Trafik - Internet aloqa kanallari orqali uzatilgan ma’lumotlar oqimi hajmi.
DNS server. DNS (Domain Name Servise - domen nomlar xizmati) - IP manzillar va kompyuterlar domen nomlarini aniqlovchi server. IP manzil va kompyuterlarning domen ko‘rinishidagi nomlari bilan ishlashni tashkil qilish uchun dastur joylashtirilgan kompyuterining IP manzili ko‘rsatiladi. U yoki bu serverning vaqtincha ishlamay qolishini yoki ular bilan bog‘lanish qiyin bo‘lishini nazarda tutib, (sabablar turli bo‘lishi mumkin) bir qancha DNS serverlarini ko‘rsatish mumkin.
Proxy. Internetda ba’zi bir ma’lumotlarga ko‘pchilik murojaat qilgani uchun bu ma’lumotlarga oid serverga ulanish (navbat katta bo‘lgani uchun) sekin bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ko‘pchilik murojaat qiladigan serverlar nusxalari boshqa serverlarda ham saqlanadi. Bunday serverlar Proxy serverlar deyiladi. Proxy serverdan foydalanish imkoniyati odatda dasturlarni o‘rnatishda e’tiborga olinishi zarur. Hozirda ko‘p Internet ma’lumotlarini ko‘rish uchun MS Internet Explorerdan foydalanganda, unda Proxy dasturi orqali foydalanish nazarda tutiladi.
Mirror serverlar. Ko‘pchilikni qiziqtiruvchi serverlar, odatda, boshqa mamlakatlar serverlariga ham joylashtiriladi. Bu esa mamlakatlarga yuboriladigan so‘roqlarning hajmini kamaytirishga va tegishli ma’lumotlarni (Internet sahifalarini) tez topishga imkon tug‘diradi. Odatda, Mirror serverining borligi home page (uy sahifalarida)da o‘z aksini topgan bo‘ladi va unga qarab qaysi server bilan ishlash qulayligi (tezligi) aniqlanadi va u tanlanadi.Yuqori tezlikka ega bo‘lgan uzatish kanallari. Internetning muhim ko‘rsatkichlaridan biri u orqali istalgan hajmdagi ma’lumotlarni tez uzatishdir. Shuning uchun Internet telefon orqali ishlaydi. Internet ajratilgan ijaraga olingan telefon yo‘llari orqali o‘rnatilgan bo‘lsa, unda ishlash tezligi yuqori bo‘ladi. Hozirgi kunda turli tezliklar bilan ishlovchi Tl, T2, T3 tez ishlovchi yuqori tezlikli kanallar sistemasi mavjud. Xususan ular quyidagi tezliklarda ma’lumotlarni uzatishi mumkin:
Tl aloqa kanali 1,5 Mbayt/s
T2 aloqa kanali 15 Mbayt/s
T3 aloqa kanali 45 Mbayt/s
T3 juda yuqori tezlikka ega bo‘lib, Amerika Internet magistrallarida ishlatiladi. Internetda ma’lumotlarni uzatish uchun katta tezlikka ega bo‘lgan X.25 va ISDN (Integreted Services Digital Network-xizmatlarni integratsiyalovchi raqamli tarmoq) kanallari hozirda keng qo‘llanmoqda. Ularning ishlatilishi natijasida turli mamlakatlarda telekonferensiyalarni tashkil qilish va foydalanuvchilarni qiziqtiruvchi mavzular bo‘yicha muhokama qilish, shu bilan birga shu maqsadlar uchun xizmat safarlariga jo‘natishdan holi bo‘lish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bundan foydalanish uchun kompyuter orqali uzoqlashgan kompyuter bilan ishlash imkoniyatini beruvchi qo‘shimcha raqamli adapter va ko‘prik o‘rnatiladi. Uning hisobiga kompyuterlararo ma’lumot almashish modem orqali ma’lumot almashishga qaraganda bir necha bor tez bo‘ladi.