35
www.ziyouz.com kutubxonasi
7.5. Yuklamalar dinamikasining xususiyatlari
Nisbatan
uzoq
davom
etmaydigan
musobaqa
davrida
mashg‘ulot yuklam alarining dinam ikasi yuqorida ko'rib o‘tilgan
tendensiyaning yakunidek bo‘lib ko‘rinadi; m ashg'ulot vaqtida
yuklam alarning um um iy hajmi dastlab biroz pasayishda davom
etadi va keyin stabillashib qoladi; spetsifik yuklam alarning jadal-
ligi esa (ba’zi ko‘rsatkichlar bo‘yicha) to maksim um darajagacha
o‘sib boradi va ana shu darajada u ham stabillashib qoladi. Bunda
albatta, nisbatan stabillashish nazarda tutiladi. A na shu um umiy
tendensiya fonida hajm va jadallikning o‘rta «to‘lqinlar» va mik-
rotsikllar doirasida to'lqinsim on tebranishlari ro‘y beradi.
Agar musobaqa davri uzoq m uddat davom etadigan bo‘lsa u
holda bir qator yangi lahzalar paydo bo‘ladi. M ashg‘ulot talabla-
rining nisbatan stabillashishidan keyin, yana yuklam alar umumiy
hajm ining o ‘sishi va u lar jadalligining biroz kamayishi sodir
bo‘ladi, keyin yana hajm ning qisqarishi va intensivlikning ortishi
tendensiyasi boshlanadi. Shunday qilib, uzoq muddatli musobaqa
davrining oraliq bosqichida tayyorlov davridagi yuklam alar
um um iy dinam ikasining ba’zi bir belgilari takrorlanayotgandek
bo‘ladi. Biroq bu qisqargan masshtablarda va um um iy ham da
maxsus tayyorgarlikning boshqacha nisbatida sodir bo‘ladi.
Yuklamalarning bunday takroriy katta «to‘lqin»ining vazifa-
si tayyorlov davridayoq asos solingan sport formasining poyde-
vori kengayishidan iborat. M ashg'ulot yuklam alarining yangidan
ortib borishi so‘nib borayotgan adaptatsion jarayonlarning yana
faollashtirishga va maxsus mashq ko‘rganlikni takom illashtirish-
ga imkon beradi. Shu bilan birga oraliq bosqichda bir holatdan ik-
kinchi holatga o‘tish, faol dam olish effektlaridan anchagina keng
miqyosda foydalaniladi. M ashg'ulotning m ana shunday tashkil
etilishi tufayli sport formasida turishning jam langan muddatlari
ancha ortishiga erishiladi. Bunda sport natijalari dinam ikasida,
yuklam alar um um iy dinamikasidagi asosiy «to‘lqin»larning miq-
doriga qarab, bir necha «cho‘qqi»lar paydo bo'ladi.
Musobaqa davrida bunday «to‘lqin»larning konkret param etr-
lari va miqdori sport turining xususiyatlari va sportchilarning
malakasiga bog'liq. H ar haftada musobaqa o'tkazish m um kin
36
www.ziyouz.com kutubxonasi
bo'lgan sport turlarida malakali sportchilarda bu «to‘lqin»larning
soni odatda ikkitadan oshmaydi. Bunda maxsus yuklam alarning
bir oylik hajmi eng ko‘p deganda tayyorlov davridagi shunga m u-
vofiq keladigan hajm larning 75—90 foizidan ortmasligi lozim
bo'lsa kerak (albatta, tayyorlov davridagi hajm lar yetarli daraja-
da katta bo'lgani ko‘zda tutiladi). Oraliq bosqichda hajm lar ortiq
bo‘lishi ham, pasaytirilgan bo'lishi ham birdek befoydadir. To‘g‘ri
keltirilgan raqam larni mutlaqo um um iy me’yor deb bo‘lmaydi.
Biroq ko‘p hollarda m a’qul keladigan chegaralar m azkur raqam-
lardan unchalik uzoq emas, deb hisoblash mum kin.
Musobaqa davridagi yuklam alarning «to‘lqin»lari hajm va
shiddatlilik jihatidan bir-biriga, ayniqsa, loyiq boTishi kerak.
Bunda um um iy hajm ning ortishi maxsus mashqlar jadalligi-
ning uzoq muddat pasayib ketishiga olib kelmaydigan me'yorda
bo'lsagina to ‘g‘ri bo'ladi. Hajmni oshira borish bosqichi mu-
sobaqalar o'rtasidagi tanaffuslar vaqtiga yoki h ar holda unchalik
mas’uliyatli bo'lm agan musobaqalarga to‘g‘ri kelgani m a’qul.
Chunki bunday bosqich sport ko'rsatkichlari vaqtincha o‘smay
qolishi yoki pasayishi bilan bog'liq boTishi m um kin.
Musobaqa davridagi yuklam alar dinam ikasining ayrim
xususiyatlari, yuqorida aytilganlardan tashqari quyidagi shart-
sharoitlarga ham bog'liq:
1) yuklam alam ing bir haftalik dinam ikasida sport mu-
sobaqalari ko‘p hollarda asosiy punktlar hisoblanadi;
2) sport musobaqalari shunga o'xshagan mashg‘ulot yuklam a-
lariga qaraganda ancha keskin ta ’sir ko‘rsatishi bilan xarakterlanadi;
ular organizmda ancha sezilarli biologik o'zgarishlar paydo qiladi
ham da tiklash jarayonlari vaqtini ancha uzaytiradi;
3) mashq ko'rganlik o‘sa borgani sari spetsifik yuklam alam ing
ayrim funksional sistemalarga ta ’siri ham ortadi. Bu qo‘lga kiri-
tilgan mashq ko‘rganlik darajasini mashq ko'rganlikka erishishda
ishlatilgan yuklamalarga qaraganda kam roq yuklam alar vositasida
saqlab turishga imkon beradi. Biroq bu nisbatan katta bo'lm agan
(bir necha hafta masshtabidagi) vaqt oralig‘idagina to‘g‘ri bo‘ladi.
Mashq ko‘rganlikni uzoq vaqt saqlab turilganda esa, uni yanada
yuksaltirishdan tashqari, nisbatan kichik yuklam alam i katta va
maksimal yuklamalarga almashlab turish zarur bo‘lib qoladi.
37
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bular bari yuklam alarning haftalik dinam ikasida va m ikro-
tsikllar tuzilishida o ‘z ifodasini topadi. Bunda o‘rta «to‘lqin»larning
intervallar va mas’uliyatli musobaqalar bilan o'zaro nisbati shun-
day bo‘ladiki, bu navbatdagi mas'uliyatli musobaqalargacha in-
tensivlikning muayyan ko'rsatkichlari saqlana borgani yoxud o‘sa
borgani holda yuklam alarning haftalik hajmini oldindan kamay-
tirishga imkon beradi.
Yuklam alar um um iy hajm ini oshirish uchun ajratilgan
haftalar soni bilan hajm qisqarishi sodir bo'ladigan haftalar
o'rtasidagi nisbat musobaqa davrining bosqichiga, m usobaqalar
taqvimiga, tayyorlov davrida qo'lga kiritilgan hajm ning kattali-
giga va boshqa shart-sharoitlarga qarab turlicha bo'lishi m um -
kin. A m alda 3:2; 2:2; 1:2 va boshqa tartibdagi nisbatlar uchrab
turadi. Maxsus tadqiqotlar u yoki bu konkret sharoitda qan-
day nisbat optim al bo'lishini ko'rsatib borishi kerak. Biroq aniq
haftalik yuklam alar hajmi ortishi va kamayishi shunday nisbat-
da bo‘lishi kerakki, navbatdagi asosiy musobaqa boshlanadigan
vaqtga kelib sportchi yuksak funksional im koniyatlarga erishib-
gina qolmay, balki ularni ayni m ana shu lahzada m aksim al dara-
jada ishga sola oladigan ham bo‘lsin. Ko‘m akchi xarakterdagi
yaqinlashtiruvchi va boshqa m usobaqalar yuklam alarning bir
haftalik hajmi pasayishi fonida ham , o‘sib borayotgan sharoitda
ham o‘tkazilishi m um kin.
M ikrotsikllar tuzilishi. Tabiiyki, musobaqa davridagi m ikro-
tsikllarning asosiy formasi, yuqorida aytib o'tilgan musobaqa mik-
rotsikli bo‘ladi. Biroq bu yerda barcha m ikrotsikllar bir xil emas.
Asosiy musobaqalar o‘tadigan kunlarni o‘z ichiga olgan m ikro-
tsikllar haftalik yuklam a hajm ining kamayishi va mashg‘ulot ja-
rayonlarining eng kam miqdori bilan xarakterlanadi. Ko‘pincha
musobaqalar arafasida 2—3 kun, ba’zan esa undan ham ko‘p kun
hajmi kattaroq yuklam alardan xoli qilinadi. Bu vaqt, asosan, m u-
sobaqa boshlanadigan paytgacha tiklash va «o‘ta tiklash» sam ara-
li bo‘lishi uchun; faol dam olish va hajmi uncha katta bo‘lmagan
razm inka mashg'uloti uchun ajratiladi.
M usobaqa oldidan qatorasiga bir necha kun to ‘liq dam
olish, odatda, maqsadga muvofiq deb hisoblanm aydi. M alaka-
li sportchilar, agar u lar h ar kungi m ashg‘ulotga odatlanib qol-
38
www.ziyouz.com kutubxonasi
gan bo'lsalar (aytaylik, stayerlarda bo‘lganidek), m ashg'ulotlam i
um um an to ‘xtatm asliklari m um kin, lekin keyingi kunlardagi
bunday m ashg‘ulotlar yaqinlashtiravchi xarakterda o‘tkazilishi
kerak.
Yuklamalarning haftalik hajmi oshirilgan m ikrotsikllarda (ay-
niqsa, oraliq bosqichlarda) m ashg'ulot kunlarining o‘zi ko'payishi
bilan xarakterlanadi. Shunga yarasha yuklam alar va dam olish
rejimi ham ancha tig‘iz bo‘ladi. Shu bilan birga eng ko‘p kuch-
g‘ayrat talab qiladigan musobaqalar yoki oshirilgan mashg‘ulot
yuklamali m ikrotsikllar ketidan keladigan yuklam a tashlash mik-
rotsikllaridan ham foydalaniladi. Yuklama tashlash m ikrotsikl-
larida taxm inan 3 kundan 5 kungacha vaqt asosan xilma-xil
mashqlarga o‘tish va m ashg‘ulot sharoitini o‘zgartirish yo‘li bilan
ta’m in etiladigan faol dam olishga ajratiladi.
7.6. 0 ‘tish davri
M ashg‘ulot (mashg‘ulot)ning o‘ziga xos vazifalari. 0 ‘tish davri
uzluksiz mashg'ulot tizim ida o‘ziga xos bir bo‘g‘indir. Bun-
da asosiy mashg‘ulotlar faol dam olish xarakteriga ega bo‘ladi.
Shu bilan birga bu m ashg‘ulot pauzasi ham , ya’ni m ashg‘ulot ja-
rayonidagi tanaffus ham emas. Mashg‘ulot davom etaveradi, le-
kin uning shakllari va m azm uni anchagina o‘zgaradi. M azkur
davr mashg'ulot kumulyativ (to'planib borish holati) effektining
o‘ta mashq ko'rganlikka aylanib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikni, or-
ganizm ning funksional va adaptatsion imkoniyatlariga oshiril-
gan talablar qo'yilgan xoli rejimga yetarli darajada uzoq o'tishni
ta ’m inlash uchun kiritiladi. Shu bilan birga m azkur vaqtda mashq
ko'rganlikni m a’lum darajada saqlab qolish uchun sharoit yarati-
lishi va shu yo‘l bilan sport formasini rivojlantirishning ikki sik-
li o'rtasidagi aloqadorlik ta ’m inlanishi zarar. Albatta, faol dam
olish sharoitida m ashq ko'rganlikni maksimum darajada saqlash-
ning iloji yo‘q, biroq m ashg‘ulotning yangi siklini avvalgiga qara-
ganda ancha yuqori dastlabki holatda boshlashga imkon beradi-
gan mashq ko‘rganlikni saqlab qolish m um kin va zarardir.
Jismoniy tayyorgarlik o‘tish davrida, ilgari qo‘lga kiritilgan
funksional va morfologik o‘zgarishlarning m ustahkam lanishini
ta ’minlaydi, ayrim jism oniy fazilatlarni qisman takom illashtiradi,
39
www.ziyouz.com kutubxonasi
moslashuv imkoniyatlarini tiklab olishga ko‘maklashadi. Bular-
ning bari m ashg'ulotni oshirilgan yuklam alar bilan davom etti-
rish uchun shart-sharoit yaratadi. 0 ‘tish davridan texnik va tak-
tik tayyor ekanlikdagi ayrim kam chiliklam i yo‘qotish uchun ham
foydalaniladi. Birmuncha yangi harakat shakllarini o'zlashtirib
olish ham m um kin (yordamchi xarakterdagi mashqlarda). Bi-
roq bularning ham m asi m azkur davm ing asosiy vazifasiga —
faol dam olishga xalaqit berm asagina to ‘g‘ri bo‘ladi. 0 ‘tish davri
mobaynida mashg'ulotlarda va m usobaqalarda ishtirok etib ort-
tirilgan tajribani chuqur tushunib yetish, yanada takomil topishga
qaratilgan vazifalarni belgilab olish kerak. Nihoyat, ma’naviy-iro-
daviy tayyorgarlik sohasida sportchining erishilgan yutuqlarga va
bo'lishi m um kin mag‘lubiyatlarga to ‘g‘ri m unosabatda bo‘lishini
ta ’m inlash, faol dam olish va keyingi rejalar uchun ijobiy em o-
tsional holat yaratish muhimdir.
0 ‘tish davridagi m ashg'ulotning xarakteri birinchi navbatda
o‘tgan davrlarda berilgan jam langan yuklam alardan keyingi uzoq
muddatli tiklash jarayonlarining qonuniyatlariga, shuningdek,
nisbatan yuklam a tashlash sharoitida mashq ko‘rganlikni saqlab
turish qonuniyatlariga bog'liqdir.
Ba’zi mutaxassislar o‘tish davriga qarshi chiqib, uning funksi-
yalarini mashg‘ulot m ikrotsikllarida yuklam a bilan dam olishni
uzluksiz alm ashlab turish, shuningdek, boshqa davrlar davomi-
da yuklam alar kattaligi bilan m ashqlar xarakterini o‘zgartirib tu -
rishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaydilar. Biroq, birinchidan,
mashg‘ulot yuklam alari faqat eng yaqin «iz» qoldiribgina qol-
may, balki m a’lum sharoitlarda o‘ta m ashq ko‘rganlikka aylanib
ketadigan jam langan (kumulyativ) deb atalgan samara ham be-
radi. Ikkinchidan, m ashg'ulot jarayonida faqat ish qobiliyatini
tiklab olish bilan cheklanib qolmay, balki organizm ning adap-
tatsion im koniyatlarini ham tiklash kerak. Bu esa m ashg‘ulotni
faqat tayyorlov va musobaqa davrlaridagi singari tashkil etiladi-
gan bo‘lsa, har holda m um kin emas.
0 ‘tish davrini mashq ko‘rganlikni o'stirish sur’atlarini albatta
sekinlashtirib qo‘yadigan o‘ziga xos bir zaruriyat deb qarash ham
noto‘g‘ri bo'lur edi. Chunki o ‘tish davri ramkasida sport forma-
sining vaqtincha yo‘qotilishi keyingi o‘sishning asosiy shartla-
40
www.ziyouz.com kutubxonasi
ridan biri hisoblanadi. Shuningdek, hozircha kam o‘rganilgan,
lekin nihoyatda qiziqarli bo'lgan yana bir hodisaga, ya’ni nis-
biy yuklam a tashlashdan keyin m ashq ko'rganlikning rivojlanish
sur'ati tezlashib ketishiga e’tibor berishim iz lozim. Bu turdagi
faktlarni laboratoriya tadqiqotlarida ham (B.S. Voronin), peda-
gogika eksperiment sharoitlarida ham (V.P. Filin, L.P. Matveyev
va boshqalar) kuzatilgan. Bularning bari o‘tish davrining turli
mashg‘ulot siklidagi ajralmas bo‘g‘in ekani zarur qonuniyatligi-
ni ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |