F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”


 Ichimlik suvining sifatiga bo’lgan gigiyenik talablar



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

5.4. Ichimlik suvining sifatiga bo’lgan gigiyenik talablar 

 

Respublikamizda  markazlashgan  suv  ta’minoti  257  ta  aholi  yashash 



punktlarida  mavjud  bo’lib,  ba’zi  bir  qishloq  joylaridagi  (28)  aholining  suv 

ta’minoti  0  dan  40%  gacha  ekanligini  achinish  bilan  e’tirof  etamiz  xolos. 

Respublikamizning  Qoraqalpog’iston,  Xorazm,  Buxoro,  hamda  Samarqand 

viloyatining  g’arbiy  qismi,  Jizzax,  Qashqadaryo,  Surxondaryo  viloyatlaridagi 

aholini  markazlashgan  ichimlik  suvi  bilan  ta’minlash  haqidagi  masalada 



 

218 


 

xanuzgacha  ko’plab  muammolar  yuzaga  kelib  turibdi.  1990  yildan  boshlab 

Respublikamizdagi shaharlar va qishloq aholi yashash joylarini sifatli ichimlik suvi 

bilan ta’minlash haqida Davlat Dasturi ishlab chiqilgan bo’lib, ana shu o’tgan vaqt 

mobaynida  13,5  ming  km  suv  tarqatish  quvurlari  (asosan  Orol  oldi  mintaqasida) 

yetkizilib ishga tushirilgan. 

 

Ichimlik  suvi  epidemiologik  nuqtai-nazardan  salomatlik  uchun  xavfsiz, 



kimyoviy  tarkibi  bo’yicha  zararsiz  bo’lsin,  organoleptik  xususiyatlari  bo’yicha 

yoqimli va radiatsion xavfsizlik holatida bo’lishi kerak. Bu talablarning bajarilishi 

O’zR  SSV-gining  950-2011  Davlat  Standarti  «Ichimlik  suvi.  Sifatiga  bo’lgan 

gigiyenik talablar va uning nazorati» talablariga javob bergandagina erishiladi. 

       Davlat  standarti  ikkita  asosiy  bo’limdan  tashkil  topgan:  «Suvning  sifat 

ko’rsatkichlarini normativlari va uni nazorat qilish usullari» va «Xo’jalik-ichimlik 

suv ta’minoti markazlashgan tizimida suv sifatining nazorati». 

Ichimlik suvining sifat ko’rsatkichlari o’z tarkibiga quyidagilarni oladi: 

1. Mikrobiologik ko’rsatkichlar: umumiy mikroblar soni, koli-indeks, 

esherixiyalar, kolifaglar. 

2. Parazitologik ko’rsatkichlar: oddiy patogenlar va gelmint tuxumlari 

3.Toksikologik ko’rsatkichlar: REK bo’yicha:  

a) anorganik komponentlar (15 ta),  

b) organik moddalarning komponentlari (4 ta nom) 

4. Organoleptik ko’rsatkichlar va komponentlar uchun REK, chunki bu 

komponentlar suvning organoleptik xususiyatlariga ta’sir ko’rsatadi (17 ta 

ko’rsatkich) 

4.Radioaktiv ifloslanish ko’rsatkichlari – alfa va beta aktivlik bo’yicha 

       951-2011 Davlat Standartiga muvofiq suvni tozalash, 1-sinfga kiruvchi yer osti 

suvlari uchungina talab etilmaydi. Qolgan barcha holatlarda suvni tozalash usullari 

va  ish  hajmi  manbadagi  suvning  birlamchi  sifatiga  bog’liq,  ya’ni  u  951-2011 

Davlat Standartida to’liq ta’riflangan. 




 

219 


 

Suvni tozalashda qo’llanadigan usullarning barchasi 2 guruhga bo’linadi: a) 

asosiy usullar; b) yordamchi usullar (5.4.1-jadval). 

Asosiy  usullar  amalda  har  qanday  sharoitda  va  vaziyatlarda  qo’llanadi, 

qo’shimcha  usullar  esa,  suv  havzasi  spetsifik  ifloslanish  tabiatiga  ega  bo’lgan 

hollarda qo’llanadi. 

     Suvni tozalashdagi asosiy usullarga suvni tindirish va zararsizlantirishni kiritish 

mumkin. 


      Suvni  tindirish  deganda,  suv  tarkibidagi  muallaq  holda  suzib  yuruvchi 

zarrachalarni  cho’ktirish  va  suvni  tiniqlashtirish  tushuniladi.  Bu  usul  ochiq  suv 

havzalaridagi suv uchun ahamiyatli bo’lib, ayniqsa bahor va qish oylarida yomg’ir 

va  qorlarning  erishidan  hosil  bo’ladigan  suv  tarkibida  tuproq  zarrachalari  ko’p 

bo’ladi.  Suv  taqsimoti  inshootlarida  suvni  tindirish  bir  necha  bosqichda  olib 

boriladi (5.4.1- rasm):  

1  –  tozalanishi  lozim  bo’lgan  suvga  koagulyant  qo’shish  natijasida  ipir-ipir 

g’ovaqli kompleks hosil bo’ladi, bularning hosil bo’lishi va astalik bilan cho’kishi 

jarayonida loy zarrachalarini o’ziga biriktirib oladi va suvni tiniqlashtiradi; 

2  –  suvni  tindirish  -  ipir-ipir  komplekslar  astalik  bilan  hovuz  tagiga 

cho’kadi; 

3  –  suvni  filtrlash  –  havzadagi  suvni  to’liq  tiniqlashtirish  maqsadida  suvni 

maxsus filtrlar orqali o’tkaziladi. Suvni tiniqlashtirish ayrim sharoitlarda ya’ni suv 

tarkibida  fitoplanktonlar  bor  bo’lgan  sharoitda  qo’llanishi  mumkin,  buning  uchun 

suvni mikrofiltrlash talab etiladi.  

Suvni  zararsizlantirish  -  bu  ichimlik  suvlarini  mikro-organizmlardan  holi 

qilish  demakdir.  Buning  uchun  fizikaviy  va  kimyoviy  zararsizlantirish  usullari 

ishlab chiqilgan. 



Fizikaviy usullar

 – suvni qaynatish, ultrabinafsha nur bilan ishlov berish. Bu 

usul  katta  hajmlardagi  suvlarni  zararsizlantirishda  qo’llanilmaydi,  ammo  uning 

samaradorligi yuqori, shuning uchun markazlashtirilgan suv ta’minotida kimyoviy 

zararsizlantirish usullari ko’proq qo’llanadi. 



 

220 


 

 

Yuzaki suv havzalaridagi suvning



sifatini yaxshilash sxemasi


Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish