82
Umumiy nisbiylik nazariyasining oyoqqa turishidagi mashaqqatli ilm yo„lida
Albert Eynshteyn uchun, 1907 yil noyabrida porlagan ajoyib yo„lchi yulduz
hamroqhlik qildi. Keyinroq olim mazkur hodisani o„z hayotidagi eng omadli g„oya
bo„lgan deb baholaydi. Latifalarga ko„ra, hammasi shotidan yiqilib tushgan bo„yoqchi
tufayli boshlangan ekan. Eynshteyn yiqilib tushgan bo„yoqchi yoniga borib, uning
ahvoli bilan qiziqqanida, u yiqilish jarayonida bir qisqagina lahza bo„lib, unda
bo„yoqchi xuddi o„zini havoda muallaq turgandek his qilganini aytgan ekan. Yillar
o„tib daho olim bu haqida quyidagicha xotirlagan edi: «
Erkin tushish davomida odam
o„z vaznini his qilmaydi. Men seskanib ketdim. Bu oddiy g„oya mening qalbimda
chuqur iz qoldirdi va meni gravitatsiya nazariyasi tomon yetakladi
».
Shu tarzda odamzot uchun gravitatsiya tabatini tadqiq qilish borasidagi yangi
epizod yuzaga keldi. Avvaliga Galiley Piza minorasi ustidan yog„och va qo„rg„oshin
sharlarni tashlab ko„rdi. Keyin Nyuton va uning mashhur olmasining navbati keldi.
Vanihoyat katta sahnada Eynshteyn va bechora bo„yoqchi paydo bo„ldi.
Maktabda bizlarga gravitatsiya bu – bizni Yer sirtida tutib turuvchi ulkan kuch
ekanligi uqtirilgan. Shuningdek, fazogirlar ham, Yer sayyorasi kabi ulkan jismlardan
uzoqroqda, koinot qa‟rida erkin va muallaq turishi, ya'ni, vaznsizlikka erishishi
ta‟kidlangan. Shunga ko„ra, biz hammamiz ma‟lum ma‟noda fazogirlardirmiz. Agar
biror mo„jiza yuz berib, oyoqlarimiz ostida bir lahzada katta jarlik yuzaga kelganida
edi, biz ham samolyotdan sakragan parashyutchi his qilgan hissiyotlarni boshdan
kechirgan bo„lar edik. Bunda Yer ham, o„zaro tortishish kuchi ham aslida hech
qayoqqa yo„qolib qolmaydi. Lekin, biz vaqtincha o„z vaznimizni his qilmay qolamiz.
Qahva finjoni qo„ldan tushib ketsa, u parcha-pacha bo„lib sochilib ketadi. Agar aynan
u qo„limizdan chiqib ketgan lahzada oyoq ostimizda katta jarlik paydo bo„lganida edi,
finjon biz bilan yonma-yon tubsizlik tomon sho„ng„ib borar edi.
Berk makonda o„tirgan odam, u kosmik kapsula
ichida vakuumda muallaq
o„tiribdimi, yoki, gravitatsiya ta‟sirida biror jism ustiga qulayaptimi – buni bila
olmaydi. Agar u hamyonini olib, ko„zlari sathida qo„yib yuborsa, hamyon xuddi
havoda muallaq turgandek joyida qolaveradi.
Umuman olganda, oyoq ostida to„satdan paydo bo„luvchi jarlik, yoki, berk
makonda joylahgan odam haqidagi g„avg„olarga murojaat etish ham shartmas.
Sakraganimizdan so„ng, maksimal balandlikka erishiboq, keyin qisqa lahzalardagi
erkin tushishdan bahra olishimiz mumkin. Batutda sakrab zavqlanayotgan bolakaylar,
o„z tanalarida his etayotgan vaznsizlik holatidan mazza qiladilar. Fazogirlarni
parvozga tayyorlashda ham, NASA aynan ushbu fenomendan foydalanadi: 20
soniyalik vaznsizlikni ta‟minlab
berish uchun, KS-135 reaktiv samolyoti avvaliga
yuqoriga parvoz qiladi va ketakli balandlikka erishgach, pastga sho„ng„iydi.
84
Biroq, gravitatsiyani yengib o„tishning nojo„ya ta‟sirlari ham mavjud. Axir bekorga
KS-135 yo„lovchisi bo„lgan fazogirlar bu samalyotni «qusdilyot»
1
deb atashmaydi.
Bu esa, bizning oshqozonimiz – tezlanishning eng a‟lo detektori ekanligini isbotidir.
Eynshteyn gravitatsiyadek tashqaridan mukammal ko„rinadigan hodisaning
ko„zboylag„ich o„yinlarini ilg„ab qoldi. Gravitatsiya va tezlanishning tarafkashligi
istalgan massaga albatta yetib boradi. Lift kabinasida ekanmiz,
har birimiz uning
tezligining oshishi yoki, pasayishiga muvofiq, vaznimizning yengillashayotgani yoki,
ortayotganini his qilamiz. Galiley tajribalariga qaytib, biz Dominikni, birorta ham
lyuki bo„lmagan kema tryumiga tashlab qo„yamiz. O„z navbatida tryum ham, hech
qanday vaznga ega bo„lmagan ulkan kosmik lift ichida joylashgan deb tasavvur
qilamiz. Agar lift Dominikka o„z massasini his qila oladigan darajadagi tezlanish
bilan yuqorilasa, unda
Galileyning sodiq shogirdi, o„zini Yerdami yoki, koinotda
ekanligini aniqlay oladi.
Eynshteynning omadli g„oyasi, ko„zboylag„ichning fokusini eslatib yuboradi:
tezlanish yordamida, gravitatsiyaning ortishini ham, uning kamayishini ham
imitatsiya qilsa bo„ladi. Bunday o„ziga xos aloqadorlikni Eynshteynning o„zi
Do'stlaringiz bilan baham: