O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
NAVOIY VILOYAT O‘RTA MAXSUS KASB – HUNAR TA’LIMI BOSHQARMASI
Navoiy pedagogika va xizmat-ko‘rsatish kolleji
«Aniq fanlar»kafedrasi
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING BOSHLANG‘ICH KOMPYUTER SAVODXONLIGI
FANIDAN
MA’RUZALAR MATNI
(III – kurslar uchun)
Navoiy-2017 yil
Ushbu ma’ruza matni o‘rta maktab o‘quvchilari, kollej o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan.
Ma’ruza matnida «Maktabgacha yoshdagi bolalarning boshlang‘ich kompyuter savodxonligi» fanining kompyuter qurilmalari, didaktik o‘yinlar, kompyuter grafikasi, PHOTOSHOP dasturida ishlash, internet bilan ishlash bo‘limlarining mavzulari yoritib berilgan. Har bir mavzu uchun tayanch iboralar va talaba o‘zini tekshiruvi uchun nazorat savollari berilgan.
Tuzuvchi(lar): M. Qurbonova Navoiy pedagogika va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji informatika fanidan oliy ma’lumotli o‘qituvchisi.
Taqrizchilar(lar): F. D. Xodjaboyev - Navoiy davlat pedagogika instituti
«Informatika va o‘qitish metodikasi» kafedrasi o‘qituvchisi:
Z. Xojiyeva- Navoiy pedagogika va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji informatika fani katta o‘qituvchisi.
Ma’ruza matni Navoiy pedagogika va xizmat-ko‘rsatish kollejining «Aniq fanlar» kafedrasi 2017 yil «________» dagi ___ sonli yig‘ilishida ko‘rib chiqildi va tasdiqlash uchun tavsiya etildi.
Mazkur ma’ruza matni Navoiy pedagogika va xizmat-ko‘rsatish kollejining 2017 yil «________» dagi _____ sonli uslubiy kengashida ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi.
Kirish
Hozirgi zamonda biror-bir sohada ishni boshlash va uni boshqarishni kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. XXI asr savodxon kishisi bo‘lish, axborot texnologiyalarini puxta egallamoq lozim. Har bir mutaxassis, u qaysi sohada ishlashidan qat’iy nazar, o‘z vazifasini zamon talabi darajasida bajarishi uchun axborotga ishlov beruvchi vositalarni, ularni ishlatish uslubiyotini bilishi va ularda ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi zarur. Shu sababli bugungi kunda mustaqil Respublikamizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohatlarning mazmun-mohiyati, maqsadi va vazifalari aniq belgilab olingan. Jumladan, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da «Kadrlar tayyorlash tizim va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarining zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish nazarda tutiladi» deb belgilab qo‘yilgan.
Ta’lim tizimi butunlay yangi kasb etayotgan hozirgi davrda har bir fanning mazmunini qayta tahlildan o‘tkazish ta’lim bosqichlari bo‘yicha uning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash asosida tubdan isloh qilish va hayot bilan bog‘lash nuqtai nazaridan yondashuv zarur bo‘ladi.
Ushbu matn ma’ruzada kompyuterning ish usuli, ShKning asosiy va tashqi qurilmalari, axborot saqlovchi qurilmalar va internet bilan ishlash mavzulari keng yoritib berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |