F. T. M ir a X m ed o V j. S. Sobirov trenerlik metodikasi


IV bob. SPO R T M A SH G ‘U L O T IN IN G M ETO D LA R I



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/27
Sana05.07.2022
Hajmi2,34 Mb.
#740182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Bog'liq
Trenerlik metodikasi (F.Miraxmedov, J.Sobirov)

IV bob. SPO R T M A SH G ‘U L O T IN IN G M ETO D LA R I
VA TRENIRO VK A M A SH G ‘U L O T L A R IN IN G
SH AK LLARI
Sport mashg‘ulotining m etodlari aslida belgilangan sport nati- 
jalariga erishishni ta’m inlash uchun m ashg‘ulot vositalaridan foy- 
dalanishning xilma-xil usullari demakdir.
Harakat faoliyatini o'zlashtirishning boshlang'ich davri- 
da mashg‘ulot m etodlari ana shu harakatlarni am alda bajarish- 
ga o'rganish metodlaridan boshqa narsa emas. Bunda mashq 
harakatlarini detallarga ajratib bajarib, detallarni bir-biriga qo‘sha 
borib bir butun holda birlashtirish metodi va detallarni tanlab- 
tanlab chiqara borib, m ashqlarni to ‘la bajarish m etodlari kira- 
di. H arakatlarni amalda o‘rganish murabbiy rahbarligida o‘tadi. 
Bunda u so'zlab berish m etodlaridan ham da ko‘rsatish metodla- 
ridan foydalanadi.
Sport mashg‘ulotining asosiy m etodik arsenali sportchida- 
gi harakat m alakalarini takomillashtirishga va jismoniy fazilatla- 
rini tarbiyalashga qaratilgan m etodlardan iborat. Bunda qat’iy ra- 
vishda reglamentlab qo‘yilgan mashqlar m etodlari birinchi darajali 
ahamiyatga ega bo'ladi. Shuni unutm aslik kerakki, bu m etodlar 
standartlashtirish belgilariga qarab ham da ta ’sir etish kuchining 
o‘zgarib borishiga qarab (standart va o‘zgaruvchan m ashq m etod- 
lariga), shuningdek, yuklam alar uzluksiz ravishda yoxud inter- 
val bilan berilishini hisobga olib (uzluksiz va intervalli mashqlar 
metodlari) qismlarga ajratilgan edi. Sport mashg'uloti jarayonida 
sanab o'tilgan barcha metodlardan, shuningdek, shulardan ke- 
lib chiqadigan va jam langan vaqtda g‘oyat ko‘p m etodlarni kelti- 
rib chiqaradigan m etodlardan foydalaniladi. Bular quyidagilardan 
iborat: to‘liq, qat’iy va ekstremal interval bilan dam olib bajari- 
ladigan takroriy mashq metodi, o'zgaruvchan (uzluksiz va inter- 
valli) mashq metodi, takroriy o'zgaruvchan mashq metodi, ko‘p 
qism, intervalli mashq metodi va hokazolar. Shu bilan birga o‘yin 
metodidan va ayniqsa, musobaqa m etodidan ham foydalaniladi.
O rganizm ning funksional imkoniyatlariga oshirilgan talab- 
lar qo'yiladigan metodlardan, jum ladan, qat’iy intervallar bilan 
o'tkaziladigan intervalli mashq qilish m etodidan, yuklam a maksi-
18
www.ziyouz.com kutubxonasi


mal darajagacha yetkaziladigan zo'rayib boruvchi m ashqlar m eto- 
didan ham da musobaqalashuv m etodlaridan sport mashg‘ulotida 
jismoniy tarbiyaning boshqa turlariga nisbatan ancha kengroq 
foydalaniladi. Bu metodlar sport faoliyatining spetsifik vazifalari 
ta ’siri ostida paydo b o ig an va eng ko‘p taraqqiy etgan.
Jismoniy, texnik, taktik va m a’naviy-irodaviy tayyorgarligi- 
ning xususiyatlariga qarab sport mashg‘uloti metodlari shaklan 
o'zgarib va to id irilib turadi. Bunda bir m etodning o‘zi tayyor- 
garlikning turli tom onlarini amalga oshirish uchun asos b o iib
xizmat qilishi m um kin. M asalan, yugurish vaqtida o'zgaruvchan 
mashq m etodidan foydalangan holda bir vaqtning o‘zida chidam - 
lilikni tarbiyalash, yugurish texnikasini takomillashtirish ham - 
da kuch-quvvatni masofa bo‘ylab taqsim lashning tanlangan tak- 
tik variantini ishlab chiqish m um kin. Bir m etodning o‘zi m azkur 
misolda sportchining jismoniy, texnik va taktik tayyorgarligi me- 
todi sifatida xizm at qilmoqda. Bunday aralash ta’sir etishning ya- 
na ham yorqinroq misolini musobaqa metodida ko'rish mum kin. 
M etodlarning bir-biriga bunday kirishib ketishi bevosita sport 
formasi yaxshilanadigan maxsus tayyorlov m ashg'ulot bosqichi 
uchun ayniqsa xarakterlidir.
Sport 
mashg‘uloti 
jarayonida 
mashg'ulot 
uyushtirish- 
ning asosiy formasi mashg‘ulot darsi bo'lib, u jismoniy m ashq 
m ashg'ulotlarini tashkil etishning umumiy qonuniyatlariga mu- 
vofiq ravishda uyushtiriladi. Jismoniy tarbiya sohasidagi h ar bir 
dars singari mashg‘ulot darsi ham uch qismdan, ya’ni kirish — 
tayyorlov qismi (m azkur holatda razm inka deb ataladigan), asosiy 
qism va yakuniy qismdan iborat bo‘ladi. Bu qism larning kon- 
kret xarakteristikasi sportning har bir turi bo‘yicha o‘tkaziladigan 
mashg'ulot m azm unining o'ziga xos xususiyatlari bilan belgilana- 
di.
M ashg'ulot darsining qancha davom etishi g‘oyat xilm a-xildir. 
M asalan, davom etish vaqti nisbatan doim iy bo‘lgan m aktab dar- 
sidan farqli o ‘laroq; sport m ashg'uloti jarayonidagi m ashg‘ulot 
darsi 3 0 -6 0 daqiqadan to b ir necha soatgacha ham cho‘zilishi 
m um kin. Bu sport tu rin in g xususiyatlariga, m ashg‘ulotlarning 
xususan nim aga yo'naltirilganiga, m ashg‘ulot bosqichlarining 
xususiyatlariga va boshqa shart-sharoitlarga bog‘liqdir. Shu m u-
19
www.ziyouz.com kutubxonasi


nosabat bilan sport m ashg‘uloti darslari uchun u n in g qism lari 
orasidagi nisbat ancha xilm a-xilligi ham da asosiy qism tuzilishi 
nihoyatda tu rli-tu m an bo'lishi xarakterlidir. M ashg'ulot darsi, 
shuningdek, harakatli zichlik yuksakligi bilan ham farq qiladi.
Sport amaliyotida m ashg'ulot darslaridan tashqari jismoniy 
mashqlar bilan qo'shim cha mustaqil mashg‘ulotlar o'tkazish ham
keng tarqalgandir. U lar odatda qisqartirilgan razm inka (qisqa 
badantarbiya mashqlari)dan, xususiy vazifalarni hal etadigan 
(muskulning ayrim guruhlarini mustahkamlaydigan, texnik m ala- 
ka elementlarini takom illashtiradigan va hokazo) m ashqlardan va 
uncha katta bo'lm agan yakunlovchi qismdan iborat bo‘ladi. Bu 
turdagi m ashg'ulotlar ko‘pincha ertalabki soatlarda o‘tkaziladi va 
bunda ular mashg‘ulot funksiyalari bilan bir qatorda ertalabki 
gigiyenik gim nastika rolini ham bajaradi.
Sportning tobora ommaviy xarakterga ega bo‘la borishi va 
sportchilarning ilmiy-uslubiy bilim darajalari yuksala borishi 
bilan mustaqil m ashg‘ulotlarning ahamiyati ham oshib boradi. 
U lar trenirovka uyushtirishning asosiy form alaridan biri bo‘lib 
qolmoqda. Shunga muvofiq ularning m azm uni ham kengayib 
bormoqda.
M ashg'ulotlarning alohida formasi sifatida musobaqalar- 
ni ko'rsatish kerak. Sport musobaqalarining ahamiyati ko‘p qir- 
ralidir, shuning uchun ularning aham iyatini faqat m ashg'ulot 
funksiyasi bilan cheklab bo‘lmaydi. Biroq m azkur holda ular 
m ashg'ulotlarning bir formasi ekani muhimdir.
Sport amaliyotida m usobaqalarning xilma-xil turlari pay- 
do bo‘ldi: shaxsiy sport musobaqalari, m e’yor topshirish m u- 
sobaqalari va tayyorlov musobaqalari.
Shaxsiy sport musobaqalarida birinchilik uchun, yutuq 
uchun, raqobat uchun keskin kurash lahzasi yorqin ifodalangan 
bo‘ladi. U lar absolut birinchilik aniqlanadigan (m am lakat, qit’a, 
dunyo birinchiliklari, chempionatlar, spartakiadalar, olim piada- 
lar), musobaqalarga va nisbiy birinchilik aniqlanadigan (om m a- 
viy krosslar, konkurslar, sovrin uchun a n ’anaviy musobaqalar, 
saralash musobaqalari, uchrashuvlar) musobaqalarga bo'linadi. 
Birinchi xil musobaqalar odatda ko‘p bosqichli bo'lib, sport 
kalendarining asosini tashkil etadi. Ikkinchi xil musobaqalar
20
www.ziyouz.com kutubxonasi


esa ayrim tashkiliy va m etodik vazifalarni hal etib, ko'makchi 
ahamiyatga ega bo‘ladi.

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish