56
12-rasm. Namib cho`lidagi barxan
Ko`pincha barxanlar yaxlit qum massivlarida hosil bo`ladi.
Shu sababli
to`da- to`da bo`lib joylashadi va bir-birlari bilan ulanib barxan zanjirlarini hosil
qiladi. Barxan zanjirlarining kengligi ularning pastki qismida 800-1000 m gacha,
balandligi esa O`rta Osiyo cho`llarida 75 m gacha, Taklamakon cho`lida esa 100 m
gacha yetadi. Ba`zi cho`llarda barxan zanjirlarining uzunligi 20 km gacha yetadi.
Barxan zanjirlari shamol ta`sirida juda sekin harakat qiladi. Ular shamol juda
kuchli bo`lganda ham o`z
joylaridan siljimasliklari, faqat ustki qismlari va
yonbag`irlarigina o`z shaklini o`zgartirishi mumkin..
Cho`llarda barxanlar va barxan zanjirlariga nisbatan qumlarning ingichka va
uzun tizmalari ko`p tarqalgan. Bu qum tizmalari tog`ri yoki egri chiziq bo`ylab
cho`ziladi. Ba`zan tizmalar uzunasiga butunlay tugab yana boshlanishi mumkin.
Shuning uchun ular dengiz to`lqinlari ko`rinishini beradi. Ularning balndligi va
hajmi tulicha bo`lib, uzunligi esa shamol yo`nalishiga qarab bir necha 100 km
gacha cho`zilishi mumkin. Masalan, Liviya hududida bunday tizmalarning uzunligi
700 km ga yetadi.
Dyuna (
nemischa-qum tepa)-shamol ta`sirida dengiz, daryo, ko`l
sohillari
57
bo`ylab, balandligi 10-30 ba`zan 300 m bo`lgan qum tepaliklaridir. Dyunalar ham
barxanlar singari yarimoy shaklida bo`ladi. Bunday tepaliklar asta-sekin ko`payib,
o`zaro birlasha boshlaydi va dyunalar-ko`ndalang qum tizmalarini keltirib
chiqaradi. Bu tizmalarning dengiz (shamol esayotgan) tomoni yotiq va quruqlik
tomoni ancha tikdir. Dyunalarning umumiy ko`riishi cho`llardagi barxanlar
va qum
tizmalariga juda o`xshaydi. Dyunalarning barxanlardan farqi shundaki, birinchidan
dyunalar hosil qilgan qumlar suvning qirg`og`idagi tog` jinslariga ta`sir etishidan
hosil bo`ladi, ikkinchidan, barxanlar faqat cho`llarda hosil bo`lsa, dyunalar esa har
qanday tabiiy sharoitda, yer sharining hamma kengliklarida hosil bo`lishi
mumkin,uchinchidan dyunalarni tashkil qilgan qumlar
barxan qumlaridan tarkibi
bilan farq qiladi. Dyunalar hosil qilgan qumlar suvda erimaydigan tog` jinslaridan
iborat.
Dengiz va okean bo`ylaridagi dyunalarning balandligi turlicha, masalan
Boltiq dengizi bo`yidagi dyunalarning balandligi 40-60 m, O`rta
Dengiz
qirg`oqlarida esa 150-200 m balandlikda dyunalar uchraydi. Ularning harakat
tezligi ham bir xilda bo`lmay, agar shamol kuchli bo`lsa, kichik dyunalar bir sutka
davomida 2-3 m gacha, hajmi juda katta dyunalar esa bir yil davomida 1-20 m
gacha siljiydi. Dyunlarning quruqlik ichkarisiga siljishi juda zarar yetkazadi. Ular
ekinzorlar, o`rmonlar va aholi yashaydigan joylarni bosib,
qum ostida qoldirishi
ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: