F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”


Raketa qo’shinlari mehnat gigiyenasi



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet288/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

Raketa qo’shinlari mehnat gigiyenasi 

Eng  zamonaviy  harbiy  qo’shin  turlari  qatoriga  raketa  qo’shinlarini  kiritish 

lozim.  Raketa  texnikasi  deganda  birinchi  navbatda  boshqariladigan  raketalar  va 

snaryadlarni  tushunish  lozim.  Har  qanday  raketa  ikkita  asosiy  qismdan  iborat 

bo’ladi:  raketaning  ustki  qismi  ya’ni  portlovchi  qismi  (boegolovka)  va  raketa 

dvigatelidir ya’ni raketani harakatga keltiruvchi qismi. 

Raketa qo’shinlarida xizmat qilish askarlar organizmiga bir qator nomuvofiq 

omillarning ta’siri bilan bog’liqdir. Masalan, raketani o’chirish vaqtida harbiy qism 

xizmatchilari organizmiga o’ta kuchli shovqin (140 dB dan ortiq), gazli va olovli 

alanga  oqimi  ta’sir  etishi  mumkin.  Bunday  sharoitda  gazli-olovli  oqim  tarkibida 

yonuvchi materiallarning to’liq yonmasligi natijasida katta konsentratsiyalardagi is 

gazi va azot oksidlarining ta’siri yuqori bo’ladi. Jangovor bo’lmagan sharoitlarda 

raketaga  xizmat  ko’rsatish  ya’ni  raketani  yoqilg’ilar  va  yoqilg’ini  oksidlovchi 

vositalar  bilan  to’ldirish  va  qayta  quyish  mashqlarini  bajarish  sharoitida 

xizmatchilarning  qo’llari,  kiyimlari,  ish  joylari  va  yordamchi  texnik  vositalar 

ifloslanishga  uchrashi  mumkin.  Normal  sharoitda  bunday  ifloslanishlarga  chek 

qo’yiladi,  chunki  yoqilg’ilarni  quyish  va  qayta  quyish  moslamalari  germetik 

tuzilishlarga  ega.  Ifloslanish  faqat  xizmatchilar  tomonidan  texnika  xavfsizligi 

qoidalariga rioya qilmagan sharoitlarda yoki texnik nosozlik kuzatilgan vaqtdagina 

yuzaga kelishi mumkin. 

Raketa  yoqilg’ilari  bir  va  ikki  komponentli  yoqilg’ilarga  bo’linadi.  Bir 

komponentli  yoqilg’ilarda  yoqilg’i  va  uning  oksidlovchisi  raketa  dvigatelining 




 

614 


 

yoqilg’i  idishida  aralashtirilgan  holda  bo’ladi  (azot  kislotasiga  xlorli 

uglevodorodlarning qo’shilgan holati). 

Ikki komponentli yoqilg’ilarda oksidlovchi va yoqilg’i alohida idishlarga solingan 

bo’lib, ularni aralashtirish faqat raketani o’chirishdan oldin amalga oshiriladi. 

Raketa  yoqilg’ilariga  -  uglevodorodlar,  spirtlar,  aminlar  kirsa,  oksidlovchi 

moddalar qatoriga - azot kislotasi, suyultirilgan kislorod, vodorod peroksidi, ftor va 

boshqalar  kiradi.  Hamma  yoqilg’ilar  va  oksidlovchilar  juda  agressiv  moddalar 

hisoblanib,  ular  bilan  ishlashda  texnika  xavfsizligi  qoidalariga  og’ishmay  rioya 

qilish  talab  etiladi. Texnik suyuqliklar bilan xizmatchilar organizmini  zararlanishi 

quyidagi sharoitlarda kuzatilishi mumkin: 

-Raketa yoqilig’isi komponentlari bilan raketa idishlarini to’ldirish yoki bo’shatish 

jarayonida sodir bo’lishi mumkin; 

-RYoK lari zich berkitilmagan kommunikatsiyalar orqali chiqishi mumkin

-yoqilg’i  va  oksidlovchilarni  me’yoridan  ortiq  miqdorlarda  olish  va  qayta  quyish 

jarayonida ularning to’kilishi; 

-nasoslar,  jihozlarni  ta’mirlashda  texnika  xavfsizligi  qoidalariga  rioya  qilmaslik 

oqibatida; 

-yoqilg’i idishlarini RYoK dan tozalash jarayonida; 

-RYoK dan tekshirish uchun namunalar olish jarayonida

-bo’shatish klapanlari orqali RYoK ning bug’lanishi; 

-ifloslangan kiyimlardan RYoK ning desorbsiyalanishi; 

-nosoz bo’lgan protivogazlardan foydalanish sharoitlarida bo’lishi mumkin. 

     Raketa  yoqilg’isi  komponentlari  bilan  ishlaydigan  harbiy  xizmatchilarni 

zararlanishdan  himoya  qilish  uchun  bir  qator  tadbirlarni  bajarish  talab  etiladi. 

Jumladan,  RYoK  saqlanadigan  omborxonalar  harbiy  qism  joylashgan  joydan  iloji 

boricha uzoqroqda ya’ni sanitariya himoya zonasiga (500 m dan kam bo’lmagan) 

rioya  qilgan  holda  joylashishi  lozim.  Raketa  yoqilg’isi  komponentlarini  qabul 

qilish  va  ular  bilan  raketalar  idishini  to’ldirish  faqat  yopiq  usullarda  bajarilishi 

lozim.  Yoqilg’i  omborxonalarining  pollari,  devorlari  kislota  ta’siriga  chidamli  va 




 

615 


 

o’ziga  yutmaydigan  materiallar  bilan  jihozlanishi  va  xonalarni  yuvishda  hosil 

bo’ladigan  chiqindi  suvlarni  uzoqlashtirish  uchun  maxsus  avtonom  kanalizatsiya 

bilan jihozlanishi kerak. RYoK saqlanadigan xonalar yuqori samarali shamollatish 

moslamalariga  ega  bo’lishi  lozim.  Obyekt  tarkibida  xo’jalik  sanitariyasiga  oid 

xonalar (yechinish va kiyinish xonalari, dushxonalar, kiyimlarni quritish xonalari) 

bo’lishi,  xizmatchilar  maxsus  kiyimlar  bilan  ta’minlanishi  va  lozim  bo’lganda 

protivogazlar bilan ishlash mahoratlariga ega bo’lishlari kerak. Raketa qo’shinlari 

xizmatchilari yaxshi nazariy tayyorgarlikdan o’tgan bo’lishlari muhim ahamiyatga 

egadir.  Xizmatchilar  maxsus  ovqat  ratsionlari  bilan  ta’minlanishi  maqsadga 

muvofiqdir.  Raketaga  xizmat  ko’rsatuvchilar  har  ehtimolga  qarshi  badan  terisi  va 

qo’llar uchun maxsus himoya pastalari bilan ta’minlangan bo’lishlari kerak. RYoK 

bilan  ishlovchi  shaxslar  maxsus  ruxsatnomalarga  ega  bo’lishlari  va  bunday 

ruxsatnomaga  ega  bo’lmagan  shaxslar  raketaga  xizmat  ko’rsatish  uchun 

qo’yilmasliklari  lozim.  RYoK  bilan  ishlovchi  xizmatchilar  muntazam  tibbiy 

nazorat ostida bo’ladilar. 




Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish