Mavzuga oid savol va topshiriqlar.
1.
Suv ta`sirida qanday tabiiy geografik jarayonlar shakllanadi?
2.
Vaqtincha o`zansiz oqar suvlar qanday shakllanadi?
3.
Vaqtincha o`zanli oqar suvlar, o`zansiz oqar suvlardan qanday farqlanadi?
4.
Doimiy o`zanli oqar suvlarga nimalar kiradi?
5.
Jarlanish qanday, qaysi omillar va qaysi hududlarda shakllanadi?
6.
Andesedent vodiylar va ularning shakllanishi to`g`risida nimalarni bilasiz?
7.
O`zan va qirg`oq eroziyasini shakllanish sabablari nimalardan iborat?
8.
Sel qanday va qaysi hududlarda shakllanadi?
9.
Selning salbiy va ijobiy xususiyatlari to`g`risda nimalarni bilasiz?
10.
O`zbekistonda karst jarayoni kimlar tomonidan tadqiq etilgan?
11.
Karst qanday turlarga bo`linadi?
12.
Yer yuzidagi eng yirik karst g`orlari qaysilar?
13.
Karst quduqlari qanday hosil bo`ladi?
14.
Suffoziya nima?
15.
Suffozion ko`llar qanday shakllanadi?
Gravitatsion kuch tufayli yuzaga keluvchi tabiiy geografik jarayonlar
Gravitatsion kuch ta`sirida surilma, soliflyuktsiya, nivatsiya va deflyuktsiya
kabi tabiiy geografik jarayonlar shakllanadi.
Surilma
— togʻ jinslarining gravitatsion jarayonlar taʼsirida yon bagʻir
boʻylab pastga tomon siljishi. Surilgan togʻ jinslarining hajmi bir necha oʻn m
3
dan
1 mlrd. m
3
gacha boʻlishi mumkin. Surilma massa (tana), uzilish devori, sirpanish
yuzasidan iborat. Qalinligi 1 m dan 20 m gacha va undan ortiq boʻladi.
Surilmaning yuzaga kelishiga, asosan, yon bagʻirlar ostki qismida tayanchlarning
yoʻqolishi yoki kamayishi sabab boʻladi. Ular esa yon bagʻirlarning suv yuvishi
natijasida yemirilib qiyaligini ortishi, tog jinslarining nurash yoki yogʻingarchilik
47
va yer osti suvlari taʼsirida ortiqcha namlanishi sababli jinslar mustahkamligining
kamayishi, seysmik harakatlar, joyning geologik sharoitlari hisobga olinmay, olib
borilayotgan qurilish va
boshqa xoʻjalik faoliyatlari
(yon
bagʻirlarda yoʻllar qurilishi, bogʻ va ekinzorlarni ortiqcha sugʻorish va h. k.)
oqibatida kelib chiqadi. Siljishning, asosan, 4 tipi farq qilinadi: sirpanish — bunda
zoʻriqish qulab tushishi pogʻonasiga yetadi; yuvilish — yer osti eroziyasi vujudga
kelib, qatlamlar orasi erib oqadi; suyulish — yon bagʻirlarda suvga toʻyingan
qumgilli va lyossli jinslarda seysmik tebranishlar natijasida suv utkazmaydigan
2 qatlam oraligʻidagi loysimon massa oqib chiqadi; sudral ib tushish —
doimiy bosim ostida sekin asta deformatsiyalanish. Surilma larning yuzaki, loyli
oqim, seysmogen turlari ham bor. Seysmogen Surilmalar hajmi katta, chuqur,
shiddatli boʻladi [mas, Usoy (1911), Fayzobod (1943,1947), Burchmulla (1946),
Hait (1949), Hisor (1989) va b. surilmalarning aniq vaqtini oddindan aytish kiyin,
chunki u meteorologik, gidrogeologik va seysmik omillar bilan bogʻliq. Surilma
koʻp hollarda suvli va suv utkazmaydigan gilli qatlamlar navbatlanib joylashgan,
yon bagʻirlar ostini suv yuvib ketgan joylarda roʻy beradi. Yuzasining qiyaligiga
kaiab juda yotik (5°). yotik (5—15°). Surilma pogonalari yoki dongliklor tikroq
(15—45°), tik (45°) yon bagʻirlarda sodir boʻladigan Surilmalar mavjud.
Yuzasining chuqurligi yuza (1 m gacha), sayoz (5 m gacha), chuqur (20 m gacha)
va juda chuqur (20 m dan ziyod) boʻlishi mumkin. Sathi bir necha m2 dan 500 —
600 m2 gacha.
Surilmaning tuzilishi va tarkibiga nisbatan: turli tarkibli jinslarning
qatlamlarida va bu qatlamlarning ulanish joylarida; tektonik buzilish zonalaridagi
darzliklardagi bir jinsli boʻlmagan toʻldirgichlarda; togʻ jinslarining ulanish
joylarida va sunʼiy inshootlar (filtr, drenaj va boshqalar)dan toʻkilgan materiallarda
rivojlanadi. Surilma togʻ jinslari tarkibi va tuzilishisining oʻzgarishiga, ularning
gʻovakliligi va suv oʻtkazuvchanligini ortishiga, mahkamliligini pasayishiga olib
keladi. Natijada ustki qatlam choʻkib, yuqorida diametri 10 m gacha, baʼzan 100–
500 m gacha boʻlgan mayda va yirik halqasimon chuqurlar hosil boʻladi. S.
natijasida yumshagan jinslar togʻ yon bagʻirlarida koʻchki hosil boʻlishiga imkon
48
yaratadi. Inshootlar asosidagi togʻ jinslarda Surilma ularning notekis choʻkishiga,
shaklini oʻzgartirishiga va buzilishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |