F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

1.5.

 

Atrof muhit omillari haqida tushuncha 

Atrof muhit

 deganda insonni o’rab turgan borliq va uning tarkibiga kiruvchi 

atmosfera havosi, suv muhiti, tuproq muhiti, oziq-ovqat mahsulotlari, hamda ishlab 

chiqarish  va  insonlarning  xo’jalik  faoliyatlari  kuzatiladigan  va  inson  organizmiga 

ta’sir  ko’rsatishi  mumkin  bo’lgan  gigiyenik  omillarning  majmuasini 

mujassamlashtirgan  muhit  nazarda  tutiladi.  Atrof  muhitning  asosiy  ob’ektlari 

qatoriga  havo,  suv,  tuproq,  ovqat  mahsulotlari,  mehnat  va  turmush  sharoitlari, 

bolalar  va  o’smirlarning  tarbiyalash  va  o’qitish  sharoitlari  hisoblanadi.  Bu 

ob’ektlarning  har  biri  uchun  u  yoki  bu  xususiyatlar  xosdir,  shuning  uchun  bu 

omillarni quyidagi guruhlarga bo’lish joizdir. 




 

30 


 

1.Fizikaviy omillar - havo muhitining harorati, namligi, harakati tezligi, atmosfera 

bosimi,  shovqin,  tebranish,  havoning  changlanganligi,  turli  tabiatga  ega  bo’lgan 

nurlanishlar, elektromagnit to’lqinlar va h. 

Atrof  muhitdagi  ko’pgina  fizikaviy  omillar  tabiiy  hisoblanib,  ayrim 

sharoitlarda  insonning  hayoti  va  faoliyati  uchun  juda  zarurdir;  qolgan  omillar  esa 

sun’iy  kelib  chiqish  tabiatiga  ega  bo’lganligi  uchun  (lazer  nurlari,  o’ta  yuqori 

chastotali elektr maydonlari va b.) inson organizmi uchun zaruriy omil emas. Hoh 

tabiiy  va  hoh  sun’iy  tabiatga  ega  bo’lgan  fizikaviy  omillar  ayrim  sharoitlarda  va 

darajalarda  organizm  uchun  zararli  ta’sir  etish  xususiyatiga  ega,  natijada 

organizmda patologik holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. 

2.Kimyoviy  omillar.  Insonni  o’rab  turgan  hamma  muhitda  kimyoviy  omillarning 

majmuasi  mavjuddir.  Ular  havo,  suv,  tuproq,  oziq-ovqat  mahsulotlari  tarkibiga 

kiradi.  Inson  organizmi  bilan  atrof  muhitning  birligi  tashqi  muhit  ob’ektlarining 

tabiiy  kimyoviy  tarkibi  hamda  odam  organizmi  o’rtasidagi  munosabati  va 

muvozanati bilan bog’liqdir. Shuning atrof muhit ob’ektlarida u yoki bu kimyoviy 

elementning  yuqori  yoki  past  darajadalarda  bo’lishi  odam  organizmida  ham  o’z 

aksini  topadi,  ayniqsa  atrof  muhit  ob’ektlarida  sun’iy  tarzda  hosil  bo’lgan 

kimyoviy  birikmalar  organizm  uchun  begona  bo`lib,  ularning  miqdorlari  ruxsat 

etiladigan miqdorlardan ortib ketganda, organizmda zaharlanish holatlarini keltirib 

chiqarishi mumkin. 

3.Biologik  omillar.  Biologik  omillar  guruhiga  bizni  o’rab  turgan  muhitdagi  turli 

tabiatga  ega  bo’lgan  makro  va  mikroorganizmlar,  viruslar,  zamburug’lar, 

gelmintlarni  yoki  ularning  ishlab  chiqargan  mahsulotlarini  kiritish  mumkin.  Atrof 

muhitda  bo’ladigan  ayrim  turdagi  mikroorganizmlar  ijobiy  rol  o’ynaydi.  Chunki 

ular  suv,  tuproq  muhitining  o’z-o’zidan tozalanish  jararyonlarida ishtirok  etadi va 

ayrim turdagi mikroorganizmlar esa, ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda keng 

ko’lamda  foydalaniladi.  Mikroblar,  viruslar,  zamburug’larning  atrof  muhit 

ob’ektlarida  muntazam  ravishda  bo’lishi  gigiyenik  nuqtai-nazardan  nomuvofiq 

hisoblanadi. 




 

31 


 

4.Ijtimoiy  omillar.  Bu  omillar  qatoriga  insonlarning  mehnat  qilish,  dam  olish, 

kundalik  turmush  sharoitlari,  aholiga  tibbiy  xizmat  ko’rsatish  kabilarni  kiritish 

mumkin. Ijtimoiy omillar o’zining tarkibi bo’yicha juda murakkab bo’lib, ularning 

tabiati  va  optimallik  darajasi  eng  avval  ayrim  bir  davlatning  ijtimoiy-iqtisodiy 

sharoitlariga bog’liqdir. 

Keltirilgan  omillarning  odam  organizmiga  ta’sirini  o’rganib,  gigiyena  fani 

boshqa  tabiiy  fanlar  bilan  yaqin  aloqada  bo’ladi,  jumladan  fiziologiya, 

toksikologiya,  kimyo,  fizika,  klinik  fanlar  kabilar.  Atrof  muhitdagi  keltirilgan 

omillarning  juda  ko’pligi  va  tabiati  bo’yicha  turlicha  ta’sir  etish  xususiyatlarini 

inobatga  olinib,  ular  uchun  gigiyenik  me’yorlar  va  reglamentlar  o’rnatilgan. 

Belgilangan  me’yorlar  asosan  odam  organizmi  uchun  zararli  ta’sir  ko’rsatadigan 

miqdorlari jihatini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Mas., yashash joylarining 

mikroiqlim  parametrlari,  xonalarning  tabiiy  va  sun’iy  yoritilish  darajalari,  suv 

iste’moli me’yorlari, ovqatlanishning fiziologik me’yorlari va b. 


Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish