F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”


Dozimetrik nazoratdagi hisoblash usullari. Hisoblashlar yordamida



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet272/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

9.8. Dozimetrik nazoratdagi hisoblash usullari. Hisoblashlar yordamida 

himoyani nazorat qilish. 

    Gigiyena  amaliyotida  ko’pincha  dozalarni  hisoblash  va  tashqi  gamma  -  hamda 

rentgen  nurlanishlaridan  himoyalanishni  nazorat  qilish  usullaridan  foydalaniladi. 

Hisoblash  usullarining  asosi  bo’lib,tashqi  nurlanishlardan  himoyalanish  prinsipi 

(miqdor, vaqt, masofa va himoya to’siqlari orqali himoyalanish) hisoblanadi. 

     Juda  ko’p  radioaktiv  izotoplar  uchun  gamma-nurlanish  dozalarining  quvvati 

tajriba  orqali  aniqlangan,  bu  nurlanish  1  mKi  aktivlikka  ega  bo’lgan  nuqtali 

manbadan  1  sm  uzoqlikda  hosil  qilinadigan  doza  quvvatidir  (bu  qiymat  mazkur 

izotopning gamma-doimiyligi (K

)  va uning o’lchami R/sm



2

.sek ga teng. 

Tashqi gamma - nurlanishning dozasi odatda quyidagi formula bilan hisoblanadi: 

 

 D- doza - rentgenda; 



K

 - izotopning gamma-doimiyligi; 



Q - manbaning aktivligi, mKu;  

t - nurlanish vaqti soatlarda;  

R - masofa,  sm. 

    Himoya  to’tsiqlaridan  foydalanilganda  formulaning  mahrajiga  mazkur  to’siq 

orqali nurlanishning pasayish koeffitsienti kiritilishi kerak (K). 



 

538 


 

Bu  koeffitsientning  qiymati  nurlanish  turiga,  uning  quvvatiga,  to’siqning 

materialiga va uning qalinligiga bog’liq. 

     Agar  manbaning  aktivligi  radiyning  milligam-ekvivalentlarida  ifodalangan 

bo’lsa, formula quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi: 

D=

 



    bu  yerda    D,  t,  R,  k  larning  ifodasi,  huddi  oldingi  formuladagidek  bo’lib,  m- 

manbaning aktivligi (mg-ekv radiy), 8,4-radiyning doimiy gammasi bo’ladi. 

     Bu formula yordamida radioaktiv moddalar bilan xavfsiz sharoitlarda ishlashni, 

A kateogiyasiga kiruvchi (yiliga 20 mZv yoki yiliga 2 ber yoki haftasiga 0,04 ber) 

ruxsat  etiladigan  samarali  ekvivalent  dozaning  quvvatini  kiritish  orqali  aniqlash 

mumkin. Buning uchun sm lardagi masofani metrlarga o’zgartirish kerak bo’ladi: 

                                    0,04=

 

  bu  yerda  r  –  manbadan  ishlovchigacha  bo’lgan  masofa,  bu  qiymat  ko’pincha 



metrlarda o’lchanadi. 

       Formula o’zgargandan va soddalashtirilgan so’ng, quyidagi shaklga kiradi: 

                                             

 

    



Bu holatda 48 raqami ajratib olingan koeffitsient bo’lib, uning o’lchami yo’q. Bu 

formula har qanday himoyani hisoblash uchun juda qo’l keladi: 

1.Miqdor orqali himoyalanishni aniqlash:  m =

  

2.Vaqt orqali himoyalanishni aniqlash:  



   

3.Masofa orqali himoyalanishni aniqlash:   

 

4.To’siq orqali himoyalanish. Gamma nurlanish uchun kerak bo’ladigan to’siqning 



qalinligini  nurlanish  energiyasi,  manbaning  solishtirma  aktivligi,  manbadan  ish 

joyigacha  bo’lgan  masofa,  ishlash  muddati  va  to’siq  materialini  bilish  orqali 

aniqlanadi.  Manbadan  tarqalayotgan  nurlanish  dozasini  ruhsat  etiladigan 

2

4



,

8

kxR



xmxt

kxR

xmxt

4

,



8


 

539 


 

qiymatlargacha  pasaytiraoladigan  to’siqning  qalinligini  quyidagicha  hisoblash 

mumkin: 1) Jadval bo’yicha; 2)yarim pasaytirish qavati bo’yicha. 

        To’siq  qalinligini  hisoblashning  birinchi  bosqichi  nurlanishni  kerak 

bo’ladigan  darajagacha  pasaytirish  karraligini  hisoblashdan  iborat.  Yuqoridaga 

formuladan  foydalanganda  formuladagi  k  quyidagi  formula  yordamida  topilishi 

mumkin. 

                          

    

     Gamma  moslamalardan  foydalanish  sharoitida  kerak  bo’ladigan  nurlanishni 



pasaytirish  koeffitsientining  qiymatini  ham  quyidagi  formula  bilan  hisoblash 

mumkin.  

                          k 

  

 bu yerda R



x

  - ish joyida o’lchangan doza quvvat;  

R

d

 - ruxsat etiladigan doza quvvat 



      Jadval  bo’yicha  himoya  to’sig’ining  qalinligini  hisoblashda  "K"  ning 

qiymatidan tashqari nurlanish energiyasini bilish ham zarurdir, bu  qiymatni ayrim 

izotoplarning fizikaviy ta’rifi keltirilgan jadvaldan topish mumkin. 

    Nurlanishni  necha  marta  pasaytirish  kerak  ekanligini  va  shu  nurlanish 

energiyasini  bilgan  holda,  maxsus  jadval  bo’yicha  pasaytirish  karraligi  bilan 

nurlanish  energiyalarining  kesishadigan  nuqtasida  qo’rg’oshindan  yoki  boshqa 

materialdan yasalgan to’siqlarning kerak bo’ladigan qalinligi topiladi. 

Yarim  pasaytirish  qavatlari  bo’yicha  to’siq  qalinligini  aniqlash.    Yarim 

pasaytirish  qavati  deb  nurlanishning  doza  quvvatini  2  marta  pasaytira  oladigan 

to’siqning  qalinligiga  aytiladi.  Qo’rg’oshin  uchun  yarim  pasaytirish  qavati 

(nurlanish energiyasi 1 MeB bo’lganda) 1,3 sm, temir uchun-2,4 sm, beton uchun 

6,9 sm ga teng (9.4.1-jadval). 

9.4.1-jadval 

Pasaytirish karraligi va qavatlar sonining nisbati  

Pasaytirish 

karraligi 





16 

32 


64 

128 


256 


 

540 


 

Yarim 


pasaytirish 

qavatining soni 







 



     To’siq  sifatida  boshqa  materiallardan  foydalanilgan  hollarda  (beton,  temir, 

g’isht,  suv,  cho’yan)  bu  materiallarning  zichligi  nisbati  bo’yicha  himoyani  qayta 

hisoblash  mumkin.  Quyidagi  jadvalda  ayrim  materiallarning  zichligi  (g/sm3) 

haqdagi ma’lumotlar keltirilgan: 

9.4.2-jadval 

Ayrim materiallarning zichligi haqdagi ma’lumotlar (g/sm3) 

Alyuminiy - 2,7 

Qo’rg’oshin -11, 34 

Temir -7,89 

Cho’yan -12 

G’isht -1,4 -1,9 

Suv - 1,0 

Beton -2, 1-2,7 

Havo - 0,00129 

    

Zichlik bo’yicha qalinlikni qayta hisoblashda quyidagi nisbatlardan kelib chiqqan 



holda hisoblash o’tkaziladi: 

                                     (d

1

 : d


2

)  = r


1

 : r


2

, bu yerda 

 r

1

 - qo’rg’oshinning qalinligi va zichligi; 



 d

2

 va d



2

 - foydalanilgan materialning qalinligi va zichligi. 

       Rentgen nurlaridan himoyalanishni hisoblash: 

Pasaytirish koeffitsienti quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:  

                                       

    


    bu yerda I

a

 - rentgen nayining standart anod toki, mA; 



g - rentgen naychasidan himoyagacha bo’lgan masofa, m; 

DMD  -  statsionar  himoyani  loyihalashda  foydalaniladigan  ish  joyidagi  doza 

quvvati (1,4 mR/s) 



 

541 


 

     Birlamchi  rentgen  nurlari  tutamlarini  pasaytirish  uchun  himoya  to’sig’ining 

qalinligi  jadval  bo’yicha  tanlanadi,  bu  rentgen  nayidagi  kuchlanish  va  kerak 

bo’ladigan pasaytirish koeffitsientiga bog’liq (9.4.3-jadval). 

9.4.3-jadval 

Kuchlanishga bog’liq holda birlamchi rentgen nurlari tutamini pasaytirish uchun 

qo’rg’oshinli to’siqning qalinligi (millimetrda). 

Nurlanishni 

pasaytirish 

koeffitsienti 

  60 

75 


100 

125 


150 

180 


0.001 



0,1 


0,6 

1,2 


0,002 



0,2 

0,3 


0.8 

1,5 


0.003 

-   



0,4 

0.5 


1,0 

1,7 


0.004 

0.1 



0,5 

0.7 


1.1 

1.9 


0.005 

0.2 



0,6 

0,8 


1.3 

2,0 


0.0075 

0.1 


0.4 

0.9 


1,0 

1.5 


2,3 

0.01 


0,1 

O.5 


1.0 

1.2 


1.7 

2.4 


0,015 

0.2 


0.6 

1.1 


1.3 

1.8 


2,6 

0,02 


0.2 

0,7 


1.3 

1.5 


2.0 

2.8 


 0.03 

0,3 


0.8 

1.4 


1.6 

2.2 


3.0 

0.04 


0.3 

0.9 


1,5 

1.7 


2.3 

3,1 


0,05 

0.4 


1,0 

I.7 


1.9 

2.5 


3.3 . 

0,075 


0.5 

1,1 


1.9 

2.1 


2.7 

3.5 


0.1 

0.5 


1.2 

2.0 


2.3 

2,9 


3,7 

0,15 


0.6 

1.3 


2.2 

2.5 


3.0 

3.9 


0,2 

0.6 


1.4 

2.3 


2.6 

3,2 


4.1 

0,3 


0,7 

1.5 


2.5 

2,8 


3.4 

4.3 


0.4 

0.7 


1,6 

2.6 


 2, 9 

3.5 


4.4 

 

Vaziyatli masalalar 



 Masala № 1. Radiologik bo’limdagi hamshira har kuni 1 soat davomida ya’ni 

 haftasiga 6 soat bokslarda RFP (radiofarm preparat) tayyorlaydi. Manbadan 

 tarqalayotgan nurlanish pasaytirish karraligi 6 marta; manbadan hamshiraning 

 badanigacha  bo’lgan  masofa  -  60  sm  (0,6m).  Ish  joyida  har  kuni  preparatlar 

qanday miqdorda bo’lishi mumkin?       

Yechish:   m =  

  = 17 mg-ekv radiy. 



 

542 


 

Masala  №2.  Masalan,  konteynerlarda  aktivligi  500  mg-ekv  radiy  bo’lgan 

Radioizotoplarni  saqlash  omborxonasini  har  kuni  tozalash  talab  etiladi. 

Konteynerlar  manbadagi  gamma-gurlanishni  100  martaga  pasaytiradi,  manbadan 

sanitarqaning tanasigacha bo’lgan masofa o’rtacha 70 si (0,7m) ni tashqil qiladi. 

Yechish:   

 

    soat yoki haftasiga 28 minut, ya’ni kuniga 5 



minutga yaqin. 

Masala №3.Masofa orqali himoyalanishni hisoblash: 

                

                                                 

Misol,  gamma-terapiya  muolaja  xonasi  uchun  yonidagi  xonada  boshqarish  pulti 

o’rnatalapyati.  Nurlanish  manbai  sifatida  aktivligi  5000mg-ekv  radiyga  tenga 

keladigan So-60 dan foyda-laniladi. Muolaja xona bilan boshqarish pulti orasidagi 

devor  nurlanishni  100  martaga  pasaytiradi.  Moslamaning  kunlik  ishlashi  3  soatni 

tashqil qiladi (haftasiga 18 soat). Manbadan boshqarish pultigacha bo’lgan havfsiz 

masofa qanday bo’lishi kerak? 

Yechish:   

 

 m    



Masala №4.  

Himoya  to’siqlarining  qalinligini  aniqlash  uchun  avval  kerak  bo’ladigan 

pasaytirish karraligi aniqlanadi: 

                      

  

Kerak  bo’ladigan  pasaytirish  karraligi  quyidagi  formula  yordamida  hisoblanishi 



mumkin: 

                     

        bu yerda        

R0 - ish joyida o’lchangan nurlanish dozasining quvvati; 

R1 - ruhsat etilgan doza quvvati. 

Topiladigan pasaytirish koeffitsienti va nurlanish energiyasini hisobga olib, ular- 

ning  qiymatlari  ilova  qilinadigan  materiallardan  foydalanib,  himoya  to’sig’ining 

qalinligini maxsus jadval yordamida topish mumkin yoki nurlanish quvvatini yarim 




 

543 


 

pasaytirish qavati bo’yicha topiladi. Yarim pasaytirish qavati - bu nurlanishni ikki 

marta  kamaytira  oladigan  himoya  to’sig’ining  qalinligi.  Nurlanishni  4  marta 

pasaytirish uchun 2 qavat, 8marta pasaytirish uchun - 3 qavat, 16 marta pasaytirish 

uchun - 4 qavat va h.k. kerak bo’ladi. Nurlanish energiyasi 1 MeB bo’lganda yarim 

pasaytirish  qavati  qo’rg’oshin  uchun  1,3  sm  ga,  temir  to’sig’i  uchun  2,4  sm  ga, 

beton uchun - 6,9 sm ga va h.k teng bo’lishi kerak. 

Misol,  aktivligi  600  mg-ekv  radiyga  teng  bo’lgan  Au  -  198  manbai  bilan  3 

soat ishlash uchun qo’rg’oshinli bloklardan himoya to’sig’ini o’rnatish lozim. Ish 

uzatilgan qo’l masofasida amalga oshiriladi (o’rtacha 70 sm, ya’ni 0,7 m). Manba 

bilan  xavfsiz  ishlash  uchun  qo’rg’oshinli  bloklarning  qalinligi  qancha  bo’lishi 

kerak? 


Yechish: a) k = (600 x 3) : ( 48 x 0,72)  = 76 marta; 

b) Au -198 ning nurlanish energiyasi - 0,412 MeV (ilovaga qaralsin); 

v) jadval bo’yicha topamiz, unda K =76 va nurlanish energiyasi 0,412 MeB uchun 

qo’rg’oshinli  himoya  to’sig’ining  qalinligi  21  mm  bo’lishi  kerak.  Nurlanish 

generatorlaridan  foydalanilganda  (rentgen  moslamalari)  ko’pincha  himoya 

to’siqlarini  hisoblashga  to’g’ri  keladi.  Bunday  hollarda  avval  nurlanishni  to’siq 

orqali pasaytirish koeffitsientini aniqlashga to’g’ri keladi (K): 

                                K = Ia : r

2

 x DMD , bu yerda 



Ia - Rentgen nayidagi standart anod toki, mA (moslamaning pasportiga ko’ra) r  – 

rentgen nayidan himoya to’sig’igacha bo’lgan masofa, m; DMD - himoyalanishni 

loyihalashtirilayotganda  foydalaniladigan  nurlanishga  ruxsat  etiladigan  doza 

quvvati - 1,4 mR/s. Topilgan "K" ning qiymatini va rentgen nayidagi kuchlanishni 

hisobga  olib,  (moslamaning  pasporti  asosida)  javdvaldan  qo’rg’oshindan 

tayyorlangan himoyaning qalinligi aniqlanadi; 

Vaziyatli masala №1. 

Agar  radiodiagnostik  laboratoriya  bo’lim  hamshirasining  ish  joyida  3  soat 

davomida  aktivligi  22  mKuga  teng  bo’lgan  I

131


  manba  bilan  0,50m  masofada 


 

544 


 

ishlasa, formulaga asosan  nurlanishning yekspozitsion dozasini hisoblang. Manba 

gamma nurlanish manbai bo’lib, nurlanish bir tekis tarqaladi. 

1.Olingan nurlanish dozasi RED necha marta yuqori yoki past? 

2.Shunday ishlash sharoitida himoya to’sig’i kerak bo’ladimi? 

Vaziyatli masala №2. 

Gamma defektoskopiya uchun aktivligi 0,9mg.ekv.Ra ga teng bo’lgan tuliy 

170  izotopli  UGD-3  apparatidan  foydalaniladi.  Apparatdan  hodimgacha  bo’lgan 

masofa 0,7metr, ishlash vaqti -2 soat. 

1.Himoya to’sig’i nurlantirishni 100 marta pasaytirsa, xodim ish davomida qancha 

nurlanish dozasini oladi? 

2.Olingan nurlanish dozasi RED necha marta yuqori yoki past? 

Vaziyatli masala №3 

Tadqiqotchi  aktivligi  100  mg.ekv.Ra  ga  teng  bo’lgan  So60  manba  bilan 

20sm masofada kuniga 10 daqiqa ishlaydi. 

1.Ish davomida tadqiqotchi oladigan nurlanish dozasi qanday? 

2.Olingan nurlanish dozasi RED necha marta yuqori yoki past? 

Vaziyatli masala №4 

Radiologik  bo’limning  jarrohlik  xonasida  shifokor  bemorning  ichki 

bo’shlig’iga  manipulyatordan  foydalanmay,  aktivligi  5,5  mg.ekv.Ra  ga  teng 

bo’lgan  Seziy  –  137  izotopli  provolkani  yuboradi.  Manba  bilan  shifokorning 

tansigacha  bo’lgan  masofa  60sm.  Shifokor  hafta  davomida  himoya  ekranlarisiz 

ishlaganida  oladigan  nurlanish  dozasi  RED  oshmasligi  uchun  manipulyatorning 

uzunligi qanday bo’lishi kerak? 

Vaziyatli masala №5 

Agar  radiologik  bo’lim  hamshirasi  aktivligi  27  mKu  bo’lgan  radiofarm 

preparat  I

131


  bilan  har  kuni  bir  soat  davomida  0,50m  uzoqlikda  ishlasa,  unga 

himoya zarurligini hisoblang. 

1.RFP bilan ishlovchi hamshira oladigan nurlanish dozasi qanday? 

2.Hisoblangan nurlanish dozasi RED qancha marta yuqori? 




 

545 


 

Vaziyatli masala №6 

Radiologik  bo’limning  radioizotopli  laboratoriyasida  radioaktiv  yod  131  ni 

qadoqlash rejalashtirilmoqda. Hamshiraning ish joyidagi zarur bo’lgan texnologik 

aktivlik 60 mKu ni tashqil etadi. 

1.Hamshira  bunday  miqdordagi  aktivlikka  ega  bo’lgan  yod  131  izotopi  bilan 

manipulyatorsiz va himoya to’sig’isiz qancha vaqt davomida ishlashi mumkin? 

Vaziyatli masala №7 

Masofali  nur  terapiyasi  bo’limining  muolaja  xonasi  uchun  boshqaruv  pulti 

qo’shni  xonada  o’rnatilmoqda.  Radioterapiya  o’tkazish  uchun  gamma  nurlanish 

manbasi  Co

60

  dan  foydalaniladi.uning  aktivligi  3000  mg.ekv  Ra.  Boshqaruv  pulti 



va  muolaja  xonasi  o’rtasidagi  devor  nurlanishni  100  marta  pasaytiradi.  Har  kuni 

manba bilan 2 soat ishlanadi. 

1.Xodimlar  oladigan  nurlanish  dozasi  RED  oshmasligi  uchun  boshqaruv  pulti  va 

manba orasidagi masofa qancha bo’lishi kerak? 

Vaziyatli masala №8 

Talabalar uchun vazifa: Radiotashhis bo’limining hamshirasi har kuni 1 soat 

davomida  nurlanishni 6 marta pasaytiradigan boksda RFP tayyorlaydi.  RFP bilan 

hamshiraning  tanasigacha  bo’lgan  masofa  70sm.  Har  kuni  ish  joyidagi  RFPning 

xavfsiz aktivligi qanday bo’lishi kerak? 

Vaziyatli masala №9 

Ilmiy  tekshirish  institutining  radiologik  laboratoriyasiga    aktivligi  800mg 

ekv Ra ga teng bo’lgan oltin198 izotopli manba uchun qo’rg’oshin blokli himoya 

to’sig’i o’rnatish lozim. Ish 3 soat davomida cho’zilgan qo’l uzunligida bajarilishi 

kerak (taxminan 70sm). Manba bilan xavfsiz  ishlash uchun qo’rg’oshinli blokning 

qalinligi qanday bo’lishi kerak?     

Vaziyatli masala №10 

Rentgen  kabinetida  vrach-rentgenolog  ish  joyida  bemorni  rentgenoskopik 

tekshirishdan  o’tkazmoqda,  rentgen  trubkasidan  shifokorgacha  bo’lgan  masofa 

0,8metr. Rentgen trubkasida anod toki 1mA, kuchlanish 100 kilovolt. 



 

546 


 

Rentgenologni nurlanishdan himoya qilish uchun qo’rg’oshinli himoya to’sig’ining 

qalinligi qanday bo’lishi kerak? 

 


Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish