Internetda saqlanadigan fayllar turlari Internetda ishlash jarayonida turli ko‘rinishdagi fayllar bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Olinadigan dastur, hujjatlarda ular qanday ko‘rinishda va qaysi tahrirlovchilar yordamida yozilganini bilish ma’lumotlarni tez tahlil qilishda foydalidir. Shuning uchun Internetda ishlatiladigan turli fayllar turi (kengaytmasi) ro‘yxatini keltiramiz:
Shunday fayllarni o‘qish uchun mos dastur ta’minotidan foydalanish lozimligini eslatamiz. Jumladan, arxiv fayllarni o‘qish uchun, avvalo ular raxarxivatsiya (boshlang‘ich holiga) qilinishi kerak.
URL (Uniform Resource Locator - Resurslarni ko‘rsatuvchi manzil). URL (qisqacha yuel) Internet manzili va unga kirish usulini (Ftp, http, telnet va boshqalar) ko‘rsatuvchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ma’lumot URLini bilish bu ma’lumot to‘g‘risida to‘la informatsiya olishni bildiradi. Masalan. http://www.ams.org Bunda http orqali AQSh Amerika matematika jamiyatida mavjud ma’lumotlarga www(http) orqali kirishni anglatadi.
Internet manzillari. Internet yoki har qanday boshqa TCP/IP li tarmoqlarga ulangan har bir kompyuter bir-birini «tushunadigan» bo‘lishi kerak. Ushbu holat bo‘lmasa, tarmoq xabarlarni sizning kompyuteringizda qanday yuborishni bilmaydi.
Agar bir va bir nechta kompyuterda bir xil identifikator bo‘lsa, tarmoq xabarni yubora olmaydi. Internetda kompyuter tarmoqlari (KT) Internet manzili yoki aniqrog‘i IP-manzilini belgilash bilan aniqlanadi. IP manzili 32 bit uzunlikda va har biri 8 bitdan iborat to‘rt qismdan tashkil topgan va har bir qismi 0 dan 255 gacha bo‘lgan qiymatlarni qabul qiladi. Qismlar bir-biridan nuqta orqali ajratiladi. Masalan, 232.25.234.456 yoki 147. 120. 3. 28 lar IP da ikkita har xil manzilni belgilaydi. Internet tarmoq manzili haqida gap ketganda, odatda, IP manzili tushuniladi. Agar IP - manzilida barcha 32 bit ham foydalanilsa, u holda to‘rt milliarddan ko‘p mumkin bo‘lgan manzillar paydo bo‘lar edi. Lekin ba’zi bir manzillar birlashmalarning maxsus maqsadlari uchun zaxiraga olib qo‘yiladi. IP manzili ikki qismdan iborat bo‘ladi: tarmoq manzili va uning host manzili. IP manzilning ushbu tuzilishiga asosan har xil tarmoqlardagi kompyuter nomerlari bir xil bo‘ladi. Shuni aytish joizki, manzillarni sonli belgilash kompyuter uchun tushunarli bo‘lsada, foydalanuvchi uchun aniq ma’lumotni bermaydi. Shuning uchun ham kundalik hayotda, odatda, adreslashning domen usuli foydalaniladi. Host kompyuterlar Internetning server xizmatini bajaruvchi kompyuterlardir.
Host sistema (kompyuter) Internet bilan bog‘langan aloqa xabarlarini oluvchi va uni mos aloqa bo‘limlariga jo‘natuvchi kompyuterdir. Ko‘p hollarda host kompyuter lokal tarmog‘idagi oddiy kompyuterga o‘xshagan bir kompyuterdir. Umumiy holda u Internet provayderi vazifasini bajaruvchi tashkilot modemi orqali ulangan kompyuterdir. Host kompyuterlarni nomlash oddiydir. Misol uchun maripov@tash-su.silk.org elektron pochta adresida silk.org tarmog‘iga mansub domen bo‘lsa, tashsu esa elektron pochta host sistemasining dasturlari bajariladigan kompyuter nomidir. Domenning eng yuqori pog‘onasidagi so‘z (bizning misolimizda org) uning sinfini aniqlaydi. U xizmat turi yoki geografik joylashganiga qarab belgilanadi.
Masalan: