Ta'lim jarayoni qonuniyatlari
xalaqit bermaslikga o'rgatadi, mashg'ulotlar mazmuniga qiziqishni qo'l-lab-quvvatlaydi, faollik va intilishni rag'batlaydi.
Katta maktabgacha yosh davrida bolada quyidagi o'quv faoliyati un-surlari shakllantiriladi:
1) faoliyat turi bilan bog'liqlikda maqsadni va natijiga erishish usul-larini aniqlay olish;
2) namunaga muvofiq olinadigan natija bilan taqqoslashda namoyon bo'ladigan o'z-o'zini nazorat qila olish;
3) oraliq natijalarga erishish jarayonida joriy nazoratni amalga oshira olish;
4) natijaga erishishga yo'nalganlik bilan bog'liqlikda faoliyatni reja-lashtira olish.
Ta'lim jarayonini tashkil etish va amalga oshirishga ta'sir ko'rsatuvchi zaruriy, saba-biy, o'zgaruvchan aloqadorliklar yig'indisi ta 'Urn qonuniyatlari deb ataladi.
Ta'lim jarayonining quyidagi umumiy qonuniyatlari mavjud:
- Ta'lim maqsadi jamiyatning rivojlanish sur'ati va darajasi, jamiyat-ning talablari va imkoniyatlari hamda pedagogika fani va amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari darajasiga bog'liq.
- Ta'lim mazmuni ta'limning ijtimoiy ehtiyojlari va maqsadlari, ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot surati, bolalarning yosh imkoniyatlari, ta'lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasi, shuningdek, o'quv yurtining moddiy-texnik va iqtisodiy imkoniyatlariga bog'liq.
- Ta'lim sifati (samaradorligi) avvalgi bosqich mahsuldorligi va mazkur bosqichda erishilgan natijalar, o'rganilayotgan material xususiyati va hajmi, ta'lim oluvchilarga tashkiliy-pedagogik ta'sir ko'rsatish hamda bolalarning bilim olishga qobiliyatlari va ta'lim vaqtiga bog'liq.
- Ta'lim uslublari samaradorligi uslublarni qo'Uashda bilimlari va ko'nikmalari, ta'lim maqsadi, ta'lim mazmuni, ta'lim oluvchilarning yoshi, ta'lim olish imkoniyatlari, moddiy-texnik ta'minot hamda o'quv jarayonini tashkil etishga bog'liq.
- Ta'limni boshqarish mahsuldorligi ta'lim tizimida qayta aloqalarning intensivligi va to’zatish, ta'sir ko'rsatishlaming asoslanganliligiga bog'liq.
- Ta'limni rag'batlantirish samaradorligi ta'limning ichki rag'batlari (sabablari) hamda tashqi (ijtimoiy, iqtisodiy, pedagogik) rag'batlariga bog'liq.
Ta'lim qonuniyatlaridan kelib chiquvchi dastlabki, asos va qoidalar ta'lim tamoyillari deb ataladi. Zamonavoiy didaktikada ta'limning mazmunli va tashkiliy-uslubik tamoyillari ajratiladi. Ta'limning mazmunli tamoyillari ta'lim mazmunini tanlash bilan bog'liq bo'lgan qonuniyatlarni aks ettiradi va quyidagi muhim asoslarni o'zida ifoda etadi:
- Ta'limning ilmiylik tamoyili ta'lim mazmunini zamonaviy fan va texnika rivojlanish darajasi, jahon sivilizatsiyasi to'plagan tajribaga mos kelishini ifodalaydi. Bu tamoyil o'qitish jarayoni ta'lim oluvchilarni obyektiv ilmiy dalillar, hodisalar, qonunlar bilan tanishtirishga yo'nal-tirilgan bo'lishni talab etadi.
- Ta'limning tarbiyalovchilik tamoyili yaxlit pedagogik jarayonda ta'lim va tarbiyaning birligi qonuniyatlariga tayanadi. Bu tamoyil ta'lim jarayonida har tomonlama barkamol rivojlangan shaxsni shakllantirishni ko'zdatutadi.
- Та 'limning tabiat bilan uyg 'unligi tamoyili ta'lim oluvchilarga ular-ning yosh davrlarini inobatga olgan holda bilimlarning berilishi ushbu bilimlarning ular uchun tushunarli bo'lishini ta'minlaydi. Tabiat bilan uyg'unlik g'oyasi asta-sekinlik, ketma-ketlik va mustaqil faoliyat kabi ta'lim tamoyilining asosi hisoblanadi.
- Та' limda insonparvarlik tamoyilim bolaning shaxs sifatidagi qadr-qimmati, uning erkinligi hamda baxtli hayot kechirishini ta'minlash, uni rivojlantirishi, ijodiy imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishi, unga hayotda o'z o'rnini topishda yordam ko'rsatishi va hokazolarni nazarda tutadi.
- Ta'limning tashkiliy-uslubik tamoyillari muayyan ijtimoiy, psixo-logik va pedagogik talablarni inobatga olish bilan bog'liq bo'lib, ularga quyidagilar kiradi:
- Ta'limning izchilligi, tizimliligi, ketma-ketligi tamoyili bilish bosqichlarining obyektivligini anglatadi. Izchillik ta'lim mazmuni, uning shakli va usullari, o'quv jarayoni ishtirokchilari bo'lgan subyektlarning o'zaro munosabatlariga taalluqli. U alohida partsial (yunoncha partialis - qisman) va xususiy o'quv vaziyatlari, predmet va hodisalar o'rtasidagi bog'liqlik, aloqadorlik qonuniyatlarini asta-sekin o'zlashtirish asosida ularni yagona yaxlit o'quv jarayoniga birlashtirishga imkon beradi. Ketma-ketlik u yoki bu o'quv materialini o'zlashtirish sur'ati, uning elementlari o'rtasidagi o'zaro mosligini tahlil qilishga imkon beradi.
197- Onglilik va ijodiy faollik tamoyili. Bilimlami ongli ravishda o'zlash-tirish quyidagi omil va shartlarga bog'liq: ta'lim motivlari, ta'lim oluv-chilarning faollik darajasi, o'quv-tarbiyaviy jarayonning samarali tash-kil etilishi, tarbiyachi tomonidan qo'llanuvchi ta'lim uslublari va vosi-talarining samaradorligi va boshqalar. Ta'lim oluvchilarning faolliklari rep-roduktiv va ijodiy xarakterga ega bo'lishi mumkin. Mazkur tamoyil ta'lim oluvchilarning tashabbuskorliklari va mustaqil faoliyatlarini nazarda tutadi.
- Ko'rgazmalilik tamoyili didaktikaning "oltin qoidasi" hisoblanib, unga binoan ta'limda inson sezgi organlaridan foydalanish kerak. Ko'r-gazmalilikdan o'quv jarayonining barcha bosqichlarida: yangi materialni o'zlashtirish, uni mustahkamlash, mashqlarni tashkil qilish hamda bolalarning dastur materiallarini o'zlashtirishlarini tekshirish va baholashda foydalanish mumkin.
- Ta'limning tushunarliligi tamoyili ta'lim oluvchilarning mayjud im-koniyatlarini hisobga olish, jismoniy va psixik sog'lig'iga yomon ta'sir etuvchi intellektual va emotsional qiyinchiliklardan voz kechishni talab etadi. Ta'limning tushunarliligi ta'lim oluvchilar egallab olishi zarur bo'lgan bilim, amaliy ko'nikma va malakalari hajmini to'g'ri aniqlashdir.
- Та limning bolalarningyoshi va individual xusiisiyatlariga mos kelishi tamoyili ta'lim oluvchilarning yoshiga ko'ra va individual yondashuvni anglatadi. Agarda qo'yilayotgan talablar yoki taTimning tashkiliy to’zilishi ta'lim oluvchilarning yosh imkoniyatlaridan ortda qolsa yoki ilgarilab ketsa, o'quv faoliyatining samarasi pasayadi. Individual yondashish ta'lim oluvchilarning murakkab ichki dunyosini o'rganish, yo’zaga kelgan munosabatlar tizimini tahlil qilish va shaxs shakllanishi sodir bo'ladigan ko'p turdagi sharoitlarni aniqlashni talab etadi.
- Oqilona talabchanlik bilan bola shaxsini hurmat qilishning birligi tamoyiliga ko'ra pedagog tarbiyalanuvchini shaxs sifatida hurmat qilishi zarur. Oqilona talabchanlik maqsadga muvofiq bo'lsa, ta'lim-tarbiya jarayoni, shaxsning to'liq va barkamol rivojlanishini ta'minlay olsa samarasi anchayuqori bo'ladi.
Bugungi bolalar qaerda yashashidan qat’iy nazar, doimiy ravishda ijtimoiy, siyosiy, ekologik, ilmiy, texnikaviy va industrial sohalardagi o’zgarishlar bilan to’qnash kelishlariga to’g’ri keladi. Bu davrda uning shaxs sifatida shakllanishi, ilk bor olamni atrofidagi ashyo va buyumlar orqali anglab, undan o’zicha ma’no topishga intilishi, qiziqish va hissiyotlari rivojlanishini ko’zatamiz.
Bugun biz tarixiy bir davrda xalqimiz o’z oldiga ezgu va ulug’ maqsadlar qo’yib, tinch osoyishta hayot kechirayotgan, avvolombor o’z kuch va imkoniyatlariga tayanib demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo’lida ulkan natijalarni qo’lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz. Mustaqil respublikamizda yuqori malakali kadrlar tayorlash hozirgi kunda ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda Prezidentimiz ta’kidlaganidek, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi boshqacha aytganda xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishia farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq1
Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog’lom va yetuk, shu bilan birga maktabga tayyorlagan holda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi. O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning 11-moddasida: “Bu ta’lim 6-7 yoshgacha oilada, bolalar bog’chasida va mulk shaklidan qat’iy nazar, boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi”,- deb ta’kidlangan.
Maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayonini tarbiyachilar tomonidan to’g’ri tashkil etilishi, bolalar ota-onalarining oilada bola tarbiyasi bilan shug’ullanishi uchun qulaylik yaratish maqsadida “Ta’lim to’g’risida” gi Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi,Maktabgacha ta’lim Kontseptsiyasi, "Bolajon" tayanch dasturi hamda Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari kabi me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilgan.
O’zbekiston Respublikasida “Maktabgacha ta’lim to’g’risida”gi Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta’limni oilada, maktabgacha ta’lim muassasalarda oladi. Maktabgacha ta’lim muassasasalarida ta’lim-tarbiyani tarbiyachi pedagoglar amalga oshiradi. Har bir ota-ona o’z farzandining bilimdon, odobli pedagog-tarbiyachi qo’lida ta’lim-tarbiya olishini hohlaydi. Jamiyat talabi darajasidagi tarbiyachi-pedagoglarni yetishtirish pedagogika oliy ta’lim muassasalarining “Maktabgacha ta’lim” yo’nalishi zimmasiga tushadi.Ana shu asosdan kelib chiqqan holda oliy ta’lim sohasida faoliyat olib borayotgan professor-o’qituvchilar oldiga ta’lim-tarbiyani tashkil etishda yangi pedagogik va axbrot texnologiyalardan hamda zamonaviy yondashuvlardan foydalanishni davr talabi darajasiga ko’tarish maqsadga muvofiq.
Maktabgacha ta`lim uzliksizi ta`limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini ta`minlab, o’qishga bo’lgan ishtiyoqini uyg’otib, tizimli o’qitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo’lgan maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o’qishga tayorlash, bolani sog’lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo’lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o’qishga, tizimli ta`limga bo’lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir.
Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish maktabgacha ta`lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta`lim muassasasiga biriktirilgan sog’liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasiga bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasi binolarida xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta`lim muassasasida yong’in xavfsizligini tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga bo’lgan talablar “Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to’g’risida Nizom” bilan tartibga solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |