44
Bu daryolarning ba’zi birlari ma’lum masofada yer ostida oqqach, yana yer
betiga chiqadi. Boshqalari yer ostiga ketgach, ko’pdan-ko’p yer osti kanallariga
bo’linib, tugab ketadi. Ba’zan bir qancha yer osti suv oqimlari yig’ilib, yaigi daryo
hosil qiladi; bu daryo yer betiga voklyuza deb ataluvchi katta buloqlar tarzida oqib
chiqadi.
Daryolar tagi grunt suvlari sathidan pastda bo’lgandagina
ochiq karstli
hududlarda doimiy daryolar bo’lishi mumkin. Bunday daryolar vodiysi juda
chuqur, dara yoki kan’on shaklida bo’ladi.
Yopiq karstdagi daryolar va ularning vodiylari ochiq karstdagi kabi yaqqol
aks etgan o’ziga xos belgilarga ega emas. Ular
oddiy daryolardan suvining
ko’pincha karst chuqurliklariga tushib ketishi bilan farq qiladi.
Karst tarqalgan hududlarning qishloq xo’jaligida foydalanish sharoiti ham
o’ziga xosdir. Karst rivojlangan joylarning suvni tortib ketishi ochiq karstli
ko’pdan-ko’p rayonlarning suvsiz va unumsiz bo’lishiga olib keladi.
Namligi
ortiqcha zonalardagi karstli rayonlar suv o’tkazmaydigan jinslardan tuzilgan
hududlarga qaraganda ancha qulaydir.
Karbonatli jinslar tarqalgan karstli hududlardada shu zonadagi boshqa jinslar
ko’p bo’lgan joylardagiga qaraganda unumdorroq tuproqlar rivojlanadi. Karstning
gidrogeologik xususiyatlari ohakli hududlar iqlimida haroratning yuqori va
havoning quruq bo’lishiga imkon beradi. Shu sababli karst jarayoni turli geografik
zonalarda turlicha bo`ladi. Ochiq karst O`rta dengiz
subtropiklarida juda keng
tarqalgan bo`lib, ushbu karstni turlarini O`rta dengiz tipi ham deyiladi. Bu
hududlarda karst hodisasining rivojlanishi uchun hududning geologik tuzilishi va
iqlim sharoiti juda qulaydir. Yog`inlarning jala tarzida yog`ishi, quruq faslning
mavjudligi yer betiga chiqib yotgan ohaktoshlarda yomg`ir
suvlarining faolligi
kuchaytiradi.
Mo`tadil iqlim sharoitida ham karstning rivojlanishi uchun qulay sharoit
mavjud bo`lib, bu yerda asosan yopiq karst turlari rivojlanadi. Yer osti karst
bo`shliqlari asosan yer osti suvlarining ishi bilan bog`liq.
Yuza shakllari esa
o`pirilishlar bilan bog`liqdir.
45
Tropiklarda esa o`ziga xos karst qoldiq tog`li shakllari keng tarqalgan.
Boshqa zonalarda karstning pastqam shakllari keng tarqalgan bo`lsa, tropik
karstlarda balandlik shakllari keng tarqalgan.
Arid zonalarda namlikning yetishmasligi karst hodisasining faol bo`lishiga
imkon bermaydi. Sovuq iqlim sharoitida suv muzlaganligi va haroratning pastligi
erish jarayoniga salbiy ta`sir ko`rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: