va unga yaqin predm etlarning (sport fiziologiyasi, gigiyena, tibbiy 
nazorat va hokazolarning) nazariya ham da metodikasi bo‘yicha 
bilim lar ana shular jum lasidandir. A na shu bilim lam i o‘zlashtirib 
olish nazariy tayyorgarlik qismini tashkil etadi.
ll
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sport rivojlanishi bilan birga nazariy tayyorgarlikning ro- 
li ham tez o‘sib boradi. Sportchining nazariy tayyorgarligi 
asosan aqliy m a’lum ot olish va m ustaqil mutolaaga xarakterli 
bo‘lgan (m a’ruza, sem inar, kitob ustida mustaqil ish olib bo- 
rish) shakllarda olib boriladi. N azariy tayyorgarlik bevosita sport 
mashg‘ulotlarida texnik, taktik, m a’naviy-irodaviy va jism oniy 
tayyorgarliklar bilan birgalikda am aliy m ashg‘ulotlarning bir ele- 
menti sifatida bo‘ladi.
Shunday qilib, sportchining tayyorgarligi ko‘p qirrali va ko‘p 
tom onli jarayondir. U ning barcha tom onlari o‘zaro bir-biri bilan 
m ustahkam bog‘liqdir. M asalan, jism oniy tayyorgarlik texnik va 
taktik tayyorgarlik sohasidagi vazifalarni hal etish uchun zarur 
bo'lgan zam in va shart-sharoitlarni yaratadi. 0 ‘z navbatida jis- 
moniy tayyorgarlik jarayonining o‘zi ham , uning pirovard nati- 
jalari sam arali chiqishi ham ko‘p jihatdan texnik va taktik tay- 
yorgarlikka bog'liq. Mashg‘ulot jarayonining muayyan davrlarida 
tayyorgarlikning bu tom onlari ko‘p jihatdan bir-biriga ancha 
o'xshab ketadi.
Xuddi ana shunday m ustahkam o‘zaro aloqadorlik tayyorgar- 
likning boshqa qismlari o'rtasida ham mavjuddir. Shu m unosabat 
bilan m a’naviy iroda tayyorgarligi ayniqsa katta aham iyat kasb 
etadi, chunki u sportchining um um an o‘z faoliyatiga munosabati 
qanday ekanligini ko‘rsatadi.
Yuqorida ko'rganimizdek, sport m ashg'uloti sportchi tay- 
yorgarligining butun m azm unini va barcha form alarini qamrab 
olmaydi. U doimiy ravishda tayyorgarlikning boshqa formalari 
bilan to‘ldirib turiladi va tarbiya um um iy tizim ining tarkibida 
bo'ladi.

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish