472
8-BOB
TUPROQ GIGIYENASI
8.1. Inson ekologiyasining zamonaviy muammolari.
Tuproq muhiti tashqi muhitning eng muhim elementlaridan biridir va
shuning uchun inson organizmida, insonning hayoti va mehnat faoliyatida u
muhim o’rinni egallaydi.
Tuproq murakkab ko’rinishdagi mineral va organik moddalar majmuasidan tashkil
topgan bo’lib, o’z tarkibida juda ko’p miqdorda mikroorganizmlarni tutishi
mumkin. U yer qobig’ining yuqori qatlami hisoblanib, tabiatda sodir bo’lib
turadigan bir qator jarayonlar ta’sirida hosil bo’lib turadi.
Tuproqning mineral komponentlari - tabiatdagi fizikaviy omillar ta’sirida
yer qobig’ining qattiq qatlamlarining yemirilishi va maydalanishidan hosil bo’ladi.
Organik tarkibi esa, o’simlik va hayvonat dunyosining o’lishi va chirishi tufayli
yuzaga keladi. Tuproq tarkibida juda katta miqdorlarda turli hildagi
mikrorganizmlar va ular tuproqning hosil bo’lishida faol ishtirok etadi, tuproq
tarkibiga kiruvchi mineral va organik moddalarning chirishi va parchalanishida
ishtirok etadi.
Tarkibida mineral va organik moddalarning miqdori va zarrachalarning
katta-kichikligiga qarab, quyidagi tuproq turlarini ajratish mumkin: loy, loyli,
qumli, qumloq, qora tuproq turlari.
Inson tuproq muhiti bilan bevosita kontaktda bo’lmaydi, ammo bilvosita
kontakti muntazam ravishda kuzatilib turadi. Inson faoliyatidagi kontakt havo
muhiti, suv muhiti va oziq-ovqat mahsulotlari bilan bo’ladigan aloqasi orqali
kuzatiladi. Inson faoliyatidagi tuproq bilan bo’ladigan bilvosita aloqasini turar-joy
binolari va boshqa inshootlarni qurish, aholi yashash-joylarini obodonlashtirish,
ularni sanitar nuqtai-nazardan chiqindilardan tozalash, qishloq xo’jaligidagi
mehnat jarayonlari orqali ko’rinishi mumkin. Shuning uchun odam organizmi,
473
qanday tuproq, uning xususiyatlari va xossalariga qarab turli ta’sirlarga uchrashi
mumkin.
Tuproqning ayrim muhim xususiyatlari to’g’risida to’xtalib o’tamiz, chunki
bu xususiyatlar muhim gigiyenik ahamiyatga egadir.
Tuproqning fizik-mexanik xossalari. Tuproqning fizik-mexanik xossalari
qatoriga uning donadorligi, g’ovaqliligi, o’zida nam va suvni tutish xususiyati,
kapilyarliligi, namligi, suv o’tkazuvchanligi kabilar kiradi va ular tuproqning
boshqa xossalarini belgilab beradi. Bu xususiyatlar esa turli hildagi ob’ektlar,
chunonchi - turar-joy binolari, davolash-profilaktika muassasalari, maktabgacha va
maktab muassasalari, korxonalarni qurish uchun yer-joy tanlash, aholi yashash
joylarini chiqindilardan tozalash va obodonlashtirish ishlarida ahamiyatga egadir.
Yirik donador tuproq yuqori g’ovaqli bo’ladi, shuning uchun bunday
tuproqda aeratsiya jarayoni juda yaxshi ketadi, natijada bunday tuproq muhiti tez
quriydi, tuproqqa tushgan organik va anorgik iflosliklarning o’z-o’zidan tozalanish
jarayoni juda tez boradi. Kichik zarrachali tuproqda esa, yuqoridagilarning aksi
bo’lib, bunday tuproq muhiti o’zida namni ko’p va uzoq muddatlarda ushlaydi,
o’zidan suvni kam va juda sekin o’tkazadi, yuqori kapillyarlilikka ega, shuning
uchun gigiyenik nuqtai-nazardan bunday tuproq nomuvofiq hisoblanadi. Bunday
tuproqli joylarga turar-joy va jamoat, hamda ma’muriy binolar qurilgan bo’lsa,
binolarning yerto’llalari va birinchi qavatdagi xonalar doim zax va namligi yuqori
bo’ladi, natijada xonalarning mikroiqlim sharoitlari gigiyenik talablarga javob
bermaydi, yashash sharoitlari keskin yomonlashadi. Bunday tuproqli sharoitda o’z-
o’zidan tozalanish jarayoni juda yomon va sekinlik bilan boradi. Tuproq muhitida
doimo turli hildagi mikroorganizmlarning bo’lishi tabiiy bir holdir. Ifloslanmagan
tuproq tarkibida asosan saprofit mikroorganizmlar bo’lib, ular organik va
anorganik birikmalarning parchalanishida ishtirok etadi. Biroq tuproq
muhiti
insonlarning chiqindilari - najas, siydik, xo’jalikda hosil bo’ladigan qattiq va
suyuq chiqindilar, uy hayvonlarining ahlatlari kabilar bilan ifloslanishi mumkin.
Natijada bunday tuproq tarkibida patogen mikroorganizmlar paydo bo’ladi inson
474
organizmi
uchun
havf-xatar
tug’dirishi mumkin. Ko’pincha patogen
mikroorganizmlar tuproqning yuza qismida hayot kechiradilar (1-10 sm). Bunday
kasallik
chaqiruvchi
mikroorganizmlar
tuproq
muhitida
ancha
uzoq
muddatlargacha hayot kechirishi va o’zining viruletligini saqlab qolishi mumkin
(8.1.1-jadval).
8.1.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: