etishda muhim qollanma vazifasini otaydi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, xojalik sohasida normativ
hujjatlarni qabul qilish vakolati berilgan organlarning kopligiga
ishonch hosil qilish mumkin. Bu organlar xojalik sohasida hozirgi
kunda qabul qilinayotgan normativ hujjatlar muayyan tizimiga ega
emas. Shu bilan birga, qabul qilinayotgan normativ hujjatlarda
takrorlanish, biri ikkinchisiga nisbatan zid bolgan qoidalarini ham
uchratish mumkin.
Bu esa bir xil xojalik munosabatini huquqiy tartibga solishda
chalkashliklarning kelib chiqishiga sabab boladi. Mazkur muammo-
ning hal etilishi xojalik qonunchiligini yagona tizimga keltirib, uni
kodifikatsiyalashtirish (kodeks yaratish) orqali oz yechimini topishi
mumkin. Bu kodeksning qanday nomlanishi masalasi asosiy
muammo emas. U «Xojalik kodeksi», «Òijorat kodeksi», «Òadbir-
korlik kodeksi» yoki boshqacha nomlanishi mumkin.
23
Xojalik qonunchiligining kodifikatsiyalashtirilishi xojalik
munosabatlarining huquqiy tartibga solinishida alohida aha-
miyatga ega boladi. Xususan, xojalik munosabatlari subyektlariga
qonunlardan foydalanishlarida qulaylik yaratadi. Shu bilan birga,
xojalik sudlari xojalik yurituvchi subyektlar ortasidagi xojalik
nizolarini hal qilishlarida ham, qonunlarning bir yosinda
qollanilishiga ham erishiladi.
Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
Kodekslar
Qonunlar
Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan
qabul qilingan qarorlar
Ozbekston Respublikasi Prezidentining
farmonlari
Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarorlari
Ozbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat
qomitalari va agentliklari doirasida qabul qilingan
huquqiy hujjatlar
Xojalik (tadbirkorlik) huquqi
manbalarining turlari
Nazorat savollari
1. «Xojalik (tadbirkorlik) huquqi» fani nimani orgatadi?
2. Xojalik (tadbirkorlik) huquqi tamoyillarini sanab bering.
3. Xojalik (tadbirkorlik) sohasini tartibga soluvchi qanday qonun-
larni bilasiz?
?
24
II bob.
XOJALIK (TADBIRKORLIK) HUQUQIY
MUNOSABATLAR
Xojalik (tadbirkorlik) huquqiy munosabat tushunchasi va
belgilari. Xojalik (tadbirkorlik) huquqiy munosabat turlari. Mulkiy
munosabatlar. Nomulkiy munosabatlar. Majburiyat huquqiy
munosabatlar. Xojalik (tadbirkorlik) huquqiy munosabatlarning
vujudga kelish asoslari.
Xojalik (tadbirkorlik) huquqiy munosabat
tushunchasi va belgilari
Malumki, ijtimoiy munosabatlarning huquq normalari bilan
tartibga solinadigan qismi huquqiy munosabatlarni tashkil qiladi.
Oz navbatida, huquqiy munosabat ozaro subyektiv huquq va
majburiyatlar bilan bogliq bolgan shaxslar ortasidagi huquq
normalari va muayyan yuridik faktlar asosidagi aloqa hisoblanadi.
Xojalik huquqiy munosabatlar deganda, xojalik (tadbirkorlik)
faoliyatini amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan, tijorat hamda
notijorat tusdagi xojalik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish
borasida xojalik yurituvchi subyektlar ishtirokida yuzaga keladigan
va xojalik huquqiy normalari bilan tartibga solib turiladigan
munosabatlar tushuniladi. Xojalik huquqiy munosabatlar:
birinchidan, ijtimoiy tusdagi munosabat;
ikkinchidan, bunday munosabatlar xojalik yurituvchi subyekt-
larning ozaro huquqlar va yuridik majburiyatlar vositasidagi
aloqalari;
uchinchidan, bunday munosabatlar irodaviy bolsa;
tortinchidan, xojalik huquqi normalarida davlat irodasi va man-
faatlari aks ettirilganligi uchun davlat ularning bajarilishini
nazorat qiladi va qoriqlaydi.
Xojalik huquqiy munosabat ishtirokchilari aksariyat hollarda
ozlariga tegishli mulkka egalik qilish, foydalanish, uni tasarruf etishda
muayyan mustaqillikka ega bolib, bir-birlariga nisbatan teng huquqli
shaxslar hisoblanadilar. Bundan tashqari, xojalik huquqiy munosa-
25
batda qatnashuvchi shaxslarning huquqlari buzilgan taqdirda, bu
huquqlar, odatda, sudga ariza yoki davo ariza taqdim qilish yoli
bilan himoya qilinadi.
Har bir huquq sohasining huquqiy munosabatlari oziga xos
subyektiga, obyektiga va munosabat mazmunini belgilovchi subyektiv
huquq va majburiyatlariga ega. Gap Xojalik huquqi togrisida ketar
ekan, iqtisodiy muomala ishtirokchilarining ozaro huquqiy
aloqadorligi mano va mazmunini aniq belgilash maqsadida lozim
darajada xojalik huquqiy munosabatlarning barcha yuqoridagi kabi
muhim toifalarini (kategoriyalarini) chuqur tadqiq etish fan oldida
turgan muhim vazifalardan sanaladi.
1
Haqiqatan, xojalik huquqiy
munosabatlar tabiati xilma-xil hisoblanganligi uchun ham, uning
tushunchasi va vujudga kelishi haqidagi fikrlar adabiyotlarda turli-
tumandir.
Xojalik huquqi korxona va tashkilotlar ortasida vujudga keladigan
xojalik faoliyatini tartibga solish va amalga oshirishda, ularning
bolinmalari ortasida vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.
Bu munosabatlar xojalik munosabatlari bolib, ishlab chiqarish
va qayta ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladi, lekin ishlab
chiqarish jarayonida nafaqat xojalik, balki mehnat munosabatlari
yoki fuqarolarning tobora oshib borayotgan moddiy ehtiyojlarini
qondirishga qaratilgan boshqa munosabatlar ham vujudga keladi.
Òakidlash joizki, Xojalik huquqining predmetini ishlab chiqarish
munosabatlarining hammasi emas, balki faqat bir qismi bolgan
xojalik munosabatlari tashkil etadi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan xojalik faoliyati turli
mulkchilikka asoslangan subyektlar ortasida yuzaga kelmoqda. Bu
sohada vujudga keladigan xojalik munosabatlari oz ichiga nafaqat
mulkiy yoki shaxsiy munosabatlarni, balki korxona va tashkilotlarni,
ularning bolinmalari faoliyatini tashkil etish va boshqarishdek
muhim jihatlarni ham qamrab oladi. Bu esa, xojalik faoliyatini
amalga oshirishda vujudga keladigan gorizontal xojalik munosa-
batlari bilan birga, uni boshqarishda yuzaga keladigan vertikal xojalik
munosabatlariga ham taalluqli boladi.
1
Batafsil qarang: Ìàðòåìüÿíîâ Â.Ñ. Õîçÿéñòâåííîå ïðàâî. Òom 1. Îáùèå
ïîëîæåíèÿ. Êóðñ ëåêöèé M.: Èçäàòåëüñòâî «BEK», 1994. 34-b.
26
Xojalik huquqiy munosabatning elementlari (tarkibi)
Xojalik huquqiy munosabatlar elementlari shu munosabat
subyektlari, obyektlari va uning mazmunidan iborat boladi.
Xojalik huquqiy munosabatlarning subyektlari bolib shu
munosabatlarda qatnashuvchi shaxslar hisoblanadi. Bular yuridik
shaxs huquqiga ega bolgan korxona va tashkilotlar, shuningdek
ularning bolinmalaridir.
Xojalik huquqiy munosabatlarning subyektlari qatoriga barcha
turdagi korxonalar, jumladan, fuqarolarning xususiy mulkiga
asoslangan (jamoa, oila) korxonalar, ishlab chiqarish kooperativ-
lari, aksiyadorlik jamiyatlari, masuliyati cheklangan jamiyat, ozga
xojalik jamiyatlari yoki shirkatlari, shuningdek, dehqon xojaliklari,
fermer xojaliklari va boshqalar kiradi. Xojalik huquqiy munosabat-
larning subyektlari faqat shular bilan cheklanib qolmaydi, balki
bozor munosabatlari kundan kunga rivojlanib, takomillashib borar
ekan, bu jarayon tadbirkorlarning ozga tarzdagi guruhlarining
yuzaga kelishiga va ularning fuqarolik muomalasiga yanada koproq
jalb etilishiga olib keladi. Xojalik munosabatlarining yana bir muhim
subyekti mavjudki, u ham bolsa yuridik shaxs tuzmasdan tadbir-
korlik faoliyati bilan shugullanuvchi jismoniy shaxslardir.
Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatining huquqiy asoslari
Ozbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan
«Òadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari togrisida»gi Qonu-
nida
1
oz aksini topgan.
2
Xojalik huquqiy munosabatlarining subyektlari bolishi uchun
tadbirkor-fuqarolar huquq va muomala layoqatiga ega bolishlari
lozim.
Òadbirkor-fuqarolarning huquq layoqati ularning tugilishi bilan
paydo boladi va vafot etishi bilan bekor boladi. Ularning tola
muomala layoqati 18 yoshga yetishi bilan boshlanadi, ammo ayrim
hollarda tadbirkor sifatida royxatdan otkazilgan 16 yoshga tolgan
voyaga yetmagan shaxs qonunda korsatilgan asoslarda tola muomala
layoqatiga ega deb hisoblanishi mumkin (Fuqarolik kodeksining
28-moddasi).
1
Xalq sozi. 2000-yil 15-iyun.
2
Xojalik huquqining subyekti sifatida yuridik shaxs tuzmasdan tadbirkorlik
faoliyati bilan shugullanadigan jismoniy shaxslarning huquqiy maqomi togrisida
keyingi paragraflarda batafsil toxtalinadi.
27
Xojalik huquqiy munosabatlarning subyekti bolgan korxona-
tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning huquq va muomala layoqati
ular davlat royxatidan otkazilgandan boshlab vujudga keladi.
Xojalik huquqiy munosabat obyekti deb, xojalik huquqiy
munosabatda qatnashuvchi shaxslarning subyektiv huquqlari va
majburiyatlari nimaga qaratilgan bolsa, shunga aytiladi.
Xojalik huquqiy munosabatlarning obyektlari:
birinchidan, ashyolar, pul va qimmatli qogozlar, ozga mol-
mulklar;
ikkinchidan, subyektning sodir etishi shart bolgan harakat-
lari;
uchinchidan, huquq subyektining faoliyati;
tortinchidan, xojalik faoliyatida foydalaniladigan nomulkiy
nematlar (firma nomi, tovar belgisi, tijorat siri va boshqalar)
hisoblanadi.
Xojalik huquqi bilan tartibga solinadigan ashyoviy munosabatlar
ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash, taqsimlash va istemol qilish
bilan bevosita bogliqdir. Ishlab chiqarish bilan bogliq bolmagan,
shaxsiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladigan ashyolar xojalik
huquqiy ashyoviy munosabatlarning obyekti bola olmaydi.
Harakatlar deganda, fuqaro va tashkilotlarga korsatiladigan
xizmatlarni tushunish mumkin. Bunday xizmatlar xojalik huquqi
bilan tartibga solinadigan huquqiy munosabatlarning obyekti
hisoblanadi. Òalab qilish huquqiga ega bolgan fuqaro yoki
tashkilotlarning talablari majburiyat olgan shaxslarning xatti-
harakatlari bilan qanoatlantiriladi. Masalan, mahsulot yetkazib berish
shartnomasi boyicha mahsulot yetkazib berish bilan bogliq xatti-
harakatning amalga oshirilishi va boshqalar.
Xojalik huquqiy munosabatlar obyektlarining yana biri xojalik
faoliyatida foydalaniladigan nomulkiy nematlar, yani firma nomi,
tovar belgisi, tijorat siri va boshqalar hisoblanadi. Bunday nemat-
lardan subyektlarning erk-irodasidan tashqari hech bir shaxs
foydalanishga, tovar ishlab chiqariladigan nomni ozgartirishga,
tijorat siri xususida axborot olishga haqli emas.
Subyektiv huquq shaxsga oz xohishini erkin amalga oshirish
imkoniyatini beradi. Masalan, fuqaro xususiy mulk asosida ashyodan
foydalanishga yoki uni qonun hujjatlariga zid bolmagan tarzda oz
ixtiyoricha tasarruf qilishga haqli boladi. Bundan tashqari, subyektiv
28
huquq shaxsning boshqalardan oz huquqlarini buzilmasligini talab
qilish imkoniyatini nazarda tutadi. Masalan, mulk egasining
subyektiv huquqi bir tomondan, oz mulkini egallash, foydalanish
va tasarruf etish bilan bogliq huquqlarni nazarda tutsa, ikkinchi
tomondan, u subyektiv huquq egasi sifatida oz huquqlarining
buzilmasligini har kimdan talab qila oladi. Xojalik huquqiy
munosabatlarning mazmunini huquqlar bilan bir qatorda majbu-
riyatlar ham tashkil etadi.
Majburiyat fuqarolik huquqiy munosabat bolib, unga asosan
bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan
harakatni amalga oshirishga, chunonchi, mol-mulkni topshirish,
ishni bajarish, xizmatlar korsatish, pul tolash va hokazo yoki
muayyan harakatdan ozini saqlashga majbur boladi, kreditor esa
qarzdordan ozining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga
ega boladi. Bir shaxsda subyektiv huquqning bolishi, boshqa birovda
bu huquqqa yarasha, albatta, majburiyat bolishini taqozo qiladi va
aksincha, har qanday majburiyat uni bajarishni talab qilishga haqli
bolgan shaxsning mavjud bolishini bildiradi. Chunonchi, mulk egasi
oziga qarashli mol-mulkdan foydalanish huquqiga ega bolish bilan
bir qatorda, boshqa har qanday shaxsdan bu huquqlardan
foydalanishda tosqinlik qilmasliklarini talab qila oladi.
Xojalik huquqiy munosabatning vujudga kelish asoslari
Xojalik huquqiy munosabatlarning vujudga kelish asosi sifatida
yuridik faktlar muhim orin egallaydi. Yuridik faktlar deb, fuqarolik
huquqi va majburiyatlarning vujudga kelishi, ozgarishi va bekor
bolishiga qaratilgan harakatlar tushuniladi. Shunday ekan, boshqa
huquq normalari singari xojalik huquqi normalari ham oz-ozidan
xojalik huquqiy munosabatlarni vujudga keltirmaydi. Xojalik
huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi, ozgarishi yoki bekor
bolishi malum holatlar bilan belgilanadi.
Xojalik huquqiy munosabatlar vujudga kelishi uchun huquqiy
normalarda togridan togri nazarda tutilgan, shuningdek, huquqiy
normalarda nazarda tutilmagan bolsa-da, lekin xojalik qonun
hujjatlarining umumiy asoslari va mazmuniga muvofiq keladigan
muayyan faktlar mavjud bolishi lozim. Xojalik huquqiy muno-
sabatlarni vujudga keltiradigan, ozgartiradigan va bekor qiladigan
29
asoslar sifatida korilgan yuridik faktlar tort guruhga mamuriy
hujjatlar, yuridik xatti-harakatlar, hodisalar va boshqa harakatlarga
bolinishi mumkin.
Mamuriy hujjat xojalik huquqiy munosabatlarni belgilash,
ozgartirish yoki bekor qilish togrisida davlatning boshqaruv
organlari tomonidan chiqariladigan huquqiy hujjatlardir.
1
Bunga
misol qilib, davlat tasarrufidagi korxonalarni xususiy mulkka
aylantirishda kimoshdi savdosi orqali yutib chiqqan shaxsga shu
mulkka egalik huquqini beradigan davlat dalolatnomasi (order)
yoki ayrim faoliyat bilan shugullanishga ruxsat berish togrisidagi
litsenziyani ham mamuriy hujjatlar qatoriga qoshish mumkin.
Yuridik xatti-harakatlar deganda, muayyan huquqiy oqibatni
tugdirishga qaratilgan xatti-harakatlar tushuniladi yoki oqibatlari
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan malum xatti-harakatlar ham
yuridik manodagi xatti-harakatlar hisoblanadi.
Hodisalar deb, xojalik huquqiy munosabat subyektlarining
erklaridan tashqari sodir boladigan faktlarga aytiladi. Hodisalar
faqat qonunda nazarda tutilgan hollardagina huquq va majburiyatlarni
vujudga keltiradi. Masalan, tabiiy ofat yuz berib, yongin bolgan
taqdirda, sugurta organi jabr korgan shaxs zararini sugurta
haqidagi huquqiy qoidalarga binoan tolashga majbur boladi.
Harakatlar deb, xojalik huquqiy munosabatlarida qatnashuvchi
shaxslarning erk-irodasi boyicha vujudga keladigan yuridik faktlarga
aytiladi. Bu tarzdagi faktlar, oz navbatida, ikki turga birinchisi,
huquq yol qoygan, ikkinchisi, huquq yol qoymaydigan harakatlarga
bolinadi. Huquq yol qoygan harakatlar jumlasiga tuzilishi qonun
bilan taqiqlanmagan bitimlar tuzilishini misol qilib keltirish
mumkin. Bitimlar tashkilot va fuqarolarning xojalik huquqlarini
yoki burchlarini belgilash, ozgartirish va bekor qilishga qaratilgan
harakatlar bolib, muayyan oqibatlarni tugdirishga qaratiladi.
Huquq yol qoymaydigan harakatlar qonun bilan taqiqlangan
harakatlar bolib, bular ikki korinishda:
birinchisi, boshqa subyektlarga zarar yetkazishda;
ikkinchisi mulkni asossiz olish yoki asossiz tejash bilan bogliq
bolgan harakatlarda namoyon boladi.
Zarar yetkazish tufayli vujudga keladigan majburiyatlarga binoan
zarar korgan xojalik oziga yetkazilgan zarar uchun javobgar
1
Zokirov I.B. Ozbekiston Respublikasining Fuqarolik huquqi. 1-qism.
Ò.: «Adolat», 1996. 31-bet.
30
bolgan xojalikdan ozining avvalgi holatining tiklanishi yoki
korilgan zararning qoplanishini talab qila oladi. Mazkur majburiyat
subyekti bolib xojalik subyektiga zarar yetkazgan javobgar shaxs
hisoblanadi. Bunday shaxslar xojalik huquqiy munosabat subyektlari
bolib, ular turli mulk shakliga asoslanib faoliyat korsatadigan
korxona, muassasa va tashkilotlar bolishi mumkin.
Qonun hujjatlarida yoki bitimda belgilangan asoslarsiz boshqa
shaxs (jabrlanuvchi)ning hisobidan mol-mulkni egallab olgan yoki
tejab qolgan shaxs (qolga kirituvchi) asossiz egallab olingan yoki
tejab qolingan mol-mulkni (asossiz orttirilgan boylikni) jabrlanuv-
chiga qaytarib berishi shart boladi. Qonunda togridan togri nazarda
tutilganligi sababli quyidagilar asossiz orttirilgan boylik sifatida
qaytarib berilmaydi:
ijro etish muddati tolgunga qadar majburiyatni bajarish
yuzasidan topshirilgan mol-mulk, agar majburiyatda boshqacha
hol nazarda tutilgan bolmasa;
davo muddati otganidan keyin majburiyatni bajarish yuzasidan
topshirilgan mol-mulk;
ish hajmi va unga tenglashtirilgan tolovlar, pensiyalar,
nafaqalar, stiðendiyalar, hayot yoki sogliqqa yetkazilgan zarar
tovoni, alimentlar va fuqaroga turmush kechirish vositasi sifatida
berilgan boshqa pul mablaglari, uning tomonidan vijdonsizlik
qilinmaganda va hisob-kitobda xato bolmaganda;
Xojalik huquqiy munosabatlarning mazmuni,
obyektiga qarab turlari
mutlaq ashyoviy huquqiy
munosabatlar
mutlaq-nisbiy ashyoviy
huquqiy munosabatlar
oz xojalik faoliyatini
yuritish boyicha mutlaq
huquqiy munosabatlar
nisbiy huquqiy
munosabatlar
nomulkiy huquqiy
munosabatlar
31
mavjud bolmagan majburiyatni bajarish uchun berilgan pul
miqdori va boshqa mol-mulk, agar qolga kirituvchi mol-mulkni
qaytarishni talab qilayotgan shaxsning majburiyati yoqligini
bilganligini yoxud mol-mulkni xayriya maqsadlarida berganligini
isbotlasa (Fuqarolik kodeksining 1030-moddasi).
Xojalik huquqiy munosabatlarni bozor iqtisodiyoti sharoitidagi
mazmuni, obyektiga qarab bir necha turlarga ajratish mumkin.
Mutlaq ashyoviy huquqiy munosabatning obyekti ashyo
hisoblanib, bu tarzdagi munosabatlar uchun xarakterli xususiyat
shundan iboratki, subyekt qonun yol qoygan asoslarda ozining
mulkka bolgan huquqini, yani egalik, foydalanish va tasarruf
etish boyicha xulq-atvorini belgilovchi harakatni amalga oshiradi.
1
Xojalik huquqi bilan tartibga solinadigan ashyoviy munosa-
batlar ishlab chiqarish, tovar ayriboshlash, taqsimot va ishlab
chiqarish istemol bilan chambarchas bogliqdir. Ishlab chiqa-
rishdan tashqaridagi, shaxsiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat
qiladigan predmetlar xojalik huquqiy-ashyoviy munosabatlar
obyekti bola olmaydi. Masalan, savdo tashkilotlari tomonidan
aholiga sotish uchun olingan tovarlar mulk huquqi obyekti bolib
hisoblanadi. Bu tarzdagi mol-mulk fuqaro egaligiga otishi bilan
fuqarolik huquqi qoidalari bilan tartibga solinadigan fuqaro mol-
mulki obyektiga aylanadi.
Mutlaq-nisbiy ashyoviy huquqiy munosabatlar jumlasiga xojalik
yuritish va operativ boshqarishni kiritish mumkin. Bundan tashqari,
umrbod meros qilib qoldiriladigan mulk, xojalik faoliyatini
yurgizish uchun ijara va boshqa tartibda mulkka ega bolishlik
munosabatlarini kiritish mumkin. Bunday mulkdorlar munosabati
mutlaq-nisbiydir. Chunki, bu munosabat subyektlari ozlarining
mulkiy huquqlarini ozgalarning erkisiz amalga oshira olmaydi, ular
mulk egasi bilan nisbiy huquqiy munosabatda bolib, ushbu
mulklarni egallaydi, foydalanadi va tasarruf etadi.
Oz xojalik faoliyatini yuritishdagi mutlaq huquqiy munosabat-
lar subyekt oz faoliyatini erkin yuritishda vujudga kelib, mazkur
faoliyat munosabat obyekti sifatida maydonga chiqadi. Bunda xojalik
1
Òadbirkorlik huquqi: (Umumiy qism). Darslik (tahririyat hayati:
H.Rahmonqulov, Sh.Rozinazarov, M.Niyozov va boshq. Masul muharrir:
Sh.Rozinazarov. Ò.: «Konsauditinform», 2002. 47-bet., Ìàðòåìüÿíîâ Â.Ñ.
Õîçÿéñòåííîå ïðàâî. Òom 1. Îáùèå ïîëîæåíèÿ. Êóðñ ëåêöèé M.:
Èçäàòåëüñòâî «BEK», 1994. 40-b.
32
yuritishni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga
oshiradigan shaxs uchun majbur shaxs bolmaydi. Boshqa barcha
shaxslar xojalik (tadbirkorlik) faoliyatini amalga oshirayotgan
subyekt faoliyatiga tosqinlik qilmasliklari lozim boladi. Bunga misol
qilib, oz xojalik faoliyatini yuritayotgan xojalik yurituvchi subyekt
tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotning bahosini belgilashi,
tannarxini shakllantirishi, belgilangan normativ hujjatlarga binoan
sanitariya, gigiyena, ekologiya, yonginga qarshi talablar boyicha
va ozga faoliyatlarni amalga oshirishda vujudga keladigan mutlaq
huquqiy munosabatlarni keltirish mumkin. Mabodo, xojalik
yurituvchi subyekt belgilangan tartibga xilof ish tutsa, vakolatli
davlat organi yol qoyilgan huquqbuzarlikni bartaraf etish bilan
bogliq xatti-harakatni amalga oshirishi, jumladan, zararlarni
undirishni talab qilishi mumkin. Bunday holda vujudga keladigan
munosabatlar albatta nisbiy xarakterda boladi.
Nomulkiy huquqiy munosabatlar xojalik yurituvchi subyektlar
oz faoliyatlarida foydalanadigan nomoddiy nematlar, xususan,
firma nomi, tovar belgisi, xizmat korsatish belgisi, tovar ishlab
chiqarilgan joy nomi, tijorat siridan foydalanishda, shuningdek,
ishchanlik obrosini himoya qilish kabi jarayonlarda vujudga keladigan
munosabatlar hisoblanadi. Bular kabi nomulkiy huquqlarni amalga
oshirish jarayonida vujudga keladigan huquqiy munosabatlar mutlaq
hisoblanadi, chunki bunday nematlarga nisbatan xojalik yurituvchi
subyektning mutlaq huquqi qonun bilan etirof etilgan va bu kabi
mutlaq huquq obyekti bolgan intellektual faoliyat natijalari va
oziga xos vositalaridan uchinchi shaxslar huquq egasining roziligi
bilangina foydalanishlari mumkin.
Nisbiy huquqiy munosabatlar avvalo, majburiyatda namoyon
bolib, bunda ikki yoki undan ortiq shaxslar ozaro huquq va
majburiyat sohiblari boladi. Bu yerda biz kreditor va qarzdor
ortasidagi majburiyatda nisbiy munosabatlarni koramiz, ammo
har doim ham nisbiy huquqiy munosabatlar majburiyat huquqiy
munosabatlari shaklida bolmasligi mumkin. Masalan, bir necha
shaxslar ishtirokidagi birgalikda xojalik faoliyati yuritish togrisidagi
kelishuv, shirkatga birlashish, chet el investori bilan qoshma korxona
tuzish va kapitalni sarflash togrisidagi bitimlarda kreditor va
qarzdor ishtirok etmasligi mumkin yoki ishtirokchilarni majburiyat
Do'stlaringiz bilan baham: |