Evolyutsiya nazariyasi



Download 2,86 Mb.
bet54/74
Sana08.04.2023
Hajmi2,86 Mb.
#925708
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   74
Bog'liq
Evoluytsiya nazariyasi majmua 2022

17-semenar mashg’ulot
Mavzu: Evolutsiyaning genetik va ekologik asoslari. Mikro va makroevolutsiya.
Mashg’ulotning ta’lim maqsadi: Talabalarga genetika fanining integrasiyasi natijasida mikroevolyutsiya haqidagi ta’limotning vujudga kelishini tushuntirish.
Mashg’ulotning tarbiyaviy maqsadi: Tur ichidagi yuz beradigan evolyutsion jarayonlarni tushuntirish orqali talabalar ilmiy dunyoqarashini kengaytirish.
Mashg’ulotning rivojlantirish maqsadi: Talabalarning evolyutsion jarayonlar haqidagi bilimlarni ijodiy fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirish.
Jihozlar: Mavzuga oid rasmlar, jadvallar, slaydlarni ekran orqali namoyon qilish.
Mashg’ulotda foydalaniladigan texnologiya:
Lokal darajada Atamalar zanjiri, Venn diagrammasi,
Klaster
Xususiy metodik Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi arra
daraja metodi
Mashg’ulotning borishi.

  1. Tashkiliy qism.

  2. O’tgan mavzuni og’zaki savollar yordamida so’rash va baholash.

  3. Yangi mavzuni o’zlashtirishga talabalar diqqatini qaratish.

Yangi mavzuning rejasi:
1.Organik dunyoda vujudga keladigan o’zgaruvchanlikning xilma-xilligi.
2.Mutasion o’zgaruvchanlik –evolyutsiya uchun material ekanligi (kelib chiqish mexanizmga ko’ra mutasiya tiplari, gen, makro, mikro, dominant, resessi, ularning ahamiyati,domina ntlik nazariyasi, evolyutsiyada strukturaviy qayta tuzilishlarning ahamiyati ).
3.Evolyutsion material sifatida mutasiyaning umumiy xossalari: ( mutasiya kelib chiqishining chastotasi, mutasiya spektori, mutasiyalarning tasodifiyligi va bir tomonga yo’nalmaganligi, tibbiy populyasiyalarda mutasiyaning uchrashi).
Mavzu mazmuni: Evolyutsion talimotda hozirgi zamon genetika va ekologiya fanining integratsiyasi natijasida yangi yo‘nalish — mikroevolyutsiya jarayonlarini o ‘rganish sohasi, ya’ni mikroevolyutsiya haqidagi taiim ot vujudga keldi. Mikroevolyutsiya deganda, populatsiya doirasida, tur ichida yuz beradigan evolyutsion jarayonlar tushuniladi. Mikroevolyutsiya to‘g‘risidagi taiimotga Xardi, Chetverikov, F. G. Dobjanskiy,
Dj. Geksli, Fisher va boshqa olimlar asos solganlar. Mikroevolutsiya haqida gapirilganda evolyutsiyaning boshlangich materiali, obyektiv, biologik omillarini farqlantirish lozim.Mikroevolyutsiya hodisalari va qonuniyatlarini tahlil qilish makroevolyutsiyani tushunishda muhim ahamiyatga ega.Turdan tashqarida ro‘y beradigan o‘zgarishlar birinchi navbatda populatsiyalar va lur ichidagi o‘zgarishlar bilan uzviy bog'liq. Odatda, tur paydo bo‘lgandan so‘ng boshlang‘ich evolyutsiya jarayonlari to‘xtamaydi, aksincha, o‘sha tezlikda davom etib, turlar orasidagi farqni ko'paytira boradi. Binobarin, mikroevolyutsion kuchlar faqat turlar ichida emas, balki turlardan tashqarida ham o'zgarish hosil etib, yangi avlodlar, oilalar, turkumlar va boshqa yuqori taksonlaming kelib chiqishi uchun asos bo‘ladi. Binobarin, makroevolyutsiya jarayonini mikroevolyutsiya nuqtayi nazaridan tahlil qilish uni tomiq tushunishga imkon beradi.Mikroevolyutsiyaga qaraganda makroevolyutsiya jarayonlari uzoq muddat talab etadi. Makroevolyutsiyani o‘rganishdagi qiyinchilik paleontologik solnoma to‘liq emasligidir. Bu ko‘p xulosalami tajriba asosida isbotlashga imkon bermaydi. Natijada u evolyutsiya dalillari va hodisalarini har xil tushuntirishga sababchi bo‘ladi. Shunga qaramay, hozirgi vaqtda ilgarigi davrlarga nisbatan makroevolyutsiyani aniqlash anchagina kengaygan. Makro va mikroevolyutsiya jarayonlari mexanizmi o'rtasida farq yo‘qligi bunga asosiy sababdir. Xulosa qilib aytganda, mikro va makroevolyutsiya yagona evolyutsiya jarayonining ikki tomonidir. Bu, makroevolyutsiyani mikroevolyutsiyaga tenglashtirish degan so‘z emas. Evolyutsiyaning makroevolyutsion darajasi har bir holatda o£ziga xos xususiyatlarga ega. Shunga qaramay, makro evolyutsiyaga mikroevolyutsiya jihatdan yondashish samarali hisoblanadi.

Download 2,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish