F. T. M ir a X m ed o V j. S. Sobirov trenerlik metodikasi


Ma’naviy-irodaviy tayyorgarlikda



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/27
Sana05.07.2022
Hajmi2,34 Mb.
#740182
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Bog'liq
Trenerlik metodikasi (F.Miraxmedov, J.Sobirov)

Ma’naviy-irodaviy tayyorgarlikda 
katta hajmdagi tayyorgarlik 
ishlariga intilishni shakllantirish, sportchiga xos mehnatsevarlik-
31
www.ziyouz.com kutubxonasi


ni tarbiyalash, sport faoliyatidagi muvaffaqiyatni ta’minlovchi iro- 
daviy imkoniyatlar um um iy darajasini yuksaltirish birinchi bos- 
qichda alohida aham iyat kasb etadi.
7.3. Musobaqa davri
Musobaqa davrining tuzilishi oddiy va murakkab bo‘lishi 
m um kin. Birinchi holda u asosiy bir turdagi m ikrotsikllardan — 
musobaqa va yuklam a tashlash m ikrotsikllaridan iborat b o iad i. 
Ikkinchi holda esa, 4—6 haftalik maxsus oraliq bosqich bilan bir- 
biridan ajralgan ikkita (ba’zan undan ham ko‘p) musobaqa bos- 
qichlaridan iborat b o iad i.
U yoki bu tuzilishdan foydalanish sport turlarining xusu- 
siyatlariga, m azkur sport turida qabul qilingan musobaqalar 
taqvimiga va boshqa sharoitlarga b o g iiq , bunda boshqa ham m a 
sharoitlar teng b o isa, davrning uzunligi hal qiluvchi rol o'ynaydi: 
oddiy tuzilish nisbatan uncha uzoq davom etmaydigan davrga (2— 
3 oygacha), murakkab tuzilish esa uzoq davrga (4—5 oylar cha- 
masi) to‘g‘ri keladi.
M ashg‘ulot yo‘nalishining o‘zgarishi. Sport formasiga kirib 
olingandan keyin, uni butun m as’uliyatli musobaqalar davomi- 
da saqlab turish va sport yutuqlariga erishishga aylantirish vazi- 
fasi paydo bo‘ladi. Yuqorida aytganimizdek, sport formasi bu 
faqat holatgina emas, balki jarayon hamdir, sportda yutuqlarga 
erishishga tayyor ekanlikni ko‘rsatuvchi barcha fazilat, malaka, 
m ahoratlarni uzluksiz takom illashtirib boruvchi jarayon hamdir. 
Sport formasini saqlab turish davrida navbatdagi musobaqalar- 
ning spetsifik shart-sharoitlariga moslashish zaruriyati munosaba- 
ti bilan uning ayrim komponentlari ancha sezilarli o'zgarishlarga 
duch kelishi m um kin. Biroq, bu davrda tubdan o'zgarishlar qilib 
bo'lmaydi, chunki ular sport formasini yo'qolishiga olib kelgan va 
shu bilan musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashish imkoniyati- 
dan m ahrum etgan bo'lur edi.
Jismoniy tayyorgarlik musobaqa davrida eng ko‘p kuch- 
g'ayrat talab qiladigan kuchlanishlarga bevosita funksional tay- 
yorgarlik xarakteriga ega bo‘ladi va (m azkur sikl uchun) maxsus 
mashq ko‘rganlikning maksimal darajasiga erishishga, uni ana
32
www.ziyouz.com kutubxonasi


shu darajada saqlab turishga va qo‘lga kiritilgan um um iy mashq 
ko'rganlikni quvvatlab turishga qaratilgan bo‘ladi.
Sport-texnika va taktik tayyorgarlik harakat faoliyatining tan- 
langan form alarini imkon boricha yuqori pog'onada takom il- 
lashtirishni ta’minlaydi. Bu, bir tom ondan, ilgari o'zlashtirilgan 
malaka va m ahoratlarning m ustahkam lanishini nazarda tutsa, 
ikkinchi tom ondan variativlikni, harakat koordinatsiyasini niho- 
yatda nozik silliqlash, taktik tafakkurni rivojlantirish va maxsus 
bilim lam i chuqurlashtirish asosida sport kurashining turli sha- 
roitlarida chidam liligini orttiradi.
M a’naviy-irodaviy tayyorgarlik musobaqalar davrida mu- 
sobaqalarga bevosita psixologik jihatdan tayyor bo'lish, sportchi- 
ning jismoniy va ruhiy kuch-quw atini oliy darajada namoyon 
etishga safarbarligi alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bilan bir- 
ga ehtimol tutilgan sport mag'lubiyatlariga to'g'ri m unosabatda 
bo'lishni va ijobiy emotsional holatni saqlab qolishni ta ’m inlash 
ham muhimdir.
Agar musobaqa davri uzoq davom etadigan bo‘lsa, u hol- 
da mashg'ulot sport formasining poydevorini kengaytirish bilan 
bog'liq bo'lgan qo'shim cha funksiyani ado etadi. Bunday holda 
uchraydigan oraliq bosqichlar m a’lum m a’noda tayyorlov davrini 
eslatadi.
7.4. Vosita va metodlar tarkibidagi o‘zgarishlar. Umumiy va 
maxsus tayyorgarlikning nisbati
M azkur davr sport musobaqalari yanada takomil topishining 
eng m uhim vositasi va metodi hisoblanadi. Musobaqa sharoi- 
ti ham da musobaqa jarayonining o‘zi yuzaga keltiradigan alo- 
hida fiziologik va emotsional fon mashg‘ulotlar jarayonida 
ko‘rinmaydigan rezervlar hisobiga jismoniy m ashqlarning ta'sirini 
oshiradi va organizm funksional imkoniyatlari oliy darajada 
namoyon bo‘lishiga ko‘maklashadi. Shu bilan birga musobaqalar 
iroda tarbiyasi ham da sport m ahoratini takomillashtirish jarayoni- 
da mislsiz katta rol o'ynaydi. Bularning bari sport formasi davri- 
da musobaqalardan faqat sport imkoniyatlarini ishga solish vosita- 
si sifatidagina emas, balki yanada olg‘a borishning eng ta ’sirchan 
omili sifatida ham keng foydalanish kerakligini ta’kidlaydi.
33
www.ziyouz.com kutubxonasi


M usobaqalar miqdori albatta sport turlarining xususiyati va 
sportchilarning malakasiga bog‘liq. M asalan, sportning tezkor- 
lik, kuchlilik talab qiladigan ko‘pchilik turlarida ham da sport 
o'yinlarida yuqori malakali sportchilar deyarli butun musobaqa 
davrida har haftada musobaqalasha olsalar, zo‘r chidam lilik ta- 
lab etadigan sport turlari, shuningdek, sportdagi yakkama-yak- 
ka kurashlar va ko'pkurashlar uchun musobaqaning bunday re- 
jim i to ‘g‘ri kelmaydi. Biroq m usobaqalam ing um um iy soni, 
faqat sportning tanlangan turlaridagina emas, qo‘shim cha turla- 
rida ham ham isha sportchining jismoniy va iroda sifatlarini ja - 
dal sur’atda tarbiyalash, uning m ahoratini oshirish uchun yetar- 
li bo‘lishi kerak.
Sportchi faqat tanlangan mashqda musobaqalashayotganidan 
yoki yana qo‘shim cha mashqlarda ham chiqayotganidan qat’i 
nazar, musobaqalar o‘z ahamiyati va yo‘nalish darajasi bo‘yicha 
bir-biridan farq qilinishi kerak. M usobaqalarning bir qismi hat- 
to musobaqa davrida ham tayyorgarlik xarakteriga ega bo'ladi 
va ulardan asosiy, eng m as’uliyatli musobaqalarga yaqinlashtirish 
uchun foydalaniladi.
Tabiiyki, bu davrda musobaqa m ashqlarining salmog‘i ortib 
boradi; bu maxsus tayyorlov m ashqlarining m iqdorini qisqartirish 
hisobiga ortib borganidan ko‘ra ko'proq m usobaqalardan keng 
foydalanish ham m ashg'ulotlar jarayonida musobaqa m ashqlarini 
tez-tez bajarib turish natijasida sodir bo'ladi, Maxsus tayyorlov 
m ashqlarining tarkibi bundan oldingi davrning oxirida qanday 
bo'lgan bo‘lsa, asosan, shundayligicha qoladi.
Umum iy tayyorgarlik vositalaridan foydalanishda anchagina 
o'zgarishlar yuz beradi. Sport form asi tu rg 'u n vaqtda «salbiy» 
ta ’sir etuvchi xavf kamayadi va, binobarin, m ashqlarni keng- 
roq m iqyosda alm ashtirish im koniyati paydo bo‘ladi. G archi 
um um iy jism oniy tayyorgarlik asosan ilgari o‘zlashtirilgan 
m ashqlar m aterialidan qurilsa ham , biroq m ashqlarning tark i- 
bi va ularn i alm ashlash jih atid an tayyorlov davrining ikkinchi 
bosqichidagiga qaraganda ko'proq xilm a-xil bo'lishi m um kin. 
Bu um um iy tayyor ekanlik darajasini saqlab turish uchun qulay 
sharoitlar yaratadi. Bu esa o‘z navbatida maxsus tayyor ekan- 
likni saqlab turish va yanada rivojlantirish uchun xizm at qiladi.
34
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bir holatdan ikkinchisiga o 'tish lar — faol dam olish yordam i- 
da ish qobiliyatini kundalik tiklab borish sharoiti ham yengil- 
lashadi. M usobaqa davrida davrning uzunligi qanchalik kat- 
ta b o is a va m axsus tayyorgarlikning m azm uni qanchalik b ir 
xil b o is a , m ashqlarning xilm a-xilligining aham iyati shun- 
chalik k atta b o iis h i kerak. C hunki b ir yo‘nalishdagi faoliyat 
qo'riqlovchi torm ozlanishga tezroq olib keladi ham da funksio- 
nal im koniyatlarni cheklab qo'yadi. M usobaqa davrida um um iy 
tayyorgarlikning salm o g i maxsus tayyorgarlik bosqichidagiga 
qaraganda um um an past b o ia d i. Agar m usobaqalar davri nis- 
batan qisqa m uddatli b o is a , um um iy va maxsus tayyorgarliklar 
nisbati tax m in an tayyorgarlik davrining oxirida qanday b o is a , 
shunday darajada saqlanib qoladi. Agar m usobaqa davri 2— 
3 oydan ortiqqa cho'zilib ketsa, u holda bu nisbat oraliq bos- 
qichda um um iy tayyorgarlikning salm o g in i b ir qadar orttirish 
tom oniga o'zgarishi kerak.
Hozirgi mavjud amaliyotda ko‘pincha mutlaqo boshqacha 
m anzarani ko'rish m umkin: musobaqalar davri boshlanishi bi- 
lan um um iy tayyorgarlikning salm ogi yo keskin qisqarib ketadi 
yoki yo‘q darajaga tushib ketadi. Hoziigi zam on ilmiy qarashlari 
va ilg'or tajriba bunday y o in i ratsional emas deb hisoblash uchun 
yetarli asos beradi.
Maxsus-tayyorlov 
bosqichida 
um um iy 
tayyorgarlikning 
salm ogi pasayishi mashg‘ulot qonuniyatlariga to‘g‘ri keladi va 
umumiy m ashq ko'rganlik darajasini yo‘qotishga sabab boim aydi 
(chunki birinchi bosqichda ishlatilgan yuklam alarning katta haj- 
m i ta ’sir qilishda davom etadi). Umumiy tayyorgarlik hajm ining 
bundan keyingi uzoq m uddat qisqarishi esa turli adaptatsion jara- 
yonlarning shakllanib qolgan nisbatlarini buzadi va sport forma- 
sining funksional bazasini kamaytiradi. Shuning uchun yetakchi 
sportchilarning musobaqa davrida m ashg'ulot uchun ajratilgan 
umumiy vaqtning 30%ini, ba’zan hatto undan ham ortiq foizini 
um um iy tayyorgarlikka sarflashlari tobora ko‘payayotgani be- 
jiz emas. Tadqiqotlar, jum ladan, sportning tezkorlik va kuchli- 
lik talab qiladigan turlari bo‘yicha ixtisoslashayotgan sportchilar 
uchun k u ch -q u w at xarakteridagi m ashqlarning anchagina qismi- 
ni saqlab qolish zaru r ekanligini ko‘rsatdi.

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish