207
5-BOB
SUV - SALOMATLIK OMILI
Suv inson hayotida muhim ahamiyatga egadir. Uning ahamiyati faqatgina
inson va hayvon hayoti bilan bog’liq bo’lmay, balki o’simlik dunyosi uchun ham
juda muhimdir. Suv xalq xo’jaligida keng ko’lamda qo’llanadi, jumladan sanoat
korxonalari, texnik ehtiyojlar, hamda qishloq xo’jaligidagi sug’oriladigan qishloq
xo’jalik mahsulotlarini etishtirishda ko’plab sarflanadi.
Suv havzalaridagi suvlardan foydalanishning asosiy turlaridan biri bu aholi
yashash joylarini suv bilan ta’minlashdir.
Aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash va shu yerdagi aholining
salomatlik ko’rsatkichlari, ko’pgina epidemik kasalliklarni bartaraf qilinishi, aholi
yashash joylarini obodonlashtirilishi va turar-joy binolarining sanitar komfortini
ta’minlash masalalari chambarchas bog’liqdir.
2015-yilda, dunyo aholisining 91%i 1990 yildagi 76% bilan
taqqoslaganda, sifatli ichimlik suvi manbalaridan foydalana oldi.
• 1990 yildan boshlab, sifatli ichimlik suvi manbalaridan 2,6 milliard kishi
foydalanyapti.
• Hozirgi kunda deyarli 4,2 milliard kishi suv tarmog’idan foydalanmoqda; 2,4
milliard aholi boshqa sifati yaxshilangan suv manbalaridan, shu jumladan
himoyalangan quduqlaridan foydalanmoqda.
• 663 million aholi sifatsiz suvdan foydalanmoqda, shu jumladan 159 million aholi
yuzaki suv havzalaridan foydalanmoqda.
• Global darajada, eng kamida 1,8 milliard kishi fekal moddalar bilan ifloslangan
ichimlik suv manbalaridan foydalanmoqda.
Ifloslangan suv diareya, vabo, dizenteriya, ich terlama va poliomielit kabi
kasalliklar qo’zg’atuvchilarini tashuvchi omil bo’lishi mumkin. Hisob-kitoblarga
ko’ra, ifloslangan ichimlik suvi har yili 500 000 dan ortiq o’lim holatlariga
sababchidir.
208
• 2025 yilga borib, dunyoning yarim aholisi suv tanqisligi mavjud bo’lgan joylarda
yashaydi.
• Kam va o’rta daromadli mamlakatlarda sog’liqni saqlash muassasalarining 38 %i
hech qanday suv manbalariga ega emas, 19%i sanitariya holati past va 35%i qo’l
yuvish uchun sovun va suvga ega emas.
Ming yillik rivojlanishning ichimlik suvi masalasida (MRM 7) 2010-yilda
global darajada o’z maqsadiga yerishdi. Bu sifatli suv bilan ta’minlanmagan dunyo
aholisini deyarli yarmiga kamaytirish edi. 48 ta eng kam rivojlangan mamlakatlar
ushbu vazifani bajarmadi, ammo bu mamlakatlarda muhim siljish – 1990 yildan
aholining 42 %i sifatli ichimlik suv manbalaridan foydalanish imkoniga ega bo’ldi.
Dunyoda hali aniq geografik, ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy tengsizlik
saqlanib qolinmoqda va bu nafaqat qishloq bilan shahar o’rtasida, balki kambag’al
norasmiy va noqonuniy aholi punktlarida yashayotgan ichimlik suvi manbalaridan
foydalanish cheklangan kichik va katta shaharlardagi aholi o’rtasida ham
mavjuddir.
Ifloslangan suv va sanitariya holatining pastligi vabo, diareya, dizenteriya,
gepatit A, ich terlama va poliomielit kabi kasalliklarni uzatilishi bilan bog’liq.
Suv ta’minoti va sanitar holatni boshqarishning yaxshi tizimga qo’yilmaganligi
va ularning nomuvofiq ishlashi yoki umuman tashkil etilmaganligi inson
salomatligi uchun xavf tug’diradi. Bu, ayniqsa, suv ta’minoti va sanitariya
xizmati mavjud bo’lmaganda bemorlar va xodimlarning qo’shimcha
infektsiyalar va kasalliklar bilan og’rish xavfi bo’lgan tibbiy muassasalariga
taalluqlidir. Global miqyosda 15% bemorlarning yuqumli kasallik bilan og’rishi,
ularning kasalxonada bo’lish paytida rivojlanadi, kam ta’minlangan
mamlakatlarda esa, bu ko’rsatkich ancha yuqoridir.
Shahar, sanoat va qishloq xo’jaligi chiqindi suvlarini tozalash millionlab
odamlar
tomonidan
ishlatiladigan
ichimlik
suvini
kimyoviy
yoki
mikroorganizmlar bilan zararlanishining xavfli harakterga ega ekanligini
anglatadi.
209
Bu 842.000 kishi sifatsiz ichimlik suvi, xavfli sanitariya holati va
qo’llarning shaxsiy gigiyenasiga rioya qilmaslik natijasida diareyadan har yili
vafot etadi deb baholanmoqda. Biroq diareyani oldini olsa bo’ladi.
Misol uchun, agar muvofiq xavf omillarini bartaraf etilganda har yili 5
yoshgacha bo’lgan bolalarda 361 000 o’lim holatining oldini olish mumkin
bo’lardi. Qaerda, suv bo’lmasa, odamlar qo’llarini yuvish ahamiyatga ega
bo’lmagan chora deb o’ylashi mumkin - bu diareya va boshqa kasalliklarning
kelib chiqish ehtimolini oshiradi.
Diareya - bu ifloslangan oziq-ovqat va suv bilan bog’liq bo’lgan eng
taniqli kasallik hisoblanadi, lekin bu boshqa xavf bilan ham bog’liq. Misol
uchun ifloslangan suv iste’mol qilish ta’siri natijasida organizmda parazit
gijjalar ta’sirida kelib chiqadigan surunkali kasallik – shistosomoz kasalligi
bilan taxminan 240 million kishi aziyat chekmoqda.
Dunyoning ko’pgina yashash hududlarida suvda yashovchi va
ko’payuvchi hasharotlar - Denge isitmasi kabi kasalliklarning tashuvchilar va
tashuvchilar hisoblanadi. Infektsiya tashuvchi deb nomlangan bunday
hasharotlarning ba’zilari iflos suvda emas, balki toza suvda ko’payadi,
ro’zg’orda foydalaniladigan suv saqlash idishlari ularning ko’payishi uchun joy
bo’lib xizmat qilishi mumkin. Mazkur idishlarning qopqoqlaridan foydalanish
kabi bu oddiy chora uy sharoitida suvni najas bilan ifloslanishini oldini olish
bo’yicha qo’shimcha yordam berishi va infektsiya tashuvchilarning ko’payish
darajasini kamayishiga yordam berishi mumkin.
Suvning salomatlik omili
ekanligiga ta’rif berilganda uning asosiy 3 ta tutgan o’rniga qattiq e’tibor
berilishi talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |