F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”


 Kasalxonalarning yuqumli kasalliklar bo’limlari



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

3.10. Kasalxonalarning yuqumli kasalliklar bo’limlari. 

Yuqumli  kasalliklarni  kamaytirish  va  ularni  samarali  davolash  uchun 

yuqumli  kasallikka  chalingan  bemorlarni  o’z  vaqtida  shifoxonaga  yotqizish, 

kasalxona  ichi  infektsiyasini  oldini  olish,  bemorlarni  qabul  qilishdagi  o’ziga  xos 

xususiyatlarga amal qilish, sanitariya tartibi va yuqumli kasallik bo’limida xizmat 

qiluvchi  xodimlarning  shaxsiy  gigiyena  qoidalariga  muntazam  rioya  qilishlari 

muhim  ahamiyatga  egadir.  Yuqumli  kasalliklar  bo’limining  rejalashtirilishi  va  u 

yerda sanitariya-gigiyena tartibining sifatini baholashdagi asosiy  mezonlardan biri 

shu kasalxonaning kunning har qanday vaqtida ham bemorlarni hech so’zsiz qabul 

qilishi, uni izolyatsiya qilish va davolash hisoblanadi. 

Yuqumli kasalliklar shifoxonasining oqilona rejalashtirish asoslari va undagi 

sanitariya tartibi va qoidalari allaqachon ishlab chiqilgan. 

1931-1937 

yillardayoq 

davolash 

muassasalarining 

qurilish 

rejalarida 

ko’rsatilganidek,  yuqumli  kasalliklar  shifoxonasining  asosiy  funksional 

bo’linmalari -qabul qilish va ko’rish bo’limi, izolyator, statsionar bo’lishi keraqligi 

ko’rsatib o’tilgan. 

Zamonaviy  yuqumli  kasalliklar  shifoxonasi  yuqorida  bayon  etilgan 

vazifalarni bajarilishini ta’minlay oladigan holda qurilishi kerak. 

Bemorlarni  qabul  qilish  kasalxona  qoshidagi  ko’rish  bokslarida  amalga  oshirilib, 

ular quyidagicha hisob-kitob qilinadi: 

bo’limdagi 60 tagacha koykaga 2 ta boks 



bo’limdagi 61- 100 ta koykaga 3 ta boks 

bo’limdagi koykalar soni 100 tadan ortiq bo’lsa, umumiy koykalar sonining 



3+1 qo’shimcha har 50ta o’ringa bokslar tashkil qilinadi. 

     Qabul bo’limi tarkibida bemorlarni sanitariya ko’rigidan o’tkazish, yuvintirish, 

kiyintirish (sanitar ishlov berish) xonalarining tashkil etilishi shart va u bo’limdagi 

bemorlar  va  xodimlar  uchun  xizmat  ko’rsatadi.  Bemorlarning  ifloslangan 




 

143 


 

kiyimlarini,  ko’rpa-yostiq  anjomlarini  saqlash  uchun  alohida  xona  tashkil  etilishi 

kerak. 

Palatalar  bo’limidagi  muhim  vazifalardan  biri  kasalxona  ichi  infektsiyasini 

oldini olish hisoblanadi. Kasalxona ichi infektsiyasi bilan zararlanishni oldini olish 

uchun ishonchli qurilish bo’lib bokslar hisoblanadi (boksning tuzilishi va tarkibiga 

doir rasmni ko’rsatish). 

Boks  -  bu  bir  necha  xonalar  majmuasi  bo’lib  (bemorlar  uchun  tashqaridan 

kirish  tamburi,  xojatxona-vannaxona,  palata,  shlyuz),  bemorni  boshqa  infektsiya 

bilan  og’rigan  bemorlardan  ajaratish  maqsadida  tashkil  etilgan.  Shlyuz  boksni 

bo’limning markaziy yo’lagi bilan bog’lovchi xonadir. Bemor boksga tashqi kirish 

tamburi  orqali  kiradi,  tibbiy  xodimlar  esa  bemor  bilan  shlyuz  orqali  aloqada 

bo’ladilar. Shuning uchun shlyuzda qo’l yuvish chig’anog’i, xalatlar uchun shkaf, 

boksga ovvat kiritish va saqlash uchun stollar bilan jihozlanadi.  

Yarim boks - huddi boksdagi xonalar majmuasidan iborat bo’lib, faqat tashqi 

kirish  tamburining  yo’g’ligi  bilan  farq  qiladi,  yarim  bokslardan  tashkil  topgan 

sektsiyada bemorlar faqat shu turdagi kasallik bo’yicha davolanishi mumkin. 

Boks  va  yarim  bokslardagi  koykalar  soni  2  tadan  oshmasligi  kerak. 

Sanitariya qoida va me`yorlariga muvofiq boks va yarim bokslarning kattaligi 1 ta 

koyka uchun 20m

2

ni, 2 ta koyka uchun 22 m



2

ni tashkil etishi kerak. 

Bundan  tashqari  bemorlarni  3-4  o’rinli  palatalarga  ham  joylashtirish 

mumkin, bunday sharoitda palatalar sektsiyasining hammasi bir turdagi kasallikka 

mo’ljallangan bo’ladi (guruhlab izolyatsiya qilish prinsipi). 

Palatalar  bo’limi  bitta  yoki  bir  nechta  palatalar  sektsiyasiga  mo’ljallab 

rejalashtiriladi  va  uning  tarkibida  boks,  yarimboks  va  palatalar  bo’lib,  ularning 

nisbati bo’limdagi koykalar soni bilan belgilanadi (3.2.1-jadval). 

 

3.2.1-jadval 




Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish