tasdiqqangan Sanitariya Qoidalari va Me’yorlari (SanQvaM)-0292-11 hisoblanadi.
foydalanish" ga qaratilgan gigiyenik me’yorlar va reglamentlardan tashqari
Sog’liqni saqlash tizimidagi muassasalarni loyihalashtirish bo’yicha qo’llanma
DPMlarning namunaviy loyihalari ishlab chiqiladi va bu loyihalarda SanQvaMdagi
barcha talablarning bajarilishi ko’zda tutilgan bo’ladi. Ammo namunaviy loyiha
bo’yicha kasalxona qurilishini amalga oshirganda, bo’lajak muassasaning qanday
maqsadlarga mo’ljallanganligi, mahalliy iqlim sharoitlariga muvofiq kelishi,
qurilish materiallari va kasalxonani jihozlash uchun ajratiladigan mablag’larni
hisobga olish zarur. Buning uchun keraqli bo’lgan loyihani tanlashda uni mahalliy
sharoitga "bog’lash" muhim ahamiyatga ega bo’lgan vazifalardan biri hisoblanadi.
Bo’lajak kasalxona qurilishi uchun joy tanlash, keraqli namunaviy loyihalarning
gigiyenik me’yorlar va reglamentlarga mos kelishini baholashda vrachning tutgan
DPM-larning rejalashtirilishi va qurilishiga bo’lgan gigiyenik talablarni
117
DPM-larni qurish uchun shu aholi yashash punktidagi eng yaxshi joy
tanlanishi va mahalliy hokimiyat tomonidan qonuniy rasmiylashtirilishi shart.
Somatik kasalxonalarni iloji boricha aholiga xizmat ko’rsatish doirasi aholiga
qulay joyda bo’lishi maqsadga muvofiqdir; yuqumli kasalliklar shifoxonalari, sil
kasalligini davolash muassasalari, ruhiy kasalliklarni davolash muassasalari imkon
qadar aholi yashash punktidan chetroqda joylashtirilishi lozim bo’lib, bunda albatta
u yerga boradigan yo’llarning mavjudligini hisobga olish zarur. Aholi yashash
punktining bosh loyihasida DPM-larni qaerda joylashtirish mumkinligi haqida yer-
joy ajratilgan bo’ladi.
Kasalxona uchastkasi shovqin tarqatuvchi, atrof muhitni ifloslovchi
manbalardan uzoqroqda bo’lishi, sanoat korxonalari, transport qatnovi jadal
bo’lgan yirik shox ko’chalar, shovqin beruvchi sport inshootlari, chiqindi suvlarini
tozalash inshootlariga doir kommunal ob’ektlar, jamoa va davlat xo’jaliklariga doir
ishlab chiqarish zonalaridan uzoqda ya’ni sanitar-himoya zonasi talablariga rioya
qilgan holda qurish talab etiladi. Qurilish uchastkasini tanlashda shu joyning
shamollar guliga rioya qilishini lozim.
DPM- larning yer uchastkalari kasalxonadagi koykalar fondiga bog’liq bo’ladi
(SanQ va M-0292-11). DPMlarning yer uchastkalarini tanlash 3.1.1-jadvalda
keitirilgan.
3.1.1-jadval
Umumiy turdagi kasalxonalar yer uchastkalarini tanlash
- 50 tagacha koyka - 300m
2
/koyka
- 51-100 ta koyka -300-200 m
2
/koyka
- 101-200 ta koyka - 140-200 m
2
/koyka
- 201-400 ta koyka - 100-140 m
2
/koyka
- 401-800 ta koyka - 80-100 m
2
/koyka
- 801-1000 ta koyka - 60-80 m
2
/koyka
- 1000 dan ko’p - 60 m
2
/koyka
118
Yuqumli kasalliklar va sil kasalliklari shifoxonalari uchun ajratiladigan yer
uchastkasining maydoni 15-25% ga kattaroq bo’ladi.
Yer osti kommunikatsiyalari bo’lgan joyga yaqinroqda quriladigan
kasalxonalar (kanalizatsiya, suv tarqatish tarmog’i, elektr va telefon tarmoqlari)ni
qurishda ana shu tarmoqlarga ulash ko’zda tutilishi kerak.
Davolash-profilaktika
muassasalarini
qurishda
quyida
keltirilgan
kasalxonalar qurilishi tizimidagi biron bir turini tanlash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: