Turning tipologik konsepsiyasi va uning asosiy kamchiliklari. T.I.: etalon individ, individual o’zgaruvchanlik, qiyofadosh turlar
1)Individlarning xususiyatlari farqlanadigan chegaralarni aniqlab ularni guruhlash-fenonlar tuzish. Bunda fenon bir populyatsiayni anglatishi shart emas, ba’zan fenon bir populyatsiya ichidagi farqlanuvchi guruh bo’lishi (material yosh individlar, erkak yoki urg’ochi individlardan iborat bo’lganda), bir necha populyatsiyaning aralashmasi (material qiyofadosh turlardan iborat bo’lganda) yoki bir necha kenja turlar aralashmasi (material geografik jihatdan geterogen bo’lganda) bo’lishi ham mumkin.
2)Fenonni kenja taksonga joylashtirish. Aniqlangan fenonni o’ziga yaqin bo’lgan gurhlar bilan solishtirib o’xshashlik va farqlarning keskinligi asosida uni kenja taksonga (tur, kenja tur) joylashtirish. Bunda tur mezonlarining ko’pidan yoki shu guruh uchun yaxshi natija beradiganidan foydalanish lozim.
3)Taksonlarga ta’rif berish. Taksonga biologik (zoologik, botanik) nomenklatura asosida nom berish. Uning o’ziga yaqin bo’lgan boshqa taksonlardan farqlarini ko’rsatuvchi differensial diagnozini tuzish.
4) Guruhlash va darajalarga taqsimlash. Taksonni yuqori guruhlar (taksonlar) bilan solishtirib, uni ulardan biriga mansubligini ko’rsatish va mavjud klassifikatsiyalarni yangilash.
5)Ma’lumotni saqlash. Yangi taksonning aniqlangan joyi, aniqlagan shaxs, aniqlangan vaqt, tipik ekzemplyarning saqlanish joyi, uning asosiy belgilari, yashash muhiti, unga yaqin bo’lgan guruhlardan farqlovchi diagnoz, mavjud klassifikatsiyadagi o’rni kabi ma’lumotlardan tuzilgan maqola yozish. Maqolani mutaxasislar o’qiy oladigan davriy nashrda e’lon qilish.
Kladistika va uning asosiy tushunchalari. T.I.: Hayvonlarning xilma-xiligi, kladistika, sinapomorfiy, autamorfiy, opa-uka taksonlar, monofiletik va polifiletik taksonlar.
Biologiyaning muhim yutuqlaridan biri – tirik organizmlarning tabiiy sistemasining yaratilishidir, ya’ni turli shakllarning qarindoshlik darajasini aniqlanishi va ularni ketma-ket keladigan tartibli qatorlar ko’rinishidagi guruhlarga joylashtirishdir. Bunda aniqlanadigan evolyusion yoki qarindoshlik aloqalari sxemasi filogeniya yoki evolyusion daraxt deb nomlanadi. Filogenetik aloqalarni aniqlash va bu munosabatlarni aks ettiradigan grafik chizmasini yaratish filogenetik sistematika yoki kladistika deb ataladigan fanning predmeti hisoblanadi.
Kladistikaning asosiy maqsadi- turlar o’rtasidagi qarindoshlik aloqalarini to’la aniqlash va olingan natijalarni filogenetik daraxt yoki kladogramma ko’rinishida tasvirlashdan iborat. Amalda, ikkita ma’lum sistematik guruhlar yoki taksonlar o’rtasidagi qarindoshlik aloqalari faqat shu taksonlarga xos bo’lgan belgilarni aniqlash orqali amalga oshiriladi. Bunday belgi, ya’ni faqat shu ikki aniq guruhga xos bo’lgan belgi yoki xususiyat sinapomorfiy (umumiy irsiy belgi) deb ataladi. Bitta yoki bir nechta sinapomorfiylarga ega taksonlar esa opa-uka taksonlar deyiladi.