aytganda, bu holda yorug’lik xuddi shaffofmas to’siq bo’lmagan holdagidek
329
23.13-rasm
tarqaladi. Yuqorida yuritilgan mulohazalar faqat A nuqta uchun o’rinli ekanligini
aloxida qayd qilaylik. Haqiqatdan, E ekrandagi cheksiz ko’p nuqtalar ichidan faqat
A nuqtani M bilan birlashtiruvchi to’g’ri chiziq tekshirilayotgan to’siqdagi
doiraviy teshik uchun simmetriya o’qi bo’lib xizmat qiladi. Bu holda to’siqdagi
doiraviy teshik ochiq qoldirgan bo’ladi.
Lekin ekranning to’siqdagi
doiraviy teshik ochiq qoldiradigan
Frenel
zonalarining
manzarasi
o’zgacha bo’ladi. Bu holda to’siq
uchinchi Frenel zonasini qisman
berkityapdi. Ammo turtinchi Frenel
zonasining
bir
qismi
doiraviy
teshikka to’g’ri keladi, ya’ni ochiladi. A nuqtadan yanada uzoqroqdagi nuqta
uchun esa teshik ochiq qoldirgan zonalarning manzarasi yanada boshqacha bo’ladi.
Bu esa ekranning A nuqtadan turlicha uzoqlikdagi A
1
, A
2
, … nuqtalarida yorug’lik
intensivligining turlicha bo’lishiga sabab bo’ladi.
2. Doiraviy diskdan hosil bo’ladigan difraksiya. Nuqtaviy monoxromatik
yorug’lik manbai M dan tarqalayotgan nurlar yo’liga doiraviy disk shaklidagi
shaffofmas to’siqni joylashtiraylik (23.13-rasm). E ekranni esa to’siqka parallel
qilib joylashtiramiz. M manba va doiraviy diskning markazidan utuvchi to’g’ri
chiziq ekranni A nuqtada kesadi. A ni kuzatish nuqtasi sifatida tanlasak, to’siq S
to’lqin frontidagi Frenel zonalarining k tasini berkitadi. Shuing uchun A nuqtadagi
yorug’lik to’lqinning amplitudasi k+1 va undan katta nomerli Frenel zonalaridan
kelayotgan to’lqinlar amplitudalarining yig’indisiga teng bo’lad, ya’ni
2
2
2
2
)
1
(
3)
(R
)
2
(
1
)
1
(
)
3
(
)
2
(
)
1
(
R
R
R
R
m
R
R
R
A
A
A
A
A
A
A
A
A
(23.37)
k unchalik katta bo’lmagan hollar uchun E
1m
va E
(k+1)m
bir-biridan kam farq
qiladi. Shu sababli A nuqtadagi yorug’lik intensivligi xuddi manba va ekran
oralig’ida xech qanday to’siq bo’lmagan holdagidek bo’ladi. Lekin A nuqtadan
biror masofa uzoqlikdagi A
1
nuqtani kuzatish nuqtasi sifatida tanlasak, doiraviy
23.13.-
Rasm
330
disk k+1 Frenel zonasini qisman berkitadi, ikkinchi tomondan k zona qisman
ochiladi. Shuning uchun A
1
nuqtadagi yorug’lik intensivligi A nuqtadagiga
nisbatan zaifroq bo’ladi. A
1
dan ham uzoqroq joylashgan A
2
ni kuzatish nuqtasi
sifatida tanlaganimizda esa to’siq Frenel zonalarini yanada boshqacharoq tarzda
berkitadi. Natijada ekranning A nuqtadan turlicha uzoqlikdagi nuqtalarida
yorug’lik intensivliklari bo’ladi. Difraksion manzara esa nisbatlashuvi yorug’ va
qorong’u halqalar ko’rinishida bo’lib, k ning tok qiymatlarida ham, juft
qiymatlarida ham manzaraning markazi (ya’ni A nuqta) yorug’ bo’ladi. Ekranda A
nuqtadan uzoqlashib geometrik soya sohasidan chiqilganda difraksion manzara
sezilmaydigan darajada xiralashgan bo’ladi. Buning sababi bu sohada difraksion
manzaraning ustiga kuchli yorug’likning tushishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: