Dala sharoitida ichimlik suvi sifatini yaxshilash usullari
Suvning sifatini yaxshilash usullarini tanlash manbadagi suvning sifatiga qarab
belgilanadi. Dala sharoitida suvning sifatini yaxshilash usullari quyida batafsil
ta’riflanadi.
Dala suv ta’minotida suvni laboratoriya sharoitida tekshirish kimyoviy xizmat
xodimlari tomonidan amalga oshiriladi., tibbiy xizmat xodimlari esa, suvning
sifatini qaysi bosqichda uning tozalanish sifatini tekshirishni o’z xohishlariga qarab
belgilaydilar (tozalash jarayonida, tozalangandan so’ng, saqlash davomida yoki
suvni tarqatishdan oldin). Bundan tashqari tibbiy xizmat xodimlari zimmasida
alohida vazifa borki, u ham bo’lsa har bir askarga me’yor bo’yicha suvni qanday
tarqatilishini nazorat qilishdir. Qurolli Kuchlar tarkibidagi xizmatchilar uchun
minimal suv iste’moli me`yorlari belgilangan bo’lib, bu miqdordagi suv har qanday
sharoitda ham har bir xizmatchiga to’liq yetkazilib berilishi kerak. Minimal suv
ist’emoli me’yori imkoniyat tug’ilishi bilan ko’payirilishi talab etiladi, chunki issiq
iqlim sharoitida suv iste’moli me’yori haqida biz yuqorida ma’lumot berdik. Issiq
iqlim sharoitida faqat fiziologik ehtiyojni qondirish uchun 1 xizmatchi uchun
minimal miqdor 4 l qilib belgilangan, gigiyenik maqsadlar uchun esa 15 litrni
tashkil etadi. Suvi kam hududlarda, sahro yoki cho’lli zonalarda harakat qiluvchi
qo’shinlarga eng minimal suv iste’moli me’yori faqat 3 kunga belgilanishi
mumkin.
Qo’shinlarni suv bilan ta’minlashni tashkil etishning o’ziga xos xususiyatini
ko’pincha harbiy vaziyatga qarab belgilanadi. Qo’shinlar mudofaada turgan bo’lsa,
STP imkoni boricha harbiy qism joylashgan joyga yaqinroqda tashkil etilishi,
hujum qilish sharoitida esa STP harakat davomida tashkil etilib borilaveradi.
Buning uchun front orqasidagi suv ta’minoti manbalari yordamida muntazam
tarzda suvni yetkazib berish ta’minlanishi kerak. Har qanday holda ham STP
605
ixtiyorida zaxira suvi bo’lishi shart, bu esa har bir xizmatchiga kuniga 8-10 l
atrofida suv berish imkoniyatini yaratadi.
Har bir xizmatchilarga safar chog’ida bir kecha-kunduzga yetadigan miqdorda
zahira suv ichimlik suvi berilishi kerak, suv ta’minoti punkti esa dam olish soatlari
va tungi dam olish soatlarida tashkil qilinib, suv bilan ta’minlashni amalga
oshiradi.
Tibbiy xizmat xodimlari zimmasiga jangovor vaziyatning qanday
bo’lishidan qat’iy nazar askarlarga beriladigan suvning sifatini baholash vazifasi
yuklatiladi.
Umuman olganda dala sharoitida ichimlik suvining sifatiga bo’lgan talablar,
xuddi tinchlik davrdagi va fuqarolarning ichimlik suviga qo’yiladigan talab kabi
950-2000 Davlat Standartiga mos kelishi kerak. Ammo harbiy dala sharoitining
o’ziga xos keskinligini hisobga olib, muayyan jangovor vaziyat davomida iste’mol
uchun beriladigan suv, xizmatchilarning jangovor holatlarini pasaytirmasligiga
e’tibor qaratish kerak bo’ladi. Boshqacha qilib aytsak, ichimlik suvi xizmatchi
organizmi uchun zararsiz bo’lishi lozim, ayniqsa dushman tomonidan ommaviy
qirg’in qurollari ishlatilishi mumkinligini e’tiborga oladigan bo’lsak.
Dala sharoitida barcha suv manbalari (ayniqsa ochiq manbalar) ifloslangan
hisoblanadi, shuning uchun bunday suvlarni iste’moldan oldin maxsus ishlovlardan
o’tkazish talab etiladi. Dala sharoitida suvning sifatini yaxshilovchi muhim
usullarga quyidagilar kiradi:
-suvni tiniqlashtirish - muallaq zarrachalardan holi qilish;
-zararsizlantirish - mikroblardan tozalash;
-zararsizlantirish - zaharli moddalardan tozalash;
-dezaktivatsiya qilish - RM dan holi qilish;
-chuchuklashtirish va yumshatish - suvni xloridlar va sulfat tuzlaridan holi qilish.
Amalda bu usullarning barchasi, tinch aholini suv bilan ta’minlashda
qo’llanadigan usullarning o’zginasidir, ammo ularning har biri uchun dala
sharoitida o’ziga xos muhim tomonlari mavjud. Mas., katta miqdordagi suvni
606
zararsizlantirish uchun dala sharoitida giperxlorlash usuli keng qo’llanadi, shaxsiy
suv zaxiralari esa qaynatish yoki maxsus tabelli vositalar yordamida
zararsizlantiriladi (pantotsid, akvasept, puritabs, yodli tabletkalar, dixlorizotsianli
tabletkalar).
Dala sharoitida suv manbalarini izlash, manbadan suvni chiqarish va uni saqlash
uchun tabelli vositalardan foydalaniladi. Suv manbaini izlash va manbadan suvni
chiqarish vositalariga quyidagilarni kiritish mumkin: BKF -4 (suvni olish uchun
qo’l nasosi), M-600 (motopompa), MTK-2 (kichiq diametrli quduq), MShK-15
(mexanizatsiyalashtirilgan shnekli quduq), KPP -5 (suvga cho’ktiriladigan elektr
nasosi), UDV - 15 (sizot suvlarni olish moslamasi), URB - rotorli burg’ilash
mexanizmi), KShK-25 (shaxtali quduqlarni kovlaydigan moslama) va boshqalar.
STP ni tashkil etish va suvni tozalash vositalariga quyidagilar kiradi: TUF-200
(gazlama-ko’mirli filtr), MAFS (takomillashtirilgan avtofiltrlash stansiyasi) , POU
- 4 (dala sharoitida suvni chuchuklashtirish moslamasi), OPS-harakatlanuvchi
suvni chuchuklashtirish moslamasi, VFS - suv filtrlash stansiyasi).
Bulardan tashqari, dala sharoitida katta hajmga ega bo’lmagan suvlarni tozalash
uchun tabelli vositalar majmuasi ham mavjud - ya’ni shaxsiy zaxiralari va yuzaki,
hamda sizot suvlarining sifatini yaxshilovchi -"RODNIK". "OVOD" (50l),
"TURIST" kabilar.
Suvni saqlash va tashish uchun maxsus rezervuarlar, idishlar qo’llaniladi,
chunonchi - RDV-12, RDV-100, RDV-1500, RDV-5000, avtotsisternalar, dala
oshxonalarining qozonlari, termoslar kabi.
Dushman tomonidan ommaviy qirg’in qurollari qo’llanilgan sharoitda suv
ta’minoti masalasi jiddiylashadi. Ommaviy qirg’in qurollari qo’llanilgan sharoitda
zararlangan hududni bosib o’tish uchun tayyorgarlik ishlarini o’tkazish lozim. Bu
tadbirlar suv manbalarini va zaxira suvlarini zaharlovchi kimyoviy moddalar, RM
yoki bakterial vositalar bilan ifloslanishini oldini olishga qaratilgan bo’lishi kerak.
Bunday sharoitda tibbiy xizmat xodimlarining asosiy diqqat e’tibori suv
manbalarini zararlanishdan himoya qilishga qaratiladi. Harbiy xizmatchilarga
607
berilishi rejalashtirilgan suvni esa ekspertizadan o’tkazish kerak bo’ladi. Buning
uchun suvni dezaktivatsiya, degazatsiya yoki dezinfektsiya qilish talab etiladi.
Ichimlik suviga maxsus ishlov berilgandan so’ng, uni iste’mol qilish mumkinligi
haqida faqat tibbiy xizmat xodimining xulosasini chiqarish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |