F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”


Aholi uchun radiatsion avariyalar keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet274/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

Aholi uchun radiatsion avariyalar keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan 

oqibatlarga ta’rif. 

Radiatsion  obektlarda  avariyalarga  qarshi  Xavfsizlik  tizimi  yaxshi  tashkil 

etilgan  bo’lishi  kerak,  ammo  bunday  xavfsizlik  uchun  hech  qanday  mutloq 

kafolatning bo’lishi mumkin emas, shuning uchun avariyali va ekstremal vaziyatlar 

yuzaga  kelganda  kechiktirib  bo’lmaydigan  tadbirlar  va  eng  avval  odamlar  uchun 

xavfni  pasaytirish  tadbirlari  qo’llanishi  lozim.  Bu  xavf  asosan  ikkita  omilga 

bog’liq:  odamlarning  o’tkir  nurlanishga  duchor  bo’lish  mumkinligi  va  atrof 

muhitning 

radioaktiv 

ifloslanishi 

oqibatida 

RM 


ning 

organizmda 

inkorporatsiyalanishi  hisobiga  dozaviy  yuklamalarning  ortib  ketish  mumkinligiga 

bog’liqdir. 

Yadroviy  reaktorlardagi  avariyalarda  radiatsion  xavfni  baholashdagi  asosiy 

mezonlar quyidagilar hisoblanadi: 

-  radioaktiv  moddalarning  avariyaga  oid  chiqindilari  qiymati  va  meteorologik 

omillarni hisobga olib hududning ifloslanishi; 

-  ishlab  chiqarish  maydonchasining  tashqi  nurlanish  qiymati,  reaktor  zalidagi, 

korxona hududidini chiqindilar bilan ifloslanishi; 

-  ifloslanishning  radionuklidli  tarkibi  va  havo,  suv  va  ovqat  mahsulotlarining 

ifloslanish darajasi;  

     Radiatsion  avariya  zonasida  o’tkaziladigan  tadbirlarning  harakteri  avariya 

bosqichlariga bog’liq bo’ladi.  

Birinchi  bosqichda  jabrlanganlarga  birinchi  tibbiy  yordam  ko’rsatish 

bo’yicha  zudlik  bilan  amalga  oshiriladigan  tadbirlarni  tashqil  qilish  va  amalga 

oshirish, aholi o’rtasida profilaktik tadbirlarni o’tkazish, aholini evakuatsiya qilish 

(zaruriyat  tug’ilsa),  keraqli  sohadagi  mutahassisalarni  jalb  qilish  va  keyingi 

tadbirlar  rejasini  ishlab  chiqish.  Radiatsion  avariya  zonasidagi  ko’rsatilgan 

tadbirlar  hajmi  juda  katta  kuch  va  vositalarni  talab  qiladi.  Mas.,  Chernobil  AES 

ro’y  bergan  avariya  oqibatlarini  bartaraf  qilishda  va  aholiga  tibbiy  xizmat 

ko’rsatish  uchun  (profilaktik  ishlarni  qo’shib  hisoblaganda)  7000  yaqin  vrachlar, 




 

564 


 

13 ming o’rta tibbiy xodimlar va talabalar, 2000 yaqin injener-texnik xodimlar jalb 

qilingan.  

Radiatsion  xavfni  birlamchi  baholash,  avariya  kelib  chiqqan  mazkur  obektdan 

boshlanadi. 

      Avariya  sodir  bo’lgandan  keyinoq  (birinchi  10  kun  ichida)  tashqi  nurlanish, 

hamda qisqa umr ko’ruvchi izotoplar, jumladan 131J katta xavf tug’diradi. Undan 

keyingi  davrda  esa  (10  kundan  keyin),  asosiy  xavfni  uzoq  muddat  yashovchi 

izotoplar hosil qiladi va u asosan seziy - Ss  (yarim parchalanish davri - T1/2 - 2,3 

yil),  137Ss  (  T1/2  -  30  yil),  90Sr  (T1/2  -  28  yil),  106Ru  (T1/2-360  kun),  144Se 

(T1/2 - 284 kun) hisoblanib , ular asosan radioaktiv bulutlardan asta-sekinlik bilan 

yerga cho’kishi hisobiga havo, tuproq, suv va oziq-ovqat mahsulotlarini ifloslaydi. 

  

Chernobil AES avariya shuni ko’rsatdiki, aholiga radiatsion ta’sir bir qator 



omillar bilan bog’liq ekan: 

-tashqi beta va gamma nurlanishning radioaktiv bulutlarga doir ta’siri; 

-radiatsion  bulutdan  cho’kadigan  RM  ning  nafas  orqali  ta’siriga  muvofiq  ichki 

nurlanish; 

-cho’kkan radionuklidlar hisobiga tashqi beta va gamma nurlanish

-suv va ovqat mahsulotlari orqali kirgan radionuklidlar hisobiga 

 ichki nurlanish. 

      Radiatsion  avariyalarning  oqibatlari  ham  xodimlar  uchun  va  ham  aholi  uchun 

turli-tuman  bo’lishi mumkin  - o’tkir  jarohatlanishdan  tortib, toki stoxastik  samara 

ko’rinishidagi  uzoq  muddatdan  keyin  kelib  chiqadigan  belgilargacha  bo’lishi 

mumkin. 

Radiatsion  avariya  oqibatlarini  bartaraf  qilish  va  uni  tekshirish  bo’yicha 

bo’lgan tizimdagi gigiyenik tadbirlar. 

Radiatsion  avariya  hodisasi  aniqlangan hamma  holatlarda ham  shu  korxona 

va  muassasa  rahbarlari  mahalliy  boshqarish  organlari  va  ichki  ishlar  idoralarini, 

Sanepidnazoratining Davlat departamentini, TSQ ogohlantirishi shart.  




 

565 


 

Avariya  sodir  etilgan  korxona  yoki  muassasada  avariya  rivojlanmasligi  va 

uni to’xtatish uchun barcha tadbirlarni ko’rishi, odamlarning nurlanishini va atrof 

muhitning  ifloslanishini  minimum  darajagacha  tushirish  tadbirlarini  qo’llashi 

lozim.  

 

Keyinchalik,  asosiy  kuch  hodimlarning  va  aholining  dozaviy  yuklamalarini 



pasaytirish  bo’yicha  tadbirlarni  ta’minlashga  qaratilishi  kerak.  Aholining  dozaviy 

yuklamasini pasaytirishga qaratiladigan tadbirlarning harakteri va hajmi radiatsion 

avariyaning sinfi yoki yuzaga keladigan ekstremal vaziyatning harakteriga bog’liq. 

Ammo, ChAES dagi avariya oqibatlarini bartaraf qilish bo’yicha ortirilgan tajriba, 

hamda  dunyo  miqyosida  to’plangan  tajribalarga  asoslanib,  muayyan  sharoitda 

radiatsion  ta’sirning  xususiyatini  inobatga  olib  DSENM  asosiy  faoliyatining 

muhim yo’nalishini aniqlash keraqligini ko’rsatadi. 

      Katta  hududni  radioaktiv  ifloslanishiga  sababchi bo’lgan  avariyalarda, nazorat 

ma’lumotlari  asosida  va  radiatsion  vaziyatni  chamalash  bo’yicha  "radiatsion 

avariya  zonasi"  belgilanadi.  Radiatsion  avariya  zonasidagi  hududda  avariyadan 

so’nggi tashqi  va  ichki nurlanish  yig’indisi  yillik  effektiv  doza  birligi bo’yicha 5 

mZv  dan  oshishi  mumkin.  Radiaitson  avariya  zonasida  radiatsion  vaziyat 

monitoringi  o’tkaziladi  va  aholining  nurlanish  darajasini  pasaytirishga  doir 

tadbirlar amalga oshiriladi. 

     Avariyadan keyingi yaqin vaqt mobaynida zudlik bilan bajarilishi kerak bo’lgan 

tadbirlarning  hajmi  va  harakteri  haqidagi  masalalar  hal  qilinishi  kerak.  Bunday 

qarorni  qabul  qilish  uchun  maxsus  mezonlar  ishlab  chiqilgan.  Jumladan,  birinchi 

10  kun  ichida  badanning  nurlanishi  5  mZv  dan  oshmasa,  zudlik  bilan  oshirilishi 

kerak  bo’lgan  tadbirlarga  hojat  yo’q.  Nurlanish  5  dan  500  mZv  gacha  bo’lganda 

muayyan  mahalliy  sharoitlarni  hisobga  olib,  himoyalanish  tadbirlarini  bajarish 

haqida  buyruq  chiqariladi.  Nurlanish  dozasi  500  mZv  dan  ortiq  bo’lgan  taqdirda 

zudlik  bilan  quyidagi  tadbirlarni  o’tkazilishi  haqida  farmoyish  chiqariladi: 

panagohlar,  nafas  yo’llarini,  ochiq  badan  yuzasini  himoyalash  va  yodli 

profilaktikani  amalga  oshirish.  10  kun  davomida  umumiy  nurlanish  dozasi  500 




 

566 


 

mZv  dan  ortiq  bo’lganda  kattalarni  zudlik  bilan  evakuatsiya  qilinishi  kerak. 

Homilador ayollar va bolalarni esa, nurlanish dozasi birinchi 10 kun ichida 50 mZv 

dan oshgan taqdirda evakuatsiya qilinadi.  

      Atrof muhitning radioaktiv ifloslanish darajasini hisobga olib,  yoki ifloslangan 

suv  va  oziq  -ovqat  mahsulotlarini  iste’mol  qilishni  cheklash  (bir  yil  ichida 

nurlanish  dozasi  50  va  undan  ortiq  mZv  bo’lishi  chamalanganda),  yoki  aholini 

zararlangan zonadan ko’chirish masalasi hal qilinadi (chamalangan doza yiliga 500 

mZv dan yuqori bo’lsa). 

Radiatson  vaziyatni  hisobga  olib,  radiatsion  avariya  zonasida  bajariladigan 

ishlar  3  bosqichga  bo’linishi  mumkin.  Birinchi  bosqichda  (avariya  sodir  etilgan 

vaqtdan  24  soatgacha)  gi  asosiy  vazifa  radiatsion  vaziyatni  zudlik  bilan  baholash 

va kutiladigan avariya masshtabiga muvofiq aholini himoyalash bo’yicha birinchi 

navbatda bajariladigan vazifalarni rejalashtirish va bajarish hisoblanadi.  

Ikkinchi  bosqichda  (7-10  kungacha)  radiatsion  vaziyatga  yanada  aniqlik 

kiritiladi,  odamlarni  tanlab  qalqonsimon  bezlaridagi  radioaktiv  yod  va  hamda 

tanlab  suv  va  ovqat  mahsulotlari  radiometrik  nazoratdan  o’tkaziladi,  aholining 

nurlanish  dozasi  chamalanadi.  Uchinchi  bosqichda  (2  oygacha)  radiatsion 

vaziyatga  aniqliklar  kiritilib,  radiatsion  nazorat  ma’lum  tizimga  tushiriladi, 

ommaviy  tarzda  radiometrik  va  dozimetrik  tekshirishlar  olib  boriladi,  cheklovchi 

tadbirlar  ishlab  chiqilib  ularni  bajarilishi  nazorat  qilinadi.  Radiatsion  avariyalar 

sharoitida  yana  bir  muhim  muammo,  aholi  o’rtasida  yuqori  darajadagi 

psixoemotsional  zo’riqish  bilan  bog’liq  bo’lib,  ayrim  shaxslarda  radiofobiya 

sezgisi  kuzatilishi  mumkin,  aksinchi  ikkinchi  toifadagi  aholi  o’rtasida  radioaktiv 

moddalar  haqida  va  ularning  organizmga  zararli  ta’sir  etish  mumkinligi  haqidagi 

bilimlarning yo’qligi yoki etishmasligi tufayli befarqlik holatlari kuzatiladi.  

Avariyadan keyingi qisqa muddat ichida zudlik bilan o’tkaziladigan tadbirlar 

amalga  oshirilgandan  so’ng,  radiatsion  avariya  oqibatlarini  bartaraf  etishga 

qaratilgan  tadbirlarni  amalga  oshirish  bosqichi  boshlanadi.  Bu  vaqtda  radiatsion 

vaziyatni nazorat qilish davom etadi, suv va ovqat mahsulotlari orqali organizmga 




 

567 


 

tushishi  mumkin  bo’lgan  radionuklidlarni  cheklash,  odamlarni  zararlangan 

zonadan  chiqarish,  dezaktivatsion  ishlar,  tibbiy  ko’riklar  va  aholini 

sog’lomlashtirish,  tushuntirish  va  sanitar-oqartuv  ishlari  amalga  oshiriladi.  Bu 

bosqich,  bir  yildan  oshiq  muddatlarga  cho’zilishi  mumkin,  Mas.,  ChAES  dagi 

avariya oqibatlari hanuzgacha to’liq bartaraf qilingan emas.  

Tabiiyki, yuqorida bayon etilgan tadbirlar juda katta masshtablarda va ularni 

to’liq  hajmda  amalga  oshirish  5-6-7  sinflarga  doir  avariyalar  sodir  etilgandagina 

bajarilishi  mumkin.  3-4  sinfga  doir  avariyali  vaziyatlarda  asosiy  xavf-xatar 

hodimlar uchungina bo’lishi mumkin, chunki o’tkir oqibatlarni yuzaga kelishi bilan 

bog’liq holda o’ta nurlanish holatlari kuzatilishi mumkin.  

1-2 sinfga taaluqli bo’lgan avariyali vaziyatlarda odamlarning salomatligiga 

jiddiy  xavf-xatar  bo’lmaydi,  ammo  kelib  chiqishi  mumkin  potentsial  xavfli 

oqibatlar  ham  hodimlar  va  ham  aholi  uchun  yuzaga  kelishi  mumkinligiga  ogoh 

bo’lish lozim. 

Radiatsion  avariya  oqibatlarini  bartaraf  qilishda  DSENM  ning  asosiy 

faoliyati  aholining  yuqori  nurlanish  olishi  mumkinligini  rejalashtiruvchi 

reglamentlarini  ishlab  chiqish  hisoblanadi.  Avariya  sodir  etilgan  holatlarda  bu 

reglmamentlar O’zR SV tomonidan o’rnatiladi va quyidagilarni o’z ichiga oladi: 

-  ta’sir  etish  darajasini  belgilash  va  bu  qiymat  orqali  tashqi  va  ichki  nurlanish 

dozalarini baholash mumkin bo’lsin; 

- tashqi va ichki nurlanishning vaqtinchalik dozaviy chegaralari; 

- atrof muhit obektlarida RM ning miqdoriga vaqtinchalik ruhsat etilgan darajalar; 

- ishlarni bajarish uchun vaqtinchalik sanitariya qoidalari

- davriy tibbiy ko’riklarning davriyligi va hajmi; 

 tashqi muhit obektlarini sanitar ishlovidan o’tkazilishini nazorat qilish sharoitlari.  

     Radiatsion  avariya  oqibatlarini  tekshirish  va  bartaraf  qilish  muassasa 

ma’muriyati tomonidan amalga oshiriladi, lekin "Radiatsion avariyalarni tekshirish 

va  ularning  oqibatlarini  bartaraf  qilishga  doir  xizmat  bo’yicha  instruktiv-uslubiy 

ko’rsatma" ga muvofiq DSENM Departamenti nazoratida bajariladi. 




 

568 


 

     Avariya va uning oqibatlarini bartaraf qilish javobgarligi, avariya sodir bo’lgan 

korxona  yoki  muassasa  ma’muriyati  zimmasiga  yuklatiladi,  avariyani  kelib 

chiqishiga aloqador shaxslar ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar. 

2. Radiatsion avariya hududlarida o’tkaziladigan amaliy tadbirlar 

      Radiatsion  avariya  yuzaga  kelganda  odamlarning  xavfsizligi  avariya 

oqibatlarini  bartaraf  qilish  maqsadida  amalga  oshiriladigan  ishlarning  tez  va  aniq 

bajarilishiga bog’liq holda ta’minlanishi mumkin. 

      Bevosita  ob`ektning  o’zida  lokal  radiatsion  avariya  kelib  chiqqanda  amalga 

oshirilishi kerak bo’lgan tadbirlar quyidagilar hisoblanadi: 

1.Ionlantiruvchi nurlanish manbalariga doir hamma ishlar to’xtatilishi kerak. 

2.Shamollatish uskunalari zudlik bilan o’chiriladi. 

3.Avariyali zonaga odamlarning kirishi ma’n etiladi. 

4.Xona  eshigi  berkitiladi  va  muhrlanib,  unga  "AVARIYA".  "KIRISH  MUMKIN 

EMAS" degan yozuv osiladi. 

5.Muassasa  rahbariga,  radiatsion  xavfsizlik  va  radiatsion  nazorat  uchun  javobgar 

shaxslarga,  DSENM  dagi  muvofiq  hodimlarga,  kasaba  uyushmasining  texnik 

inspektsiyasiga, RM yo’qolgan yoki o’g’irlangan vaziyatlarda esa, ichki ishlarning 

mahalliy vakillariga xabar beriladi. 

6.Dozimetrik  va  radiometrik  nazorat  o’tkaziladi.  Agar  muassasa  hududi 

zararlanishga  uchragan  bo’lsa  -  zararlangan  uchastka  va  zararlanish  darajasi 

aniqlanadi. 

Radiatsion 

xavfli 



uchastka 

zonasi 


belgilanadi, 

atrofiga 

ogohlantiruvchi  belgilar  qo’yiladi;  avariya  zonasini  shunday  belgilash  kerakki, 

uning  tashqarisida  ikkilamchi  zararlanish  zonasi  qolmasin.  Agar  kiyim-boshlar 

radioaktiv  ifloslanishga  uchragan  bo’lsa,  ularni  ifloslangan  zonaning  o’zida 

yechintirish va bu kiyimlarni o’sha zonada qoldirish kerak.  

7.Badandagi  zararlangan  joylarni  dezaktivatsiyalash  va  radiometrik  nazoratdan 

o’tkazilishi  kerak.  Ifloslanish  darajasi  ruhsat  etiladigan  ifloslanish  darajasidan 

oshmasligi lozim. 

      Lokal radiatsion avariyani bartaraf qilish. 




 

569 


 

     Avariyani  bartaraf  qilish  bo’yicha  barcha  ishlar  muaasasa  rahbari  tayinlagan 

maxsus  komissiya  tomonidan  bajariladi.  Komissiya  tarkibiga  albatta  obektdagi 

radiatsion xavfsizlik mutasaddisi va DSENM vakili kiritiladi. 

      Komissiya  avariyani  bartaraf  qilishga  qaratilgan  to’liq  reja  ishlab  chiqadi, 

avariyaga  doir  ishlarni  bajarish  uchun  jalb  qilinadigan  shaxslar  aniqlanadi. 

Avariyali  ishlarga  jalb  qilinadigan  shaxslar  soni  iloji  boricha  minimal  bo’lishi 

kerak. 


Bajarilishi shart bo’lgan ishlar tarkibiga quyidagilar kiradi: 

-avariyali vaziyatni yo’qotish; 

-  Radiometrik  va  dozimetrik  nazoratlarni  amalga  oshirish  uchun  statsionar  va 

ko’chiriladigan punktlar va laboratoriyalar tashkil qilinadi; 

- Suv va ovqat mahsulotlaridagi nuklidlarning hajmiy va solishtirma aktivligini va 

hududning  ifloslanishini  (gamma-  va  beta-  nurlanishi  quvvati  bo’yicha)  ekspress 

usulda aniqlash usullarini unifikatsiyalash bo’yicha (qalin qavatli preparatlar usuli) 

radiatsion nazoratni ta’minlash; 

- Tanlab odamlar organizmidagi radionuklidlar (qalqonsimon bezda radioyod) ning 

miqdorini aniqlash; 

-  Aholida  chamalangan  nurlanishni  hisoblash  va  odamlarni  zararlangan  zonadan 

olib chiqish lozimligi va uning masshtabi haqidagi savollarni hal qilish; 

- Barcha aholini tibbiy ko’rikdan o’tkazish; 

- Aholi o’rtasida tushuntirish ishlari va yodli profilaktikani davom yettirish. 

     Radiatsion  avariyaning  keyingi  bosqichida  avariyali  vaziyatdan  astalik  bilan 

normal holatga o’tish bilan avariyali cheklashlarni bosqichi bilan kundan tartibidan 

chiqarish  vazifalari  qo’yiladi.  Bu  bosqich  uzoq  muddatli  bo’lib,  quyidagi 

tadbirlarni o’tkazishni talab qiladi: 

-  aholining  nurlanish  dozasini  aniqlash  (SICh-odamning  nurlanishini  hisoblagich 

yordamida tashqi va ichki) yoki hisoblash usuli




 

570 


 

-  atrof  muhitni  uzoq yashovchi  radionuklidlar  bilan ifloslanish darajasini aniqlash 

va  agar  suv,  ovqat  mahsulotlari  zararlanganda  ulardan  foydalanish  masalasini  hal 

qilish, dezaktivatsiyani nazorat qilish; 

-  qishloq  xo’jalik  mahsulotlaridan  foydalanish  mumkinligi  haqidagi  masalani  hal 

qilish yoki ularning texnologiyasini o’zgartirish; 

-  aholining  klinik  va  epidemiologik  tekshirishning  uzoq  muddatli  dasturini  tuzish 

va amalga oshirish

- aholi o’rtasida sanitariya oqartuv ishlarini davom yettirish. 


Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish