Evolyutsiya nazariyasi



Download 2,86 Mb.
bet53/74
Sana08.04.2023
Hajmi2,86 Mb.
#925708
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   74
Bog'liq
Evoluytsiya nazariyasi majmua 2022

16-semenar mashg’ulot
Mavzu: Turlar paydo bo’lishi va uning yo’nalishlari.
Mashg’ulotning ta’lim maqsadi: Talabalarga genetika fanining integrasiyasi natijasida mikroevolyutsiya haqidagi ta’limotning vujudga kelishini tushuntirish.
Mashg’ulotning tarbiyaviy maqsadi: Tur ichidagi yuz beradigan evolyutsion jarayonlarni tushuntirish orqali talabalar ilmiy dunyoqarashini kengaytirish.
Mashg’ulotning rivojlantirish maqsadi: Talabalarning evolyutsion jarayonlar haqidagi bilimlarni ijodiy fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirish.
Jihozlar: Mavzuga oid rasmlar, jadvallar, slaydlarning slaydini ekran orqali namoyon qilish.


Mashg’ulotda foydalaniladigan texnologiya:
Lokal darajada Atamalar zanjiri, Venn diagrammasi,
Klaster
Xususiy metodik Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi arra
daraja metodi
Mashg’ulotning borishi.

  1. Tashkiliy qism.

  2. O’tgan mavzuni og’zaki savollar yordamida so’rash va baholash.

  3. Yangi mavzuni o’zlashtirishga talabalar diqqatini qaratish.

Yangi mavzuning rejasi:
1.Tur tushunchasini va mohiyati
2. Tur evolyutsiyasining asosiy bosqichi
3. Yangi turlarning paydo bo’lish yo’nalishlari.
4. Politipik turlar .
5. Allopatrik yo'nalish yoki geografik alohidalanish bilan turning paydo bo'lishi.
6. Simpatrik yo'nalishdagi turning paydo bo'lishi.
Mavzu mazmuni: Tur tirik tabiatning alohida yashash formasi. Shunga ko‘ra, tur hosil bo'lishi evolyutsion nazariya uchun eng asosiy muammodir. Tur paydo bo‘lishi ma’lum vaqt ichida tabiiy tanlanish bosimi natijasida ro‘y bergan populatsiyaning adaptiv transformatsiyasidan iborat. Shunga ko‘ra, Komarov XX asming 20—30-yillarida tur hosil bo‘lishini 3 bosqichdan: 1) yangi turlar hosil bo'lishi;2) yangi turning tiklanish davri; 3) yangi turning turg‘unlik davri hamda tabiat ekonomikasida ma’lum o‘rin egallashi bosqichidan iborat, deb qayd qildi.
Mikroorganizmlar, o‘simliklar, hayvonlarda tur hosil bo‘lishida yagona reja yo‘q. Tur hosil bo‘lishi har xil tipda boradi. Hozirgacha tur hosil bo‘lishi tiplarining klassifikatsiyasi ishlab chiqilmagan. Keng tarqalgan ajdod tur arealining bo‘linishi hisobiga yangi turlar hosil bo‘ladi. Turlarning bunday hosil bo‘lishi allopatrik, ya’ni geografik (yunoncha alio — boshqa, patriya — vatan degan so'zlardan olingan) tur hosil bo‘lishi deyiladi. Keyingi holat simpatrik (grekcha sim — birga degan ma’noni bildiradi) tur hosil bo'lish deb nomlanadi. Ularning mulohazasiga ko‘ra, «shubhali» turlar yangi turlar paydo bo'lishini isbotlovchi dalil. To‘g‘ri, Darvin tur paydo bo‘lishining o‘ziga xos bosqichlarini aniqlay olmagan. Chunki u ayrim bir organizmning o ‘zgarishi bilan populatsiyaning o ‘zgarishi orasidagi farqni bilmagan. Tur hosil bo‘lishi awalo populatsiya yangilanishi, qay darajada mustaqil hayot kechirishi, rivojlanishga layoqatligi bilan belgilanadi. Allopatrik usulda tur hosil bo‘lishi masalasi yaxshi o‘rganilgan. Hozirgi vaqtda geograflk irqlarning alohidalanishi hisobiga yangi turlar hosil bo‘lishiga doir juda ko‘p ma’lumotlar to‘plangan. Odatda, keng arealga tarqalgan turlar geograflk irqlarning ma’lum darajada alohidalanishiga sababchi b o lid i. G ‘o‘za avlodi allopatrik yo‘l bilan tur hosil bo‘lishiga yorqin misoldir. Gossipium avlodining turlari mezozoy erasining bo‘r davridan boshlab bir-biridan alohidalashib, to ‘rt qit'aga tarqalgan. Shunga ko‘ra, hozirgi vaqtda ko‘p turlarning alohida tarqalish areali mavjud. Chunonchi, yowoyi G. trilobum Meksikaning shimoli-g'aroiy qismida va AQSh-ning Arizona shtatida, G. klotshianum Galapagos arxipelagining Chatem va Charlz orollarida, G. armarianum Kaliforniyaning janubida hamda San-Markos orolida tarqalgan. Simpatrik usulda tur hosil bo‘lishi. Simpatrik usulda tur hosil bo‘lishi dastlabki tur arealida yangi tur vujudga kelishida kuzatiladi. Simpatrik tur hosil bo‘lishi ma’lum jihatdan nisbiy, chunki doimiy adaptatsiya va raqobat simtur hosil bo'lishini bo‘shashtiradi, hatto bartaraf qiladi. Shunga ko‘ra, simpatrik usul tur paydo bo'lishining dastlabki bosqichlari shubha ostida olingan. XIX asrning o‘rtalaridan boshlab ko‘pgina tadqiqotchilar simpatrik tur hosil bo‘lishini inkor etganlar. Xromosomalaming soni, shakli va yirik-maydaligi har bir turda o'ziga xo& bo‘ladi. Xromosomalaming soni tabiiy tanlanishda katta ahamiyatga ega. Gaploid xromosomalarning birgalikda o‘z vazifasini o‘taydigan genlar yig'indisi genom deb ataladi. Xromosomalaming umumiy soni esa xro- mosoma to ‘plami deyiladi. Odatda, xromosomalar to'plamibir yoki bir nechta genomlarni o‘zida birlashtiradi, Har bir genom «п» harfi bilan ifodalanadi. Ko‘p hujayrali organizmlarning xromosomalar to ‘plami 2n, 3n, 4n, 5n va hokazo bo‘lishi mumkin.Hujayralar mitoz va meyoz bo‘linishining normal kechmasligi, xromosomalaming qiz hujayralarga teng miqdorda tarqalmasligiga sabab bo'ladi. Natijada hosil boigan hujayralarning birida xromosomalar soni ikkinchisiga qaraganda 1, 2, 3 ta ortiqcha yoki kam bo'lishi mumkin. Ayrim hollarda u yoki bu xromosomalar o‘zaro translokatsiyada yo‘qoladi yoki hosil bo'ladi. Ko‘p organizmlarda xromo- somalarning sentromerga yaqin qismi genetik jihatdan inert hisoblanadi. Darlington taxminiga ko‘ra, agar xromosomaning sentromerdan uzoq qismi translokatsiyada boshqa xromosomalar bilan qo‘shilib ketsa, u holda xromosomaning sentromer bilan qolgan qismi konyugatsiyalanmaydi va yo‘qolib ketadi. Bunday vaqtlarda genomda bitta xromosoma kam bo‘Isa, mazkur genomga ega organizmlar ota-ona formadan alohidalashadi. Agar shunday o‘zgarishga ega organizmlar yangi populatsiya hosil etgudek bo‘lsa, keyinchalik ham bu populatsiyada alohidalanish davom etadi.


Download 2,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish