MAVZU: MAKTABGACHA TA’LIMDA PEDAGOGIK TIZIM VA BOSHQARUV OBYEKTI
REJA:
I. Kirish
1.Maktabgacha ta’limga bugungi kunda qo’yiladigan zamonaviy talablar.
2. Maktabgacha ta’limning ta’lim tizimida tutgan о‘rni.
3.O`zbekistonda maktabgacha ta’lim muassasalarini to’zilishi va turlari.
4. Xulosa
5. Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
Ta'lim jarayonining tuzilishi
O'qitish pedagog rahbarligida ta'lim oluvchining o'quv materiallarini rejali ravishda bilib olish jarayonidir. Bu jarayonni bilish bosqichidan iborat bo'lgan tarkibiy qismlarga (yoki bo'g'inlarga) ajratish mumkin. Ta'lim oluvchi bilmaslikdan bilish, uddasidan chiqa olmaslikdan uddalay olish, malakalar hosil qilish yo'lidan borib, bu bosqichlardan o'tishi kerak.
O'qitish jarayoni to'rtta asosiy bo'g'indan tashkil topgan:
1) o'zlashtirilishi lozim bo'lgan materialni idrok etish;
2) uni fahmlab olish, tushunchalarning hosil bo'lishi;
3) bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish, ko'nikma va mala-kalarning hosil bo'lishi;
4) hosil qilingan ko'nikma va malakalami amalda qo'llash.
Har bir bo'g'in uchun ta'lim oluvchilarning muayyan tarzdagi bilish faoliyati xarak-terlidir. Bu faoliyat pedagog tomonidan alohida rahbarlikni talab etadi.
O'rganilayotgan materialni idrok qilish. Ta'lim oluvchilarning o'rga-nilayotgan (yoki o'rganilishi lozim bo'lgan) materialni idrok qilishini tashkil etar ekan, pedagog ularning hayotiy tajribasi va tayyorgarlik dara-jasini hisobga olgan holda material to'g'risida umumiy tasawur hosil qilib, oldindan uni butunligicha tushuntiradi va ko'rsatadi.
O'rganilayotgan materialni fahmlab olish. O'rganilayotgan obyekt haqidagi umumiy tasawur asosida uni tushunishni ta'minlovchi, asta-se-kin chuqurlashib boruvchi anglash jarayoni davom etadi. O'qitishning bu bo'g'inining maqsadi ilmiy tushunchalami tarkib toptirishdir.
Bilimlarning mustahkamlanishi, ko'nikma va malakalarnining hosil bo 'lishi. O'quv materialini idrok etish va fahmlab olish jarayonida o'zlash-tirish keyinchalik uni mustahkamlash va takomillashtirishni talab etadi.
Bilim, ко 'nikma va malakalami amalda qo 'Hash. Bilim, ko'nikma va malakalami amalda qo'llash jarayoni ta'limning yakuniy mustaqilligini asta-sekin va izchillik bilan oshirib borish.
Maktabgacha ta'lim yoshida o'quv faoliyatiga doir shart-sharoitlar tarkib toptiriladi, uning alohida unsurlari shakllantiriladi. Kichik maktab yoshida mashg'ulotlar jarayonida bolalarda o'z faoliyatini tashkil etish maqsadini shakllantirish (ikki yoshdan uch yoshgacha), turli faoliyat usullarini o'zlashtirishga o'rgatish (uch yoshdan to'rt yoshgacha) zarur. To'rt yoshdan boshlab bola natijaga qarab aniq yo'nalganlikni egallaydi. Pedagog bolalarni tinglash, tushunish, topshiriqni bajarish, bir-biriga
Do'stlaringiz bilan baham: |