F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”


 Respublika hududidagi suv manbalariga gigiyenik ta’riflar



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

5.3. Respublika hududidagi suv manbalariga gigiyenik ta’riflar. 

O’zR  hududidagi  barcha  aholini  suv  bilan  ta’minlovchi  va  bu  yo’nalishda 

foydalanilayotgan  va  potentsial  yaroqli  manbalar  shartli  ravishda  2  guruhga 

bo’linadi: yer osti va ochiq suv havzalari. 

         O’zR-si  hududidagi  yer  osti  suvlarining  tahminiy  zahirasi  yiliga  18  km

3

  ga 



yaqin  deb  hisoblanadi,  shu  kungacha  aniqlangan  suv  zahirasi  esa  yiliga  7  km

3

  ga 



tengdir. Yer osti suvlari har xil chuqurliklarda joylashgan, shuning uchun ularning 

quyidagi turlari mavjud: 

- yuzaki suvlar – joylashgan chuqurligi 0,5-1 metrgacha. Bu manbalar yer sathiga 

yaqin  joylashgan  suv  o’tkazmaydigan  qatlam  ustida  bo’lib,  atmosfera  yog’inlari 

hisobiga  hosil  bo’ladi.  Bunday  suv  tarkibida  tuproqdan  yuvilib  o’tgan  iflosliklar 

(mikroorganizmlar,  kimyoviy  moddalar)  bo’ladi,  shuning  uchun  gigiyenik  nuqtai-

nazardan  yuzaki  suvlar  xo’jalik-ichimlik  ta’minoti  uchun  foydalanishga  yaroqsiz 

hisoblanadi.  Bunday  suvlar  Xorazm,  Buxoro,  Qoraqalpog’iston  viloyatlarida 

uchrashi mumkin. Bu tumanlardagi aholi o’rtasida muntazam ravishda hattoki juda 

tiniq  bo’lsa  ham  ichish  uchun  yaroqsiz  ekanligi  haqida  tushuntirish  ishlarini  olib 

borishni taqozo etadi. 

      - Sizot suvlar - yer ostidagi bir necha gorizont (qavatlar)da joylashishi mumkin, 

ularning  chuqurligi  esa  5-30m  ni  tashkil  qiladi.  Bu  manbalar  ham  atmosfera 

yog’inlari  hisobiga  hosil  bo’ladi,  biroq  qalin  yer  qatlami  orqali  sizilib  o’tishi 

jarayonida  iflosliklardan  tozalanadi,  shuning  uchun  undan  maqsadli  tarzda 

foydalanilganda mahalliy suv ta’minoti uchun yaroqli hisoblanadi. Ulardan to’g’ri 




 

214 


 

foydalanish  uchun  albatta  quduq  qazilishi  kerak,  quduq  atrofida  esa  sanitariya 

himoya  zonasi,  quduq  tepasida  ifloslanishdan  saqlash  uchun  soyaboni  bo’lishi 

kerak. Sanitariya himoya zonasi «depressiya zona»sini o’z ichiga olgan bo’lsin. 

    -  Artezian  suvlari.  Bunday  suvlar  ikki  turda  bo’ladi  -  bosimli  va  bosimsiz 

artezian  suvlari.  Artezian  suvlari  tog’lardagi  abadiy  muzliklar  va  qorliklardan 

erigan  suv  hisobiga  hosil  bo’lib,  yer  osti  bo’ylab  bir  necha  o’n  va  yuz 

kilometrlargacha  cho’zilishi  mumkin.  Artezian  suvlari  katta  chuqurliklarda 

to’planadi  (50-60m  dan  bir  necha  yuz  metrgacha).  Bu  suv  manbalari  o’zidan  suv 

o’tkazmaydigan  yer  qatlamlari  ustida  joylashgan  bo’lsa  bosimsiz,  ikkita  qatlam 

o’rtasida joylashgan bo’lsa bosimli suv manbai bo’lib qoladi. 

 

 O’zR-si  hududidagi  artezian  suvlari  asosan  tog’lardagi  abadiy  muzlik  va 



qorliklarning  erishidan  hosil  bo’lgan  suvlar  hisobiga  bo’lib,  ularning  zahiralari 

tekisliklarda  joylashgan.  Artezian  suvlarining  sanitar  nuqtai-nazardan  ustunligi 

juda  kattadir;  bu  suvlar  juda  kam  holatlarda  uning  sifatini  yaxshilash  lozimligini 

talab etadi, nisbatan barqaror kimyoviy tarkibga ega, bakterial tarkibi bo’yicha esa 

tabiiy toza va yuqori darajadagi tiniqlikka egadir. Bunday suvlar rangsiz, ta’mi esa 

juda  yoqimli.  Bitta  yer  osti  gorizontida  joylashgan  suvning  kimyoviy  tarkibi 

doimiy va agar tarkibi o’zgarishga uchragan bo’lsa, sanitar nuqtai-nazardan talabga 

javob  bermaydi.  Iflosliklar  yuqori  yer  qatlamlarida  joylashgan  ifloslangan 

suvlardan o’tgan bo’lishi mumkin, bu qatlamga esa quduq atrofidagi iflosliklarning 

so’rilishi oqibatida uning tarkibi o’zgarishi mumkin. 

            Artezian  suvlari  unchalik  katta  bo’lmagan  suv  tarqatish  tarmoqlari  uchun 

bemalol  foydalanilishi  mumkin,  masalan,  kasalxonalarning  suv  ta’minotini 

ta’minlash maqsadida ishlatilishi mumkin. 

 

Agar  tog’  jinslarida  yorilish  yoki  tirqishlar  hosil  bo’lgan  bo’lsa,  u  holda 



abadiy  muzlik  va  qorliklardan  erigan  suvlar  ana  shu  yoriqlar  va  tirqishlar  orqali 

tog’  buloqlarini  hosil  qilishi  mumkin  va  bu  manbalardagi  suvdan  tog’li  sharoitda 

yashovchi  aholi  bemalol  foydalana  oladi.  Bunday  buloq  suvlaridan  quvvati 

unchalik  katta  bo’lmagan  suv  tarqatish  tarmog’i  (kichik  vodoprovod)  uchun 




 

215 


 

foydalansa  bo’ladi.  Buloq  suvlari  qoida  bo’yicha  yaxshi  sifat  ko’rsatkichlariga 

egadir  va  undan  foydalanganda  ularga  qo’yiladigan  asosiy  talablar  buloq 

suvlarining  yuzaga  chiqadigan  joylarini  ifloslanishiga  yo’l  qo’ymaslikdan  iborat 

bo’ladi. 

    -  infiltratsiyalanuvchi  qirg’oq  quduqlarining  suvlari.  Bunday  manbalar  oqar 

daryolar  va  boshqa  turdagi  manbalardagi  suvning  tuproq  qatlami  orqali  sizilib 

o’tishi  tufayli  hosil  bo’ladi.  Bunday  quduqlardagi  suvning  gigiyenik  xossalari 

talabga  javob  berarli  darajada  bo’ladi,  ammo  undan  foydalanishdan  ilgari 

manbadagi suvning sifatini laboratoriya tekshirishlaridan o’tkazish lozim va kerak 

bo’lganda bunday suvlarga qo’shimcha tarzda sanitar ishlovini berish talab etiladi. 

 

Katta  quvvatga  ega  bo’lgan  suv  tarqatish  tarmog’ini  ta’minlovchi  suv 



manbalari asosan ochiq suv manbalari hisobiga amalga oshiriladi: daryo, ko’l, suv 

omborlari,  kanal  suvlari.  Bunday  suv  manbalari  o’zining  tabiiy  xususiyatlariga 

ko’ra  (erigan  qor,  yomg’ir,  toshqin  suvlari  bo’lishi  mumkin)  tarkibi  doimiy 

emasligi  bilan  farqlanadi.  Bundan  tashqari,  ochiq  suv  manbalari  uchun  uning 

antropogen ifloslanishi katta ahamiyatga egadir. 

 

Bizning  respublikamizning  o’ziga  xos  xususiyatlaridan  biri  shundan 



iboratki,  suv  ta’minoti  manbalari  sifatida  katta  miqdordagi  suv  omborlaridan 

foydalanish  hisoblanadi.  Bunday  suv  manbalarining  eng  yiriklari  qatoriga  – 

Farhod,  Chorvoq,  Tuya-bo’g’iz,  Katta  Qo’rg’on,  Quyi-Mozor  suv  omborlarini 

kiritish  mumkin.  Respublikamizda  bor  bo’lgan  suv  omborlarini  2  guruhga  bo’lib 

ta’riflash maqsadga muvofiqdir; 1- o’zanli (oqar) suv manbalari – misol tariqasida 

Chorvoq,  Tuya-Bo’g’iz  va  2-  quyiluvchi  (oqmaydigan)  suv  omborlari  -  Amu-

Daryo  qirg’oqlaridagi  qurilgan  suv  omborlarining  kaskadi.  Suv  omborlarining 

nomuvofiq  tomonlaridan  biri  shundan  iboratki,  asosan  quyiluvchi  (oqmas)  suv 

omborlari  uchun  ularning  mineral  tarkibi  vaqt  o’tishi  bilan  orta  boradi,  chunki 

suvning yuza qismidan doimo suv bug’lanib turadi, natijada mineral moddalarning 

kontsentratsiyasi  muntazam  oshib  boradi.  Suv  omborlarining  ikkinchi  xususiyati 

yoz oylarida suv o’tlarining kuchli o’sib ketishi oqibatida, asosan yashil – ko’k suv 




 

216 


 

o’tlari hisobiga va keyinchalik ularning asta-sekinlik bilan so’lishi va parchalanishi 

natijasida  suv  tarkibida  organik  moddalar  paydo  bo’ladi  va  bunday  suv 

manbalaridagi  suv  organik  birikmalar  bilan  boyiydi.  Organik  moddalarning 

kontsentratsiyasi  yuqori  bo’lishi  natijasida  ularning  parchalanishi  uchun  erigan 

kislorod miqdori asta-sekinlik bilan etishmay boradi va natijada oraliq parchalanish 

moddalari - vodorod sulfid paydo bo’ladi. 

Yuzaki  suv  manbalaridagi  suv  albatta  suv  tarmog’iga  uzatilishidan  oldin 

tozalanishi  talab  etiladi.  Suv  manbalarini  tanlash  sanitariya  nazorati  organlarining 

eng  javobgarlik  talab  etiladigan  vazifalaridan  biri  hisoblanadi.  Suv  manbalarini 

tanlashdagi  asosiy  prinsiplardan  biri  uning  sanitar  ishonchli  ekanligidir  va  suv 

ta’minoti  uchun  suv  manbalari  tanlash  qoidasi  va  unga  bo’lgan  gigiyenik  hamda 

texnik  talablar  951-2011  Davlat  Standartida  o’z  aksini  topgandir.  Bu  hujjatda 

ko’rsatilishicha  manbaning  sanitar  nuqtai-nazardan  ishonchliligini  inobatga  olib 

quyidagi tartibda tanlash amalga oshiriladi: 

   - yer qatlamlari orasiga joylashgan bosimli suvlar; 

   - yer qatlamlari orasiga joylashgan bosimsiz suvlar; 

   - sizot suvlari va sun’iy tarzda to’ldiriladigan manbalar; 

   - ochiq suv manbalari. 

 


Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish