308
Angiografiya — turli a’zolar (miya, yurak, o‘pkalar, buyraklar va
hokazo)dagi qon tomirlariga kontrastli (keskin soya beruvchi va orga-
nizm uchun xavfsiz bo‘lgan) moddalar kiritiladigan rentgen tekshiruvi.
Angiografiyadan
tomirlarning, shuningdek, ular atrofidagi to‘qimalar-
ning qon bilan ta’minlanishini o‘rganishda foydalaniladi.
Ionlantiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanganda radiatsion
xavfsizlik. Butun aholini 3 toifadagi nurlanuvchi shaxslarga bo‘lish
mumkin:
A - INM bilan bevosita ishlovchi shaxslar yoki xodimlar;
B - aholining cheklangan qismi;
D - butun viloyat va respublika aholisi.
RED –Ruxsat etilgan doza faqat A va B guruhiga mansub aholi uchun
belgilangan. V-guruh uchun esa belgilanmagan.
RED- bu shunday ekvivalent dozaki, qachonki 50 yil maboynida IN
bilan muloqotda bo‘lsada, salomatlikka zarar yetkazmaydi.
A-guruh-xodimlar uchun yo‘l qo‘yilgan eng kam doza miqdori - 2
ber/yil;
B - aholining cheklangan qismi uchun (0,2 ber/yil);
D - guruh uchun RED belgilanmagan.
Atrof-muhitni radioaktiv ifloslantiruvchi manbalar va radioaktiv
chiqindilarning tavsifnomasi.
Radioaktiv moddalardan foydalanila boshlanganidan beri atrof-mu-
hitda salmoqli miqdorda radionukleidlar paydo bo‘ldiki, ular quyidagi
sabablarga ko‘ra yuzaga kelgan:
a)
yadro quroli sinovlari;
b) bo‘linuvchi materiallar olinishi va qayta ishlanishi bo‘yicha kor-
xonalar faoliyati;
d) ishlab chiqarish texnologiyasida RMdan foydalanadigan muassasalar,
tashkilotlar va laboratoriyalar faoliyati.
Hozirgi vaqtda INMdan foydalanish ko‘lamlari kengayayotganligi
tufayli ham atrof-muhitning radioaktiv ifloslanishi jiddiy muammoga
aylanib bormoqda. Atrof-muhit radioaktiv ifloslanishining xususiyatlari
va darajasi ifloslanish manbalariga bog‘liq.
Atrof-muhitning global radioaktiv ifloslanishida
yadro qurollari
portlashlarining qoldiqlari, ba’zi mamlakatlarning mahalliy harbiy nizo-
larida qo‘llaniluvchi zamonaviy qurollarning ba’zi turlarida zaif
boyitilgan urandan foydalanilishi, shuningdek, yadro obyektlarida yuz
beruvchi halokatlarning asoratlari katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
309
Mahalliy radioaktiv ifloslanish ko‘pincha uncha qudratli bo‘lmagan
radiologik obyektlarning ishlashi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Atrof-muhitni radioaktiv ifloslantirishi
jihatidan xavf soluvchi
radiologik obyektlarni shartli ravishda 2 guruhga bo‘lish mumkin:
1. Texnologiyasida ochiq INM gazlar, eritmalar, qattiq yoki kukun-
simon tanachalar sifatida foydalanilishi nazarda tutilgan
korxonalar va
tashkilotlar. Bunday obyektlar sirasiga eng avvalo atom sanoati kor-
xonalari, shuningdek, tibbiyotda ochiq INMdan foydalanish kiradi.
2. RM ochiq holda foydalaniladigan obyektlar texnologik jarayon-
ning istalmagan yoki muqarrar mahsulotlari sifatida paydo bo‘lmoqda.
Shunday ekan, radon yerosti yaratmalarida ishlab
chiqarish muhitining
muqarrar omili bo‘ladi, issiqlik ajratuvchi elementlar (IAEL)ning sovu-
tilish jarayonida esa AESda neytronlarni istilo qilishda suvning yo‘nal-
tirilgan radioaktivligi oqibatida radionukleidlar hosil bo‘ladi.
San Q va M 0193-06 ga muvofiq, tarkibida belgilangan chegaradan
oshadigan miqdorda RM bor va kelgusida ishlatish uchun yaroqsiz
bo‘lgan biologik obyektlar, materiallar, mahsulotlar, eritmalar radio-
aktiv chiqindilar sirasiga kiritiladi. Bunday chiqindilar sirasiga ishlatil-
gan radionukleidli manbalar ham kiradi.
Radioaktiv chiqindilar agregat holatiga ko‘ra suyuq, qattiq va
gazsimonga ajratiladi.
Suyuq radioaktiv chiqindilar sirasiga kelgusida ishlatishga yaroqsiz
organik va
noorganik suyuqliklar kiradi, ulardagi radionukleidlarning
solishtirma faolligi suv bilan tushgandagi aralashuvlar darajasi
qiymatidan 10 barobar oshiq bo‘ladi.
Qattiq radioaktiv chiqindilarga o‘z resursini ishlatib bo‘lgan radio-
nukleidli manbalar, kelgusida ishlatishga mo‘ljallanmagan materiallar,
buyumlar, asbob-uskunalar, biologik obyektlar, tuproq, shuningdek,
qotirilgan suyuq radioaktiv chiqindilar kiradi.
Gazsimon radioaktiv chiqindilar sirasiga sanoat ishlab chiqarish
jarayonlarida
yuzaga keladigan, ishlatish mumkin bo‘lmagan radioaktiv
gazlar va aerozollar kiradi.
Atrof-muhitni radioaktiv ifloslanishdan himoya qilish chora-
tadbirlari tizimi:
- tozalovchi asbob-uskunalar sonini maksimal darajada kamaytirish-
ga intilish;
- tozalash tizimlariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash maksimal
avtomatlashtirilishini ta’minlash;
310
- ish samaradorligi signalizatsiyasini ta’minlash;
- xodimlar uchun xavfsiz ishlashni ta’minlash.
Atmosferaga tashlanmalarni tozalash bir necha usullar bilan amalga
oshiriladi, ularni tanlash havo tarkibidagi RMning agregat holati va
fizikaviy-kimyoviy xususiyatiga bog‘liq. Xususan, radioaktiv
aerozollar
ingichka tolali polimer filtrlar (AFA, FPP turidagi) bilan filtrlash orqali,
gazlar va bug‘lar esa qattiq yoki suyuq sorbentlar yordamida adsorb-
siyalash yo‘li bilan yo‘qotilishi mumkin.
Suyuq va qattiq radioaktiv chiqindilar bilan ishlash tizimi ularni
to‘plash, saralash, qadoqlash, vaqtincha saqlash, ular saqlanishi uchun
qulay sharoit yaratish (konsenratsiyalash, qotirish, zichlash, yoqish),
tashish, uzoq vaqt saqlash va ko‘mishni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: