Radiolokatsion stansiyalardagi harbiy xizmatchilarning mehnat gigiyenasi
Qurolli Kuchlardagi zamonaviy harbiy texnikaning asosiy xususiyatlaridan biri
shuki, qo’shin turlariga bog’liq ravishda turli ko’rinishdagi radioelektron
vositalardan, shu jumladan radiolokatsion stansiyalardan foydalanish imkoniyatiga
egadir. Shu nuqtai-nazardan radiolokatsion stansiyalar va elektron moslamalar har
qanday qo’shin turlarida bor. Bunday qurilmalar, moslamalar va mexanizmlar bilan
ishlaganda harbiy xizmatchilar bir qator nomuvofiq omillar ta’siriga duchor
bo’ladilar. Bunday omillarning eng muhimlari qatoriga yuqori chastotali (YuCh)
va o’ta yuqori chastotali (O’YuCh) diapozondagi radioto’lqinlar va maydonlar
hisoblanadi. YuCh va O’YuCh impuls oqimlari va elektromagnit maydonlarini
atrof- muhitga tarqatuvchi generatorlar bilan ishlash jarayonida texnika xavfsizligi
qoidalariga rioya qilinmagan taqdirda yoki generatorlarni ishlatish qoidalari
buzilganda shu yerda ishlaydigan xizmatchilarning o’zlarigina emas, balki
radiolokatsion stansiyaga hech qanday aloqasi bo’lmagan shaxslar ham shu ta’sirga
616
duchor bo’lishlari mumkin. RLS Qurolli quchlardagi qo’shin turlarida
dushmanning ko’zga ko’rinmas obyektlarini aniqlash (samolyotlar, uchuvchi
snaryadlar, raketalar va boshqa turdagi obyektlar) va unga qarshi kurashish
maqsadida foydalaniladi. Ularning ta’sir etish prinsiplari shundan iboratki, ko’zga
ko’rinmas obyektlar yuqori chastotali impulslar yordamida nurlantiriladi.
Nurlantirilgan obyektlarning turi, xususiyati, masofasiga muvofiq ulardan qaytgan
nurlarni qabul qilib olish orqali ularning masofasi, balandligi kabilar aniqlanadi.
RLS ning ishlash sxemasi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
RLS generatorlari elektromagnit to’lqinlari ko’rinishidagi impulslarni yuqori
chastotali energiyaga aylantiradi va RLS antennasiga uzatadi, antenna esa bu
energiyani impulslar ko’rinishida atrof-muhitga tarqatadi ya’ni elektromagnit
to’lqinlari ko’rinishida tarqatadi. Obyektlardan qaytgan radioto’lqinlar ham ana shu
antenna orqali qabul qilinadi. Qabul qilingan to`lqinlar maxsus moslama bo’yicha
qabul qilish moslamasiga o’tkaziladi va impulslar ekranda o’z tasvirini beradi.
RLS larda ishlaganda odamlarning radioto’lqinlar ta’siriga uchrash ehtimoli
ko’pincha muhandislar, texniklar, ta’mirlovchilar uchun juda xosdir. RLS lardagi
operatorlar O’YuCh ta’sirga kam duchor bo’ladilar, chunki O’YuCh tarqatuvchi
manba asosan antennalardir. Antennadan tarqaladigan impulslar antenna qaysi
tarafga qarasa, shu tarafga qarab taraladi, bunda RLS ning o’zi xavfsiz ya’ni "o’lik"
zonada qoladi (rasm orqali ifodalab bering).
Shu bilan bir qatorda to’lqin uzatuvchi yoki qabul qiluvchi blok qobig’idagi
zichlik buzilsa, impulslarni uzatuvchi qabullarda texnik nosozlik kuzatilsa,
O’YuCh lar bevosita stansiya ichidagi ish joylariga ham ta’sir ko’rsatishi mumkin
("parazitli nurlanish").
O’YuCh maydon intensivligi energiyalar bilan tavsiflanadi, ya’ni 1 sm
2
yuzaga
tushadigan energiya qiymati bilan ta’riflanadi. Bu qiymatga "oqim zichligining
quvvati" (OZQ) deyiladi va uning o’lchov birligi Vt/sm
2
hisoblanadi.
O’YuCh larning biologik ta’siri nurlarning o’tish qobiliyatiga bog’liqdir.
Biologik to’qimalarda eng ko’p o’tish xususiyatiga detsimetrlardagi to’lqinlar
617
egadir, bu to’lqinlar faqatgina teri osti klechatkasiga ta’sir etibgina qolmay, balki
mushaklar va ichki organlarga ham negativ ta’sir ko’rsatadi. O’YuCh maydonning
ta’siri asosida issiqlik berish effekti yotadi, natijada shu to’qimaning qizishi yuzaga
keladi. Bunday ta’sir samara oqim zichligi quvvatining qiymati 10 Vt/sm
2
dan ortiq
bo’lganda kuzatiladi. Bundan tashqari O’YuCh maydon spetsifik ta’sir
xususiyatiga ham egadir ya’ni molekulaning makondagi holatini o’zgartiradi. Bu
maydonlarning yuqori intensivlikdagi ta’siri uzoq muddatli bo’lsa, issiqlik effektini
bermasdan, balki "radioto’lqin kasalligi" ni keltirib chiqarishi mumkin.
Kasallikning asosiy belgilari qatoriga bo’shashish, tez toliqish, uyquning buzilishi,
bosh og’rishi kabilar bilan namoyon bo’ladi. O’YuCh maydonining salbiy ta’sir
oqibatlari qatoriga katarakta kasalligining kelib chiqishini kiritish mumkin.
Bunday harbiy qo’shinlarda xizmat qiluvchi xizmatchilarni O’YuCh
nurlanishlaridan himoya qilish, nurlarning intensivligini pasaytirish va ishlash
vaqtini cheklash orqali amalga oshirilishi mumkin (oqim zichligi qiymatini hisobga
olib). Ish joylarida oqim zichligi qiymatini pasaytirish uchun "parazitli
nurlanish"larni bartaraf qilish lozim. O’YuCh li maydonlardagi ta’mirlash ishlari
maxsus kiyimlarda bajarilishi kerak (metallashtirilgan gazlamalardan tayyorlangan
kiyimlar, maxsus himoya ko’zoynaklari). O’YuCh maydonlarda ishlash vaqti oqim
zichligi quvvatiga bog’liq: OZQ - 10 Vt/sm
2
gacha bo’lganda ish vaqti 8 soat, 10-
100 Vt/sm
2
bo’lsa - 2 soat, 100-1000 Vt/sm
2
bo’lsa 15-20 daqiqa bo’lib, bunda
albatta ko’z himoyalanishi kerak.
Mahkam o’rnatilgan antennalar (aylanmaydigan) dan foydalanilganda "OZQ"
ning qiymati antenna yaprog’idagi nurlanish qiymati quyidagi formula bilan
hisoblanishi mumkin:
Ro’rtacha x D
OZQ = --------------- mkVt/sm
2
, bu yerda
R2 x 4 P
Ro’rta - stansiyaning o’rtacha quvvati
D - kuchaytirish koeffitsiyenti, bu ikki qiymat RLS ning pasportidan olinadi;
618
R - stansiyadan o’lchov nuqtasigacha bo’lgan masofa, sm larda.
RLS bilan bog’liq bo’lmagan odamlarni nurlanishdan himoya qilish uchun
antenna yaprog’idan tarqaladigan nurlanishning yerga tushish burchagiga bog’liq.
Bunday xavfni kamaytirish uchun RLS larni iloji boricha balandroq joyga o’rnatish
talab etiladi, bunda RLS atrofidagi "o’lik zona" maydoni kengayadi. Harbiy
xizmatchilarning mehnat sharoitlarini sanitariya nazoratidan o’tkazishda tibbiy
xizmat xodimlari muayyan har bir sharoit uchun oqilona xavfsizlik tadbirlarini
ishlab chiqishlari va qo’llashlari va bu tadbirlarning to’liq bajarilishini nazorat
qilishlari talab etiladi. Bundan tashqari tibbiy xizmat xodimlari RLS larda xizmat
qiluvchilar o’rtasida muntazam sanitar oqartuv ishlarini olib borishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |