F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”


 Bemorlarning ovqatlantirishni tashkil qilish



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

3.6. Bemorlarning ovqatlantirishni tashkil qilish 

Kasalxonaning  muhim  funksional  bo’limlaridan  biri  bo’lib  ovqatxona 

hisoblanadi. Kasalxonaning  ovqatlantirish  bloki alohida  joylashgan binoda  tashkil 

etiladi;  bunday  holatda  qurilgan  kasalxonalarda  ovqatxona  blokining  shifoxona 

bo’limlari bilan bo’ladigan aloqasi maxsus tonnellar yoki transport vositalari orqali 

bog’lanadi. Aytish lozim-ki, ovqatlanish blokiga bo’lgan bunday gigiyenik talablar 

kamdan-kam  sharoitda  to’liq  bajariladi,  ayniqsa  kasalxona  binolari  butun 

territoriya  bo’ylab  tarqalgan  holda  qurilgan  bo’lsa.  Kasalxona  bo’limlariga 

markaziy  ovqatxonada  tayyorlangan  ovqatlarni  yetkazishda  ko’pincha  ularning 

sifat  ko’rsatkichlari  pasayib  ketadi  va  gigiyenik  talablarga  javob  bermay  qoladi 

(chayqalishi,  sovib  qolishi,  tashqi  ko’rinishining  o’zgarishi),  shuning  uchun 

bemorlarni  sifatli  ovqatlantirish  nuqtai-nazardan  quyidagi  variant  eng  yaxshi  deb 

baholanadi. 

Kasalxonaning  markaziy  ovqatxonasida  mahsulotlarni  markaziy  tayyorlash 

xonasini  jihozlash  ya’ni  ovqat  mahsulotlarini  keltirish,  saqlash  va  issiq  ovqatni 

tayyorlash  uchun  yarim  fabrikatlar  ko’rinishida  tayyorlash  ishlari  amalga 

oshirilishi  kerak.  Davolash  korpuslaridagi  bo’limlar  tarkibidagi  ovqatxonalarda 

esa, yarim fabrikatlardan tayyor ovqatlarni tayyorlab bemorlarga bevosita tarqatish 

nazarda tutiladi. Bemorlarni bunday variantda sifatli issiq ovqatlar bilan ta’minlash 

kasallikning turiga qarab ayrim bemorlarni shaxsiylashtirilgan tarzda ovqatlantirish 

imkoniyatini  yaratadi.  Biroq  tayyorlash  sexlarini,  bo’lim  ovqatxonalarini  qurish, 

ularni  jihozlash,  ularni  malakali  mutaxassislar  bilan  ta’minlash  katta  miqdordagi 

iqtisodiy  mablag’ni  talab  qiladi.  Shuning  uchun  ovqatlantirish  xizmati  faqatgina 

yetarlicha  xonalar  majmuasi  bilangina  ta’minlanmay,  balki  SanQvaMda 

ko’rsatilganidek  zaruriy  jihozlar  (liftlar,  elektr  asboblari  mahsulotlarni  saqlash 



 

131 


 

uchun  muzlatish  vositalari  kabilar)  bilan  to’liq  ta’minlanishi  kerak.  Bemorlarni 

to’la  sifatli  ovqatlar  bilan  ta’minlashdagi  muhim  sharoitlardan  biri  sanitariya-

gigiyena  talablariga  qat’iyan  rioya  qilish  hisoblanadi:  omborxonalarda  ovqat 

mahsulotlarining  turiga  muvofiq  alohida  saqlash,  mahsulotlardan  yarim 

fabrikatlarni tayyorlash ham alohida amalga oshirilishi, alohida belgilar qo’yilgan 

asboblar va jihozlarga ega bo’lish, tayyorlangan ovqatlarni o’z vaqtida bemorlarga 

yetkazish  va  tarqatish,  xonalarda  sanitariya  holatlariga  rioya  qilish,  ovqatxona 

xodimlarining salomatligini muntazam nazoratdan o’tkazib turish, ularning shaxsiy 

gigiyena  qoidalariga  qat’iyan  rioya  qilishlarini  nazorat  qilish,  tibbiy  ko’riklardan 

o’tkazib  turish,  kasalxona ovqatxonasida  tayyorlanayotgan ovqatlarning  miqdoriy 

va  sifat  ko’rsatkichlarini  doimiy  nazorat  qilish  kabilar.  Bularning  hammasi 

kasalxonadagi vrach-dietologning zimmasiga yuklatilishi lozim. 

Dietolog-vrachning muhim  vazifalaridan biri  bemorlarga  parhezli  taomlarni 

tayyorlashga  doir  zaruriy  hujjatlarni  rasmiylashtirish,  bo’limlardan  tushgan 

buyurtmalar  asosida  parhezli  ovqatlarning  tayyorlanishini  ta’minlash  va  uni 

nazorat qilish hisoblanadi. 


Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish