F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”


 DPM kommunal nuqtai nazardan jihozlanishi



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

3.5. DPM kommunal nuqtai nazardan jihozlanishi 

Har  bir  palataga  issiq  va  sovuq  suv  beradigan  qo’l  yuvish  chig’anoqlari 

o’rnatilishi lozim. Devorlarning pardozi va pol yuzalari ularning tozaligini saqlash 

uchun  ishlov  berishga  qulay  qilib  jihozlanadi.  Devorlarning  bo’yog’i  silliq, 

yaltiramaydigan,  yorug’  ranglarda  bo’lishi  talab  etiladi  (janubiy  rumblarga  qarab 

qurilgan  palata  devorlarining  bo’yoq  ranglari  sovuq  tonlarda  ya’ni  ko’k-yashil, 

shimoliy orientatsiyadagi palatalar uchun esa sariq ranglar). Palatalarning devorlari 

0,8 m balandlikda moyli bo’yoq bilan bo’yalashi kerak. 

Bemorlarni  sifatli  davolashdagi  muhim  sharoitlardan  biri  palatalarga  toza 

havoning kirib turishi va oqilona yaratilgan mikroiqlim sharoitlari hisoblanadi. Bir 

bemor uchun havoni shamollatish hajmi soatiga 40-50 kub m dan kam bo’lmasligi, 

havo  almashtirish  karraligi  esa  soatiga  2  tadan  kam  bo’lmasligi  kerak.  Bir  soat 

davomida  xona  havosini  ikki  martalik  almashtirish  tashkil  etilganda  palatadagi 

havoning  hajmi  1  ta  bemor  uchun  25-30  m

3

  atrofida  bo’ladi  (AQSh,  Germaniya, 



Angliya). Frantsiya, Shvetsiya davlatlarida yangi qurilayotgan kasalxonalarda 1 ta 

bemor  uchun  23-25m

3

  havo  hajmi  mo’ljallanadi.  Shifoxonalardagi  palatalarga 



markazlashgan  holda  tozalangan  havoni  uzatish  va  xonadagi  ifloslangan  havoni 

so’rib  chiqarish  shamollatish  moslamalari  orqali  amalga  oshiriladi.  Bunda  qish 

kunlari beriladigan havo isitiladi, yoz kunlarida esa salqinlashtiriladi. Shamollatish 

qanday  moslamaga  ega  bo’lmasin,  deraza  oynalarining  hammasi  framuga  yoki 

deraza darchasiga ega bo’lishi lozim. 

      Bemor  odam  o’zining  organizmidagi  issiqlik  almashinish  jarayonini 

boshqaraolmaydi  yoki  boshqacha  qilib  aytadigan  bo’lsak,  u  o’z  organizmidagi 

issiqlik  muvozanatini  boshqaraolmaydi.  Bunda  biz  organizmda  ro’y  beradigan 

issiqlikni  ishlab  chiqilishini  va  atrof  muhitga  uning  uzatilishini  nazarda 

tutmoqdamiz.  Shuning  uchun  palatalarda  tashqi  muhit  sharoitini  shunday  tarzda 

yaratish kerak-ki, u bemorlarda issiqlikni boshqarilish jarayonini zo’riqtirmasin. 

Moskva 


shahri 

kasalxonalarida 

bemorlarning 

issiqqlikni 

sezish 

qobiliyatlarini o’rganishdan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish shuni ko’rsatdi-ki, 




 

126 


 

qish  fasli  uchun  havoning  50%  lik  nisbiy  namligi  sharoitida  havoning  komfortli 

harorati  18,5-21

0

C  ekanligi  aniqlandi,  yoz  fasli  uchun  komfort  chegara  24



0

atrofida bo’ladi. 



Havoning  harorati,  uni  almashtirish  karraligi  bir  soat  davomida  shu 

xonalarning qanday maqsadlarda foydalanilishiga bog’liq bo’ladi va bu me’yorlar 

SanQ va M-0292-11 da o’z ifodasini topgandir (3.1.3-jadval). 

3.1.3-jadval

  

Kasalxona xonalarning mikroiqlim ko’rsatkichlariga bo’lgan me’yorlar 



Xonalar 

Havo 


harorati 

Havo almashinish karraligi 

Havo berish 

Havo so’rish 

Kattalar palatasi 

20-22


0

C   1 koykaga 80m

Ikki karralik 



Tireotoksikozli bemorlar uchun 

palata 


20-21

0



1 koykaga 80m

3

  Ikki karralik                          



Jarrohlik, jarrohlikdan keyingi, 

tug’ish zallari, kuyganlar palatasi, 

jonlantirish palatasi 

22-23


0

Soatiga 



10 

karradan 

kam 

bo’lmaslik 



Yangi tug’ilgan, chala tug’ilgan, 

ko’krak yoshidagi bolalar 

palatalari 

25-27


0

1 ta koykas uchun 80m



Yuqumli kasalliklar bo’limi 

palatalari 

22-24


0

        2,5                              2,5 



Xodimlarning xonasi 

23-24


0

1                                  1 



Diagnostik labjratoriyalar 

 22-23


0

1                                  3 



Sanitar ishlov berish 

 24-25


0

3                                  5 



Murda saqlash xonasi 

 2

0



-                                   3 

Xojatxona 

18-20


0

 



 

O’zbekistonning issiq iqlimi sharoitida palatalardagi mikroiqlim sharoitlarini 

tekshirish (Geller I.M., Lyubetskaya I.Z, 1956-1958) natijalariga ko’ra yoz faslida 

havo harorati 30-35

0

C darajagacha ya’ni komfort me’yoridan 6-11



0

C gacha yuqori 

bo’lishi  kuzatilgan.  Bunday  nomuvofiq  sharoitlar  xonalarning  sun’iy  tarzda 

sovutilishini  (xona  havosini  konditsionerlashtirish,  radiatsion  sovutish),  yozgi 

xonalarni tashkil qilish, pavilon turidagi moslamalardan foydalanishni talab qiladi. 



 

127 


 

Jumladan,  hozirgi  kunda  Respublika  shoshilinch  tibbiy  yordam  ilmiy 

markazi  800  o`ringa  moljallangan  bo`lib,  yangi  ammiakda  ishlovchi  havoni 

sovutishning  qayta  yangilangan  markazlashgan  tizimi  ishga  tushirilgan. Havoning 

bunday usulda sovutilishi inson salomatligiga zararining kamligi va ozon qatlamiga 

hamda  iqlim  o`zgarishiga  xavf  solmaydigan  ekologik  sof  texnologiy  bo`lganligi 

bilan ahamiyatlidir.  

Jarrohlik,  jonlantirish,  xushsizlantirish  xonalari  va  intensiv  terapiya 

palatalari havosini mo’tadillashtirish albatta zarurdir. 

Kasalxonalar qurilishida markazlashtirilgan issiq suv orqali xonalarni isitish 

keng  ko’lamda  foydalaniladi  va  bunda  qish  fasllarida  turli  maqsadalar  uchun 

foydalaniladigan xonalarda eng muvofiq mikroiqlim sharoitlarini yaratish mumkin. 

Isitish  asboblari  odatda  xonalarning  tashqi  devorlari  yoki  derazalar  tagiga 

joylashtiriladi  va  ular  yuzasidagi  harorat  85

0

Sdan  ortib  ketmasligi  talab  qilinadi. 



Keyingi yillarda xonalarni isitish maqsadida xonalarning shifti, devorlari ichiga va 

pollari tagiga isitish moslamasini o’rnatish sinab ko’rildi. Bunday isitish turida yoz 

faslida  xonalarning  havosini  moslamalar  orqali  sovuq  suv  yuritish  orqali 

salqinlashtirish  ham  mumkin,  ammo  bu  turdagi  isitish  va  sovutish  turi  ijobiy 

baholanmayotir.  Chunki  devor  orqali  isitish  turidan  foydalanilganda  devorlarning 

harorati 33

0

C dan ortib ketmasligi kerak, tashqi devorning harorati esa 40-49



0

 dan 


oshmasligi lozim. 

Palatalar  tabiiy  va  sun’iy  yoritilgan  bo’lmog’i  darkor,  tabiiy  yorug’likning 

yetarli  darajada  bo’lishi  uchun  yorug’lik  tushadigan  oyna  yuzasi  pol  yuzasiga 

nisbatan 1:5, 1:6 nisbatda bo’lgandagina erishiladi (YoK). Sun’iy yoritilganlik esa 

yoritish  manbalaridan  nurning  xona  devori  yoki  yoritish  moslamalaridan  qaytgan 

nur  hisobiga  yoritilgan  bo’lishi  kerak.  Yoritish  asboblari  bemor  krovatining  bosh 

tomoniga  o’rnatiladi,  chunki  xona  bunday  yoritilgan  taqdirda  manbadan 

tarqalayotgan  nur  tutamlari  bemorning  ko’zini  qamashtirmaydi.  Bundan  tashqari 

palatalarda qo’shimcha tarzda tungi yoritish manbalarining bo’lishi ham maqsadga 



 

128 


 

muvofiqdir, bu manbadan tarqaladigan nurning jadalligi 3 lyuksgacha bo’lsa yetarli 

hisoblanadi.  

Bo’limlarda  normal  tartibni  o’rnatish  uchun  palatalar  koridorining  bo’lishi 

katta  ahamiyatga  egadir,  chunki  bunda  hamma  palatalarning  hamda  bo’limdagi 

yordamchi  xonalarning  yeshiklarini  shu  koridorga  chiqishi  nazarda  tutiladi.  Shu 

bilan  birga  koridor  palatalar  uchun  toza  havo  bilan  ta’minlovchi  manba  bo’lib 

xizmat  qiladi.  Bu  maqsadlarni  amalga  oshirish  uchun  bo’limdagi  palatalar  va 

yordamchi  xonalar  koridor  bo’ylab  ikki  tomonlama  joylashtirilgan  bo’lmog’i 

darkor.  Agar  koridor  bo’ylab  xonalar  bir  tomonlama  qilib  joylashtirilgan  bo’lsa, 

xonalarning  tabiiy  shamollatilishi  uchun  eng  yaxshi  sharoit va koridorning doimo 

yorug’  bo’lib  turishi  ta’minlanadi.  Shuning  uchun  bizning  iqlim  sharoitimizda 

bo’lim bo’ylab qisman ikki tomonlama qurilishni amalga oshirishga ruxsat etiladi: 

bunda  koridor  uzunligining  60%  da  ikki  tomonlama  qurilishni  tashkil  etish 

mumkin.  Odatda  koridorlarning  kengligi  me’yor  bo’yicha  2  metrdan  (poliklinika) 

2,8m gacha (operatsiya bloki) bo’lishi kerak. 

Sog’ayib  borayotgan  bemorlar  uchun  alohida  palatalar  tashkil  qilinishi  va 

uning kattaligi 15m

2

 dan kam bo’lmasligi lozim. Bemorlarni ovqatlantirish xonasi 



bo’lim  bo’yicha  bitta  bo’lsa  yetarli  deb  hisoblanadi,  unda  ovqatlanishni  tashkil 

qilish va ovqat ist’emol qilishni davolovchi tadbir sifatida baholash kerak,  chunki 

bemorlarning  ovqatxonaga  chiqib  ovqatlanishi  undagi  kasallikni  sog’ayishga 

o’tishidagi muhim davr ya’ni bosqich deb baholanishi kerak. Bo’lim ovqatxonasi 

bo’limdagi  umumiy  koykalar  sonining  kam  deganda  50%  ga  hisoblab  tashkil 

etiladi va u bir uchun 1,2 m

2

 ni tashkil qilishi kerak. 



Bo’lim  xojatxonasi  eng  uzoqda  joylashgan  palatadan  25m  dan  ortiq 

masofada  bo’lmasligi  kerak  va  uning  tarkibida  vannaxona  (25  ta  bemorga  1  ta, 

yuvinish chig’anog’i (12 ta bemorga 1 ta jo’mrak), xojatxona (1 ta unitaz 10-15 ta 

bemorga), ayollar uchun esa gigiyena xonasi tashkil etilgan bo’lishi kerak. 

Bo’limdagi  xodimlar  uchun  alohida  xojatxona  tashkil  etilishi  maqsadga 

muvofiqdir.  




 

129 


 

Kasalxonalarning  sanitar  obodonlashtirilishiga  doir  muhim  elementlaridan 

biri  uning  sifatli  ichimlik  suvi  bilan  ta’minlanganligi,  hamda  kasalxonada  hosil 

bo’ladigan qattiq va suyuq chiqindilardan tozalashdir. 

Davolash  muassasalarining  barchasi  markazlashgan  suv  ta’minotiga,  issiq 

suv  ta’minoti  va  kanalizatsiyaga  ega  bo’lishi  kerak.  Kasalxonada  issiq  va  sovuq 

suvni  sarflash  me’yorlari  bo’limlarning  turiga  qarab,  har  bitta  koyka  hisobidan 

tashkil  qilinadi:  mas.,  yuqumli  kasalliklar  bo’limlari  va  balchiq  bilan  davolash 

shifoxonalarida  1  ta  koyka  uchun  kuniga  500  l  dan  kam  bo’lmagan  suv  sarfi 

belgilangan  bo’lsa,  somatik  kasalxonalar  uchun  230-250  l  qilib  me’yor 

belgilangan. 

Kasalxonalarda  hosil  bo’ladigan  chiqindi  suvlar  umumiy  kanalizatsiyaga 

oqizilishi  kerak.  Bunda  ko’p  profilli  va  ko’p  koykali  kasalxonalarning 

ovqatxonalaridan hosil bo’ladigan  chiqindi  suvlari  avval  yog’sizlantirilishi  lozim, 

yuqumli  kasalliklarni  davolash  bo’limlaridan  chiqariladigan  chiqindi  suvlar 

zararsizlantirilishi va so’ngra umumiy kanalizatsiya quvuriga oqiziladi. 

Kasalxonalarda  sanitariya-epidemiologiya  tartibiga  rioya  qilish  uchun  hosil 

bo’ladigan  qattiq  chiqindilardan  tozalash  va  ularni  tashqariga  chiqarib 

zararsizlantirish  muhim  ahamiyatga  egadir.  Markazlashtirilgan  holda  ahlatlar  va 

chiqindilarni  yig’ish  va  chetlatishga  doir  xizmatchilar  bo’lgan  taqdirda  ahlatlarni 

maxsus  yashiklarga  yoki  konteynerlarga  yig’iladi  va  maxsus  transport  vositalari 

yordamida  uzohlashtiriladi.  Agar  bunday  xizmat  turi  bo’lmasa,  kasalxonaning 

xo’jalik zonasi hududida ahlatlarni yoqish pechlarini qurish nazarda tutiladi va bu 

ob’ekt kasalxonadagi davolash bo’limlaridan kam deganda 30m uzoqlikda qurilishi 

kerak.  Jarrohlik  bo’limlari,  tug’ruqxonalardan  hosil  bo’ladigan  qattiq  chiqindilar 

albatta yoqib yuborilishi kerak. Yuqumli kasalliklar bo’limlaridan hosil bo’ladigan 

chiqindilar  alohida  ahlat  to’plash  joylarida  to’planadi  va  keyinchalik 

zararsizlantiriladi.  Bo’limlardagi  xonalar,  palatalar  va  u  yerdagi  yumshoq 

inventarlarni  changlardan  tozalashdagi  eng  yaxshi  usul  chang  so’rg’ichlari  orqali 

uzoqlashtirish yoki yo’qotish hisoblanadi. 




 

130 


 

600  tadan  ortiq  koykasi  bo’lgan  kasalxonalarda  markazlashtirilgan  chang 

so’rish  moslamalarini  tashkil  qilish  nazarda  tutiladi  va  bunday  sharoitda  chang 

tozalash  moslamalaridan  hosil  bo’ladigan shovqin  darajasi  palatalarda  45 dB dan 

ortiq bo’lmasligi kerak. 


Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish