qilingan «Masuliyati cheklangan va qoshimcha masuliyatli
jamiyatlar togrisida»gi Qonunda jamiyatning tashkil etilishi, faoliyat
olib borishi va tugatilishi togrisidagi qoidalar belgilangan. Jamiyat
ushbu qonun va jamiyat ustavi talablari hisobga olingan holda
qonunlarda belgilangan tartibda ixtiyoriy ravishda tugatilishi mumkin.
Jamiyat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga kora sudning
qaroriga binoan ham tugatilishi mumkin. Jamiyatni tugatish uning
huquqlari va majburiyatlari huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga
otmagan holda faoliyatining tugatilishiga sabab boladi. Jamiyat
ishtirokchilari umumiy yigilishining jamiyatni ixtiyoriy ravishda
tugatish hamda tugatish komissiyasini tayinlash togrisidagi qarori
jamiyat kuzatuv kengashining, ijro etuvchi organining yoki ishtirok-
chisining taklifiga binoan qabul qilinadi.
Ixtiyoriy ravishda tugatilayotgan jamiyat ishtirokchilarining
umumiy yigilishi jamiyatni tugatish va yuridik shaxslarni davlat
royxatidan otkazuvchi organ bilan kelishgan holda tugatish
komissiyasini tayinlash togrisida qaror qabul qiladi. Òugatish
komissiyasi tayinlangan paytdan etiboran jamiyat ishlarini
boshqarish boyicha barcha vakolatlar unga otadi. Òugatish
komissiyasi tugatilayotgan jamiyat nomidan sudda ishtirok etadi.
Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bolgan jamiyatni
tugatishda tugatish komissiyasining tarkibiga davlat mulkini
boshqaruvchi organning vakili kiritiladi. Mazkur talab bajarilmagan
taqdirda, jamiyatni davlat royxatidan otkazgan organ tugatish
komissiyasi tayinlanishiga rozilik berishga haqli emas.
Yuridik shaxsning tugatilishini oshkoralikda amalga oshirish
tugatish jarayonini huquqiy jihatdan aniq va kamchiliklarsiz
yakunlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ozbekiston Respub-
likasi Fuqarolik kodeksining 54-moddasiga kora, yuridik shaxsni
tugatish togrisidagi qaror qabul qilgan uning muassislari va
ishtirokchilari yoki vakolat berilgan organ bu haqda yuridik
shaxslarni davlat royxatidan otkazuvchi organga yozma tartibda
xabar berishlari lozim. Davlat royxatidan otkazuvchi organ mana
shu xabarga asosan yuridik shaxs tugatilish jarayonida ekanligi
haqidagi malumotlarni yagona davlat reyestriga kiritadi. Malu-
motlar kiritilgandan song yuridik shaxsning firma nomiga albatta
«tugatilishda» degan soz qoshib qoyiladi.
64
Bundan tashqari, bu haqda soliq organlarini ham xabardor
qilib qoyish maqsadga muvofiqdir. Chunki har qanday xojalik
yurituvchi subyekt tashkil etilgan paytda soliq tolovchi sifatida
davlat soliq organlarida royxatga olinadi. Soliq kodeksining 41-
moddasida yuridik shaxs tugatilgan taqdirda soliq organi soliq
tolovchidan kamroq bolgan davr uchun hisobotlar, xabarnoma
topshirish yoli bilan talab qilishi mumkin bolib, xabarnomada
buning sababi va hisobotlar taqdim etilishi lozimligi korsatiladi.
Yuridik shaxsni tugatish haqida belgilangan tartibda qaror qabul
qilingan taqdirda tugatish komissiyasi (tugatuvchi) besh kunlik
muddatda bu haqda soliq organini yozma ravishda xabardor qiladi.
Yuridik shaxsni tugatish haqida qaror qabul qilingandan song
soliq tolovchi on besh kun ichida soliq organiga hisobotlar, soliq
boyicha hisob-kitoblarni taqdim etishi shart. Daromad (foyda)
soligi boyicha hisobotlar, hisob-kitoblar qonun hujjatlarida
belgilangan shakl va tartibda taqdim etiladi. Shuningdek, korxona
tugatilganda soliqqa tortish masalalari malum idoraviy yoriqnoma
asosida hal etilishi mumkin.
1
Shu bilan birga, yuridik shaxsning
tugatilishi togrisida pensiya fondlari hamda sugurta jamgarmalarini
ogohlantirib, ozlarining hisob raqamlarini yopish choralarini
korishi lozim.
Òugatishda mazkur yuridik shaxs faoliyati toliq bekor qilinib,
uning ishi toxtatiladi va mol-mulki tugatiladi. Bunday holatda
tugatish komissiyasi tuziladi. Hozirgi vaqtda tugatish tadbirlarini
amalga oshirish maqsadida tugatish komissiyasi tuzilishi yoki
shunday harakatlarni bajaruvchi tugatuvchi tayinlanishi ozining
qonuniy asosiga ega. Bu xatti-harakatlar tugatish togrisidagi qaror
qabul qilgan shaxslar tomonidan davlat royxatidan otkazuvchi
organ bilan kelishilgan holda hal qilinadi. Davlat korxonalarini
tugatishda tugatish komissiyasi tarkibini iqtisodiy nochorlik boyicha
boshqarma, Ozbekiston Respublikasi tegishli vazirlik va idoralari
vakillari, mahalliy ijroiya organlari mutaxassislari va boshqalar
tashkil qilishi mumkin. Shunday qilib, qoidaga kora, amaliyotda
tugatish komissiyasi tarkibiga muassislar (ishtirokchilar) tuga-
tilayotgan tashkilot mamuriyati vakillari kiradi.
Shuningdek, ular tugatish komissiyasi yoki tugatuvchining
asosiy vazifalarini aniqlashtirish bilan bir vaqtda Ozbekiston
1
Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qomitasi
tomonidan belgilangan «Yuridik shaxslar daromadi (foydasi) soliqni hisoblash
va budjetga tolash tartibi togrisida»gi 2002-yil 14-yanvarda qabul qilingan 1109-
sonli Yoriqnoma.
65
Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq tugatish tartibini hamda
muddatini belgilab oladilar. Òugatish komissiyasi matbuot
organlarida yuridik shaxsning tugatilishi hamda uning kreditorlari
tomonidan talablarni bayon etish tartibi va muddati haqida xabar
elon qiladi. Kodeksning 55-moddasiga muvofiq bu muddat tugatish
haqida xabar elon qilingan paytdan boshlab «ikki oydan kam
bolishi mumkin emas». Undan oldin qabul qilingan qonun
hujjatlarida esa bu muddat ikki oygacha deb korsatilar edi. Lekin,
amaliyotda bir oy korsatilib elon qilinar edi. «Ikki oydan kam
bolishi mumkin emas» deb korsatilgan Kodeksda ornatilgan
imperativ norma kreditorlarning huquqlarini himoya qilish uchun
tegishli kafolat yaratishga qaratilgan.
Òugatish komissiyasi tasdiqlangan kundan boshlab yuridik
shaxsning ishlarini boshqarish sohasidagi vakolatlari uning ixtiyoriga
otadi. Shuni alohida takidlab otish joizki, mazkur komissiya
tugatuvchi mustaqil huquq subyekti bolib hisoblanmaydi. U faqat
tugatish jarayonida kreditorlar, qarzdorlar, davlat hokimiyati
organlari va boshqa shaxslar bilan munosabatga kirishib, tugatila-
yotgan yuridik shaxs nomidan harakat qiladi.
Òugatish komissiyasi tugatilayotgan yuridik shaxs nomidan sudda
ishtirok etadi. Òugatish komissiyasi tugatilayotgan yuridik shaxs
hisobvaraqlari ochilgan bankka tugatish komissiyasining ruxsatisiz
hisobdan foydalanmaslik togrisida ariza yuboradi. Mana shu arizaga
kora bank tugatilayotgan korxona hisobi boyicha keyinchalik
yuborilayotgan ijro va boshqa hujjatlarni qabul qilishni toxtatadi.
Òugatish komissiyasi barcha kreditorlarni aniqlash va debitorlik
qarzlarini undirish, shuningdek, yuridik shaxs tugatilayotganligi
haqida kreditorlarni yozma xabardor qilish choralarini korish lo-
zim. Debitorlik qarzlarini undirish maqsadida qarzdorlarga talab
qoyishlari zarur. Agar qarzlarni qaytarish rad qilinsa tegishli davo
bilan sudga murojaat etish kerak. Ozbekiston Respublikasi
«Buxgalteriya hisobi togrisida»gi Qonunning 21-moddasiga mu-
vofiq yuridik shaxs tugatilayotgan taqdirda moliyaviy hisobot tuziladi.
1
Agarda, yuridik shaxs sud tartibida tugatilayotgan bolsa, sud uning
muassislari va ishtirokchilari yoki vakolatli organga oz burchlarini
togri bajarish masuliyatini yuklaydi. Ularning burchlari tugatishni
sud qarorida belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirishi lozim.
Lekin, sud qarori togri va lozim darajada bajarilmagan bolsa, sud
1
«Buxgalteriya hisobi togrisida»gi 1996-yil 3-avgustda qabul qilingan Qonun.
Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi. 1996-yil, 9-son, 142-modda.
66
tugatish komissiyasini tuzadi yoki tugatuvchini tayinlab, unga
tugatishni amalga oshirish vazifalarini yuklaydi. Masalan, yetkazilgan
zarar zarar yetkazishni davom ettirayotgan korxona, inshootdan
foydalanish yoki boshqa ishlab chiqarish faoliyatining oqibati bolsa,
sud javobgarga zararni qoplashdan tashqari tegishli faoliyatni toxtatib
turish yoki tugatish majburiyatini yuklashga haqli (Fuqarolik kodeksi
986-moddasining 2-qismi). Bu chora-tadbirlar tugatish jarayonining
boshlangich, birinchi bosqichini tashkil etadi.
Òugatish jarayonining avvalida tugatish komissiyasi (tugatuvchi)
yuridik shaxsning barcha kreditorlarini aniqlash ishlarini olib boradi.
Uning asosiy mazmunini kreditorlarning mavjud talablarini
aniqlash va ularni qondirish tashkil etadi. Buning uchun yuridik
shaxsni tugatish togrisida qaror qabul qilgan yuridik shaxs
muassislari (ishtirokchilari) yoki vakolatli organ bu haqda yuridik
shaxslarni davlat royxatidan otkazuvchi organga darhol yozma
xabar berishi lozim. Shuningdek, yuridik shaxs ozining tugatilayot-
ganligi haqida matbuot organlari orqali elon qilib, unda kreditorlari
tomonidan talablarini bayon qilish tartibi va muddatini belgilab
qoyadi. Bu muddat tugatish haqida xabar elon qilingan paytdan
boshlab ikki oydan kam bolishi mumkin emas. Yuqorida aytib
otilgan tadbirlar ham, avvalo, kreditorlar manfaatlarining himoya-
siga qaratilgan. Chunki yuridik shaxs tugatilgach, qolgan mol-mulk
uning tasischilari va azolari ortasida taqsimlanib, ularning xususiy
mulkiga aylanishi mumkin.
Kreditorlar talablarini qanoatlantirish tugatishning muhim bir
bosqichlaridan hisoblanadi. Shuning uchun, Fuqarolik kodeksining
55-moddasida tugatish komissiyasining vazifasi sifatida ikkinchi
bosqichda kreditorlarni aniqlash va debitorlik qarzlarini olish
choralarini korish, shuningdek, kreditorlarni yuridik shaxsning
tugatilishi haqida yozma xabardor qilishi kerakligi mustahkamlangan.
Amaliyotda qarzdorning majburiyatini bajarish muddati
boshlanmagan bolsa, ular ortasida muammo paydo bolishi
mumkin. Mazkur holatda tugatiluvchi yuridik shaxs ozining
tugatilayotganligini asos qilgan holda, qarzdorlaridan oz
majburiyatlarini bajarishlarini talab qilishga haqli emas. Ular bu
majburiyatni tugatish muddatini belgilash chogida hisobga olishlari
kerak. Mavjud vaziyatdan qutulishning birdan bir yoli tugatiluvchi
yuridik shaxs qarzdori bilan kelishuvga erishib, unga nisbatan
qoyiluvchi talabni boshqa shaxs hisobiga bajarishi haqida kelishuvga
erishish mumkin.
67
Kreditorlar tomonidan talablarni qoyish uchun belgilangan
muddat tamom bolganidan keyin yuridik shaxsni tugatish togrisida
qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari va ishtirokchilari hamda
davlat royxatidan otkazuvchi organ bilan kelishilgan holda, tugatish
komissiyasi oraliq tugatish balansini tuzadi. Balansda tugatilayotgan
yuridik shaxs mol-mulkining tarkibi, kreditorlar qoygan talablar
royxati, shuningdek, ularni korib chiqish natijalari togrisidagi
malumotlar qayd etiladi.
Oraliq tugatish balansi yuridik shaxsni tugatish togrisida qaror
qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ
tomonidan yuridik shaxslarni davlat royxatidan otkazuvchi organ
bilan kelishgan holda tasdiqlanadi. Davlat royxatidan otkazuvchi
organ balansning togriligini, asoslantirilganligini nazorat qilishi
zarur. Agar tugatilayotgan yuridik shaxs (muassasalardan tashqari)
ixtiyoridagi pul mablaglari kreditorlarning talablarini qondirish
uchun yetarli bolmasa, tugatish komissiyasi yuridik shaxsning
mol-mulkini kimoshdi savdosi orqali sud qarorlarini ijro etish
uchun belgilangan tartibda sotadi va qarzlarini tolash uchun
ishlatadi. Yani qarzlarni tolash boyicha kreditorlar talablari endi
mazkur yuridik shaxsning mol-mulkiga qaratilishi mumkin. Bu
tugatish jarayonining uchinchi bosqichiga xos xususiyatdir.
Agarda, oraliq balansini belgilash chogida tugatiluvchi
korxonaning mol-mulki yetarli emasligi aniqlansa, bunday yuridik
shaxs faqat bankrotlik yoli bilan tugatiladi. Bankrotlik chora-
tadbirlari majmuasi barcha tijorat va notijorat tashkilotlari uchun
tatbiq etilishi mumkin. Òugatish jarayoni olib borilayotgan vaqtda
ham, tugatish komissiyasi yoki tugatuvchi tomonidan yuridik
shaxsning nochorligi (bankrotligi) aniqlansa, unga nisbatan bankrot
bolganlikka doir ish yuritishni qozgatishga asos boladi. Uning
tugatilish jarayonida ekanligi ish yuritishni qozgatishga tosqinlik
qila olmaydi. Bankrotlikka uchragan xojalik yurituvchi subyektlarni
tugatish tartibi va xususiyatlari Ozbekiston Respublikasining 2003-
yil 24-aprelda qabul qilingan «Bankrotlik togrisida»gi Qonuni
bilan belgilanadi. Ushbu qonunning 4-moddasiga kora qarzdorning
pul majburiyatlari boyicha kreditorlar talablarini qondirishga va
(yoki) majburiy tolovlar boyicha oz majburiyatini bajarishga
qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) tolovlar
majburiyati yuzaga kelgan kundan etiboran uch oy davomida
qarzdor tomonidan bajarilmagan bolsa, uning bankrotlik alo-
matlari, deb etirof etiladi.
68
Keyingi, tortinchi bosqichda tugatish komissiyasi oraliq tugatish
balansiga binoan tolovlarni tayyorlaydi. Kreditorlarning talablarini
qondirish navbati Fuqarolik kodeksining 56-moddasida belgilangan
bolib, birinchi navbatda, fuqarolarning mehnatga oid huquqiy
munosabatlardan kelib chiqadigan talablari qondiriladi. Mazkur
qoidani belgilashda mamlakatimizda fuqarolar mehnatini muhofaza
qilish va Mehnat kodeksi normalari inobatga olingan.
1
Ikkinchi navbatda, alimentlarni undirishdan va mualliflik
shartnomalari boyicha mualliflik haqi tolash haqidagi talablar,
uchinchi navbatda esa tugatilayotgan yuridik shaxs javobgar bolgan
fuqarolarning hayotiga va sogligiga zarar yetkazilganligi uchun
berilgan talablari tegishli vaqtbay tolovlarni kapitallashtirish yoli
bilan qanoatlantiriladi. Mana shunday hayot va sogliqqa yetkazilgan
zarar uchun belgilangan tartibda javobgar deb topilgan yuridik
shaxs tugatilgan taqdirda, tegishli tolovlar ularni qonun hujjatlarida
belgilangan qoidalarga kora jabrlanuvchiga tolash uchun kapital-
lashtirilishi lozim.
Òugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki yoqligi yoki yetarli
emasligi sababli tolovlarni kapitallashtirish mumkin bolmagan
hollarda, belgilangan summalar jabrlanuvchiga davlat tomonidan
qonunda nazarda tutilgan tartibda tolanadi (Fuqarolik kodeksining
1015-moddasi). Har bir navbatdagi talab-moddasi oldingi
navbatdagi talablar qanoatlantirilgandan song amalga oshiriladi.
Boshqa kreditorlarning talablari qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan tartibda qanoatlantiriladi (Fuqarolik kodeksining 56-
moddasi). Yuqorida qayd etilgan fuqarolarning talablari toliq qon-
dirilgandan keyin, qolgan mol-mulk quyidagi tartibda taqsimlanadi:
birinchidan, shu mol-mulk qiymatidan sud qarorida kimning
talabi birinchi bolib qondirilishi korsatilgan bolsa, shu kreditor-
larning qarzlari tolanadi;
ikkinchidan, qolgan mol-mulk qiymatidan talabnoma taqdim
etish muddati otib ketgandan song, berilgan talablar qondi-
rilishi mumkin.
1
Chunonchi, Germaniya fuqarolik qonunchiligida ham yuridik shaxs
tugatilayotganda, birinchi navbatda, fuqarolarning mehnatga oid munosabat-
laridan kelib chiqadigan talablari qondiriladi. Songra soliq huqiqiy munosa-
batlardan kelib chiqadigan talablar qondiriladi. Ãåðìàíñêîå ïðàâî. ×àñò II.
Ãåðìàíñêîå òîðãîâîå óëîæåíèå è äðóãèå çàêîíû. M.: 1996. ñ. 389.
69
Barcha kreditorlar bilan hisob-kitob ishlari nihoyasiga yetkazilgandan
song, tugatishning yakunlovchi bosqichi boshlanadi.
Òugatish komissiyasi muassislar va ishtirokchilar bilan kelishib,
davlat royxatidan otkazuvchi organ tomonidan tasdiqlangan
tugatish balansini tuzadi.
1
Yuridik shaxsning kreditorlari talablari
qondirilgandan keyin qolgan mol-mulk uning shu mol-mulkka
ashyoviy huquqlarga yoki ushbu yuridik shaxsga nisbatan majbu-
riy huquqlarga ega bolgan muassislariga va ishtirokchilariga topshi-
riladi. Shundan song yuridik shaxsning tugatilishi haqidagi yozuv
yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritilib, yuridik
shaxsni tugatish tamomlangan, yuridik shaxsning maxsus huquq
layoqati esa tugagan hisoblanadi.
Mazkur yuridik shaxsni tugatish bosqichlari bir-biri bilan
chambarchas bogliq, biri ikkinchisini toldirib boradi. Birontasining
togri bajarilishiga etibor berilmasa, tugatish jarayonining aniq
va izchil amalga oshirilishiga salbiy tasir etishi mumkin.
1
Davlat royxatidan otkazuvchi organga quyidagi hujjatlar toliq topshirilgan
taqdirdagina yuridik shaxs yagona davlat reyestridan ochirilishi kerak:
tugatish komissiyasining yuridik shaxsni davlat reyestridan chiqarish haqidagi
arizasi;
muassislar umumiy yigilishi bayonnomasi bilan birga yuridik shaxsni tugatish
va tugatish komissiyasini tuzish togrisidagi matbuotda elon berilgan nashr;
tasdiqlangan tugatish balansi;
soliq organlari va pensiya, aholini ish bilan taminlash fondlari hisobidan
chiqilganlik haqida malumot;
qonunda belgilangan tartibda auditor xulosasi;
banklardan hisobvaraqalarini yopilganligi haqida malumotnoma;
Statistika idorasidan klassifikatsion kodni bekor qilish haqidagi xat;
kreditorlar bilan hisoblashgandan song, qolgan mol-mulkini ishtirokchilar
ortasida taqsimlanganligi togrisidagi dalolatnoma;
Ichki ishlar bolimidan yuridik shaxs muhri va shtampini yoq qilishga
topshirilganligi haqida malumotnoma.
Nazorat savollari
1. Xojalik huquqi subyektlari qanday asoslar boyicha tugatilishi mum-
kin?
2. Xojalik huquqi subyektlarini ixtiyoriy tugatish tartibini tushuntiring.
3. Xojalik faoliyatini majburiy tugatish asoslarini sanab bering.
4. Xojalik yurituvchi subyektlarni bekor qilish deganda nimani
tushunasiz.
?
70
VI bob.
BANKROTLIK
Bankrotlik tushunchasi. Majburiy tolovlarni tolashga qodirsizlik
tushunchasi. Bankrotlik togrisidagi qonunchilik. Bankrotlikka oid
sud jarayoni. Sanatsiya tushunchasi. Òashqi boshqaruv va kuzatuv
tushunchasi hamda uni qollash tartibi. Yakka tartibdagi tadbirkor
bankrotligi tushunchasi.
Bankrotlik qonunchiligi va tushunchasi
Bankrotlik instituti xojalik yurituvchi subyektlar ortasidagi
munosabatlar amaliyoti va huquqiy tartibga solish tizimida nisba-
tan yangi institutdir. Ozbekiston Respublikasining «Bankrotlik
togrisida»gi Qonuni birinchi marta 1994-yil 5-mayda qabul qi-
lingan. Ushbu qonunning yangi tahriri Oliy Majlis tomonidan
1998-yil 28-avgustda qabul qilingan va shu yil 1-noyabrdan kuchga
kirgan. Bundan tashqari, 1999-yil 20-avgustda Oliy Majlisning
navbatdagi sessiyasida ushbu qonunga qoshimcha va ozgartirishlar
kiritildi. Hozirgi paytda 2003-yil 24-aprelda yangi tahrirda qabul
qilingan mazkur qonun qollanilmoqda.
«Bankrotlik togrisida»gi Qonunning bir yosinda qollanili-
shini taminlash maqsadida Ozbekiston Respublikasi Oliy xo-
jalik sudi Plenumi tomonidan 1999-yil 16-iyulda «Ozbekiston
Respublikasi «Bankrotlik togrisida»gi Qonunini xojalik sudlari
tomonidan qollashning bazi bir masalalari togrisida»gi 78-sonli
qaror qabul qilindi. Shuningdek, vakolatli davlat organlari tomo-
nidan bu borada onga yaqin normativ hujjatlar ham qabul qilinib,
tegishli tartibda Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roy-
xatdan otkazilgan.
Yangi tahrirdagi «Bankrotlik togrisida»gi Qonun 1994-yildagi
va 1998-yildagi qonunlardan sezilarli darajada oziga xos qoshimcha
va ozgartirishlar bilan farqlanadi. Amaldagi qonun 192 ta moddadan
iborat, 1998-yildagi qonun 133 ta moddadan tashkil topgan bolsa,
eski tahrirdagisida esa atigi 35 ta moddadan iborat edi. Bankrotlikning
asosiy belgilari ozgardi, yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbir-
71
korlarning nochorligi tushunchalari bir-biridan farqlandi. Mazkur
ozgartirishlarni iqtisodiyotda roy berayotgan islohotlar taqozo
etmoqda. Shuning uchun bankrotlik instituti bozor iqtisodiyotiga
otayotgan har qanday mamlakatning davlat huquqiy tuzilishining
uzviy bogini ekanligi tabiiydir.
Qarzdorning pul majburiyatlari boyicha kreditorlar talablarini
qondirishga va (yoki) majburiy tolovlar boyicha oz majburiyatlarini
bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) tolov
majburiyati yuzaga kelgan kundan etiboran uch oy davomida
qarzdor tomonidan bajarilmagan bolsa, uni bankrotlik alomati,
deb etirof etiladi.
Bankrotlik togrisidagi ish bankrotlik alomatlari mavjud bolgan
taqdirda, agar qarzdor yuridik shaxsga nisbatan jami talablar eng
kam ish haqining besh yuz karrasini tashkil etadigan bolsa, qarzdor
yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan esa eng kam ish haqining kamida
ottiz karrasini tashkil etadigan bolsa, xojalik sudi tomonidan
qozgatilishi mumkin.
Qarzdorni bankrot deb topish togrisidagi ariza bilan qarzdor,
kreditor va prokuror pul majburiyatlari bajarilmagan hollarda
murojaat etish huquqiga ega. Majburiy tolovlar majburiyati
bajarilmaganligi natijasida esa ariza bilan xojalik sudiga murojaat etish
huquqiga qarzdor, prokuror, davlat soliq xizmati organlari va boshqa
vakolatli organlar ega.
Qarzdorda bankrotlik alomatlari mavjud bolsa, ozini bankrot
deb topish togrisidagi ariza bilan xojalik sudiga murojaat etishga
haqli. Shuningdek, qarzdor, tugatish komissiyasi yoki tugatuvchi
xojalik sudiga ariza berishga majbur bolgan hollar mavjuddir. Unga
kora, qarzdorning rahbari, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor bir
yoki bir necha kreditorlarning talablarini qondirish qarzdorning
boshqa kreditorlar oldidagi pul majburiyatlarini va (yoki) majburiy
tolovlar boyicha oz majburiyatini toliq hajmda bajarishini imkonsiz
qilib qoyishga olib keladigan; qarzdorning tasis hujjatlariga muvofiq
qarzdorni tugatish togrisida qaror qabul qilishga vakolatli bolgan
qarzdor yuridik shaxs organi tomonidan qarzdorning arizasi bilan
xojalik sudiga murojaat etish haqida qaror qabul qilingan; qarzdor
unitar korxona mol-mulkining egasi vakolat bergan organ tomonidan
qarzdorning arizasi bilan xojalik sudiga murojaat etish togrisida
qaror qabul qilingan, undiruv qarzdorning mol-mulkiga qaratilganda
72
bunday undiruv qarzdorning xojalik faoliyatini imkonsiz qilib
qoyadi, deb hisoblashga asos bolgan holatlar shular jumlasiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |