F. T. M ir a X m ed o V j. S. Sobirov trenerlik metodikasi



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/27
Sana05.07.2022
Hajmi2,34 Mb.
#740182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Trenerlik metodikasi (F.Miraxmedov, J.Sobirov)

I bob. K IR ISH
1.1. Sport mashg‘ulotlarining umumiy tasnifi
Bugungi kunga kelib jism oniy tarbiya va sport yoshlar hayoti- 
ning ajralmas qismiga aylanib borm oqda. Chunonchi, 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining « 0 ‘zbekiston bolalar sportini rivoj- 
lantirish jam g'arm asini tuzish to‘g‘risida»gi farmonida: «Bolalarni 
jism oniy va ma'naviy tarbiyalashning zamonaviy shakl va uslub- 
larini, jinsi va yoshiga qarab bolalarga sport ko'nikm alarini sing- 
dirish, sport sohasida iqtidorli bolalarni tanlab olishning ilmiy 
asoslangan tizim larini ishlab chiqishni tashkil etish ham da ular- 
ni tatbiq qilishga ko‘maklashish» lozimligi alohida ta ’kidlanadi.
«Mashg‘ulot» term ini boshqa ko‘p term inlar singari bir m a’noli 
so‘z emas. U ni eng ko‘p m a'noda, m ashqlarning aniq m azm uni 
m utlaqo xilma-xil bo‘lishi mum kinligiga qaramay, h ar qanday 
mashq qilish, odatlantirish jarayoni m a’nosida tushuniladi.
Sport mashg‘uloti pedagogik jarayon bo‘lib, u sportda yuksak 
natijalarga erishish uchun bevosita yo'naltirilgan maxsus jismoniy 
tarbiya jarayonidir. Boshqacha qilib aytganda, bu jism oniy tarbi- 
yaning «sport orqali», sport vositasida amalga oshiriladigan ja- 
rayonidir.
«Sport mashg‘uloti» term ini bilan bir qatorda «sportchini 
tayyorlash» term ini ham qo‘llaniladi. Bu tushunchalar m a’no ji- 
hatidan bir-biriga juda yaqin, biroq bir xil emas.
Sportchini tayyorlash — kengroq tushuncha bo'lib, u sportda 
yuksak natijalarga erishishga tayyor b o iish va buni oshira borish- 
ni ta ’minlovchi barcha vositalardan foydalanishni o‘z ichiga oladi.
Sport mashg‘uloti sportchini tayyorlashning asosiy shaklini 
(amalga oshirish vositasini) tashkil etadi, deyish mum kin. Sport 
mashg‘uloti u yoki bu darajada tayyorlashning barcha qismlarini o‘z 
ichiga oladi, biroq ulam i yetarli darajada mukammal hal etmaydi.
3
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sport 
mashg‘ulotida jism oniy tayyorgarlik, 
shuningdek 
sportchining sport-texnik, taktik va m a’naviy iroda tayyorgarli- 
gining amaliy qismlari eng ko‘p o 'rin olgandir.
Um um an sport m ashg'uloti va sportchini tayyorlash biologik 
va psixologik o‘zgarishlarning m urakkab majmuasini yuza- 
ga keltirib, natijada mashq ko‘rganlik, tayyorlik, sport formasida 
bo‘lishlik darajasi yaxshilanishiga olib keladi.
Sportchi qanchalik yaxshi m ashq ko‘rgan bo‘lsa, u muayyan 
ishni shunchalik samarali va m ukam m al bajaradi. Dem ak, mashq 
ko‘rganlik mashg‘ulot vositasida organizmning muayyan bir ishga 
moslashganlik darajasidir.
Umumiy mashq ko‘iganlik va maxsus mashq ko‘iganlik bir-biri- 
dan farq qilinadi. Sportchining maxsus mashq ko‘iganligi tanlangan 
sport turi maxsus talablariga sportchi organizmining qanchalik mos- 
lasha olganini ifodalaydi. Umumiy mashq ko‘iganlik harakat faoliya- 
tining g‘oyat xilma-xil turiariga moslasha olishning umumiy daraja- 
si bilan xarakterlanadi. Umumiy va maxsus mashq ko‘rganlik o‘zaro 
hamohang bo‘lib, ulaming biri ikkinchisi bilan o‘rin almashib turadi.
Sportchi tayyorgarligi natijalarini xarakterlash uchun mashq 
ko'rganlikdan tashqari, undan kengroq tushuncha — tayyorlik 
darajasi tushunchasi ishlatiladi. Bu tushuncha tegishli tayyorgarlik 
natijasida sportda yutuqlarni qo‘lga kiritishga tayyor bo‘lganlikning 
barcha elementlarini o‘z ichiga oladi. Bu elementlar kuch-quw at, 
tezkorlik, chiniqqanlik, epchillik ham da boshqa jismoniy fazilat- 
lar m a'lum darajada rivoj topganidan, sport texnikasi va taktika- 
sini bilishdan (sport-texnik va taktik jihatdan tayyorlikdan, zarur 
ruhiy holatlardan), irodaviy tayyor ekanlikdan iborat.
Sportchining mashq ko‘rganligi va tayyor ekanligi tizimli mashg‘u- 
lotlar jarayonida to‘xtovsiz, umuman yuksalish tomon o‘zgarib tura- 
di. Bunda muayyan sikllilik ko‘zga tashlanadi. Sport mahoratiga eri- 
shishga bo'lgan tayyor ekanlik holati odatda sport formasi deb ataladi.
Murabbiy va sportchilar mashg‘ulot jarayonini shunday tashkil 
etishlari kerak-ki, bunda o‘z vaqtida sport formasiga erishish 
uchun sharoit yaratilsin, uni mas'uliyatli m usobaqalarning m ud- 
datlariga muvofiq belgilanadigan m a’lum davr mobaynida saqlab 
turish va yanada rivojlantirish m um kin bo'lsin.
Sport mashg‘uloti sport formasi taraqqiyotini boshqarish jarayonidir.

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish