8.2. Aholi yashash joylarini chiqindilardan tozalash.
Zamonaviy shaharlar, shahar turkumiga kiruvchi tuman markazlari va aholi
yashash poselkalarining qurilishi aholi sonining ortib borishi bilan bog’liq holda
aholi yashash joylarini turli hildagi sanoat va xo’jalik chiqindilaridan tozalash
muammosining gigiyenik ahamiyati kundan-kunga ortib bormoqda. Insonlarning
hayoti va mehnat faoliyatlari juda katta miqdordagi chiqindilarni hosil bo’lishi
bilan bog’liq bo’lib, ular 2 guruhga bo’linadi:
1.Suyuq chiqindilar (ifloslangan suvlar, kir yuvishdag hosil bo’ladigan suvlar,
umumiy ovqatlanish muassasalaridan chiqariladigan suvlar, kundalik turmushdan
va sanoat korxonalaridan chiqariladigan suyuq chiqindilar;
2.Qattiq chiqindilar (oshxona chiqindilari, ahlat va ko’cha sipirindilari, sanoat
korxonalarida hosil bo’ladigan qattiq chiqindilar). Kilingan hisob-kitoblarga
qaraganda 1 odam 1 yil davomida o’rtacha 160 kg dag 360 kg gacha qattiq
chiqindilarni va 3250 l gacha suyuq chiqindilarni chiqarar ekan. Har yili
Respublikamizdagi kanalizatsiyasi bo’lmagan aholi turur-joylaridan o’n ming
tonnalab chiqindilarni, kanalizatsiyasi bor bo’lgan shaharlardan esa o’n minglab
quruq chiqindi va million kub metrlab suyuq chiqindilar tashib chiqiriladi. Bunday
katta miqdorlardagi chiqindilarni nima qilish kerak va ularni qanday
zararsizlantirish mumkin degan muammoning yuzaga kelishi tabiiy bir hol. Axir
bu chiqindilar o’z tarkibida juda katta miqdordagi mikroorganizmlarni tutadi,
gelmintlar va ularning tuxumlarini, shuningdek, metall va shisha chiqindilari,
plastik materiallarning qoldiqlari va turli tabiatga ega bo’lgan kimyoviy
478
birikmalarni ushlaydi. Chiqindilarni o’z holicha tashlab quyilishi esa, ularning
parchalanishi va chirishi oqibatida o’zidan turli hildagi qo’lonsa hid tarqatuvchi
kimyoviy gazlarni hosil qilib tabiiy muhitning tozaligiga putur yetkazadi; sasib -
chiriyotgan chiqindi pashshalar, suvaraqlar, kemiruvchi hayvonlar va boshqa
turdagi zararkunandalarni ommaviy tarzda ko’payib ketishiga sharoit yaratadi.
Aholi yashash joylarida hosil bo’ladigan va chiqarib tashlanadigan
chiqindilarni tashkiliy tarzda to’plash, uzoqlashtirish va zararsizlantirish tizimi
tashkil etilmagan taqdirda ana shu joylarning sanitar tartibini keskin
yomonlashishiga sababchi bo’ladi. Shuning uchun aholi yashash joylarini ahlatlar
va chiqindilardan o’z vaqtida tozalash va zararsizlantirish muhim gigiyenik
ahamiyatga egadir.
Aholi yashash joylarini qanday usulda bo’lmasin tozalashda quyidagi asosiy
prinsipga amal qilish juda muhimdir - aholi imkoniyati boricha ana shu chiqindilar
bilan kamroq aloqada bo’lishi va atrof muhitga imkon qadar zarar keltirmasligi
ya’ni tabiiy muhitning tabiiy holiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi kerak. Bu prinsipga
aholi yashash joylarida to’planadigan ahlatlar va chiqindilarni muntazam, o’z
vaqtida, maksimal darajada mexanizatsiyalashtirilgan holda chetlashtirish va ularni
zararsizlantirishni esa iloji boricha germetik tarzda bajarilishi sharoitidagina amal
qilinishi mumkin.
Aholi yashash joylarini suyuq chiqindilardan tozalash quyidagi tarzda
amalga oshiriladi:
1. Tashib chiqarish tizimi orqali;
2. Aholi yashash joylarini kanalizatsiya bilan jihozlash orqali (oqizish tizimi).
Tashib chiqarish tizimida kichik aholi yashash punktlarida hosil bo’ladigan
suyuq chiqindilar avval to’planishi va vaqtincha saqlanishi (xojatxonalarda,
lyuftklozetlarda, kir o’ralarida) lozim; bu tizimni qo’llashda quyidagi holatlarga
e’tiborni qaratish kerak - chiqindilar to’planadigan o’ralar va xandaqlar izolyatsiya
qilingan bo’lishi kerak, tuproq orqali sizilib o’tib, shu tuproqni va yer osti suvlarini
ifloslamasligi lozim. Ahlat idishlari va o’ralarning to’lishi bilan tezlikda maxsus
479
transport vositalari yordamida ularni aholi yashash joylaridan chetga chiqarilishi
va zararsizlantirilishi kerak. Suyuq chiqindilarni zararsizlantirish assenizatsiya
maydonchalari va haydash maydonchalarida amalga oshiriladi, Bunday tozalash va
zararsizlantirish usuli shu maydonlardagi tuproqning o’z-o’zidan tozalanish
xususiyatiga asoslangan holda bajariladi.
Kanalizatsiya tizimi aholi yashash joylarini suyuq chiqindilardan
tozalashdagi eng yaxshi variant hisoblanadi. Jumladan, kanalizatsiyali shahar va
ishchi posyolkalarida oqizish tizimidan to’g’ri va unumli foydalanilganda aholi
yashash joylari doim toza bo’lib, aholi o’rtasida yuqumli kasalliklar darajasi
keskin pasayadi. Afsus bilan ta’kidlash lozim-ki, O’zR dagi 600 dan ortiq
kanalizatsiya inshootlarining 50% da tozalash texnologiyasi qoidalariga to’liq
rioya qilinmaydi yoki gigiyenik talablarga javob bermaydi. Kanalizatsiya deganda
- turar-joy binolari ichidagi har bir xonadonda hosil bo’ladigan suyuq chiqindilarni
qabul qilish vositalari, oqizish shahobchalari, chiqindi suvlarni tozalash
inshootlarini tushuniladi. Chiqindi suvlarini zararsizlantirish sug’orish va boyitish
maydonlarida, filtrlash maydonlarida yoki maxsus tozalash inshootlari majmuasida
amalga oshiriladi.
Umumiy kanalizatsiya tizimi bo’lmagan hollarda ayrim ob’ektlardan hosil
bo’ladigan suyuq chiqindilar, agar ularning umumiy hajmi kuniga 500 m
3
bo’ladigan bo’lsa, kichik kanalizatsiya tizimi tashkillashtirilishi mumkin. Bunday
tozalash va zararsizlantirish turi hosil bo’ladigan suyuq chiqindilarni ob’ektdan
uzoqroqda maxsus tashkil etilgan maydonlarda tuproq orqali tozalash yoki kichik
tozalash moslamalari (BIO, KU) orqali amalga oshirilishi mumkin, bu
inshootlarning qudrati kuniga 25-100 m
3
tengdir.
Texnik vositalardan va tibbiy jarayonlardan to’g’ri foydalanilgan hamda
to’g’ri tashkillashtirilgan tozalash tizimida kanalizatsiya chiqindi suvlarini
tozalangandan so’ng suv manbalariga qo’shib yuborilishi yoki maxsus ob’ektlar
bo’lsa, shu suvdan qayta foydalanish imkoniyati yaratiladi. Masalan, G’arbiy
Yevropadagi ayrim davlatlarda bugungi kunda yopiq turdagi suv tarqatish
480
tarmog’ini ishga tushurish masalasi qo’yilgan (suvni manbadan olish - suv
tarqatish tarmog’i tizimi - tozalash - undan yana foydalanish uchun suv tarqatish
tarmog’iga ulash).
Aholi yashash joylarini qattiq chiqindilardan tozalash (ahlatlar) ham yetarli
darajada murakkab jarayondir.
Bizning davlatimizda qattiq chiqindilarni to’plash va chetlashtirish
buyurtmasiz muntazam-rejali tizim asosida amalga oshirilishi kerak. Ko’p qavatli
turar-joylar qurilgan tumanlarda va shaharlarda rejali tarzda hovlilar bo’ylab
tozalash tizimi amalga oshiriladi, bunday tizimda har bir xonadonda hosil
bo’ladigan ahlatlar maxsus ajratilgan joylarga qo’yilgan ahlat to’plash idishlarida
to’planadi, so’nga har kuni maxsus ajratilgan transport vositasi yordamida ularni
zararsizlantirish maydonchalariga chiqarib tashlanadi. Kam qavatli turar-joylari
qurilgan aholi yashash joylarida esa, ahlatlarni har bir xonadon o’z hovlisida
maxsus qoplar yoki idishlarda to’playdi, vaqtinchalik saqlaydi, ularni
chetlashtirish esa maxsus tashkil etilgan kunlarda maxsus transport vositalari
yordamida chetga chiqarib ko’miladi yoki boshqa usullardan foydalangan holda
zararsizlantiriladi. Qoida bo’yicha xonadonlardan chiqadigan qattiq chiqindilar o’z
tarkibida
chiqindi
qog’ozlar, latta-puttalar, tunuka idishlari, polimer
materiallaridan taerlangan buyumlar (qopchalar), shisha idishlari, hamda 20%
gacha organik moddalarni tutadi. Shuning uchun bunday chiqindilar o’g’it sifatida
foydalanilishi mumkin. Hozirgi kunda aholi yashash joylarida hosil bo’ladigan
barcha qattiq chiqindilar ikkinchi darajali xom-ashyo olish manbai, organik
o’g’itlar va issiqlik manbai sifatida foydalanilishi mumkin deb baholanadi.
Ahlatlarni zararsizlantirishdagi ananaviy usul - ahlat to’plash joylari va
keyinchalik ularni ko’mish usuli hisoblanadi (ahlatlarni tuproq usulida
zararsizlantirish), ammo hozirgi kunda ahlatlarni biotermik usulda zararsizlantirish
ham mavjud bo’lib, ahlatlar maxsus kameralarga joylashtiriladi, natijada ahlat o’z-
o’zidan qizib, uning harorati 50-70
o
C gacha ko’tariladi. Bunday sharoitda ahlat
tarkibidagi oqsil va organik birikmalar aerobli sharoitda parchalanib go’ngga
481
aylanadi, mikroorganizmlar, ayniqsa patogen mikroblar, gelmintlar va ularning
tuxumlari o’ladi. Eng zamonaviy usul qatoriga ahlatlarni qayta ishlash zavodlarida
olib boriladigan zararsizlantirish usulini aytish joizdir. Bunday zavodlarda
ahlatlarni to’plash, tashish va qayta ishlash jarayonlari to’g’ri tashkil etilsa, bu
korxonalar katta qo’shimcha mablag’ to’plab rentabelligini oshirishi va ayniqsa
qishloq xo’jaligidagi jamoa va fermer xo’jaliklari tomonidan qayta ishlangan
ahlat-go’nglardan o’g’it sifatida unumli foydalanishi mumkin. Bunday korxonalar
chet davlatlarda ijobiy natijalarga berganligi uchun keng ko’lamda qo’llanib
kelinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |