304
- INMdan foydalanuvchi tashkilotlarni va ular bilan ishlovchi
xodimlar sonini faol aniqlash
va hisobga olish;
- RM va boshqa INMni ishlab chiqarish va qo‘llash, saqlash va
tashish bilan bog‘liq barcha turdagi ishlar amalga oshirilishida, tabiiy
radioaktivlik ortiqcha bo‘lgan foydali qazilmalarni qayta ishlash va
ularning mahsulotlaridan xo‘jalik va ijtimoiy faoliyatda foydalanishida,
radioaktiv chiqindilar ko‘miladigan joylardan foydalanishda, maxsus kir
yuvish joylarida, radioaktiv chiqindilarni tozalash (dezaktivatsiyalash)
qurilmalarida radiatsion xavfsizlikning sanitariya qoidalari va me’yor-
lariga rioya etilishini
nazorat qilish;
- tashqi muhit obyektlarining global yadro yog‘inlari va tabiiy radio-
nukleidlar bilan bog‘liq bo‘lgan radioaktivligini aniqlash va dozimetrik
nazorat o‘tkazish bo‘yicha laboratoriya ishiga rahbarlik qilish.
Quyidagilarni nazorat qiladi:
- Tashkilotlar va boshqa obyektlarda sanitariya qoidalari va me’yorlari-
da belgilangan radiatsion xavfsizlik bo‘yicha tegishli hujjatlar yuritilishi;
- Sanitariya pasporti o‘z vaqtida qayta rasmiylashtirilishi yoki muddati
cho‘zdirilishi;
- Tashkilotlar ma’muriyati tomonidan nazorat darajalari ishlab chiqi-
lishi
va amal qilinishi;
- Tashkilotdan tashqarida ishlash uchun INM olib kirilishi va olib
chiqilishi;
- RM yetkazib berish uchun talabnomalar rasmiylashtirilishi;
- Bir tashkilotdan boshqasiga INM, shu jumladan, reaktorda yoki
tezlatgichda nurlantirilganidan keyingi faolligi MZAdan oshadigan
namunalarning
topshirilishi;
- Kelgusida foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lgan (belgilangan ekspluatat-
siya muddati tugagan) radionukleidli manbalar o‘z vaqtida hisobdan
chiqarilishi va ko‘mishga topshirilishi;
- INMni qo‘llovchi obyektlar xodimlarining mehnat sharoitlari, ular
sirasida umumiy dozimetrik va radiometrik nazorat amalga oshirilishi;
- radiatsion xavfsizlik (obyektdagi, davlatga qarashli) xizmati va
radiatsion xavfsizlik uchun mas’ul shaxslar faoliyati;
- “A” toifasiga mansub odamlarda individual dozimetriya o‘tkazilishi;
- “A” toifasiga kiritilgan shaxslarning dastlabki va davriy tibbiy ko‘rik-
lardan o‘tkazilishi, tibbiy komissiyalar xulosalari o‘z vaqtida va
sifatli
rasmiylashtirilishi;
305
- Radionukleidli manbalar bilan ishlar olib borilgan binolar (tashkilotlar
va ularning hududlari) kelgusida foydalanish uchun topshirilishi;
- Atmosferaga ventilyatsion havo tashlanmalari, radioaktiv oqova suv-
lar chiqarmalari, qattiq va suyuq radioaktiv chiqindilar yo‘qotilishi va
zararsizlantirilishi;
Halokatli vaziyatlar tekshirilishi, halokat paytidagi ishlar olib bori-
lishida radiatsion xavfsizlik ta’minlanishi, ularni bartaraf etishda
qo‘llaniladigan chora-tadbirlarning sifati va samaradorligi.
Do'stlaringiz bilan baham: