9.2. Dozimetrik nazorat
Dozimetrik nazorat SEOA radiatsion xavfsizlik xizmati vakillari,
shuningdek, obyektlarning o‘zidagi radiatsion xavfsizlik uchun mas’ul
shaxslar (radiatsion xavfsizlik xizmati — RXX) tomonidan amalga oshiri-
ladi. Oldinga qo‘yilgan vazifalar va obyekt toifasini hisobga olgan holda
dozimetrik nazorat quyidagicha amalga oshiriladi:
Umumiy dozimetrik nazorat. Uning asosiy maqsadi statsionar muho-
faza to‘siqlari (himoya ekranlari, pardalar, devorlar, pollar, shiftlar)
sifatining baholashdir. Bu baholanish ionlantiruvchi nurlanish manbalari
bilan ishlash paytida xodimlarning ish joylaridagi, shuningdek, qo‘shni
xonalardagi ekspozitsion energiyani o‘lchash bilan amalga oshiriladi.
Umumiy dozimetrik nazorat rentgenometr (DRG-05M, DRG-107
MS, DKR-1103A va hokazo) qurilmalari yordamida amalga oshiriladi.
9.2.1-rasm: DRG-05M 9.2.2-rasm: Mini-dozimetr
301
9.2.3-rasm: “DKR-1103AX-ray dozimeter” rentgen nurlanish dozimetrining
Do'stlaringiz bilan baham: |