1. Suv olish inshootlari, suv olgichlar — suv manbalari (dare, koʻl, suv ombori, yer osti suvlari va boshqalar) dan sugʻorish, gidroenergetika yoki shu kabi tarmoklarga suv olish uchun quriladigan gidrotexnika inshootlari. Dalalarni sugorish, yaylovlarga suv chiqarish, elektr st-yalarga suv berish, aholi punktlari va sanoat korxonalarini suv bilan taʼminlash uchun quriladi. Suv olish inshootlarii. suv yoʻliga zurur miqdorda, sifati saqlangan va suv isteʼmoli grafigiga muvofiq suv tushishini taʼminlashi shart. Suv olish inshootlari toʻgʻonsiz, toʻsikli va toʻgʻonli boʻladi. Toʻgʻonsiz suv olgich, asosan, suvni oʻz oqimi bilan chiqarish imkoniyati boʻlgan sharoitlarda quriladi. Bu hollarda oqiziq hosil boʻlishini bartaraf etish uchun maxsus tindirgichlar quriladi yoki zemsnaryadlardan foydalaniladi. Toʻgonsiz suv olgichlar bir quloqli yoki koʻp qulokli boʻlishi mumkin. Bir qulokli Suv olish inshootlarii. bevosita daryo qirgogʻidan boshlanadi yoki daryo oʻzaniga kirgan boʻladi (mas, Norin daryosida Shim. Fargʻona kanali, Vaxsh daryosida Vaxsh kanali Suv olish inshootlarii.). Koʻp quloqli suv olgichlarda daryo qirgʻogʻining bir necha joylarida bir kanalga suv beruvchi yoʻlaklar qaziladi (mas, Amudaryoda AmuBuxoro mashina kanali, Paxtaarna va Qoraqum kanallari). Koʻp qulokli Suv olish inshootlarii. daryolardan kanallarga uzluksiz suv oʻtishini va suv bilan taʼminlanishni birmuncha oshiradi. Yoʻlkalar tindirgich vazifasini ham oʻtaydi va ehtiyojga koʻra, navbatmanavbat ishlatiladi.
Sugʻoriladigan maydon daryodagi suv sathidan balandda joylashgan boʻlsa, mashina (nasos) Suv olish inshootlarii. — nasos stansiyalari quriladi (1rasm). Toʻsiq (shpora)li suv olgich daryo suvi sathi past boʻlgan hollarda suvni damlashda tosh, shoxshabba kabi mahalliy materiallardan toʻsiq yasab quriladi (2rasm). Toʻsiq qarshi qirgʻoqqacha davom etishi shart emas. Hozirgi toʻsiqli Suv olish inshootlarii. deyarli qoʻllanilmaydi. Toʻgʻonli Suv olish inshootlarii. turgʻun suv olish uchun daryo suvi sathini bir xil darajada saklab turishni taʼminlaydi. U gidrouzel tarkibiga kiradi; kichik, oʻrta va yuqori bosimli, suv olish sharoitiga qarab bir tomonli — suvni faqat bir qirgʻoqqa beradigan (Chirchiq daryosida Chapqirgʻoq Qorasuv), qoʻsh tomonli — suvni ikkala qirgʻoqqa oqizadigan (Zarafshon daryosida Birinchi May); frontal — oqim yoʻnalishiga perpendikulyar joylashgan (Qurshob daryosida Qurshob) va yonbosh — oqim yoʻnalishiga malum burchak ostida joylashgan (Amudaryoda Taxiatosh) Suv olish inshootlarii. ga boʻlinadi.
Daryolarda suv sathi va sarfining keskin oʻzgaruvchanligi, oqimlarning juda ham loyqaligi sugʻoriladigan yerlarga suv berishni qiyinlashtiradi. Bu sharoitlarda Suv olish inshootlarii. daryoda zarur suv sathini vujudga keltiradi, sugʻorish uchun zarur suvSuv sathi ni xoxdagan vaqtda (toshqin, yoz chillasi) beradi, kanallarni loyqa bosi shidan himoya qiladi.
2. "Qo‘rg‘oshin novasi" suv inshooti.
Yozma manbalar va arxnologik tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, Afrosiyob tepaligi ustiga joylashgan qadimgi Samarqandning atrofi chuqur jarliklar bilan o‘ralganligi sababli shaharga suv maxsus ko‘tarma kanal yordamida olib kelingan. Asrlar davomida Samarqanddagi obi
hayot bilan ta’minlab kelgan bu qadimgi suv inshooti 10-12 asr manbalarida
"Juyi ariz", ya’ni "Qo‘rg‘oshin anhori", aniqrog‘I "Qo‘rg‘oshin novasi" nomi bilan tilga olinadi.
Asrlar davomida Samarqand shahrini suv bilan ta’minlashda yagona gidrotexnika inshoot bo‘lib hisoblangan Juyi ariz novasi uning iqtisodiy va siyosiy hayotida muhim rol o‘ynagan. Shuning uchun ham Samarqandning qadimgi hukumdorlari bu inshootning mudofasiga va
uning yaxshi saqlanishiga doimo katta ahamiyat berganlar. Juyi ariz anhori atrofidagi yerlardan tushadigan har yilgi daromad mazkur inshootning ta’miri uchun sarflangan.
10 asr arab geogrifi Istaxriyning yozishicha, Samarqandning otashparast aholisiga yozin-qishin bu inshootni nazorat qilib turish ishi yuklanib, bunday xizmatlari uchun ular har yilgi og‘ir jon solig‘i "Juzya" dan ozod yetilgan. Suv tarmoqlarining mana Shunday izlari va inshootlarining
Qoldiqlarini tadqiq qilib qadimiy shaharning suv bilan qanday ta’minlanganini bilib olish mumkin. Chunki ular o‘z vaqtida shaharning barpo bo‘lishi, gullab yashnashi va nihoyat vayron yetilishida muhim rol o‘ynagan. Afrosiyobda hamda Registon yaqinida qayd yetilgan qadimgi
Kanal qatlamlarida chiqqan arxeologik topilmalardan ma’lum bo‘lishicha Samarqandning qadimgi ko‘tarma anhori ilk bor miloddan avvalgi 6-5 asrlarda barpo yetilgan. Dastavval u soy va buloq suvlaridan, so‘ngra - milodning 6 asrida Darg‘om kanali orqali aholini suv bilan
ta’minlagan. 1220 yilda Samarqandni qamal qilgan Chingizxon lashkarlari shaharni mudofaa qilib turgan aholini suvsiz qoldirib, ularni taslim bo‘lishiga majbur etish maqsadida "Juyi ariz" novasini buzib tashlaganlar. O‘z davrining bu ulkan gidrotexnika inshooti "Qo‘rg‘oshin novasi"ning vayron yetilishi natijasida doimiy oqar suvidan mahrum bo‘lgan Samarqand o‘zining qadimiy o‘rnida qayta tiklanmadi.
3. O‘zbekistonda quloqlashtirish siyosati hamda uning oqibatlari. Mustabid sovet rejimi 1929 – 1935-yillarda badavlat va o‘rtahol dehqonlarni qishloq burjuaziyasi sifatida tugatish siyosatini olib borgan. Quloq xo‘jaliklarini tugatish kompaniyasi O‘zbekistonda 1930-yil fevraldan boshlab avj oldi. VKP(b) MK Siyosiy byurosining 1930-yil 26-yanvardagi “Yoppasiga jamoalashtirish rayonlarida quloq xo‘jaliklarini tugatish tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va VKP(b) MK O‘rta Osiyo byurosining “Quloqlarni sinf sifatida tugatish bilan bog‘liq tadbirkor to‘g‘risida”gi ko‘rsatmalari asosida O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti 1930-yil 17-fevralda “Kollektivlashtirish va quloq xo‘jaliklarini tugatish to‘g‘risida” qaror qabul qilgan. O‘zbekistonda quloqlar sifatida ro‘yxatga olingan o‘ziga to‘q xo‘jaliklarning mol-mulki to‘liq musodara qilinib, ularning oilalari o‘zga yurtlar (Ukraina, himoliy Kavkaz, Sibir, Qozog‘iston, Uzoq Sharq va b.)ga surgun qilingan. Shuningdek, respublikaning o‘zida quloqlar uchun maxsus konsentratsion lagerlar va ko‘chirib keltirilganlarning 17 ta majburiy mehnat posyolkalari tashkil qilindi. Bu posyolkalar 1931-yildan Qo‘qon, Chust-Pop, Oqdaryo, Ikromov, G‘ijduvon, Vobkent, Bauman, Denov, Sariosiyo, Quva, Yangiyo‘l tumanlarida tuzilgan. Masalan, Bauman (hozirgi Shofirkon) tumanidagi Jilvon va Ko‘li Odina qishloq sovetlari hududida ana shunday 2 ta “quloqlar” posyolkasi barpo qilingan. Sovet hokimiyatiga qarshilik qilgan quloqlar esa qamoqqa olingan va otib tashlangan. Dehqonlarning noroziligi kuchayib, Farg‘ona va Zarafshon vodiylari, boshqa hududlarda ommaviy norozilik namoyishlari, sovet tuzumiga qarshi isyonlar va qurolli chiqishlar yuz berdi. Ba’zi isyonlar qurolli qo‘zg‘olon darajasiga ko‘tarilgan. Faqat Qashqadaryo okrugida 1930-yil boshlarida dehqonlarning 14 ta norozilik chiqishlari yuz berib, ularda 3700 kishi ishtirok etgan. 1930-yil mart oyida O‘zSSRda 240 ta, SSSRda 2000 dan ortiq qurolli chiqishlar qayd etilgan. Quloqlarga qarshi kurash O‘zSSRda kun sayin kengayib borgan. 1931-yil avgustda 3828 ta quloq xo‘jaliklari tugatilgan, 3871 xo‘jalik “quloq oila-si” sifatida Ukraina, Sibir va Shimoliy Kavkazga surgun qilingan. Rasmiy ma’lumotlarda ko‘rsatilishicha, 1933-yili O‘zbekistonda surgun qilingan quloq xo‘jaliklari soni 5500 tagacha yetgan.Quloqlashtirish siyosati 1933-yilda asosan amalga oshirib bo‘lingan. Biroq 1934 – 1937-yillarda ham ko‘plab badavlat dehqon xo‘jaliklari quloq qilingan. Sovet hokimiyati yillarida quloqlikka tortilib, surgun qilinganlardan tirik qol- ganlarining erkin fuqarolik maqomini olib, o‘z yurtiga qaytish jarayoni og‘ir kechib, u taxmiman 20 yildan ko‘proq vaqtni, ya’ni 1934 – 1956-yillarni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |