3.8. Jarrohlik, yuqumlik kasalliklar va tug’ruqxona bo’limlariga bo’lgan
asosiy gigiyenik talablar
Avvalgi bo’limda palatalar bo’limiga bo’lgan umumiy gigiyenik talablar
haqida to’xtalgan edik, bu talablarning hammasi jarrohlik bo’limlari uchun ham
to’liq tadbiq qilinishi kerak. Ammo, jarrohlik bo’limining muhim xususiyatlaridan
biri shundan iborat-ki, bo’lim tarkibida tashkil etiladigan operatsion blokka bo’lgan
talablarning o’ziga xosligidir.
Operatsion blokka qo’yiladigan asosiy gigiyenik talab u yerda aseptika
shartlarini muntazam ta’minlashdan iborat. Ma’lumki, havo muhitining bakterial
ifloslanishi operatsiyadan keyin yuzaga keladigan yiringlash va ularning miqdoriy
ko’rsatkichlarini belgilab beradi.
Zamonaviy ko’p o’rinli kasalxonalarda markazlashtirilgan operatsion bloklar
qurilmoqda, ammo akusherlik bo’limlari va yuqumli kasalliklar bo’limlarida
operatsion blok aloqida tashkil etilishini talab etadi.
Operatsion blok jarrohlik bo’limidagi palatalar va boshqa hamma xonalardan
ajratilgan holda tashkil etilishi kerak. Buning uchun operatsion blokni binoning
alohida qanotida yoki boshi berk bo’lgan bino bo’limida tashkil etish orqali
erishiladi. Operatsion blok boshqa xonalardan ajratilgan holda bo’lishi bilan bir
qatorda kasalxonaning boshqa bo’limlari bilan issiq o’tish yo’llari orqali aloqada
bo’lishi, agar kasalxona bitta ko’p qavatli binoda joylashgan bo’lsa, jarrohlik
bo’limi va tabiiy-ki, operatsion blok ham shu binoning yuqori qavatida
joylashtirilishi kerak.
Operatsion blokning ichki rejalashtirilishida bir-biriga aloqasi bo’lmagan
ya’ni bir-biri orqali o’tmaydigan toza (aseptik) va yiringli (septik) bo’limlarga
bo’linishi kerak. Bu bo’limlarning har birida barcha turdagi yordamchi xonalarning
bo’lishi shart. Operatsion bo’limni rejalashtirishga va uni jihozlashga bo’lgan
137
muhim gigiyenik talablar aerogen infektsiya va ayniqsa stafilokokkka doir
infektsiyani oldini olishga qaratilgan bo’lishi kerak.
Operatsion blokka infektsiyalarni olib kirishda xodimlar, operatsiya uchun
zaruriy bo’lgan jihozlarni olib kirish, bemorlarni olib kelishga mo’ljallangan
aravachalar (katalka) va boshqalar orqali bo’lishi mumkin. Shuning uchun
operatsion blokda ishlovchi xodimlar blokka albatta
sanitar ishlov berish
orqali
kirishlari lozim. Sanitariya ishlov berish xonasining "iflos" bo’limida xodimlar
yechinadilar va u yerda o’z kiyimlarini belgilangan shaxsiy shkaflarga qo’yib,
yuvinish bo’limi orqali "toza" zonaga o’tadilar. Bu yerda ham har bir xodim uchun
shaxsiy shkaflar ajratilgan bo’lib, bunda ularning operatsion blokda kiyishi uchun
mo’ljallangan maxsus kiyimlari saqlanadi.
Operatsion blok tarkibiga minimal tarzda operatsiya xonasi, operatsiyadan
oldingi, sterilizatsiya, narkoz berish va materiallarni saqlash xonalari ajratiladi.
Operatsiya bloki tarkibiga kiruvchi xonalarning to’plami kasalxonaning
kategoriyasiga bog’liq bo’ladi. Yirik ko’p sohali va ko’p o’rinli shifoxonalarda
anesteziologiya xizmati, jonlantirish, operatsiyadan keyingi maxsus xonalar tashkil
etilib, u xonalar kislorod bilan davolash, sun’iy nafas oldirish (intensiv terapiya
palatalari) apparatlari bilan jihozlanishi kerak. Bundan tashqari bunday
kasalxonalarning operatsion bloki tarkibiga rentgen xonasi, instrument-material
saqlash xonalari ham kiradi.
Zamonaviy ko’p o’rinli kasalxonalarda anesteziologiya-jonlantirish
bo’limlari tashkil etilgan bo’lsa, operatsion blok tarkibida intensiv terapiya
palatalari tashkil etilmaydi.
Operatsion blokning asosiy xonasi - operatsiya xonasi hisoblanadi va u 1 ta
operatsiya stoliga mo’ljallanadi. Operatsiya xonalarining miqdori va bo’limdagi
30-40 koyka uchun 1 ta operatsiya stoli hisobidan tashkil etiladi.
Operatsiya xonasining maydoni barcha jihozlarni joylashtirish uchun yetarli
bo’lishi kerak, shuning uchun u bo’limning sohasiga bog’liqdir. Mas.,
umumjarrohlik bo’limiga taalluqli bo’lgan operatsiya xonasining kattaligi 36 m
2
,
138
yurak va tomirlarda jarrohlik ishlarini bajarish uchun tashkil etiladigan xonaning
kattaligi 48 m
2
dan kam bo’lmasligi kerak.
Operatsiya xonalari shimoliy rumblarga qaratib jihozlanadi, bu esa
operatsiya maydoniga quyosh nuri oqimining to’g’ridan-to’g’ri tushmasligini
ta’minlaydi, xonadagi mikroiqlimni yaxshilashga imkon beradi, hamda jarrohlik
asboblarining nikellangan yuzasidan quyosh nurining yaltirab akslanmasligini
ta’minlaydi.
Operatsiya xonasida tabiiy yorug’likning bo’lmasligi maqsadga muvofiq
emas, chunki bunday sharoitda tibbiy xodimlarning toliqishlari uchun sharoit
yaratiladi va ular organizmi uchun quyosh nuri tarkibidagi ultrabinafsha nurlardan
to’liq baxramand bo’lmasligi oqibatida organizmda silqovlanish va tez toliqish
holatlari yuzaga kelishi mumkin. Operatsiya xonalarining derazalari yetarlicha
katta bo’lsa, xonaning yoritilganlik darjasi shuncha yuqori bo’ladi va yoritish
koeffitsientining qiymati 1:2, 1:4 nisbati atrofida bo’lishi ta’minlanadi. Operatsiya
xonasining TYoK - 1,5% dan kam bo’lmasligi kerak. Operatsiya xonasi sun’iy
yoritish manbalariga ham ega bo’lishi zarur: bunda xonaning umumiy yoritilish
darajasi 500 lyuksga va mahalliy yoritilganlik ya’ni opreatsiya maydonini
ta’minlovchi yoritilish darajasi 10000 - 15000 lyuksni tashkil etishi kerak.
Aseptik sharoitni ta’minlash operatsiya xonalarini puxta qilib tozalash va
dezinfektsiya qilish uchun sharoit yaratilish orqali erishiladi. Shuning uchun
operatsiya xonasining devorlari moyli bo’yoqlar bilan moylanib, devorlar esa kafel
bilan qoplanishi talab etiladi. Operatsiya xonasi bunday jihozlangan taqdirda
devorlarni ho’llab artish yoki yuvish vositalari orqali tozalash uchun zaruriy sharoit
yaratilgan bo’ladi. Devorlarni bo’yalganda uning rangiga alohida e’tibor qaratiladi,
kulrang-ko’k yoki havo rangda bo’lishi, shiftlari esa yaltiramaydigan ranglarda
bo’lishi nazarda tutiladi.
Operatsiya xonalari, narkoz, operatsiyadan oldingi xona va boshqa
ixtisoslashtirilgan xonalarning pollari o’zidan suvni o’tkazmaydigan yoki o’ziga
suvni shimdirib olmaydigan materiallar bilan qoplanishi kerak, chunki bu xonalar
139
tez-tez ho’l lattalar bilan artilib va dezinfektsiyalovchi eritmalar bilan tez-tez yuvib
turishni taqozo etadi, hamda bemorlarni, material va jihozlarni aravachalarda
tashishga imkon beradi.
Aseptika sharoitini yaratish bundan tashqari yana bir qator tadbirlarni
bajarishni taqozo qiladi, jumladan operatsiya blokining xonalari bir-biri bilan
tutashgan, ammo berk ya’ni boshqa bo’limlar bilan tutashmaydigan bo’lishi kerak,
bunday holat xonalardagi mikroiqlim sharoitiga ham jiddiy ta’sir ko’rsatib, xona
havosi tarkibida xushsizlantiruvchi moddalarning bug’lari, karbonat angidrid gazi
va mikroorganizmlarning to’planishi uchun sharoit yaratadi. Operatsiya
xonalaridagi havo muhitini doimo yaxshi sanitar holatda bo’lishi va mikroiqlim
sharoitlarini muvofiq holda ta’minlash maqsadida operatsiya xonasi konditsionerlar
bilan ta’minlangan bo’lishi kerak yoki bo’lmasa havo beruvchi va so’rib oluvchi
shamollatish moslamalar bilan, hamda xonaga uzatiladigan havoni bakteriologik
tozaligini ta’minlaydigan va 10 karralik havo hajmini yetkazib beraoladigan
moslamaga ega bo’lishi kerak.
Bunday sharoitda xonalardagi ifloslangan havoni so’rib chiqarish karraligi 5
dan kam bo’lmasligi lozim. Xonalarga uzatiladigan toza havo yuqori tarafdan,
so’rib chiqariladigan havo esa xonaning pastki qismidan amalga oshiriladi.
Operatsiya xonasidagi havoning tozaligini ta’minlash uchun operatsiyalar
orasidagi muddatda havoni tozalash, pollarini ho’llab artish va havo muhitini
kvarts lampalari bilan zararsizlantirish talab etiladi. Havo muhitini kvarts lampalari
yordamida ultrabinafsha nurlar bilan zararsizlantirish navbatdagi operatsiyadan 1-
1,5 soat oldin amalga oshirilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |