B guruhiga mansub bo’lgan vitaminlarga bo’lgan gigiyenik talab
Vitamin
Fiziologik
ehtiyoj (mg)
Yetishmasligi
Manbalar
Tiamin (B
1
)
1,1-2,1
Beri-beri
Donli
mahsulotlar,
jigar, hamirturush
Riboflavin (B
2
)
1,5-2,4
Xeyloz,
stomatit,
glossit, anemiya
Sut,
no’xat,
non,
hamirturish
Nikotin kislota PP
14-28
Pellagra
Yormalar, no’xat, non,
hamirturush
Pantoten kislota B
3
5-10
O’rganilmagan
Ko’pgina
oziq-ovqat
mahsulotlarida
Piridoksin B
6
1,8-2
Polisimptomlar
Hamirturush,
jigar,
no’xot,
bulg’or
qalampiri, baliq
Biotin N
0,15-0,3
Dermatit
Ko’pgina
oziq-ovqat
mahsulotlarida
Foliy kislota B
9
200 mkg
Anemiya
Hamirturish,
jigar,
poliz
mahsulotlari,
go’sht
Sianokobalamin B
12
3 mkg
Anemiya
Jigar, buyrak, go’sht,
baliq, tuxum
Suvda eruvchi vitaminlarningn eng tipik vakili C vitamini yoki askorbin
kislotasidir. Bu vitaminga bo’lgan kunlik ehtiyoj uning biologik ta’siridan kelib
chiqadi. Organizmga C vitamini kam miqdorda iste’mol qilinsa gipovitaminoz va
tushmay qolgan taqdirda "Singa" kasalligi kelib chiqadi. Bunday kasallik holatini
oldini olish uchun odam kunlik
ovqat mahsulotlari orqali o’rtacha 30
mg askorbin kislotasini iste’mol
qilsa kifoya deb qaraladi, ammo
organizmning
umumiy
tonusini
oshirish maqsadida kuniga 60-100
51
mg C vitaminini iste’mol qilish tavsiya etiladi. Farmakologik ta’sirga erishish
uchun esa kuniga 200-600 mg miqdorda iste’mol qilish kerak bo’ladi. Odam
organizmida C vitamini hosil bo’lmaydi, shuning uchun uning asosiy manbai ovqat
mahsulotlari hisoblanadi. C vitaminini o’z tarkibida ko’p miqdorda na’matak,
qorag’at, sitrus mevalari, karam, kartoshka, ko’katlar-selderey, ukrop, petrushka,
shovul kabilardir. C vitaminining biologik faolligini hisobga olib, uyushgan
jamoalarda - bolalar muassasalari, kasalxonalar, sanatoriyalar, tug’ruqxonalar,
nogironlar uyi, qariyalar uyi kabilarda ovqatlarni vitaminlashtirish tavsiya etiladi,
jumladan sutni vitaminlashtirish yoki uchinchi ovqat hisobida meva sharbatlarini
berish tavsiya etiladi. Odam organizmining bioflavinoidlar va vitaminsimon
moddalarga bo’lgan kunlik ehtiyoji 2.3.2-jadvalda keltirilgan.
2.3.2-jadval
Odam organizmining bioflavinoidlar va vitaminsimon moddalarga bo’lgan kunlik
ehtiyoji
Vitamin
Bir kunlik
fiziologik
ehtiyoj
Mahsulot manbalari
Bioflavinlar vitamin-P
50 mg
ho’l mevalar, poliz mahsulotlari,
grechixa, choy
Lipoat kislota
0,5 mg
juda ko’p mahsulotlar
Orat kislota (B
13
)
0,5-1,5 mg
jigar, duraja, sut
Pangam kislotasi (B
15
)
2,0 mg
don mahsulotlari
Paraaminobenzoy kislotasi
Aniqlanmagan hamma ovqat mahsulotlari
Xolin (B
4
)
1,5-3,0 mg
sut, go’sht, non
Inozit (B
8
)
1,0-1,5 mg
hamma ovqatlarda
Karnitin
aniqlanmagan go’sht
Metilmetionin
Vitamin U
aniqlanmagan poliz mahsulotlari, ho’l mevalar
Ko’pgina bioflavinoidlar va vitaminsimon moddalar terapevtik ta’sir
xususiyatiga ega bo’lganligi sababli davolash amaliyotida dorivor moddalar
sifatida qo’llanadi.
52
Insonning ovqati tarkibidagi muhim elementlardan biri - mineral moddalar
bo’lib, ular organizm to’qimalari, hujayralari, organlarini shakllanishi,
organizmning kislotali-ishqoriy muvozanatini ushlab turishda, tuz va suv
almashinuvini boshqarilishida va yana ko’p fermentativ jarayonlarda qatnashadi.
Organizm tarkibiga kiruvchi moddalar katta miqdorlarda (makroelementlar)
va kichik miqdorlarda (mikroelementlar) ishtirok etishlari mumkin. Mineral
moddalar ikki guruhga bo’linadi: ishqoriy va kislotali ta’sir ko’rsatuvchilar.
Ishqoriy ta’sir etish xususiyatiga-kaltsiy, magniy, kaliy, natriy; kislotali ta’sir
ko’rsatuvchilari qatoriga-fosfor, oltingugurt, xlor elementlarini kiritish mumkin.
Bioelementlar qatoriga 64 ta kimyoviy elementni kiritish mumkin, ularning eng
muhimlari - temir, mis, kobalt, ftor, rux, marganes kabilar hisoblanadi.
Organizmning muhim kimyoviy elementlarga bo’lgan kunlik ehtiyoji va ularning
manbalarini quyida 2.3.3-jadvalda keltirilgan:
2.3.3-jadval
Organizmning muhim kimyoviy elementlarga bo’lgan kunlik ehtiyoji
Element
Kunlik ehtiyoj
Manbai
Kaltsiy
800-1200 mg
Sut va sut mahsulotlari
Magniy
400 mg
Don mahsulotlari
Kaliy
3-5 g
quritilgan meva, dukkaqli mevalar
Natriy
4-6 g
osh tuzi
Fosfor
200-1800 mg
Sut, sut mahsulotlari, baliq, go’sht
Oltingugurt
1,0 g
Go’sht, baliq, sut mahsulotlari
Xlor
5-7 g
osh tuzi
Temir
10-30 mg
jigar, tuxum, non, saryog’, grechixa
(marjumak)
Mis
0,4-2,0 mg
barcha mahsulotlar
Yod
150-200 mkg
Biogeokimyoviy fondagi mahsulotlar
Kobalt
200 mg
Hayvon mahsulotlarida ko’proq
Do'stlaringiz bilan baham: |