birinchi
shahar sanitariya stantsiyasini tashkil etgan
va bu
stantsiyada laboratoriya tekshirishlarini keng ko’lamda yo’lga qo’ygan olim
hisoblanadi. F.F.Erisman kommunal gigiyena, mehnat gigiyenasi, bolalar va
o’smirlar gigiyenasi sohasida malakali faoliyat ko’rsatgan.
1885 yilga kelib Rossiyada bir nechta gigiyena kafedralari faoliyat
ko’rsatgan bo’lib, ularga A.P.Dobroslavin, F.F.Erisman, A.N.Yakobiy (Qozon sh.),
I.P.Skvortsovlarni (Harkov sh.) kiritish mumkin. V.Leventalning (1887, Parij)
fikriga ko’ra Yevropadagi davlatlar ichida faqatgina Rossiyada gigiyena fani
o’zining ilmiyligi bilan boshqa davlatlarnikidan ajralib turadi. Rossiyadagi
gigiyena ko’p ma’noda ijtimoiy gigiyena yo’nalishida ekanligi bilan farqlangan.
Sobiq SSSR vaqtida gigiyenaning rivojlanishiiga o’zlarining ulkan
hissalarini qo’shganlar qatoriga juda ko’p gigiyenik tekshirish usullarini ishlab
chiqqan, kommunal gigiyena, ovqatlanish gigiyenasi, maktab gigiyenasi
masalalariga e’tibor qaratgan olim G.V.Xlopin hisoblanadi. Undan tashqari SSSR
19
sog’liqni saqlash tizimini boshlab bergan tashkilotchilar N.A.Semashko,
Z.P.Solovev; kommunal gigiyena sohasida taniqli bo’lgan olimlar A.N.Sisin,
Z.G.Frenkel, A.N.Marzeev, V.A.Ryazanov; mehnat gigiyenasining rivojlanishiga
hissa qo’shganlardan S.I.Kaplun, V.A.Levitskiy, A.A.Letavet, V.A.Vigdorchik,
E.M.Kagan, V.K.Navrotskiy; ovqatlanish gigiyenasi sohasida M.N.Shaternikova,
I.P.Razenkova, O.P.Molchanova, A.P.Palladin, K.S.Petrovskiy, A.A.Pokrovskiy
faoliyat ko’rsatganlar.
1922 yilda Ittifoq miqyosida sanitariya xizmati tashkil etilgan bo’lib,
ogohlantiruvchi va joriy sanitariya nazoratini amalga oshirgan. Sanitariya
organlarining faoliyatlari o’zining qonuniy asoslariga ega bo’lib, "SSSR va
Ittifoqdosh Respublikalar sog’liqni saqlash tizimi haqidagi qonunlarning asoslari"
hujjatida o’z aksini topgan, hamda tegishli organlar tomonidan "Sanitariya qoidalar
va me’yorlari", Davlat Standartlari va tegishli instruktsiyalar tasdiqlangan.
Bizning mustaqil Respublikamizda gigiyena fanining taraqqiyoti Toshkent
Davlat Tibbiyot instituti tarkibida tashkil topgan gigiyena kafedralarining
faoliyatlari bilan chambarchas bog’lanib ketgandir.
O’zbekistondagi tibbiy institutlarining barcha gigiyenik kafedralarini asosi
bo’lib, 1920 yilda tashkil topgan O’rta Osiyo Davlat Universiteti qoshida tashkil
etilgan umumiy gigiyena yoki ilgarigi nomi "Eksperimental gigiyena" kafedrasi
hisoblanadi.
O’sha davrdagi birinchi kafedra mudiri doktor Pinegin Grigoriy Nikolaevich
bo’lgan. G.N. Pinegin sanitariyaga doir masalalarning amaliy qo’llanishini chet
davlatlardan o’rganib qaytganligi sababli, u shu usullar va tajribalarni bizning
institutimizda ham qo’llagan (Pinegin Ye.N. 1906-1910 yillarda AQShda, 1910-
1912 yillarda Angliyada bo’lgan). U chet davlatlardagi aholiga suv tarqatish
tarmoqlari, chiqindi suvlarni tozalash, qattiq chiqindilarni yoqish kabi usullarni
o’zimizda tadbiq qilinishiga sababchi bo’lgan olimdir. London Universitetida
vrachlarga o’qiladigan ma’ruzalar kursini to’liq tinglagan. Kafedrada va
amaliyotda sanitar-texnik tekshirish usullarining keng ko’lamda joriy qilinishi
20
o’sha chet davlatlardagi o’rganilgan usullarni o’zimizda qo’llanishi bilan
bog’liqdir. Bu davrda G.N.Pineginning rahbarligida Tixomirov Maksimilian
Petrovich (Turkiston Harbiy okrugining harbiy-sanitar inspektori), Robinzon
Vladimir Nikolaevich (farmatsiya magistri) va Pinegina Avgusta Yakovlevnalar
ham faoliyat ko’rsatganlar.
G.N.Pinegindan so’ng kafedraning rahbarligi Bautin Semen Dmitrievich
(1930) ga topshirilgan bo’lib, u Saratov universitetida faoliyat ko’rsatar edi.
S.D.Bautin kafedraning ilmiy ishlariga ijtimoiy-gigiyenik yo’nalishni kiritgan,
jumladan u Respublikamizdagi ayrim qishloq va viloyatlar aholi yashash joylariga
ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirgan va Samarqand viloyati hududida bo’lgan
Zirabuloq stantsiyasi atrofidagi aholining yashash va turmush sharoitlarini
o’rganib, olingan natijalar asosida 24 ta ilmiy maqolalar chop ettirgan. Shu
davrning o’zida kafedrada A.V.Georgievskiy ham faoliyat ko’rsatgan, keyinchalik
u professorlik lavozimida Toshkent Davlat tibbiyot institutining epidemiologiya
kafedrasiga rahbarlik qilgan.
1927 yildan boshlab kafedraga proffessor Petrova Mariya Anatolevna
rahbarlik qilgan; bu davrda uning rahbarligida kafedraning ilmiy ishlariga doir
faoliyati ancha jadallashtirilgan, jumladan ijtimoiy sohasidagi ilmiy ishlar avj
oldirilgan. Bu davrda shu yo’nalish gigiyenaning ijtimoiy gigiyena fani bilan
mujassamlashtirilganligidan dalolat beradi.
Ulug’ Vatan urushi yillarida ko’pgina markaziy shaharlardagi ilmiy
tekshirish va o’qitish institutlaridagi olimlarni mamlakat ichkarisiga, xususan O’rta
Osiyo davlatlariga evakuatsiya qilinganligi sababli, ToshDavTI umumiy gigiyena
kafedrasiga mudirlik qilishni Leningraddan kelgan proffessor Moiseev Solomon
Vladimirovich zimmasiga yuklatilgan. U 1941-1944 yillar davomidagi rahbarligi
davomida
kafedradagi
ilmiy
yo’nalish yana sanitar-texnik ko’rinishga
qaratilganligi bilan farqlanadi. 1944 yilda prof. S.V.Moiseev Toshkentdan jo’nab
ketgandan so’ng, kafedraga mudirlik lavozimi t.f.n., dots. Bobojonov S.N.
zimmasiga yuklatilgan. S.N.Bobojonov keyinchalik doktorlik dissertatsiyasini
21
himoya qilgan va professorlik unvoniga erishgan. Prof.S.N.Bobojonov kafedraga
20 yildan ortiq mudirlik qilgan va keyingi yillarda kommunal gigiyena kafedrasiga
mudirlik qilishga o’tkazilgan.
1967-1977 yillar davomida umumiy gigiyena kafedrasiga mudirlik qilish
O’zSSR va QQASSR da xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi, SSSR Fanlari
Akademiyasining muxbir a’zosi, tibbiyot fanlari doktori, prof. A.Z.Zoxidov
zimmasiga yuklatilgan. U 1945-1949 yillar davomida shu kafedrada dotsentlik
lavozimida faoliyat ko’rsatgan edi. A.Z.Zoxidovning kafedraga rahbarlik qilgan
yillari kafedraning ilmiy ishlaridagi faoliyati eng samarali bo’lganligini aytish
lozim. Olim tomonidan atrof muhitning tibbiyotga oid tomonlari bo’yicha ilmiy
tekshirish ishlarining maxsus maktabi shakllantirilgan edi. Bu yo’nalish gigiyena
sohasidagi eng zamonaviy va dolzarb yo’nalishlardan biridir.
1977 yildan boshlab kafedraga mudirlik qilish prof. N.S.Tojiboevaga
topshirilgan. 1990 yilda ToshDavTI ikki tarkibiy qismga bo’lingandan so’ng
Ikkinchi Toshkent Davlat tibbiyot instituti qoshidagi umumiy va radiatsion
gigiyena kafedrasiga mudirlik qilish prof. L.A.Ponomarevaga yuklatilgan.
2012
yildan hozirga davrgacha kafedraga tibbiyot fanlari doktori, dotsent F.I.Salomova
mudirlik qilmoqda.
Hozirgi kungacha O’zbekistonda mavjud bo’lgan sanitariya nazoratining
tarkibi saqlanib qolmoqda, ammo bugungi kundagi tez o’zgarib turuvchi turmush
sharoitlarida respublikamizdagi barcha sanitariya-epidemiologiya xizmatini qayta
qurish mumkinligi ehtimoldan holi emas va bunday qayta qurish kontseptsiyasi
yuzaga keldi deb aytish mumkin. Masalan, O’zR SSV-gi qoshidagi Bosh Davlat
sanitariya-epidemiologiya
boshqarmasi,
Respublika
Davlat
sanitariya-
epidemiologiya nazorati Markazi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning Davlat
sanitariya-epidemiologiya nazoratlari markazlari shular qatoriga kiradi.
Shunga qaramasdan, har qanday holatda ham sanitariya-epidemiologiya
xizmatining asosida sog’liqni saqlash tizimidagi davolash va profilaktik
yo’nalishlarning birligi qolishi muqarrar. Bu degani, har qanday sohadagi shifokor
22
vrach uchun gigiyenik bilimlar kasallikni oldini olishning asosi ekanligi va uning
kasbga doir tayyorgarligidagi faoliyatining muhim bir asosiy qismi bo’lib qolmog’i
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |