F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

 

 

 

 

 

 

 

 


 

34 


 

II BOB 

OVQATLANISH GIGIYENASI  

Ovqatlanish  gigiyenasining  maqsadi  aholida  ovqatlanish  bilan  bog’liq 

kasalliklarning  oldini  olishga  qaratilgan  ko’nikmalarni  shakllantirish,  ularda 

ovqatlanish  holatini  nazorat  qilish  tartibini  tarkib  toptirish,  aholining  salomatlik 

holati  va  ovqatlanish  bilan  bog’liq  muammolarini  o’rganish,  oziq-ovqat 

mahsulotlarining  oziqaviy  qiymatini  oshirishga  qaratilgan  kompleks  tibbiy-

profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat. 

2.1. Ovqatlanish muammosining ijtimoy-gigiyenik roli, uning O’zR uchun 

o’ziga xosligi. 

        Amaliy  tadqiqotlar  va  ilmiy  amaliy  rejada  ovqatlanish  gigiyenasi  ijtimoiy 

ahamiyatga ega bo’lib, bir tomondan oziqa mahsulotlari va energiyaning fiziologik 

ehtiyojini  aniqlasa,  oziq  mahsulotlarining  sifatini  ta’minlashga  qaratilgan  chora-

tadbirlar  ishlab  chiqarish  bilan  birgalikda  aholining  yoshi,  jinsi,  fiziologik 

ehtiyojlarini hamda ijtimoiy va ekologik omillarni inobatga olib ovqatlanish tartibi 

va sharoitlarni ta’minlasa, ikkinchi tomondan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va 

xavfsizligini  ta’minlash  bo’yicha  sanitar-gigiyenik  va  epidemiologik  ekspertiza 

o’tkazish chora-tadbirlarni ishlab chiqaradan iborat. 

Ovqatlanish salomatlik holatini belgilovchi  muhim omillardan biri bo’lib, u 

har  bir  shaxsning  va  umuman  olganda  butun  aholining  salomatlik  ko’rsatkichi 

hisoblanadi.  Har  qanday  tirik  organizmda  doimiy  tarzda  assimilyatsiya  va 

dissimilyatsiya  jarayonlari  kuzatiladi  va  agar  organizmda  oziq  kimyoviy 

moddalarning  ovqat  orqali  iste’mol  qilinmasligi  hamda  oksidlanish  -  qaytarilish 

jarayonlari kuzatilmasa assimilyatsiya jarayoni izdan chiqadi. Natijada organizmni 

energiya bilan ta’minlash va organizmda ruy beradigan barcha hayotiy jarayonlarni 

ta’minlovchi  asosiy  ozuq  moddalar  -  oqsillar,  yog’lar,  uglevodlar,  vitaminlar  va 

mineral  tuzlarga  bo’lgan  tanqislik  yuzaga  keladi.  Shuning  uchun  inson  organizmi 

muntazam tarzda sifatli ovqatlanib turishi zarur. Insonning yashash umri davomida 

(o’rtacha  70  yillik  umr  mobaynida)  odam  o’rta  hisobda  2,5  tonna  oqsil,  3  tonna 




 

35 


 

yog’  mahsulotlari,  10  tonna  uglevod  va  250  kg  osh  tuzini  iste’mol  qiladi.  Odam 

organizmiga  oziq  moddalarning  tushib  turishi  uning  hayotiy  faoliyatini 

ta’minlabgina  qolmay,  balki  sezilarli  darajada  odamning  salomatligini  ham 

belgilab  beradi.  Ma’lumki,  aholining  salomatlik  ko’rsatkichlari  ularning 

ovqatlanish tarzi bilan chambarchas bog’liqdir. Ovqatlanish sifatiga ayniqsa bolalar 

va o’smirlarning jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlari, mehnatga layoqatli aholining 

mehnat  qobiliyati,  tashqi  muhitning  salbiy  taassurotlariga

 

qarshi  kurashish 



qobiliyati,  aholining  umumiy  kasalllanish  darajasi,  o’rtacha  umr  ko’rish 

davomiyligi  bevosita  bog’liqdir.  Noto’g’ri  ovqatlanish  natijasida  ko’pgina 

kasalliklarning kechishi og’irroq shaklda o’tadi, ularning surunkali shaklga o’tishi 

tezlashadi, sog’ayish muddati uzayib ketadi. 

       Aholini ovqatlanish muammosi faqat gigiyenik muammo bo’lib qolmay, balki 

ko’proq  darajada  ijtimoiy  muammodir,  chunki  aholini  ovqatlanish  sifati  har  bir 

davlatning  rivojlanganlik  darajasi,  oziq-ovqatlar  uchun  ajratiladigan  mablag’ 

miqdori  bilan  belgilanadi.  Ovqatlanish  muammosi  har  bir  davlatning  iqtisodiy 

holati  va  boshqa  davlatlar  bilan  qiladigan  iqtisodiy  munosabatlari,  har  bir 

davlatning  ijtimoiy  siyosati,  mehnat  resurslari  va  mehnat  qiluvchi  potensialiga 

bog’liqdir. 

        Aholini  ovqatlantirish  muammosi  juda  ko’p  davlatlarda  aholi  soniga  bog’liq 

tarzda  tashkil  qilinadi.  Aholining  soni  bo’yicha  ovqatlanish  muammolarini  hal 

yetuvchi  Xalqaro  konferensiyada  (Qoxira,  1994  yil)  ta’kidlanganidek,  aholini 

boshqarib  bo’lmaydigan  darajada  o’sib  borishi  aholi  o’rtasida  ijtimoiy  tanglik, 

ijtimoiy  munosabatlarning  taranglashuviga,  shu  jumladan  aholi  o’rtasida 

ovqatlanish  muammosi  bilan  bog’liq  bo’lgan  munosabatlarning  keskinlashuviga 

sababchi bo’lishi mumkin. 

Sobiq Ittifoq hududidagi aholining ijtimoiy tarkibi va ular o’rtasidagi siyosiy 

munosabatlarning  keskinlashuvi  Ittifoqning  parchalanib  ketishi  vaqtidan 

boshlangan bo’lib, aholining kundalik turmushidagi turli ko’rinishlarda va ayniqsa 

ovqatlanish sifatidagi o’zgarishlarda ko’proq darajada o’z aksini topdi. 




 

36 


 

      Oziq-ovqat  mahsulotlarini  ishlab  chiqarish,  iqtisodiy  aloqalarning  uzilishi, 

yangi  iqtisodiy  munosabatlarning  shakllanishi  bilan  bog’liq  bo’lgan  va  shak-

shubhasiz yuzaga kelishi mumkin bo’lgan iqtisodiy tanglik Birlashgan Hamdo’stlik 

Davlatlaridagi juda ko’p aholining turmush darajasini yomonlashishiga olib keldi, 

buning natijasida 1993 yilning o’zidayoq tadqiqotchilarning olgan ma’lumotlariga 

ko’ra  oqilona  ovqatlanmaslik  natijasida  aholining    salomatlik  ko’rsatkichlari  va 

yoshlar  o’rtasidagi  jismoniy  rivojlanish  ko’rsatkichlarida  negativ  o’zgarishlar 

yuzaga kelganligi haqidagi ma’lumotlar berila boshlandi. Mas., Rossiyaning ayrim 

hududlarida  istiqomat  qiluvchi  aholini  ovqatlanish  holatini  tekshirib,  V.Spirichev 

(1993) ommaviy avitaminozning keskin oshganligini ma’lum qildi, shu bilan birga 

gipovitaminoz holati aholining hamma kategoriyasi o’rtasida birdek ko’tarilganligi 

va  yilning  barcha  fasllarida  kuzatilishini,  hamda  ayniqsa  poligipovitaminoz 

holatining o’ziga xos shakllarini yuzaga kelganligini aytadi. 

So’nggi  yillarda  ko’pgina  rivojlangan  mamlakatlarda  nomutanosib 

ovqatlanishi 

natijasida 

kelib 


chiqadigan 

noinfektsion 

kasalliklar 

bilan 


kasallanayotgan kishilar soni ortib bormoqda. Ortiqcha tana vazni va semirish bilan 

bog’liq quyidagi patologik holatlar ko’plab uchramoqda: ateroskleroz, gipertoniya, 

glyukozaga  bo’lgan  tolerantlikning  pasayishi,  modda  almashinuvi  jarayonlarining 

buzilishi,  ikkilamchi  immuntanqislik.  Yuqoridagi  holatlarning  rivojlanishida 

nafaqat  ovqatlanish  omili,  balki  boshqa  bir  qator  omillar,  xususan  asosiy  oziq-

ovqatlar  tarkibida  ko’plab  sun’iy  kimyoviy  vositalarning  mavjudligi,  hayot  tarzi, 

ya’ni  jismoniy  faollikning  kamayishi  va  stress  holatlarning  tobora  ko’payib 

borayotgani  yuqoridagi  kasalliklarni  rivojlanishiga  turtki  bo’lmoqda.  Yana 

yuqoridagi  holatlarning  rivojlanishiga  asosiy  ta’sir  etayotgan  sabablardan  biri  bu-

sanoatning  rivojlanayotganligi, shaharlashuv  va  oziq – ovqat va  xizmat  ko’rsatish 

sektoridagi  ommalashuv,  nafaqat  oziq  –  ovqat  sanoatining  takomillashib  borishi, 

balki ovqat vositalarini tanlash steriotipining o’zgarib borayotganligidir. 

JSST  2010  yilda  aholining  o’lim  ko’rsakichlarning  oshishida  ovqatlanish 

bilan bog’liq bo’lgan quyidagi ko’rsatkichlarni keltirgan bo’lib, bularga: 60% ortiq 




 

37 


 

o’lim  ko’rsatkichlari  to’g’ridan-to’g’ri  sifatsiz  ovqatlanish  holatlari  bilan 

bog’liqdir. Yer kurrasidagi ikkita o’lim holati: yurak-qon tomir tizimi va onkologik 

o’sma kasalliklarining 75-80%i zararli ekologik omillar hamda suv va oziq-ovqat 

mahsulotlari  orqali  yuzaga  kelishi  tahmin  qilinadi.  Undan  tashqari  osteoporozlar 

bilan  kasallanish  50  yoshdan  oshgan  aholi  guruhiga  to’g’ri  keladi,  II-turidagi 

qandli  diabet  (kun  sayin  ortib  borishi  bilan  birgalikda  yosharib  bormoqda) 

kasalliklarini  yuzaga  kelishida  mikroelementlar  va  vitaminlarning  etishmasligi  

sabab bo’lmoqda Agar qachondirkim tibbiyot o’lim darajasiga olib kelgan birinchi 

va  ikkinchi  o’rindagi  yurak-qon  tomir  va  o’sma  kasalliklarni  davolash  borasida 

o’zining  yutuqlariga  yerishsa,  bu  faqat  ovqatlanish  muammasini  yechish  orqali 

amalga  oshiriladi.  JSST  taxmin  qilishicha,  Shimoliy  Amerika  va  Yevropaning 

o’zida 0,5 mln. aholi yil davomida semirish bilan bog’liq kasalliklardan vafot etadi. 

JSST  mutaxassislarining taxmin  qilishlaricha 2025  yilga kelib, semirish hozirgiga 

nisbatan 2 barobar ortishi kutilmoqda. 

XXI  asr  boshidagi  statistik  ma’lumotlar  shuni  ko’rsatmoqdaki  faqatgina 

Xitoy  va  Hindistondagi  yurak-qon  tomir  kasalliklari  bilan  kasallanganlar  soni 

butun  dunyo  mamlakatlaridagi  yurak-qon  tomirlari  bilan  kasallanganlardan 

ko’proq ekan. 

Bizning  Respublikada  aholining  ovqatlanish  muammolari  o’ziga  xos 

xususiyatlariga  egadir.  Aholining  ovqatlanishiga  doir  masalalar  bo’yicha 

bilimdonlik  darajasi  juda  past  holatda,  oqilona  va  to’g’ri  ovqatlanishga  doir 

elementlarni  ko’pchilik  bilgan  taqdirda  ham  unga  e’tibor  qaratmaydi.  Aholining 

ko’pchilik  qismi  sifatli  ovqat  mahsulotlari  bilan  to’liq  ta’minlanish  imkoniyatiga 

ega  emas,  bunday  imkoniyatga  ega  bo’lgan  aholi  ham  to’g’ri  ovqatlanish 

talablarini  to’liq  bajarmaydi.  Bugungi  kunga  kelib  ovqat  mahsulotlarining  sifat 

ko’rsatkichlarini  gigiyenik  nazorati  sezilarli  darajada  pasaygan 

(Boyqulov  A.A., 

2003). 

Yana  shuni  aytish  lozimki,  hozirgi  kunda  chekka  qishloqlarda  yashovchi 

aholining  ovqatlanish  holatini  ham  ko’ngildagidek  deb  bo’lmaydi,  buning  sababi 

ovqat assortimentlarining kamligi, ovqatlanish sifatining pastligidir. 




 

38 


 

Yuqorida 

aytib 

o’tilgan  kamchiliklar  hisobiga  esa,  O’zbekiston 



Respublikasida  yashovchi  aholi  o’rtasida,  ayniqsa  ayollar  o’rtasida  (90  foizdan 

ortiq  holatlarda)  temir  tanqisligi  anemiyasi,  aholining  60-73  %  da  yod  tanqislik 

holatlari,  qishloq  sharoitida  yashovchi  bolalarning  deyarli  35%  da  gipotrofiya  va 

raxit kasalliklari, hamda juda ko’p holatlarda sil kasalliklarini o’sib borayotganligi 

achinarli holdir.  

Rivojlangan  davlatlardagi  kabi  O`zbekistonda  ham  umumiy  o`lim 

tuzilmasida  79,0%  holatlar  yuqumli  bo`lmagan  kasalliklar  sababli  yuzaga  kelgan. 

Bunga  oqilona  bo`lmagan  ovqatlanish  sababdir.  Jumladan,  50%ga  yaqin  aholi 

ortiqcha  vaznga  ega,  20%  aholi  esa  semizlikdan  aziyat  chekadi. 40-64  yoshgacha 

bo`lgan  aholining  30%idan  ortig`ida  yurak-tomir  kasalliklari  rivojlanish  xavfiga 

ega.  2015  yilda  18-64  yoshdagi  aholining  o`rtacha  tuz  iste`moli  kuniga  14,9 

grammni tashkil etgan (JSST 5gramm/kuniga tuz iste`molini tavsiy etadi).      

Ushbu muammolarni yechishda albatta Respublikamizdagi mavjud iqtisodiy 

krizislarni hal etish bilan ahvol yaxshilanib qoladi deb aytolmaymiz. Buning uchun 

aholi  o’rtasida  targ’ibot-tashviqot  ishlarini  olib  borishimiz  lozim,  ya’ni  to’g’ri 

ovqatlanish,  vaqtida  ovqatlanish,  sifatli  ovqatlanishga  e’tibor  berish  bilan  bir 

qatorda, o’zimizda hamda chet davlatlarda chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlar 

sifatini mutasaddi tashkilotlar tomonidan to’liq va sifatli tekshirilishini, oziq-ovqat 

mahsulotlari bilan savdo qilinadigan bozorlarda, rastalardagi tozalikka va gigiyenik 

tartiblarga  rioya  qilinishini  qattiq  nazorat  qilinishi  lozim.  Shu  bilan  bir  qatorda 

gigiyenik  normativlar  ishlab  chiqilayotgan  vaqtda  Respublikamizning  iqlimini, 

milliy  an’analarini  ham  hisobga  olish  talab  etiladi.  Respublikada  2006  yildan 

amalga oshirila boshlangan «O’zbekiston aholisi o’rtasida 2010 yilga qadar oqilona 

va  to’g’ri  ovqatlanishni  amalga  oshirish»  rejasi  quyidagi  asosiy  uchta  yo’nalishni 

o’z ichiga olgan: 

-Aholining salomatlik holatiga qarab ovqatlanishni to’g’ri tashkillashtirish; 

-Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatliligini ta’minlash; 

-Aholini xavfsiz bo’lgan mahsulotlar bilan ta’minlashni uzviyligini saqlash. 




 

39 


 


Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish