“TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO’JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI” MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETI - Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari kafedrasi
- Ma’ruza: № 4. To’g’onli suv olish inshootlari
MAVZU: To’g’onli suv olish inshootlari. - Reja:
- 1. Oqimning strukturasiga aktiv ta’sir ko’rsatib suv olish.
- Adabiyotlar:
- Bakiyеv M.R., Majidov J., Nosirov B., Xo’jaqulov R., Raxmatov M. Gidrotеxnika inshootlari. I, II-jild, Darslik, Toshkеnt, IKTISOD-MOLIYA, 2009– 840 б.
- Bakiеv M.R., Majidоv I.U., Nоsirоv B., Xo’jaqulоv R., Raxmatоv M. Gidrоtеxnika inshооtlari. I-II- jildlar. Darslik, T.: 2008. – 840 b.
- Bakiеv M.R., YAngiеv A.A.,Qоdirоv О, Gidrоtеxnika inshооtlari. O’quv qo’llama, T: Fan, 2002.-276 b.
- Рассказов Л.Н. и другие Гидротехнические сооружения. Часть-1,2. Учебник дляя вузов –Москва:издательство Ассоциации сторительных вузов, 2008.-576-с., 527-с.
- Bakiyеv M.R., Majidov J., Nosirov B., Xo’jaqulov R., Saidov I. Gidrotеxnika inshootlarini loyihalash. O’қув қo’ллама,T.: ”Fan va texnologiya” 2013, 432 bet.
- Bakiеv M.R., M-G.A.Kodirova, Ibraymov A. «Gidrotеxnika inshootlari» fanidan kurs loyixalari va amaliy mashhulotlarni bajarish bo’yicha mеtodik ko’rsatma. 1,2 qismlar. T.,2009.
- Bakiеv M.R., Kirillova Е.I., Qaxxorov O’. «Gidrotеxnika inshootlari» fanidan labaratoriya ishlarini bajarish bo’yicha mеtodik ko’rsatma. T., 2007.
1. Oqimning strukturasiga aktiv ta’sir kursatib suv olish. - Cho’kindilarni yon tomonga yuvib frontal suv olish:
- 1- to’g’on; 2-bosh inshoot; 3-kanal; 4 – G-shaklidagi egri chiziqli ostona; 5-oddiy egri chiziqli ustidan suv o’tkaziladigan ostona; 6-dyuker; 7-yo’naltiruvchi dambalar; 8-suv urilma quduq.
Farg’onacha suv olishda kanalga tub cho’kindilarni o’tkazmaslikni ta’minlash uchun ko’ndalang tsirkulyatsiyadan foydalaniladi. Uni hosil qilishda keluvchi o’zan planiga egri chiziqli shakl beriladi, uning kengligi esa turg’un o’zan kengligiga teng qilib olinadi. Suv oluvchi inshootni qirg’oqning botiq tomoniga joylashtiriladi. Suv oluvchi to’g’on tarkibiga quyidagilar kiradi; keluvchi egri chiziqli o’zan; zatvorlar bilan jihozlangan suv tashlovchi to’g’on; to’g’onning botiq tomoniga birlashgan har xil konstruksiyali suv qabul qiluvchi ostona, ular yordamida suv olinadi va so’ngra rostlagich orqali suv kanalga o’tadi. Suv qabul qiluvchi ostona daryo tubidagi (ponurdan) 1,5...2 m balandda joylashtiriladi. Rostlagich oldida qo’shimcha G-shaklidagi egri chiziqli ostona o’rnatiladi. Bu ostona ko’ndalang tsirkulyatsiyani kuchaytiradi, suv ostida oqib kelayotgan cho’kindilarni to’g’on oraliqlari orqali daryoning pastki befiga o’tkazib yuboradi. Bu oraliqlardagi vodosliv ostonasini ponur sathida joylashtiriladi, bu esa egri chiziqli o’zan bo’yicha harakat qilayotgan cho’kindilar bilan birga oqimni qarshilikka uchramasdan tashlab yuborishini ta’minlaydi. - Farg’onacha suv olishda kanalga tub cho’kindilarni o’tkazmaslikni ta’minlash uchun ko’ndalang tsirkulyatsiyadan foydalaniladi. Uni hosil qilishda keluvchi o’zan planiga egri chiziqli shakl beriladi, uning kengligi esa turg’un o’zan kengligiga teng qilib olinadi. Suv oluvchi inshootni qirg’oqning botiq tomoniga joylashtiriladi. Suv oluvchi to’g’on tarkibiga quyidagilar kiradi; keluvchi egri chiziqli o’zan; zatvorlar bilan jihozlangan suv tashlovchi to’g’on; to’g’onning botiq tomoniga birlashgan har xil konstruksiyali suv qabul qiluvchi ostona, ular yordamida suv olinadi va so’ngra rostlagich orqali suv kanalga o’tadi. Suv qabul qiluvchi ostona daryo tubidagi (ponurdan) 1,5...2 m balandda joylashtiriladi. Rostlagich oldida qo’shimcha G-shaklidagi egri chiziqli ostona o’rnatiladi. Bu ostona ko’ndalang tsirkulyatsiyani kuchaytiradi, suv ostida oqib kelayotgan cho’kindilarni to’g’on oraliqlari orqali daryoning pastki befiga o’tkazib yuboradi. Bu oraliqlardagi vodosliv ostonasini ponur sathida joylashtiriladi, bu esa egri chiziqli o’zan bo’yicha harakat qilayotgan cho’kindilar bilan birga oqimni qarshilikka uchramasdan tashlab yuborishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |