II bob. SPO R TC H I TAYYORGARLIGINING A SO SIY
T O M O N LA R I YA U L A R N IN G M A SH G ‘U L O T
JARAYONIDAGI 0 ‘R N I
Sportchining tayyorgarligi asosan:
— jismoniy tayyorgarlik;
— sport-texnik tayyorgarlik;
— taktik tayyorgarlik;
— axloqiy-irodaviy tayyorgarlik;
— nazariy tayyorgarlik;
— funksional tayyorgarlikdan iborat bo'ladi.
2.1. Jismoniy tayyorgarlik
Sportchining jismoniy tayyorgarligi sport faoliyati uchun zarur
bojgan jismoniy fazilatlarni, qobiliyatlarni tarbiyalash demak-
dir.
Sportchining jismoniy tayyorgarligi bevosita amaliy sport
yo'nalishiga ega bo'lgani uchun, ayni vaqtda organizmning umumiy
jismoniy rivojlanishi, mustahkamlanishi va chiniqishi bilan tam o-
mila bog‘liqdir. Tayyorgarlikning barcha boshqa tomonlari singari
jismoniy tayyorgarlik ham umumiy va maxsus bo‘ladi.
Sportchining maxsus jismoniy tayyorgarlik ko‘rishi
tanlangan
sport turiga xos javob bera oladigan jismoniy qobiliyatni tarbi-
yalash jarayonidan iboratdir.
M a’lumki, sportning h ar bir tu ri sportchining jismoniy qo-
biliyatlariga maxsus talablar qo'yadi, xilm a-xil jismoniy fazilatlar
o'ziga xos uyg'unlashgan bo‘lishi va namoyon etilishi talab qili-
nadi. M asalan, sprinter (yaqin masofaga yuguruvchi)dan avvalo
tezkor-kuchlilik fazilatlarining maxsus nisbatda bo'lishi (ba’zan
uni sprinterlik qudrati deb ataladi),
shuningdek,
jum ladan, m u-
shak qisqarishining energetik resurslaridan anaerob (ozod kis-
lorod yo‘qligida) foydalanishga asoslangan tezlik, chidam talab
qilinadi. Stayer (uzoq masofaga yuguruvchi) uchun esa, aksincha
birinchi navbatda nafas olishdagi m odda alm ashinish (kislorod
alm ashinishi) jarayoni yuksak darajada bo'lishiga asoslangan chi-
dam lilik zarurdir.
Sportchining um um iy jism oniy tayyorgarligi deganda, ular
tanlangan sport turi uchun xos boTmagan,
biroq sport faoliyati-
5
www.ziyouz.com kutubxonasi
da muvaffaqiyatga erishish uchun bevosita va bilvosita ijobiy ta ’sir
ko'rsatadigan h ar tom onlam a jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalash
nazarda tutiladi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik maxsus tayyorgarlik uchun
zam in yaratadi, ya’ni tanlangan sport turida kamol topish uchun
zarur shart-sharoit sifatida kuchlilikni, tezkorlikni,
chidam li-
likni, epchillikni, chaqqonlikni har tom onlam a rivojlanishini
ta ’minlaydi. Sportchining um um iy jismoniy tayyorgarligi maz-
muni uning qaysi sport turi bo'yicha ixtisoslashganligiga bog‘liq.
Sportchining um um iy va maxsus jismoniy tayyorgarligi ja-
rayonida jismoniy tarbiyaning barcha vositalaridan, ya’ni jis-
moniy mashqlar, chiniqish va sog'lom lashtirishning
tabiiy om il-
lari (oftobda pishish, havo va suv m uhitining xususiyatlari), rejim
va boshqa gigiyenik sharoitlaridan foydalaniladi. Bunda maxsus
tanlangan jismoniy mashqlar asosiy rol o'ynaydi.
Kurashuvchi polvondan alohida kuchga chidam , shuningdek,
maxsus chaqqonlik va epchillik talab etiladi. G im nastikachilarda
qat’iy dastur bo'yicha berilgan maxsus m ashqlar kompleksini ifo-
dali va aniq koordinatsiya bilan bajarish qobiliyati, shuningdek,
kuch-qudratni, chaqqonlikni va boshqa jismoniy fazilatlar-
ni gim nastik ko‘p kurashning butun dasturi davomida nam o-
yon eta bilish qobiliyatini kerakli darajada saqlab turish uchun
imkon beradigan ko‘p kurashga chidam lilik katta rol o ‘ynaydi.
Turli jismoniy fazilatlam i o‘ziga xos ravishda namoyon etish va
uyg‘unlashtirishga asoslangan ana shunday spetsifik qobiliyatlar-
ni tarbiyalash sportchi maxsus jism oniy tayyorgarlik ko'rishining
m azm unini tashkil etadi.
Sportning h ar bir turidagi muvaffaqiyat faqat m azkur sport
turining o‘ziga xos tom onlarini ifoda
etuvchi ayrim qobiliyat-
lar bilangina emas, balki organizm ning funksional imkoniyatlari-
ning um um iy darajasi bilan ham belgilanadi. Shu sababdan ham
maxsus tayyorgarlik bilan um um iy tayyorgarlik birga qo‘shib olib
borilganidagina sportchining jism oniy tayyorgarligi h ar tom onla-
m a bo'lishi mum kin.
Chiniqish, sog‘lom lashtirishning tabiiy om illari ham da gigi-
yenik sharoitlardan mashg‘ulotlar vaqtida ham , shuningdek
mashg‘ulotdan tashqari holatlarda (maxsus gigiyenik omillar,
6
www.ziyouz.com kutubxonasi
hammomga tushish,
massaj qilish, um um iy turm ush tartibiga
rioya qilish, ovqatlanish rejimi va hokazolarda) ham foydalani-
ladi. M azkur omil va shartlarning sport faoliyatidagi ahamiyati
mashg‘ulot yuklamalari ko‘paya borgan sari tobora ortib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: