Nazorat savollari
Kompyuter o‘yinlarining bola hayotiga ijobiy ta’siri nimalardan iborat?
Qanday o‘yinlar yosh bolalarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi?
Bola kompyuter o‘yinlariga berilib ketmasligi ucun nimalarga e’tibor berish lozim?
«Развивайка для дошкольят» o‘yinining ahamiyatini ayting?
«Самолётик джей» o‘yinining ahamiyatini ayting?
Adabiyotlar
R.R.Boqiyev, R.Yu. Mehmonov, D.K.Husnitdinova «Bolalar bog‘chasida kompyutеr savodxonligi» O‘quv qo‘llanma Toshkent - 2010.
R.R.Boqiyev, R.Yu. Mehmonov, D.K.Husnitdinova «Kompyuter o‘rgatish metodikasi» O‘quv qo‘llanma Toshkent - 2012.
12-mavzu: Internet va uning xizmatlari haqida tushuncha
Reja:
Internet va uning xizmatlari haqida tushuncha.
Internet Explorer dasturi bilan tanishish.
Tayanch iboralar: Internet, E-mail, Chat, World Wide Web, USENET, domen, server.
Internet va uning xizmatlari haqida tushuncha.
Hozirgi kunda axborot tarmog‘idan foydalanish an’anaviy tus olgan. Bugungi kunda milliy axborot tizimini shakllantirish jarayonida internet va boshqa global axborot tizimlaridan keng foydalanish, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Darhaqiqat, kundalik turmushda bilish zarur bo‘lgan axborotlarning ko‘pligi, ularni topish, olish va foydalanishni rejalashtirishni talab qiladi, ya’ni, qanday turdagi axborotlarni gazeta, jurnal, televideniye yoki radiodan va qanday axborotlarni boshqa manbalardan, masalan, internet yoki E - maildan olishimiz mumkinligini belgilab olishimiz mumkin.
Axborot olami taraqqiyotida keskin o‘zgarishlar ro‘y beradi va yangi axborot texnologiyalari yuzaga keldi. Internet haqida, uning imkoniyatlari va elektron pochta haqida oxirgi paytlarda ko‘p gapirilmoqda. «Kompyuter» va «internet» atamalari kundalik ommabop atamalarga aylanmoqda. Internet quyidagi imkoniyatlari bilan afzaldir, bu - informatsiyaga ega bo‘lish, yangiliklar bilan tanishish, bilimga ega bo‘lish, o‘qish, ilg‘or texnologiyalar va tajribalar bilan tanishish, ish munosabatlarini tezda hal qilish, sherik va buyurtmachilarni nazorat qilish, iste’molchining talabi va muammolarini bilish, mahsulot bahosini control qilish imkoniyatlaridir. Demak, internet bu yangiliklar bilan muntazam ravishda tanishish, hamkorlik va harakatlarning birlashuvi, zamonaviy fikrlar almashish, ta’lim olish, tadbirkorlik usulidir. Shunday qilib, internet yordamida ma’lumotlarni uzatish, qabul qilish, boshqarish va tasvirlash mumkin. U tijoratning klassik usullari qo‘llanishini va ishni tezda yuritilishini ta’minlaydi, butun dunyo intellektual boyligiga va ayniqsa, ilg‘or texnologiya va tajribalarga yo‘l ochadi, odamlar va xalqlar orasida aloqa o‘rnatadi.
Global kompyuter tarmog‘i - Internet tarmog‘i Internet bu o‘zi nima? Internet - bu butun jahon kompyuter tarmoqlari majmuidir.
Internetdan asosan 7 yo‘nalishda foydalaniladi:
1) E-mail - elektron aloqa (pochta).
2) Chat - interfaol suhbatlar (IRC tarmoq yoki E-mail).
3) Ma’lumotlarni WWW (World Wide Web) yoki GOPHER yordamida izlash.
4) Ma’lumotlar bilan almashish USENET.
5) Dasturlarni uzoqdan boshqarish.
6) Interfaol o‘yinlar.
Ma’lumotlar ichida harakatlanish uchun bizga gippermatn aloqalar yordam beradi. Gippermatn bu matnni gipperko‘rsatmalar yordamida tushuntirishdir. Ya’ni matndagi biror so‘z yoki atamani izohlashda boshqa matn yoki sahifadan foydalanish. Har bir internet sahifasi o‘z tarmoq adresiga ega va AQShning Virdjiniya shtatida shu adreslar takrorlanmasligi uchun maxsus kompaniya mavjud. Bu URL (Universal Resorce Locators) adresi. URL adresi gipperdokumentning nomi va joylanish katalogi, serveri, domeni va server turini ko‘rsatadi. URL adresi bir necha qismdan iborat. Har bir qismi nuqta bilan ajratiladi va domen deb ataladi. Eng so‘nggi qismi - yuqori domen deb nomlanadi va asosan mamlakatni ko‘rsatadi. U ikki harfdan iborat bo‘ladi:
Uz - O‘zbekiston
Us - AQSh
Ua - Ukraina
Uk - Buyuk Britaniya
Ru - Rossiya
Au - Avstraliya
Kr - Koreya
Jp - Yaponiya
Cn - Xitoy
Br - Braziliya
De - Germaniya
It - Italiya
Lekin domen mamlakatni ko‘rsatmasligi ham mumkin va u uchta harfdan iborat bo‘lib, quyidagicha bo‘lishi mumkin:
Com - kompaniya yoki firma,
Net - tarmoq sistemalari,
Org - nodavlat korxona,
Int - jahonaro korxona,
Edu - ta’lim muassasa
Do'stlaringiz bilan baham: |