huquqiy munosabatlarga kirishgan, deyish qiyin. Bu yerda biz
shaxslarning ozaro kuch va mablaglarni sarf qilish asosida umumiy
33
xojalik yuritish maqsadida birikish munosabatlarini korishimiz
mumkin. Shuning uchun nisbiy xojalik huquqiy munosabatlar
nafaqat majburiyat huquqiy munosabatlar hisoblanmasdan, balki
undan ham kengroq munosabatlarni oz ichiga qamrab oladi.
Shartnomaga asoslangan barcha munosabatlar nisbiy huquqlar
jumlasiga kiradi.
Fuqarolik huquqiy munosabatlar xojalik huquqiy, tadbirkorlik
huquqiy munosabatlaridan birmuncha kengroqdir. Xojalik (tadbir-
korlik) huquqi tartibga soladigan mulkiy va nomulkiy munosabatlar
doirasi Fuqarolik huquqi tartibga soladigan mulkiy va nomulkiy
munosabatlar doirasi ichida turadi. Xojalik (tadbirkorlik) huquqi
subyektlari bir vaqtning ozida Fuqarolik huquqining subyekti
bolishi mumkin, ammo Fuqarolik huquqining subyekti Xojalik
(tadbirkorlik) huquqining subyekti hisoblanmasligi mumkin.
Masalan, jismoniy shaxs oz ehtiyojlarini qondirish uchun ashyo
xarid qilish jarayonida fuqarolik huquqiy munosabatga kirishar ekan,
u na xojalik huquqiy munosabat ishtirokchisi, na tadbirkorlik
huquqiy munosabat ishtirokchisi boladi, ammo u tadbirkor shaxs
maqomini olgan holda tadbirkorlik faoliyati yuritish maqsadida tovar
sotib olar ekan, bir vaqtning ozida ham fuqarolik, ham tadbir-
korlik, ham xojalik huquqiy munosabat ishtirokchisi hisoblanadi.
Shuni ham takidlash joizki, xojalik huquqiy munosabatlar doirasi
tadbirkorlik huquqiy munosabatlar doirasidan anchayin kengroqdir.
Shu bois har qanday tadbirkorlik huquqiy munosabat ishtirokchisi
xojalik huquqiy munosabat ishtirokchisi hisoblansa-da, ammo
aksincha bolmasligi mumkin, chunki tadbirkorlik munosabatlarida
subyekt har doim tavakkal qilib, oz mulkiy javobgarligi asosida
foyda olishni oz oldiga maqsad qilib ish yuritadi. Xojalik huquqiy
munosabatlari ishtirokchilari faoliyati esa har doim ham foyda olishga
qaratilgan bolmasligi mumkin va h.k. Qolaversa, iqtisodiyotni davlat
yoli bilan tartibga solish jarayonida vujudga keladigan munosa-
batlarni ham xojalik huquqiy munosabatlar va bir vaqtning ozida
tadbirkorlik huquqiy munosabatlar, deyish mumkin.
Xojalik huquqiy munosabatlarda, subyekt sifatida davlat,
mamuriy hududiy tuzilmalar, korxonalar va ularning bolin-
malari, yuridik shaxs tuzmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshiruvchi tadbirkor fuqarolar ishtirok etishlari mumkin. Ular
barcha iqtisodiy ishlab chiqarish jarayonlarida, jumladan, moddiy
ishlab chiqarish, ayirboshlash, ishlab chiqarish, taqsimot jarayon-
larida faol ishtirok etib, munosabatga kirishadilar.
34
Xojalik majburiyatlari togrisida soz ketar ekan, xojalik
subyektlari qaysi jabhada faoliyat yuritishlaridan qati nazar ularni
quyidagicha turlarga ajratish mumkin:
1. Operativ-xojalik majburiyatlari.
2. Xojalik-boshqaruv majburiyatlari.
3. Ichki xojalik majburiyatlari.
Operativ-xojalik majburiyatlari xojalik huquqi subyektlarining
mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmat korsatish
sohasida ozaro shartnomaviy munosabatlari tufayli vujudga keladi.
Mazkur huquqiy munosabatning subyekti bolib tadbirkor fuqaro-
lar ham hisoblanadilar. Xojalik huquqi subyektlari xojalik faoliyatini
amalga oshirishda operativ-xojalik majburiyatlarining mukammal
bolishi uchun oz faoliyatlarini rejalashtiradilar.
Xojalik huquqining subyektlari ichida korxona muhim orin
tutib, oz faoliyatini mustaqil rejalashtiradi va xomashyo resurslari
hamda materiallarning mavjudligini ishlab chiqarilayotgan mah-
sulotga, bajarilayotgan ishga, korsatilayotgan xizmatga bolgan
talablarini hisobga olib, taraqqiyot istiqbollarini belgilaydi, shu
bilan bir qatorda, u davlat ehtiyojlari uchun shartnoma asosida
mahsulot ishlab chiqaradi, ishlarni bajaradi, xizmat korsatadi.
Xojalik huquqi subyektlari barcha jabhalarda oz xojalik faoli-
yatlarini amalga oshirishda boshqa subyektlar bilan munosabatlarini
shartnomaviy majburiyat negizida quradilar. Hatto, subyekt davlat
ehtiyojlari uchun ishlarni bajarayotgan va mahsulotni yetkazib
berayotgan taqdirda ham, davlat (uning organlari) bilan xojalik
yurituvchi subyektlar ortasidagi munosabatlar shartnoma asosida
ornatiladi va unga muvofiq mahsulotni ishlab chiqarish, ishlarni
bajarish yuzasidan ikkinchi tarafni davlat xomashyo yoki texnika
vositalari bilan taminlash majburiyatlarini olishi mumkin.
Xojalik-boshqaruv majburiyatlari togrisida soz ketar ekan,
bu turdagi majburiyatlarning avvalo davlat organlari hujjatlari,
shuningdek, davlatlararo bitimlar, hududlar va korxona (birlash-
ma)lar ortasidagi shartnomalar asosida kelib chiqishini takidlash
joiz. Masalan, davlat ehtiyojlari uchun kapital qurilishni moliyalash-
tirish maqsadida davlat budjetini tasdiqlash togrisidagi hujjat
tegishli majburiyat keltirib chiqaradi. Mazkur hujjatga asosan davlat
yoki hujjatda kozda tutilgan mamuriy-hududiy tuzilma (mahalliy
budjet) moliyalashtiruvchi hisoblansa, ishni bajaruvchi mablagni
35
qabul qiluvchi hisoblanadi. Shuningdek, bunday majburiyat
monopoliyaga qarshi kurashuvchi organ tomonidan chiqarilgan
hujjat asosida ham kelib chiqishi mumkin. Bunga asosan korxona
ishlab chiqarishni hujjatda kozda tutilgan tarzda tashkil qilishga
masul boladi va hokazo.
Davlat idoralari va mansabdor shaxslar ozlarining qonun
hujjatlarida belgilab qoyilgan vakolatlariga muvofiq tarzdagina
korxonaga korsatma berishlari mumkin.
Davlat idoralari yoki ozga idoralar oz vakolatlariga kirmaydigan
yoki boshqa shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlariga xilof
hujjatlarni qabul qilgan taqdirda korxona bunday hujjatni haqiqiy
emas, deb topishni talab qilib, ariza bilan sudga murojaat etishga
haqlidir.
Korxona huquqini buzgan davlat idorasi yoki ularning mansab-
dor shaxslari korsatmalarini bajarish natijasida, shuningdek,
bunday idoralar yoki ularning mansabdor shaxslari korxonaga
nisbatan qonunda kozda tutilgan majburiyatlarni tegishlicha
amalga oshirmaganliklari oqibatida korxonaga yetkazilgan zararni
tolaydilar. Zararni tolash togrisidagi nizolarni sud yoki xojalik
sudi oz vakolatlariga muvofiq hal qiladi.
Ichki xojalik majburiyatlari bevosita ishlab chiqarish doirasida
vujudga keladi. Ular korxonalar va boshqa xojalik organlari ichida
paydo boladi. Korxonaning ichki bolinmalari va tuzilmalari bunday
munosabatlarning ishtirokchilari hisoblanadilar. Ular ozaro va
xojalik organi bilan birgalikda xojalik faoliyatini yuritish va uni
boshqarish jarayonida ichki xojalik munosabatlariga kirishadilar.
Xojalik organi ichida ham gorizontal, ham vertikal munosabatlar
vujudga keladi. Xojalik organi oz tarkibiy bolinmalarining
faoliyatini u yoki bu tarzda muvofiqlashtirib turish maqsadida turli
hujjatlarni qabul qilishi mumkinligini nazarda tutmoq lozim.
Nazorat savollari
1. Xojalik huquqiy munosabatga tushuncha bering.
2. Xojalik huquqiy munosabatning qanday turlari mavjud?
3. Xojalik huquqiy munosabatlar qanday asoslar boyicha vujudga
kelishi mumkin?
?
36
III bob.
XOJALIK (TADBIRKORLIK) HUQUQI
SUBYEKTLARI
Xojalik (tadbirkorlik) huquqi subyektlari tushunchasi va belgilari,
uning tasnifi. Xojalik (tadbirkorlik) huquqi subyektlarining tashkil
qilinishi va tugatilishi. Xojalik (tadbirkorlik) subyektlarini davlat
royxatidan otkazish tartibi. Xojalik (tadbirkorlik) huquqi subyektla-
rining turlari.
Xojalik (tadbirkorlik) huquqining subyektlari, bu xojalik
(tadbirkorlik) faoliyatini amalga oshirishga vakolatli bolgan
shaxslardir. Xojalik (tadbirkorlik) faoliyati subyektlari tushunchasi
va maqomini aniqlash uchun «huquq subyekti» va «fuqarolik huquqi
subyekti» tushunchalarining mohiyatini chuqur anglab olish lozim
boladi. Huquq subyekti keng huquqiy kategoriya hisoblanib, uning
tarkibiga amaldagi qonun hujjatlariga binoan huquq va majburiyatlarga
ega bolgan ijtimoiy munosabatlarning barcha ishtirokchilari kiradi.
Oz navbatida, har bir huquq tarmogining oz subyektlari (davlat
huquqida saylovchilar va saylanuvchilar, mehnat huquqida
ish beruvchi va xodim, moliya huquqida soliq tolovchi va soliq
organi, jinoyat protsessual huquqida surishtiruvchi, tergovchi,
gumondor, ayblanuvchi, sudlanuvchi, mahkum va hokazo)
bolganidek, xojalik huquqining ham oz subyektlari bor.
Fuqarolik huquqining barcha subyektlari fuqarolik huquqi fanida
yagona «shaxslar» degan umumiy nom bilan ifodalanadi.
1
«Shaxslar» ham, oz navbatida, uch guruhga bolinadi:
birinchisi fuqarolar (jismoniy shaxslar) bolib, u oz ichiga
Ozbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa davlatlarning
fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi bolmagan shaxslarni oladi;
ikkinchisi yuridik shaxslar bolib, u oz ichiga foyda olishni oz
faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan (tijoratchi tashkilot) yoki
1
Ozbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 2-bolimi ham «shaxslar»
deb yuritiladi va u oz ichiga fuqarolar (jismoniy shaxslar), yuridik shaxslar va
davlatni fuqarolik huquqiy munosabat ishtirokchisi sifatida mustahkamlaydi.
Xojalik (tadbirkorlik) huquqi subyektlari
tushunchasi
37
foyda olishni ana shunday maqsad qilib olmagan tashkilot (tijoratchi
bolmagan tashkilot) larni oladi va bunday tashkilotlar Ozbekiston
Respublikasi, chet el yoki aralash (qoshma) korxonalar shaklida
bolishi mumkin;
uchinchisi davlat bolib, u alohida subyekt sifatida bevosita oz
nomidan, shuningdek, uning nomidan mamuriy-hududiy tuzil-
malar yoki davlat organlari ishtirok etishlari mumkin.
Jismoniy va yuridik shaxslar fuqarolik huquqiy munosabatlarda
tadbirkor sifatida, shuningdek, bunday maqomga ega bolmasdan
ham ishtirok etishlari mumkin. Shuning uchun fuqarolik huquqi
subyektlari bir vaqtning ozida ham xojalik huquqi, ham tadbirkorlik
huquqi subyektlari hisoblanishi mumkin, ammo xojalik va tadbir-
korlik huquqi subyektlari bir-biridan farq qiladi. Farq shundaki,
tadbirkorlik huquqiy munosabatlarda subyekt har doim tavakkal
qilib, oz javobgarligini zimmasiga olib, foyda olishni maqsad qilgan
holda faoliyat yuritadi, xojalik huquqi subyektlari esa xojalik yuritish,
xojalikni boshqarish bilan bogliq va iqtisodiyotning davlat
boshqaruvi sohasidagi munosabatlarini tartibga soladi.
Ozbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgunga qadar xojalik
huquqining subyekti bolib faqatgina sotsialistik tashkilotlar va
ularning bolinmalarigina bolishi mumkin edi, ammo fuqarolarning
xususiy xojalik faoliyat yuritishlari man qilingan edi.
Ozbekiston Prezidenti I.Karimov Ikkinchi chaqiriq Ozbekis-
ton Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi maruzasida
«Biz kichik, orta va xususiy tadbirkorlikning yangi ichki mahsulot
ishlab chiqarishda nafaqat hal qiluvchi mavqe egallashi, ayni vaqtda,
uning aholi farovonligi va daromadlarini orttirishda, ishsizlik
muammosini yechishda ham muhim omilga aylantirishga erishmogi-
miz lozim»,
1
deb takidlagan edi. Haqiqatan, amaldagi qonun hujjat-
lariga muvofiq holda xususiy sektorning rivojlanishiga keng yol ochib
berilmoqda, buning natijasida esa xojalik faoliyatida tadbirkorlik keng
qanot yoymoqda. Bu esa, oz navbatida, fuqarolarning xojalik
munosabatlarining subyektlari, deb tan olinishiga olib keldi, ammo
bu har qanday fuqaro ham xojalik huquqining subyekti bolishi
mumkin, degan soz emas, balki bu yerda gap faqat xojalik faoliyatini
amalga oshiruvchi tadbirkor-fuqarolar ustidagina bormoqda.
1
«Xalq sozi», 2000-yil 25-yanvar.
38
Yuqoridagilardan kelib chiqib, xojalik huquqining subyektiga
quyidagicha tushuncha berish mumkin. Xojalik huquqining subyekti,
bu xojalik (tadbirkorlik) faoliyatini amalga oshiruvchi, ozining
mulkiga, xojalik huquq va majburiyatlariga ega bolgan, oz faoliyati
yuzasidan mustaqil davogar va javobgar bola oladigan va ozining
huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qila oladigan
(yuridik shaxs maqomini olgan) turli mulk shakllariga mansub
korxonalar va ularning tuzilmalari hamda yakka tadbirkor maqomiga
ega bolgan fuqarolar hisoblanadi.
Xojalik huquqining subyektlari tushunchasidan bunday huquq-
ning oziga xos belgilarini ajratib korsatish mumkin.
Xojalik huquqi subyektining eng asosiy belgisi, bu uning oz
mol-mulkiga ega bolishidir. Oz mol-mulkiga ega bolishning
huquqiy shakli mulk huquqidir.
Bazi xojalik yurituvchi subyektlar (masalan, unitar korxo-
nalar, davlat korxonalari) oz mol-mulkiga ega bolmasdan ashyoviy
huquq asosida (xojalik yuritish, operativ boshqarish huquqi) oziga
biriktirib qoyilgan mol-mulkka ega bolishlari mumkin.
Mulk huquqi uning sohibiga tadbirkorlik faoliyati bilan shugul-
lanish, shuningdek, tashkil etilgan korxonaga rahbarlik qilish, ularning
faoliyatini amalga oshirish shartlarini aniqlash imkoniyatini beradi.
Mulkdor bolishlik, mulkdorning shu mulkka nisbatan huquq-
lari shakliga ham kop jihatdan bogliq, xususan, xojalik yuritish
huquqi, operativ boshqarish, ijara huquqi, ichki xojalik yuritishga
egalik huquqi paydo bolmasdan turib, xojalik huquqi subyektining
vujudga kelishi va taraqqiy etishi mushkul. Shaxs mulkiy baza bolgan
taqdirdagina subyekt tashkil etishga intilib, iqtisodiy manfaatdor-
likka erishishga harakat qiladi va rivojlanadi.
Foyda korish maqsadida, tavakkal qilib tovar ishlab chiqarish
(ish bajarish, xizmat korsatish) bilan shugullanish ixtisoslashgan
faoliyatga aylangan taqdirdagina bunday faoliyatning ishtirok-
chilarini tadbirkorlar, deb hisoblash mumkin. Agar, fuqaro bunday
harakatlarni alohida hollardagina (vaqt-vaqti bilan) foyda korishni
oz oldiga maqsad qilib qoymay amalga oshirgan taqdirda, masalan,
ozidagi ortiqcha qishloq xojalik mahsulotlarini yoki keraksiz
bolgan boshqa ashyolarni sotishi yoki ishlarni bajarib berish uchun
shartlashib va u bajarilganligi uchun haq olinadigan bolsa, bunday
faoliyatni tadbirkorlik faoliyati deb bolmaydi, chunki bu kabi
39
munosabatlar fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga solinadi.
Shuningdek, bank muassasalariga foiz olish maqsadida jamgarma
qoygan fuqarolar, qimmatli qogozlar sotib olgan shaxslar ham
tadbirkorlar hisoblanmaydi.
Ozbekiston Respublikasining 2000-yil 25-maydagi «Òadbir-
korlik faoliyati erkinligining kafolatlari togrisida»gi Qonunining
1
4-moddasiga kora, tadbirkorlik faoliyati subyektlari belgilangan
tartibda davlat royxatidan otgan hamda tadbirkorlik faoliyatini
amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari (qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan hollardan tashqari), ularning mansabdor shaxslari,
shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanishi qonun
hujjatlarida man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyatining
subyektlari bolishi mumkin emas.
Ozbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xojalik sudining
2000-yil 28-apreldagi «Òadbirkorlik faoliyati bilan bogliq qonun-
chilikni qollash sud amaliyoti togrisida»gi 2-sonli qaroriga kora,
yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar, shu jumladan,
chet el fuqarolari yoki yuridik shaxslari, shuningdek, fuqaroligi
bolmagan shaxslar tadbirkorlik faoliyati subyektlaridir. Òadbirkor
yuridik shaxsni tashkil etgan holda yoki tashkil etmasdan ham
tadbirkorlik faoliyati bilan doimiy asosda shugullanuvchi jismoniy
shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor)dir.
2
Xojalik huquqi subyektlarining asosiy belgisi ularning davlat
royxatidan otgan bolishligi hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
hollarda muayyan faoliyat turlari bilan shugullanishlari uchun albatta
ruxsatnoma (litsenziya)ga ega bolishlari lozimligi talab etiladi.
Xojalik huquqi subyektlarini yana bir belgisi bilan boshqa
subyektlardan ajratish mumkin. Bu ularning xojalik huquq va
majburiyatlariga ega bolishligidir. Bunday huquq va majburiyat-
larning doirasi Ozbekiston Respublikasi qonunlari bilan hamda
ularga muvofiq qabul qilingan mazkur xojalik yurituvchi subyekt-
larining tasis hujjatlari bilan aniqlanadi.
Xojalik huquqi subyektlarining navbatdagi belgisi shuki, ular
oz faoliyatlari uchun mustaqil javobgar hisoblanadilar. Javobgarlik
uning oz mol-mulki doirasida amalga oshiriladi.
1
«Xalq sozi», 2000-yil 15-iyun.
2
Ozbekiston Respublikasi Oliy sudi va Ozbekiston Respublikasi Oliy
xojalik sudi Plenumi Qarorlarining toplami. Nukus. «Bilim». 2000. 237-b.
40
Xojalik huquqi subyektlari oz faoliyatlariga ozlariga tegishli
mol-mulk doirasida javobgar bolishlari bilan birga, ozlarining
buzilgan huquqlarini va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish
imkoniyatiga ega ekanliklari togrisidagi qoidalar qonun hujjatlarida
mustahkamlangan.
Xojalik huquqi subyektlarining turlari
Xojalik huquqi subyektlarini bir necha turlarga ajratish mumkin.
Subyektlarni turkumlash ularning mulkchilik shakliga, vakolat-
lariga, faoliyat turiga qarab belgilanadi.
Xojalik huquqining subyektlaridan biri xususiy korxonalardir.
Xususiy korxona qonunda belgilangan tartibda royxatdan otkazilgan
kundan boshlab yuridik shaxs huquqini oladi.
Jamoa korxonasi, shirkat, oila, mahalla, shuningdek, koopera-
tivlar, ijara korxonalari, aksiyadorlik jamiyatlari, diniy tashkilotlar,
Mulk shakllarining xilma-xilligiga kora xojalik huquqi
subyektlarining turlari
fuqarolarning xususiy mulkiga
asoslangan xojalik yurituvchi
subyektlar
davlat mulkiga asoslangan
xojalik yurituvchi subyektlar
tola yoki ulush qoshib
ishtirok etishga asoslangan
(qoshma korxonalar) xojalik
yurituvchi subyektlar
mulkchilikning aralash
shakliga asoslangan xojalik
yurituvchi subyektlar
Jamoa mulki korinishidagi xususiy mulkka
asoslangan xojalik yurituvchi subyektlar
(jamoa, oila, mahalla, ishlab chiqarish
kooperativlari, aksiyadorlik jamiyatlari,
masuliyati cheklangan jamiyatlar, shirkatlar)
41
xojalik jamiyatlari va uyushmalar hamda yuridik shaxs maqomiga
ega bolgan boshqa birlashmalar xojalik huquqi subyektlaridir.
Oila xojalik huquqi subyekti sifatida shu oila azolarining
birgalikdagi ehtiyojlarini qondirish, uy-rozgor va yordamchi
xojalik yuritish hamda daromad olish maqsadidagi qonun ruxsat
bergan faoliyat uchun zarur bolgan ishlab chiqarish vositalari,
istemol buyumlari va yaratilgan mahsulotlarga ega boladi. Oilaviy
mulk oz subyektlarining har biriga aynan tegishli bolgan shaxsiy
va xususiy mulkdan iborat bolishi mumkin.
Mahallada istiqomat qiluvchi aholi mahalla mulkining
subyektidir. Ozi saylab qoygan organlar mahalla mulkini tola
xojalik yuritish asosida egallaydi va tasarruf etadi.
Xojalik huquqining subyekti sifatida kooperativ xojalikni
birgalikda yuritish yoki boshqa faoliyat bilan shugullanish uchun
azolik asosida ixtiyoriy birlashgan fuqarolarning birgalikdagi mulkiga
ega boladi.
Jamoa korxonasining mulki mehnat jamoasining ijaraga olingan
mol-mulki, sotib olingan yoki qonunda kozda tutilgan boshqa
usullar bilan mol-mulk qolga kiritilgan taqdirda vujudga keladi.
Xojalik jamiyati va shirkatning mulki bu yuridik shaxs
hisoblangan xojalik jamiyatlari va shirkatlarning asosiy va oborot
fondlari, pul mablaglari, qimmatli qogozlar, shuningdek, boshqa
mol-mulkdan hosil bolishi mumkin.
Xojalik huquqining subyekti sifatida jamoat birlashmalari
siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, shu jumladan, kasaba
uyushmalari, xotin-qizlar, veteranlar, yoshlar tashkiloti, kongilli
jamiyatlar va boshqalar hisoblanadi.
Jamoat birlashmalari mulkida, shu birlashmalar mablaglari
hisobidan ularning ustavlarida korsatilgan maqsadlarga muvofiq
vujudga keltiradigan korxonalar ham bolishi mumkin.
Diniy tashkilotlar xojalik huquqi subyekti sifatida binolar, diniy
buyumlar, ishlab chiqarish ijtimoiy va hayriya ahamiyatiga ega
bolgan obyektlar, diniy tashkilotlarning faoliyatini taminlash
uchun zarur bolgan pul mablaglari va boshqa mol-mulklarga ega
bolishi mumkin.
Malumki, Ozbekiston Respublikasining davlat mulki tarkibiga
respublika mulki, mamuriy-hududiy tuzilmalarining mulki, yani
42
munitsiðal mulk kiradi. Respublika mulkining obyektlari bolib yer,
yerosti boyliklari, ichki suvlar, respublika hududi doirasidagi havo
havzasi, osimliklar va hayvonot dunyosi, hokimiyat va davlat
idoralarining mol-mulki, madaniy va tarixiy boyliklari, budjet
mablaglari, respublika va davlat ahamiyatidagi banklar, sugurta,
rezerv fondlari va boshqalar kiradi.
Xalq respublika mulkining subyekti hisoblanib, mulk huquqini
xalq nomidan Oliy Majlis va mahalliy hokimiyat organlari amalga
oshiradilar.
Davlat mulki bolgan va davlat korxonasiga biriktirib qoyilgan
mol-mulk xojalik yuritish huquqi asosida korxonaga tegishlidir.
Korxona oz mol-mulki bilan tola xojalik yuritish huquqini amalga
oshirar ekan, mazkur mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va
tasarruf etadi, unga nisbatan oz xohishi bilan qonunga zid
kelmaydigan har qanday harakatlarni amalga oshiradi.
Davlat mol-mulkini boshqarish vakolati berilgan davlat idoralari
har xil korxonalarni tashkil etish, uning faoliyat maqsadlarini
aniqlash, qayta tuzish va tugatish masalalarini hal etadilar.
Xojalik huquqining subyekti sifatida xorijiy mamlakatlar
fuqarolari va yuridik shaxslar ishtirokidagi qoshma korxonalar ham
faoliyat yuritadilar.
Xojalik huquqining subyekti sifatida xorijiy mamlakatlar
fuqarolari Ozbekiston Respublikasi «Mulkchilik togrisida»gi
Qonunining 34-moddasiga kora Ozbekiston Respublikasi fuqarolar
mulkiga taalluqli qoidalari Ozbekiston Respublikasidagi xorijiy
fuqarolarning mulkiga ham tegishlidir.
Qoshma korxonalar yuridik shaxs sifatida chet ellik investorning
Ozbekiston Respublikasida faoliyat korsatib turgan korxonada
ulush qoshish yoli bilan barpo etiladi.
Qoshma korxona barpo etish togrisidagi qarorni chet ellik
Do'stlaringiz bilan baham: |