F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”


Kasalxona ichi infektsiyalari bilan kasallanishning yuqori darajada



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

Kasalxona ichi infektsiyalari bilan kasallanishning yuqori darajada 

saqlanishini ta’minlovchi sabablar 


 

134 


 

KII  manbai  bo’lib  davolash  muassasalariga  davolanish  uchun  kelgan 

bemorlar va bakteriya tashuvchilar, hamda kasalxona xodimlari hisoblanadi. 

Gospital  infektsiyalar  o’z  o’rnida  bir  vaqtda  sodir  bo’ladigan  (tug’adigan 

ayollarda 

kuzatiladigan 

mastitlar, 

chaqaloqlarda 

uchraydigan 

sepsislar, 

operatsiyalardan  so’ng  kelib  chiqadigan  yiringli  asoratlar)  va  superinfektsiyalar 

(yuqumli  kasalligi  bor  bo’lgan  bemorning  boshqa  turdagi  yuqumli  kasallikka 

chalinishi) ga bo’linadi. 

Bizning  respublikamizda  stafilokokklarga  doir  infektsiyalar,  "B"  gepatiti, 

bolalar  o’rtasida  uchraydigan  infektsiyalar  (qizamiq,  qizilcha,  ko’kyo’tal  kabilar) 

eng katta ahamiyatga egadir. Bundan tashqari, shu narsani nazarda tutish lozim-ki, 

OITS kasalligiga uchragan juda ko’p bemorlarda (BDX-da qayd qilingan bemorlar 

ichida)  OIV  bilan  zararlanish  tibbiy  xodimlarning  shaxsiy  gigiyena  qoidalariga 

rioya  qilmasligi  yoki  boshqa  sabablarga  ko’ra  kelib  chiqqanligi  aniqlangan. 

Kasalxona  ichi  infektsiyasini  tarqatuvchi  manbalar  qatoriga  kasallikka  chalingan 

bemorlar,  tibbiy  xodimlar,  bemorlarning  oldiga  keluvchilar,  shu  jumladan  mikrob 

tashuvchilar  va  rekonvalestsentlar  bo’lishi  mumkin.  Mas.,  Toshkent  shahridagi 

tug’ruqxonalarda  qayd  qilinayotgan  stafilokokka  oid  infektsiyani  tarqatuvchi  eng 

muhim manba kichik tibbiy xodimlar, hamda surunkali shaklda kechuvchi yiringli-

septik kasalliklari bor bo’lgan tug’adigan ayollarning o’zlari hisoblanadilar. 

Shuni  alohida  aytish  lozim-ki,  yiringli  shamollash  kasalliklarining  80%  ga 

yaqini  (chaqaloqlar  va  tug’uvchi  ayollardagi)  stafilokokklar  va  antibiotiklarga 

chidamli  bo’lgan  kokklarga  taalluqlidir.  Rossiyaning  Moskva  shahrida  olib 

borilgan  tekshirishlar  shuni  ko’rsatadiki,  bemorlar  o’rtasida  tarqaladigan  patogen 

stofilokkoklar  tashuvchisining  69%  ini  kichik  tibbiy  xodimlar  (sanitarkalar), 

hamshiralar  -  53%,  shifokorlar  -  42%ni  tashkil  yetar  ekan.  Kasalxona  ichi 

infektsiyalarini oldini olishga qaratilgan tadbirlarni 3 guruhga bo’lish mumkin. 

1.  Infektsiya  manbaiga  nisbatan  bo’ladigan  tadbirlar:  bemorlarni  o’z  vaqtida 

aniqlash, ularni izolyatsiya qilish va manbani sanatsiya qilish 

2. Infektsiyaning uzatilish yo’llarini uzishga qarshi qaratiladigan tadbirlar.  



 

135 


 

Kasalxona  ichi  infektsiyalarining  polietiologik  tabiatlariga  muvofiq, 

arxitektura-rejalashtirish, 

sanitariya-gigiyenaga 

doir, 

tashkiliy 



tadbirlar 

kompleksini  o’tkazish  kasalxona  ichi  infektsiyalarini  oldini  olishdagi  asosiy 

tadbirlar hisoblanadi. 

Arxitekturaga 

doir 

rejalashtirish 



tadbirlari 

kasalxona 

muhitining 

ifloslanishini  inobatga  olib,  kasalxona  bo’limlari  va  undagi  maxsus  xonalarning 

bir-biridan  ajratish  lozimligini  nazarda  tutadi.  Bu  tadbirlar  kasalxonalarning 

ifloslanuvchi bo’limlari ya’ni yuqumli kasalliklar bo’limlari, tug’ruqxona, jarrohlik 

va  bolalar  bo’limlari  uchun  eng  ahamiyatli  hisoblanadi.  Bu  bo’limlarning 

rejalashtirilishi va jihozlanishining o’ziga xos xususiyatlari haqida quyida batafsil 

tafsilotlar beramiz. 

Sanitariya-gigiyenaga  doir  tadbirlar  -  bu  ma’lum  ko’rinishdagi  tartiblar 

majmuasi  bo’lib,  ularga  xonalarni  tozalash,  oqilona  shamollatish,  ultrabinafsha 

nurlardan  bakteritsid  ta’sir  maqsadlarida  foydalanish,  instrumentlarni  sifatli 

sterilizatsiya  qilish,  yumshoq  inventarlar  (choyshablar,  yostiq  jildlari,  jarrohlik 

materiallari,  kiyim-kechaqlar),  xodimlar  va  bemorlarning  shaxsiy  gigiyena 

qoidalariga rioya qilishlari, kasalxonaning suv ta’minoti, kanalizatsiyasi, ahlatlarni 

qoida asosida chetlashtirish va zararsizlantirish kabilar kiradi. 

Tashkiliy tadbirlarga - lozim bo’lganda karantinga doir tadbirlarni o’rnatish, 

turli  patologiyalarga  doir  bemorlarni  kasalxonaga  alohida  qabul  qilish, 

bemorlarning  oldiga  keluvchilarni  tashkiliy  tarzda  kiritish  qoidalariga  rioya 

qilishlari kabilarni kiritish mumkin. 

3.  Bemorlar  va  xodimlar  organizmining  kasallikka  qarshi  kurashish  qobiliyatini 

oshirishga  qaratilgan  tadbirlar.  Bu  tadbirlar  umumiy  (badanni  chiniqtiruvchi 

tadbirlar,  ovqatlarni  vitaminlashtirish)  va  maxsus  (xodimlarni  profilaktik 

emlashlardan o’tkazish) turlariga bo’linadi. 

Kasalxona  ichi  infektsiyalarini  oldini  olish  muhim  tadbirlardan  hisoblanib, 

asosiy  kasallikni  davolash  samaradorligini  oshirishni  ta’minlaydi,  bemornining 

davolanish  muddatini  qisqartiradi.  Kasalxona  ichi  infektsiyasi  ayrim  turdagi 



 

136 


 

ixtisoslashtirilgan bo’limlar - jarrohlik, tug’ruqxona, yuqumli kasalliklar bo’limlari 

uchun muhim ahamiyatga egadir. 


Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish