organizmda barcha moddalarning universal erituvchisi hisoblanib, organizmda
suvsiz ro’y beradigan birorta ham biokimyoviy jarayon to’liq holda amalga
210
oshmaydi, u hujayra elementining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi, suv
organizmdagi issiqlikning boshqarilish jarayonida faol ishtirok etadi va h.k.
Komfort sharoitdagi mikroiqlimda organizmdagi fiziologik funksiyalarni amalga
oshirish uchun bir kecha-kunduz davomida o’rta hisobda 1,5 litrga yaqin suv kerak
bo’ladi. Bu miqdor organizmning minimal fiziologik ehtiyoji bo’lib, undan kam
miqdorlarda iste’mol qilinganda organizmning suvsizlanish holati kuzatiladi.
Organizmdan 5% miqdordagi suv yo’qotilsa, bizda chanqash holati, 10% suv
yo’qotilganda esa, funksional o’zgarishlar va turli patologik holatlar, 20% dan ortiq
suv yo’qotilganda – organizmning suvsizlanishi tufayli o’lim yuzaga kelishi
mumkin. Komfortli mikroiqlim sharoitida suvga bo’lgan fiziologik ehtiyoj kuniga
2,2l ni tashkil qiladi. Bizning issiq iqlim sharoitimizda yilning yozning issiq
fasllarida organizmning terlash jarayoni juda yuqori bo’lib, unga bog’liq holda
organizmning suvga bo’lgan fiziologik ehtiyoji bir kun uchun 8-10 litrgacha
(o’rtacha 4-5l) ortadi.
2 – suvning gigiyenik ahamiyati. Inson o’zining gigiyenik ehtiyojlarini
to’liq qondirishi uchun katta miqdorlardagi suvni sarflashi tabiiydir, jumladan
badanning tozaligini saqlash, kiyim-boshlar, turar-joylar, idish-tovoqlarni toza
saqlash, organizmni chiniqtirish masalalarida ko’plab suv sarflanadi. Keltirilgan
maqsadlar uchun bir odam bir kecha-kunduz davomida bir necha o’n litr suvni
sarflaydi. Aholi tomonidan suv sarfining kundan-kunga ortib borishi aholi
hayotidagi
sanitar-gigiyenik
sharoitlarning
kundan-kunga
yaxshilanib
borayotganligi bilan bog’liqdir.
3 – suvning epidemiologik ahamiyati. Suv juda ko’p kasalliklarni
uzatuvchi va tarqatuvchi omil sifatida muhim o’rinni egallaydi, jumladan- vabo, tif,
paratif, ichburug’, gepatit, brutsellez v.b., hamda ayrim turdagi invazion kasalliklar
(rishta)ning tarqatuvchisidir. Bunday holat juda ko’p mikroorganizmlarning suv
muhitida uzoq muddatlarda (bir necha kundan bir necha oygacha) yashay olishi
bilangina bog’liq bo’lmay, balki ular suv muhitida o’zlarining virulentligini ham
to’liq saqlay oladilar (5.1.1-jadval).
211
5.1.1-jadval
Mikroorganizmlarning suvda yashash muddatlari
Mikroorganizmlar
Sterillangan
suvda
Vodoprovod
suvida
Quduq
suvida
Daryo
suvida
Ichak tayoqchasi
8-365
2-262
365
21-183
Qorin tifi qo’zg’atuvchisi 6-365
2-93
1,5-107
4-183
Paratif V qo’zg’atuvchisi 39-167
27-97
90
180
Ichburug’
qo’zg’atuvchisi
2-72
15-27
90
12-92
Vabo vibrioni
3-392
4-28
1-92
0,5-92
Leptospiralar
16
60
7-75
150 gacha
Tulyaremiya
qo’zg’atuvchisi
3-15
92 tagacha
12-60
7-91
Ayniqsa issiq iqlim sharoitida buning ahamiyati juda muhim, chunki bunday
sharoitda mikroorganizmlar va ayniqsa patogen mikroblar juda uzoq
muddatlargacha yashay oladilar. Shuning uchun suv muhiti yuqumli
kasalliklarning tarqalishida bizning Respublikada juda muhim omil bo’lib
hisoblanadi. Yuqumli kasalliklarning suv orqali tez tarqalishini aniqlash (suv
epidemiyalar), ularning yanada keng tarqalib ketishini oldini olishdagi tez va
samarali tadbirlarni amalga oshirishga imkon beradi. Shu narsani alohida nazarda
tutish lozim-ki, suv orqali tarqaladigan epidemiyalar o’ziga xos ayrim
xususiyatlarga egadir, chunonchi: juda qisqa vaqt ichida katta miqdordagi bir
turdagi kasallik aniqlanadi (ommaviy kasallanish), aniqlangan yuqumli kasallik
aniq bir yashash joyiga ega (chegaralanganligi), kasallik aniqlanganidan so’ng esa
ifloslangan manbani zararsizlantirish choralari ko’rilishi bilan kasallanish keskin
kamayib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: