F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

3.Aralash

 turdagi qurilishda kasalxonaning barcha asosiy somatik bo’limlari 

bosh  binoda,  yuqumli  kasalliklar,  bolalar,  tug’riqxona  va  poliklinikaga  doir 

bo’limlar alohida binolarda joylashtiriladi. 

Markazlashgan  va  markazlashmagan  turdagi  kasalxonalardagi  eng  ijobiy 

tomonlarni aralash turga kiruvchi kasalxonalar qurilishi o’zida mujassamlashtirgan 

bo’lib,  bunday  kasalxona  tarkibida  o’zida  barcha  somatik  bo’limlarni 

joylashtiradigan bosh bino, hamda alohida qurilgan binolarda tug’ruqxona, bolalar 

bo’limi,  yuqumli  kasalliklar  bo’limi,  dorixona,  klinik  laboratoriya  va  b.  tashkil 

etiladi.  Bunday  turdagi  kasalxonalar  qurilishi  bizning  respublikamizda  keng 

tarqalganligi  bilan  ahamiyatlidir.  Keyingi  o’n  yilliklar  mobaynida  yirik  davolash 

majmualarini  qurishda  markazlashgan  blok  tizimidagi  qurilish  keng  ko’lamda 

qo’llanmoqda. Bunday turdagi kasalxonalarda alohida-alohida qurilgan va yonma-

yon  joylashgan  binolar  bir-biri  bilan  maxsus  o’tish  yo’llari  orqali  bog’langandir 

(mas., TTA klinikasi, RSHTYoIM (avvalgi 16-shahar shifoxonasi). 

Kasalxonalarni  joylashtirish  uchun  eng  yaxshi  sharoit  aholi  yashash 

joylarining  chetrog’idan  tanlanganda  yaratiladi.  Ammo,  shahar  ichidagi  kvartal 

ya’ni iloji boricha bir kvartalnnig o’zi shifoxona uchun ajratilgan bo’lsa va bu joy 

yashil  o’simliklarga  boy  bo’lsa  maqsadga  juda  muvofiq  tushgan  bo’ladi.  har 

qanday  holda  ham  kasalxona  uchun  keladigan  yo’llar  iloji  boricha  qulay,  keng 

bo’lmog’i lozim. 



 

120 


 

Ixtisoslashtirilgan  1000  ta  o’ringa  mo’ljallangan  bemor  uzoq  muddat 

davomida  davolanadigan  kasalxonalar,  maxsus  tartibga  ega  bo’lgan  (ruhiy, 

yuqumli, sil, onkologik, teri-tanosil kasalliklar kasalxonalari shahar cherlarida yoki 

yashil  zonada  aholi  yashash  joylaridan  500m  uzoqlikda  qurish  maqsadga 

muovfiqdir. 

Kasalxona  uchastkasi  shovqin  tarqatuvchi,  atrof  muhitni  ifloslovchi 

manbalardan  uzoqroqda  bo’lishi,  sanoat  korxonalari,  transport  qatnovi  jadal 

bo’lgan yirik shox ko’chalar, shovqin beruvchi sport inshootlari, chiqindi suvlarini 

tozalash inshootlariga doir kommunal ob’ektlar, jamoa va davlat xo’jaliklariga doir 

ishlab  chiqarish  zonalaridan  uzoqda  ya’ni  sanitar-himoya  zonasi  talablariga  rioya 

qilgan  holda  qurish  talab  etiladi.  Qurilish  uchastkasini  tanlashda  shu  joyning 

shamollar guliga rioya qilishini lozim.  

Korxonalarning sanitar tasnifi va sanitar-himoya zonalarining o`lchami SN-

245-71 da batafsil bayon kilingan. 

Murakkab  efirlar,  su’niy  teri,  rangli  metallar  bilan  ishlanadigan  korxonalar 

uchun  sanitar-himoya  zonasi  500m  atrofida  tashkil  etiladi.  300m  atrofida  tashkil 

etiladigan  sanitar-himoya  zonalari  –  cho’yan  eritish,  yog’och  mahsulotlari,  jun 

mahsulotlarini,  yog’ochdan  olinadigan  mahsulotlarni  jipslashtirish  uchun  sintetik 

smolalardan foydalanadigan korxonalar uchun ajratiladi. 

100m sanitar-himoya zonalari metallarga ishlov berish sanoati, issiq sexlarga 

ega  bo’lgan  korxonalar  bo’yash  va  oqlash  sexlariga  ega  bo’lgan  to’qimachilik 

korxonalari uchun ajratiladi. 

50m li sanitar-himoya zonasi eritish sexlari bo’lmagan metallga ishlov berish 

korxonalariga xosdir.  

Qishloq xo’jaligiga doir korxonalar uchun:  

1000m li zona parrandachilik fabrikalari; 

500m li zona cho’chqachilik fermalari; 

300m li zona qora mollar uchun fermalar

100m li zona otxonalar, garajlar va texnik xizmat bo’yicha parklar; 




 

121 


 

50m li zona qishloq xo’jalik mahsulotlari saqlanadigan omborxonalar uchundir. 

Kanalizatsiyaga doir chiqindi suvlarini tozalash korxonalarining quvvati 0,2 

ming  m


3

dan  50-500000m

3

  gacha  suvni  kun  davomida  tozalash  quvvatiga  ega 



bo’lsa,  himoya-zonasi  150-400m  atrofida  va  chiqindi  suvlarini  mexanik  tozalash 

inshootlari bo’lgan korxonalar uchun 200-1000m  gacha qilib beriladi. 

Qanday  turdagi  kasalxona  qurilish  bo’lishidan  qat’iy  nazar  yer  uchastkasining 

maydoni yetarli va normativlarga muvofiq ajratilishi kerak. 

Kasalxonaning yer uchastkasida quyidagi zonalar alohida ajratilishi kerak: 

-yuqumli bo’lmagan davolash korpuslari zonasi 

-yuqumli kasalliklarni davolovchi binolar zonasi 

-bog’-park zonasi (er uchastkasining kam deganda 50% maydoni) 

-poliklinika zonasi 

-xo’jalik zonasi 

-injenerlik inshootlari zonasi 

Binolar orasidagi masofa 25-30m dan kam bo’lmasligi kerak, ammo binolar 

ko’p qavatli bo’lsa, yonma-yon joylashgan binoning  eng balandini 2,5-3 martalik 

balandiligidan  kam  bo’lmasligi  talab  etiladi.  Kasalxona  uchun  ajratilgan  yer 

uchastkasida  binolarning  o’zaro  joylashishi  shunday  bo’lishi  kerak-ki,  yuqumli 

kasalliklar bo’limlari yuqumsiz kasalliklar bo’limlaridan qat’iyan ajratilishi lozim. 

Kasalxona  tarkibidagi  hamma  binolarni  qurish  uchun  ajratiladigan  yer  maydoni 

umumiy maydonning 12-15% dan oshmasligi kerak. 

Binolarning  orientatsiyasiga  katta  e’tibor  qaratish  lozim,  ayniqsa  kasalxona 

tarkibiga  kiruvchi  ayrim  xonalar  uchun,  chunonchi  intensiv  terapiya  palatalari 

uchun  g’arbiy  orientatsiyaga  umuman  yo’l  qo’yilmasligi  kerak,  huddi  shunday 

talab 3 yoshgacha bo’lgan bolalar palatalari bo’limi, bolalarning o’ynash xonalari 

va  h.k.  Bizning  respublikamizda  jarrohlik,  jonlantirish  zallari,  sektsion  xonalar 

uchun  shimoliy,  shimoli-sharqiy,  shimoli-g’arbiy  orientatsiyalarning  bo’lishi 

maqsadga  muvofiqdir.  Qolgan  hamma  xonalarning  derazalari  dunyoning  hamma 

tomonlariga  qarab  qurilishi  mumkin,  ammo  IV  iqlim  kengligi  sharoitida 




 

122 


 

xonalardagi  mikroiqlimni  yaxshilash  uchun  yozgi  binolar,  terassa,  ayvonlar, 

lodjiyalarni  qurish  va  jihozlashni  nazarda  tutish  kerak.  Ruhiy  kasalliklar  va 

onkologik bemorlarni davolash bo’limlari yoki shifoxonalari bundan mustasno. 

Bemorlarga  eng  muvofiq  sharoitni  yaratish  uchun  yashil  o’simliklarning 

ahamiyati nihoyatda kattadir. Kasalxona uchastkasini ko’kalamzorlashtirish orqali 

shu  yerning  mikroiqlimini  yaxshilashga  erishish  mumkin,  bundan  tashqari  yashil 

o’simliklarning barglari havo tarkibida bo’ladigan chang zarrachalarini, ifloslanish 

orqali  havo  muhitiga  o’tuvchi  zaharli  kimyoviy  moddalarni  pasaytirishda  muhim 

gigiyenik ahamiyatga egadir. Shu bilan birga yashil o’simliklar havo muhiti orqali 

tarqaluvchi  mikroorganizmlarni  yo’qotishda  ahamiyat  kasb  etadi.  Kasalxona 

uchastkasining  tevarak  atrofi  yoki  perimetri  bo’ylab  yashil  o’simliklar  tasmasini 

(zonasini)  tashkil  etish  lozim,  buning  uchun  yashil  o’simliklar  ekilgan  tasma 

maydonining  kengligi  10-15m  ni  tashkil  etmog’i  kerak,  kasalxona  uchastkasining 

o’zida  esa  yashil  o’simliklarning  zonasi  uchun  kam  deganda  50%  yer  maydoni 

ajratilishi kerak. 

Binolarning  ichki  rejasi,  xonalarning  tarkibi  bo’limning  qaysi  kasallikni 

davolash  uchun  mo’ljallanganligi  bo’yicha  aniqlanadi.  Davolash  bo’limlarini 

rejalashtirishning  asosida  bemorlarning  tinchligini  ta’minlash,  bemorlar  va 

xodimlarning  harakatini  to’g’ri  tashkil  qilish  yotadi.  Palatalar  bo’limiga  kam 

deganda  ikkita  kirish  yo’li  tashkil  etish  maqsadga  muvofiqdir:  bemorlar  uchun 

kirish yo’li binoning yon tomonidan, xodimlar va bemorlarning oldiga keluvchilar 

uchun esa asosiy kirish eshigi mo’ljallanadi. Agar kasalxona markazlashgan turda 

qurilgan  va  jihozlangan  bo’lsa,  u  holda  binoning  yuqori  qavatlari  statsionarlar 

uchun,  pastki  birinchi  qavat  xonalari  tashhis  qo’yish  va  xo’jalik  bo’limlari  uchun 

xizmat ko’rsatadi. 




Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish